O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash haqida
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish va prokuratura organlari faoliyatini optimallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 15-martdagi PF-5690-son Farmoni)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish va prokuratura organlari faoliyatini optimallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 15-martdagi PF-5690-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari huzuridagi nazorat inspeksiyalari tuzilmasini tartibga solish to‘g‘risida” 2000-yil 21-noyabrdagi 455-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 21-oktabr,
886-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 886-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Kichik tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida” 1998-yil 27-maydagi 232-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 5-son, 20-modda) 1-ilovaning 3-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

T/r

Kafolatlar mazmuni

Qonun hujjatlari

3.

Belgilab qo‘yilsinki, nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan barcha tekshiruvlar tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organ bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kelishilgan yoki uni xabardor qilgan holda amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-son Farmoni (5-band)

”.

2. Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kelinishini tartibga solish to‘g‘risida” 2002-yil 6-maydagi 154-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 5-son, 24-modda) 6-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6. Davlat soliq qo‘mitasining mansabdor shaxslariga:
a) tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organ bilan kelishgan holda, import qiluvchi jismoniy shaxslarda tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kelinishini hamda bojxona to‘lovlari to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligini tekshirish huquqi berilsin. Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, tovar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkaziladi;
b) ishonchli ma’lumotlar mavjud bo‘lgan taqdirda, tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organni xabardor qilgan holda:
tegishli ruxsatnomalarsiz, qalbaki aksiz markasi bilan yoki aksiz markasiz ishlab chiqarilgan yoki sotilayotgan alkogol va tamaki mahsulotlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib qo‘yish;
taqiqlangan tovarlarni (xizmatlarni) ishlab chiqarish va sotish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha tezkor tadbirlar o‘tkazish huquqi berilsin.
Bunda mazkur bandning bajarilishi natijalari to‘g‘risida har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etilsin”.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 283-sonli qaroriga asosan 2020-yil 16-avgustdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 09/20/283/0587-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-iyundagi 376-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2020-y., 09/20/376/0753-son)
5. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-fevraldagi 11-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 2-son, 4-modda) bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarish oqova suvlarini qabul qilish qoidalari hamda ifloslantiruvchi moddalarning O‘zbekiston Respublikasi shaharlari va boshqa aholi punktlarining kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga normativdan ortiqcha oqizilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlarini hisoblash tartibining 33-bandidagi “Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish respublika kengashining hududiy komissiyalari bilan maxsus kelishuvsiz” so‘zlari “tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organni xabardor qilgan holda” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 5-yanvardagi 1-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 1-son, 1-modda) bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilotlar faoliyatini to‘xtatib qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ilovadagi “joriy yil uchun tekshirishlar reja-jadvali, nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organning yoki uning tegishli hududiy bo‘linmasining rejadan tashqari tekshirish o‘tkazish uchun ruxsatnomasi” so‘zlari “Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida tekshiruvni ro‘yxatga olish sanasi va raqami” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
8. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 5-avgustdagi 216-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 8-son, 80-modda) bilan tasdiqlangan Davlat ekologik nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 41-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“41. Reyd tartibidagi ekologik nazoratni amalga oshirish tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xabardor qilgan holda amalga oshiriladi”.
9. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-oktabrdagi 295-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 10-son, 109-modda) bilan tasdiqlangan Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat hisobi va nazoratini olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 13-bandidagi “nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi tuzilmalar bilan kelishilmagan holda” so‘zlari “tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xabardor qilgan holda” so‘zlari bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-fevraldagi 32-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi to‘g‘risidagi nizom 1-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Mazkur Nizomning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasiga, Bank-moliya akademiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabiga, xalqaro va chet el oliy ta’lim muassasalariga, shuningdek, oliy harbiy ta’lim muassasalariga tatbiq etilmaydi.”.
11. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 36-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 3-son, 12-modda) bilan tasdiqlangan Magistratura to‘g‘risidagi nizom 1-bandining uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabiga”.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 343-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/343/0520-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.07.2020-y., 09/20/433/1140-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
17. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-sentabrdagi 744-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 9-son, 216-modda) bilan tasdiqlangan Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, shuningdek kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida davlat nazoratini olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 23-bandidagi “Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi (Kengashning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy komissiyalari) bilan qo‘shimcha ravishda kelishmagan holda” so‘zlari “tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organni xabardor qilgan holda” so‘zlari bilan almashtirilsin.
18. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-oktabrdagi 820-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 10-son, 234-modda) bilan tasdiqlangan Qurilish obyektlarining murakkablik (xavflilik) darajasiga ko‘ra, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish jarayonida tekshirishlarni tayinlash va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 17-bandi birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“17. Qisqa muddatli inspektorlik tekshiruvlari tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organni xabardor qilgan holda (subyektning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashmasdan) quyidagi holatlarda o‘tkaziladi:”.
19. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1009-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 12-son, 297-modda) bilan tasdiqlangan Daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 40-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“40. Suv oqimlari o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash bo‘yicha ishlarning amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish jarayonida Davlat ekologiya qo‘mitasi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Davlat geologiya qo‘mitasi, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan o‘tkaziladigan tizimli tekshiruvlar tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organni xabardor qilgan holda amalga oshiriladi”.
20. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 322-son qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar va ma’muriy huquqbuzarlik yo‘li bilan ma’naviy, jismoniy yoki mulkiy zarar yetkazilgan shaxslarni markazlashtirilgan hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 8-ilovada:
250-pozitsiyadagi “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga” so‘zlari “Iqtisodiy jinoyatlarga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 382-pozitsiya qo‘shilsin:

382.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil va uning devonining xodimlari

”.

Oldingi tahrirga qarang.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 611-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/611/0940-son)
23. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 26-apreldagi 180-F-son farmoyishiga kiritilayotgan o‘zgartirish rus tilidagi matnda berilgan.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/886/3941-son; 15.05.2020-y., 09/20/283/0587-son, 13.06.2020-y., 09/20/376/0753-son, 10.07.2020-y., 09/20/433/1140-son; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/343/0520-son; 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/611/0940-son; 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son; 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)