Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 08.08.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Lombardlar tomonidan faoliyat va operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 3-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1290-3]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 2-apreldagi 5/10-sonli “Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3300, 07.05.2021-y.) asosan 2021-yil 8-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Konuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 399-son “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashga roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2003-yil 22-sentabrdagi 23/4-son qarori (roʻyxat raqami 1290, 2003-yil 10-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 23-son) bilan tasdiqlangan Lombardlar tomonidan faoliyat va operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 14-sentabr,
22/8-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 14-sentabrdagi 22/8-son qaroriga
ILOVA
Lombardlar tomonidan faoliyat va operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
ikkinchi xatboshidagi “faoliyatni” degan soʻz “ishlarni” degan soʻz bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “operatsiyalarning” degan soʻz “ishlarning” degan soʻz bilan almashtirilsin;
2. 2-ilovadagi “eng kam ish haqining” degan soʻzlar “bazaviy hisoblash miqdorining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 10/19/1290-3/3853-son)