Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 19.11.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
Auditor malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 30-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3105-1]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 2-noyabrdagi 67-sonli ““Auditor malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3105-2, 19.11.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 14-noyabrdagi 144-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3105, 2018-yil 21-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 51-son, 986-modda) bilan tasdiqlangan Auditor malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 11-sentabr,
97-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-sentabrdagi 97-son buyrugʻiga
ILOVA
Auditor malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
“v” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom yoki ilmiy darajasi toʻgʻrisidagi hujjat yoxud vakolatli davlat organining xorijiy taʼlim muassasasida olingan oliy maʼlumot yoki ilmiy darajasi toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish guvohnomasi (nusxasi olinib, asli qaytariladi);”;
“d” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“d) mehnat daftarchasi (mehnat stajini tasdiqlovchi “Elektron mehnat daftarchasi tizimidan koʻchirma) (nusxasi olinib, asli qaytariladi), (oʻrindoshlik boʻyicha mehnat staji mavjud boʻlgan taqdirda bu haqda mehnat daftarchasiga yozuv kiritilgan boʻlishi lozim);”;
“j” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“j) malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yigʻim toʻlanganligi toʻgʻrisidagi toʻlov hujjati nusxasi.”.
2. 13-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish rad etilishiga asos boʻlib xizmat qilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun talabgorga 15 kundan koʻp boʻlmagan muddat beriladi.
Hujjatlarni qayta koʻrib chiqish uch kun mobaynida amalga oshiriladi. Talabgorning arizasi qayta koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Agar malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish rad etilishiga asos boʻlib xizmat qilgan kamchiliklar 15 kun mobaynida bartaraf etilmasa, bunda talabgorning arizasi yangidan taqdim etilgan deb hisoblanadi.”.
3. 14-bandning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Pri prinyatii resheniya o dopuske pretendenta k sdache kvalifikatsionnogo ekzamena on vklyuchayetsya v spisok lits, dopuщennix k sdache kvalifikatsionnogo ekzamena, i etot spisok peredayetsya v ekzamenatsionnuyu komissiyu pered nachalom kvalifikatsionnogo ekzamena. Pri etom kvalifikatsionniy ekzamen provoditsya po mere formirovaniya gruppi, no ne reje odnogo raza v kvartal.”.
4. 18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Malaka imtihonini topshirishda talabgorlar pasport yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatni taqdim etadi.”.
5. 19-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19. Talabgor pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatni taqdim qilmaganda yoxud malaka imtihoniga kechikkan taqdirda malaka imtihoniga qoʻyilmaydi va malaka imtihoniga kelmagan hisoblanadi.”.
6. 20-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“20. Agarda talabgor, uni mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinganidan soʻng, ikki marotaba malaka imtihonini topshirishga kelmasa, taqdim etilgan hujjatlar talabgorga qaytariladi. Bunda arizani koʻrib chiqish uchun toʻlangan yigʻim qaytarib berilmaydi.”.
7. 24-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“24. Test sinovi quyidagi boʻlimlar boʻyicha 80 ta savoldan iborat boʻladi:
moliyaviy hisob;
boshqaruv hisobi va moliyaviy tahlil;
audit;
soliq solish va tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish.
Talabgorga malaka imtihonini topshirish uchun toʻrt soat vaqt taqdim etiladi.
Talabgorning toʻgʻri javoblar boʻyicha yakuniy natijasi 75 foiz va undan yuqori koʻrsatkichni tashkil qilgan boʻlsa, u malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan hisoblanadi.”.
8. 25-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
birinchi xatboshisi “uyali telefondan” degan soʻzlardan keyin “yoki boshqa axborot texnologiya vositalaridan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
uchinchi xatboshisi “uyali telefon” degan soʻzlardan keyin “yoki boshqa axborot texnologiya vositalari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
10. 28-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“28. Malaka imtihonidan oʻta olmagan talabgor, malaka imtihonini topshirgan sanadan kamida bir oy oʻtgandan soʻng malaka imtihonini qayta topshirish uchun mazkur Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim qilishi mumkin.”.
11. 32-banddagi “mutaxassisning” degan soʻz “auditorning” degan soʻz bilan almashtirilsin.
12. 35-banddagi “talabgor” degan soʻz “auditor” degan soʻz bilan almashtirilsin.
13. 36-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“36. Malaka sertifikati dastlab besh yillik muddatga, talabgor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirganda, yoxud xalqaro buxgalter sertifikatiga ega boʻlgan talabgorlarga malaka imtihonini topshirmasdan beriladi.
Dastlabki besh yillik muddat tugagandan soʻng uning amal qilish muddatini navbatdagi oʻn yilga uzaytirish, auditor malaka imtihoni muvaffaqiyatli topshirganda yoxud auditor xalqaro buxgalter sertifikatiga ega boʻlganda malaka imtihonini topshirmasdan amalga oshiriladi.
Malaka sertifikatini keyingi muddatsiz davrga uzaytirish auditor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirganda yoxud auditor xalqaro buxgalter sertifikatiga ega boʻlganda yoki oʻn yildan kam boʻlmagan uzluksiz auditor ish staji mavjud boʻlganda malaka imtihonini topshirmasdan amalga oshiriladi.
Malaka sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish uchun hujjatlar mazkur Nizomning 37-bandiga muvofiq taqdim etilganda, malaka sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza taqdim etilgan sanadan boshlab malaka sertifikatining amal qilish muddati tugashi sanasigacha boʻlgan vaqt oraligʻi auditor sifatida uzluksiz ish stajini hisoblashda inobatga olinadi.
Auditor lavozimiga tayinlashlar oraligʻidagi vaqt bir oydan oshmagan boʻlsa, ushbu davr auditor sifatidagi uzluksiz ish stajini aniqlashda uzilish deb hisoblanmaydi.”.
“v” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) arizani koʻrib chiqish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yigʻim toʻlanganligi toʻgʻrisidagi toʻlov hujjati nusxasi;”;
“d” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“d) mehnat daftarchasi (mehnat stajini tasdiqlovchi “Elektron mehnat daftarchasi” tizimidan koʻchirma) (nusxasi olinib, asli qaytariladi).”.
15. 39-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Agarda auditor, uni mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinganidan soʻng, malaka sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish uchun malaka imtihonini topshirishga kelmasa, malaka sertifikatining amal qilish muddati tugagandan keyin, taqdim etilgan hujjatlar (malaka sertifikatining asl nusxasidan tashqari) qaytariladi. Bunda arizani koʻrib chiqish uchun toʻlangan yigʻim qaytarib berilmaydi.”.
16. 41-bandning uchinchi xatboshisidagi va 45-banddagi “eng kam ish haqining” degan soʻzlar “bazaviy hisoblash miqdorining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
17. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi hamda Oʻzbekiston auditorlar palatasi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi Kengashi raisi M. TULAXODJAYEVA
2019-yil 11-sentabr
Oʻzbekiston auditorlar palatasi Kengashi raisi N. KARIMOV
2019-yil 11-sentabr
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 10/19/3105-1/3838-son)