1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha taʼlim va tarbiya]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Toshkent shahridagi davlat ixtisostashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 13-maydagi 391-son qaroriga muvofiq, shuningdek, rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasalarining tabaqalashtirilgan tarmogʻini optimallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2019-yil oktabr oyidan boshlab, Toshkent shahridagi davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasalari tarmogʻini optimallashtirish va keyinchalik bolalar kontingentini hisobga olgan holda, ularni davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlariga va umumiy tipdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga oʻzgartirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda Toshkent shahridagi davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining faoliyati boʻyicha oʻtkazilgan tahlil asosida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlaridan oqilona, samarali va maqsadli foydalanish maqsadida Toshkent shahridagi 49 ta davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarini, xususan:
18 ta davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarini 1-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari etib;
31 ta davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarini 2-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha umumiy tipdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari etib qayta tashkil etilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi qayta tashkil etilayotgan davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumiy tipdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish tadbirlari rejasini bir oy muddatda tasdiqlasin va amalga oshirsin.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlar amaldagi shtat boʻyicha xodimlar soni va davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarini saqlash uchun budjetdan ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi;
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻining optimallashtirilishi natijasida boʻshaydigan mablagʻlar davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, shu jumladan ularni tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash, korreksiya vositalari, dori-darmonlar va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash tadbirlarini amalga oshirishga yoʻllantiriladi;
umumiy tipdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga oʻzgartiriladigan davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlariga Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 13-maydagi 391-son qarori bilan belgilangan tartibda tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyasi tomonidan berilgan xulosa asosida qabul qilingan tarbiyalanuvchilar oʻtkazilgan korreksiya-pedagogik va reabilitatsiya tadbirlarining natijalariga koʻra, tegishli davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlariga oʻtkaziladi yoki ushbu muassasada qoladi;
keyinchalik bolalar umumiy tipdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda qabul qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 391-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy turdagi davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari toʻgʻrisidagi nizom.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan birgalikda qayta tashkil etilayotgan davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining bino va inshootlarini ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlashni 2020 — 2022-yillarga va kelgusi yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga belgilangani tartibda kiritsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduhakimov, Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri A.V. Shin va Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 30-sentabr,
826-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 826-son qaroriga 1-ILOVA
Davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlariga oʻzgartirilayotgan davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining
ROʻYXATI
T/r
Tashkilot joylashgan joy
Tashkilot raqami
Amaldagi ixtisosligi
1.
Bektemir tumani
574-son
Koʻp tarmoqli
2.
Mirobod tumani
282-son
Logopedik
3.
Mirzo Ulugʻbek tumani
375-son
Aqliy va ruhiy rivojlanishda orqada qolayotgan bolalar uchun
4.
Mirzo Ulugʻbek tumani
390-son
Sanatoriy tipidagi
5.
Sergeli tumani
46-son
Ortopedik
6.
Sergeli tumani
508-son
Logopedik
7.
Uchtepa tumani
431-son
Koʻp tarmoqli
8.
Uchtepa tumani
404-son
Koʻp tarmoqli
9.
Chilonzor tumani
289-son
Aqliy va ruhiy rivojlanishda orqada qolayotgan bolalar uchun
10.
Chilonzor tumani
322-son
Koʻrish qobiliyati buzilgan bolalar uchun
11.
Shayxontohur tumani
321-son
Logopedik
12.
Olmazor tumani
522-son
Logopedik
13.
Yunusobod tumani
480-son
Koʻp tarmoqli
14.
Yunusobod tumani
442-son
Koʻp tarmoqli
15.
Yunusobod tumani
560-son
Koʻp tarmoqli
16.
Yakkasaroy tumani
369-son
Aqliy va ruhiy rivojlanishda orqada qolayotgan bolalar uchun
Izoh. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq ushbu ilovada koʻrsatilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qayta tashkil etish va tugatish huquqiga ega.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 612-sonli qaroriga asosan izoh bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.10.2022-y., 09/22/612/0949-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 826-son qaroriga 2-ILOVA
Umumiy tipdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga oʻzgartirilayotgan davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining
Izoh. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq ushbu ilovada koʻrsatilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qayta tashkil etish va tugatish huquqiga ega.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 612-sonli qaroriga asosan izoh bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.10.2022-y., 09/22/612/0949-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/826/3820-son; 20.10.2022-y., 09/22/612/0949-son)