1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.01 Davlat organlari hujjatlariga asosan yerga bo‘lgan huquqning vujudga kelishi (yer berish)]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Er]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YER UChASTKALARINI OLIB QO‘YISh VA ULARNI QIShLOQ XO‘JALIGIGA OID BO‘LMAGAN EHTIYOJLAR UChUN BERIShGA DOIR MATERIALLARNI RASMIYLAShTIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-sonli “Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish hamda qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan boshqa ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Amaldagi me’yoriy hujjatlarni “Yer to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq holga keltirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi taqdim etgan O‘zbekiston Respublikasida yer uchastkalarini olib qo‘yish va ularni qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan ehtiyojlar uchun berishga doir materiallarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
2. Yerga doimiy egalik qilish huquqini beruvchi Davlat hujjatining hamda yerdan doimiy foydalanish huquqini beruvchi Davlat hujjatining namunalari, shuningdek, ularni tuzish, ro‘yxatdan o‘tkazish va berish tartibi 1, 2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va viloyat hokimliklari:
1992-1993-yillar mobaynida ilgari kolxozlar, sovxozlar va boshqa qishloq xo‘jaligi hamda o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga berilgan yerdan foydalanish huquqini beruvchi davlat hujjatlarini yerga doimiy egalik qilish huquqini beruvchi yangi namunadagi davlat hujjatlariga almashtirsinlar;
1993-1995-yillar mobaynida yerdan doimiy foydalanish huquqini beruvchi yangi namunadagi davlat hujjatlarini tayyorlashni va yerdan doimiy foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lmagan barcha korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga berishni ta’minlasinlar;
yangi tuzilayotgan kolxozlar, sovxozlar va boshqa qishloq xo‘jaligi hamda o‘zga korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga yer berish bilan birga yerlardan doimiy foydalanish va ularga egalik qilish huquqini beruvchi davlat hujjatlari berilishini ta’minlasinlar;
4. Ilgari qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligini yuritish bilan bog‘liq bo‘lmagan ehtiyojlar uchun yer uchastkalari olgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga berilgan yerdan foydalanish huquqini beruvchi eski namunadagi davlat hujjatlari haqiqiy deb hisoblansin.
5. Tasdiqlangan Nizomga muvofiq kadastr baholash darajasidagi sug‘oriladigan yerlar “Yer to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasida belgilangan alohida qimmatga ega bo‘lgan unumdor sug‘oriladigan yerlar jumlasiga kiritilsin.
6. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Foydalanish uchun yer uchastkasi berish to‘g‘risida korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan iltimosnomalar topshirish va shu iltimosnomalarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1971-yil 27-avgustdagi 413-son qarori (O‘zSSR QT. 1971-y., 8-son, 53-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 27-may,
248-son
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 27-maydagi 248-son qarori bilan TASDIQLANGAN
O‘zbekiston Respublikasida yer uchastkalarini olib qo‘yish va ularni qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan ehtiyojlar uchun berishga doir materiallarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Ushbu Nizom yer uchastkalarini olib qo‘yish va ularni qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan ehtiyojlar uchun korxonalarga, muassasalarga va tashkilotlarga berishga doir materiallarni rasmiylashtirish tartibini belgilaydi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida yer uchastkalarini olib qo‘yish va ularni qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan ehtiyojlar uchun berishga doir materiallarni rasmiylashtirish tartibi Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunlari bilan belgilanadi.
2. Yer uchastkalarini egalikka va foydalanish uchun berish yerni ajratish tarzida amalga oshiriladi. Yer uchastkasini ajratish — yerlarni olib qo‘yish va ularni egalikka va foydalanishga topshirish borasidagi yer tuzish harakatlarini aslida (shu joyda) chegaralarni belgilash, muayyan belgilar vositasida ularni o‘zga yer maydonlaridan va foydalanilmayotgan yerlardan ajratib qo‘yish hamda yerdan foydalanuvchiga yerdan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishni qamrab oladi.
3. Yer uchastkalarini qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan ehtiyojlarga ajratish odatda ikki bosqichda amalga oshiriladi.
Birinchi bosqichda korxonalar, binolar va inshootlarni qurishni loyihalash uchun hamda bu ishlarni kelishib olish uchun yer uchastkasi tanlanadi.
Ikkinchi bosqichda loyihalash ishlari yakunlangach va qurilishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilingach yer uchastkasi ajratiladi.
Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi, jamoa bog‘dorchiligi va polizchiligi uchun, keng tarqalgan foydali qazilmalarni qazib chiqarish uchun, amaldagi tipovoy loyihalarga ko‘ra alohida binolar va inshootlarni qurish uchun yer uchastkalari ajratish zarur bo‘lgan hollarda yer uchastkalarini tanlash va ularni ajratishga doir materiallar bir paytning o‘zida — bir bosqichda amalga oshiriladi.
4. Qurilishni loyihalash uchun tanlangan yer uchastkasini kelishib olish, uni olib qo‘yish va foydalanish uchun berish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi va davlat boshqaruvining mahalliy idoralari tomonidan qabul qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi va davlat boshqaruvining mahalliy idoralari tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi va davlat boshqaruvi mahalliy idoralarining ixtiyoriga o‘tkazilgan qurilishni loyihalash uchun tanlangan yer uchastkalarini kelishib, uni olib qo‘yish va foydalanish uchun berish to‘g‘risidagi masalani o‘z muhokamalariga qabul qilishga va hal etishga haqlidirlar.
5. Texnik, iqtisodiy, ekologik, sanitariya va boshqa talablar, shuningdek, yerlardan unumli foydalanishga va uni muhofaza qilishga, korxonalar, binolar, inshootlarni joylashtirishga doir talablar amaldagi qonun hujjatlarida, xo‘jaliklararo yer tuzilishiga doir yo‘riqnoma ko‘rsatmalarda, qurilishning ekologik standartlari, normalari va qoidalarida, boshqa normativ aktlar va hujjatlarda belgilab qo‘yiladi.
6. Boshqa mustaqil davlatlarning korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga yer uchastkalari ajratish ana shu yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan bitimiga binoan amalga oshiriladi.
Bitimda yer qanday maqsadlar uchun va qanday muddatga berilayotganligi, yerni berish shartlari, o‘zaro majburiyatlar va bitimning amal qilish muddati, har ikki tomonning manfaatlariga daxldor bo‘lgan boshqa masalalar qayd etiladi.
Bitimni bir tomondan yer uchastkasi berilayotgan tegishli mustaqil davlat birlashmasi, korxonasi, muassasasi yoki tashkilotining rahbari, ikkinchi tomondan esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi vakil qilgan shaxs imzolaydi.
II. QURILISh OBEKTLARINI LOYIHALASh UChUN YER UChASTKASI TANLAShGA DOIR MATERIALLARNI RASMIYLAShTIRISh TARTIBI
1. Qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan maqsadlar uchun foydalanishga yer uchastkasi berilishidan manfaatdor bo‘lgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar shu haqda so‘ralayotgan yer uchastkasi qayerdaligiga qarab tegishli nohiyaning hokimiga ariza yo‘llaydilar.
Korxona, bino va inshoot joylashishi kerak bo‘lgan ma’muriy nohiya oldindan belgilanishi zarur bo‘lgan hollarda, shuningdek, ikki va undan ortiq nohiya hududida joylashishi kerak bo‘lgan korxona, bino va inshootni qurish chog‘ida foydalanish uchun yer uchastkasi ajratish xususidagi iltimosnoma viloyat hokimiga yuboriladi.
2. Korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning foydalanish uchun yer uchastkalarini shaharlar, shahar posyolkalari, qishloq aholi punktlaridan, jamoa xo‘jaliklari, davlat xo‘jaliklari va o‘zga qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari egaligida bo‘lmagan maydonlardan ajratilishini so‘rab berilgan arizalari, shuningdek, xalq deputatlari qishloq yoki posyolka kengashlari ijroiya qo‘mitalarining ixtiyoriga berilgan zaxiradagi yerlarni ajratish to‘g‘risidagi arizalari tegishli ravishda xalq deputatlari qishloq, posyolka yoki shahar Kengashlarining ijroiya qo‘mitalari orqali qo‘zg‘atiladi.
3. Viloyat hokimi besh kunlik muddat ichida arizani qarab chiqadi va uni tegishli nohiya hokimiga yo‘llaydi yoki viloyatning doimiy harakatdagi komissiyasiga korxona, bino va inshoot joylashtiriladigan yerni aniqlashni hamda loyihalash va qurilish ishlari olib boriladigan yer uchastkasini tanlashni topshiradi.
4. Foydalanishga yer uchastkasi ajratish to‘g‘risidagi arizada ushbu maydon qaysi maqsadlarga va qaysi muddatga zarur ekanligi, u joylashgan yer va zarur bo‘ladigan maydonining sahni asoslangan bo‘lishi, loyihalash va qurilish boshlanishining taxminiy muddatlari ko‘rsatilgan bo‘lishi hamda ularga yer ajratilishi zarurligini tasdiqlovchi hujjatlar, jumladan, tegishli vazirlik, davlat qo‘mitasi, idora yoki jamoat tashkilotining obyekt qurilishi to‘g‘risidagi qaroridan ko‘chirma ilova qilingan bo‘lishi kerak.
Korxona, bino va inshoot foydali qazilmalar va yer osti suvlari bo‘lgan maydonlarga joylashgan hollarda arizaga tog‘ nazorati davlat idorasining, suv xo‘jaligi idoralarining, hududiy geologik tashkilotlarning hamda tabiatni muhofaza qilish idoralarining ushbu obyektlarni qurishga ruxsat etilganligi to‘g‘risidagi xulosalari ilova qilinadi.
5. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning foydalanishga yer uchastkasi ajratish to‘g‘risidagi arizalarini qarab chiqish uchun, yer uchastkalarini tanlash yuzasidan takliflarni, yer egalari va yerdan foydalanuvchilar ko‘radigan zararlarni baholash uchun, shuningdek, qishloq xo‘jaligi hamda o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligining hajmlarini aniqlash uchun hokimlarning farmoyishiga binoan doimiy harakatdagi komissiyalar tuziladi.
Alohida ekologik oqibatlarga olib kelmaydigan hamda bitta ma’muriy hudud doirasidan chiqmaydigan korxonalar, binolar va inshootlarni loyihalash uchun yer uchastkasini tanlash nohiya komissiyasi, qolgan hollarda esa viloyat komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ayrim hollarda o‘ta yirik va ekologik jihatdan murakkab korxonalar va inshootlarni loyihalash uchun viloyat hokimlarining iltimosnomasiga binoan yer uchastkasini tanlashni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tuziladigan respublika komissiyasi amalga oshirishi mumkin.
6. Viloyat va nohiya komissiyalari tarkibiga tegishli ravishda viloyat yoki nohiya hokimining o‘rinbosari (komissiya raisi), davlat tabiatni muhofaza qilish idoralarining, yer tuzish xizmatining, me’morchilik va shaharsozlik idoralarining, yong‘inga qarshi nazoratning, suv xo‘jaligining, moliya idoralari va boshqa manfaatdor muassasalar va tashkilotlarning vakillari kiritiladi. Iltimosnomani qarab chiqish davrida komissiya tarkibiga bundan tashqari yer uchastkalari berilayotgan va yerlaridan uchastkalar olib qo‘yilayotgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning vakillari ham kiritiladilar.
Respublika komissiyasi tarkibiga Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari (komissiya raisi), davlat sanitariya nazorati idoralarining, tabiatni muhofaza qilish idoralarining, yer tuzish xizmatining, boshqa manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari va mahkamalarining vakillari kiritiladilar.
7. Yer uchastkalarini tanlash ishlarini bajarayotgan davlat yer tuzish idoralari O‘zbekiston Respublikasining “Yer to‘g‘risida”gi Qonuniga, boshqa qonunlar va normativ aktlar hamda ushbu Nizomga amal qilgan holda, nohiya planlashtirish loyihalariga, nohiyalar va viloyatlarning yer tuzishiga, sxemalar, xo‘jaliklararo va xo‘jalikning ichki yer tuzish loyihalariga, melioratsiyalash va suv xo‘jaligini rivojlantirish sxemalariga, shaharlar, shahar posyolkalari va boshqa qishloq aholi punktlarini planlashtirish va qurish bosh planlariga, yer kadastri, tuproq, geobotanik va tadqiqotning boshqa ko‘rinishlari bergan ma’lumotlarga suyangan holda:
korxonalar, binolar va inshootlarni qurish uchun birinchi navbatda qishloq xo‘jaligi maqsadlariga mo‘ljallanmagan yoki qishloq xo‘jaligi yuritishga yaroqsiz bo‘lgan yoxud eng yomon sifatli qishloq xo‘jaligi maydonlaridan yer uchastkalari ajratishni o‘rganadi va shu imkoniyatni ko‘rib chiqadi;
er uchastkalari qishloq xo‘jaligi maydonlaridan va o‘rmon fondidan ajratilgan hollarda sug‘oriladigan eng mahsuldor yerlarni iloji boricha saqlab qolish zarurligini, mavjud hududlarni, ekologik muvozanatni yaxshilash va saqlab qolishni, eroziya jarayonlarini, yerni botqoqlikka aylanishdan saqlab qolish zaruratini hisobga oladi;
sanoat obyektlari va kommunikatsiyalarni iloji boricha jamoa xo‘jaliklari, davlat xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari o‘zlarida qolgan yerlardan foydalanishlarida noqulaylik tug‘dirmagan holda, shuningdek, suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanishga xalaqit bermagan holda joylashtirish imkoniyatlarini izlab topadi;
er egalari va yerdan foydalanuvchilar ko‘rgan zararning, shuningdek, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi hajmini aniqlaydi;
erlarni rekultivatsiyalash (qishloq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi, baliq xo‘jaligi yuritish uchun yoki o‘zga maqsadlarda) zarurligini va ularning yo‘nalishini, tuproqning hosildor qatlamini olish, uning quvvati va ularni vaqtincha to‘plash zarurligini belgilaydi;
qurilayotgan binolar va inshootlar tevaragida himoyalovchi, sanitariya va suvni muhofaza qilish zonalarini o‘rnatish, ulardan foydalanish, qurilayotgan obyektlardan foydalanishni qiyinlashtirayotgan va atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan binolar va inshootlarni buzib tashlash yoki ko‘chirish rejimlarini belgilaydi;
fuqarolarning egaligidagi yoki foydalanishida bo‘lgan yerlarda korxonalar, binolar va inshootlar joylashtirilganda fuqarolarning roziligiga binoan boshqa yerdan ana shu yerga teng bo‘lgan yer uchastkalarini ajratish to‘g‘risidagi hamda yer uchastkasi beriladigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar olib qo‘yilayotgan yer uchastkalari, binolar, ishlab chiqarish va o‘zga qurilishlarni qurib berishi to‘g‘risidagi takliflarni tayyorlaydi;
jamoa xo‘jaliklari, davlat xo‘jaliklari, boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yerlari olib qo‘yilayotganligi munosabati bilan binolar va inshootlarni buzish zarur bo‘lgan hollarda ana shu yer uchastkasi ajratiladigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan ularning xohishiga ko‘ra yangi joyda olib qo‘yilayotgan yerlar o‘rniga yangi uy-joy, ishlab chiqarish binolari va boshqa binolarni qurib berish to‘g‘risidagi takliflarni tayyorlaydi;
sug‘oriladigan yerlar ajratilayotganida olib qo‘yilayotgan yerlar o‘rniga yangi yerlarni o‘zlashtirish imkoniyatlarini va buning taxminiy qiymatini belgilaydi.
8. Korxonalar, binolar va inshootlarni joylashtirish uchun bir necha variantlardagi yer uchastkalari tanlanadi, ularning chegaralari plan-kartografik materiallarga tushiriladi, har bir variant bo‘yicha uchastkaning umumiy sahni hamda maydondagi uning tarkibi belgilanadi.
Plan-kartografik materiallarda ilgari qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan ehtiyojlar uchun va xo‘jalik ichki qurilishi uchun ajratilgan barcha uchastkalarning chegaralari ko‘rsatiladi, tanlanayotgan yer uchastkalariga yaqin bo‘lgan gidromeliorativ va boshqa injenerlik tarmoqlarining joylashuvi ko‘rsatiladi.
Plan-kartografik materiallar komissiya a’zolarining imzosi bilan tasdiqlanadi.
9. Yer uchastkasi joylashadigan variantlarni qiyoslash maqsadida buyurtmachi tomonidan injenerlik tadqiqotlari yoki tekshiruv materiallari, zarur maydonning sahni asoslangan ma’lumotlar, suvdan foydalanish va suvni o‘tkazish shartlarini; joylashtirilayotgan obyekt atrof-muhitga qay darajada ta’sir etishini asoslab beruvchi ma’lumotlar va boshqa texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar taqdim etiladi.
10. Atrofiga muhofazalash, sanitariya va himoya zonalari belgilanadigan binolar va inshootlar qurilishi uchun yer uchastkalarini tanlash chog‘ida ayni paytda ana shu zonalarning taxminiy chegaralari hamda ularning o‘rnatilishi munosabati bilan yer egalari va yerdan foydalanuvchilar ko‘radigan zarar, shuningdek, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligining hajmi aniqlanadi.
11. Davlat yer tuzish tashkiloti taqdim etgan yer uchastkasini tanlashga doir materiallar tegishli doimiy komissiya tomonidan qarab chiqiladi. Qarab chiqish natijalari akt bilan rasmiylashtiriladi va unda quyidagilar qayd etiladi:
komissiya tarkibi;
maydonlar bo‘yicha bonitet ballari ko‘rsatilgani xolda yer uchastkalariga qisqacha tavsif;
er uchastkalarida qurilishlar, inshootlar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlarining va boshqa obyektlarning, ko‘p yillik ko‘chatlarning bor yoki yo‘qligi, ularning qiymati, yer egalari va yerdan foydalanuvchilar ko‘rgan zarar summasi, shuningdek, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi;
fuqarolarni ko‘chirib olib kelish chog‘ida yer uchastkalari bilan ta’minlash va turar-joylar hamda imoratlarni qurish masalalari;
ushbu obyektni kam hosilli yerlarda joylashtirishning iloji yo‘qligini asoslash;
qabul qilinayotgan variant va obyektni uchastkada joylashtirish shartlari xususida komissiyaning xulosalari;
er uchastkalari berishning atrof-muhitni, tarix va madaniyat yodgorliklarini muhofaza qilish, chiqindilar va boshqa zaxarli moddalar ko‘mib tashlangan yerlarni qo‘riqlashga oid chora-tadbirlarni ishlab chiqish shartlari;
erlarni rekultivatsiyalash zarurligi va uning yo‘nalishlari;
tuproqning hosildor qatlamini olish zarur ekanligi, uning quvvati va vaqtinchalik to‘planadigan joyi;
komissiya a’zolarining xohishiga ko‘ra boshqa masalalar.
12. Yer uchastkasini tanlash bo‘yicha qabul qilingan variant va uni ajratish shartlari jamoa xo‘jaliklari va kooperativlarda — jamoa xo‘jaliklari va kooperativlarning umumiy yig‘ilishida yoki jamoa xo‘jaliklari, kooperativlar a’zolarining umumiy yig‘ilishida yoki kolxozchilar, kooperativ a’zolarining vakolatli vakillari yig‘ilishida kelishiladi, davlat xo‘jaliklari, o‘rmon xo‘jaliklari hamda boshqa davlat va jamoat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida — ularning ma’muriyati va mehnat jamoasi a’zolari bilan kelishiladi; xo‘jaliklararo korxonalar va tashkilotlarda — qatnashchi xo‘jaliklarning vakolatli vakillari yig‘ilishida kelishiladi. Bunda eng avvalgi yer egasi va yerdan foydalanuvchi bilan kelishiladi.
13. Yer uchastkasini tanlash materiallari va uni ajratish shartlari davlat boshqaruvi mahalliy idoralariga tasdiqlash uchun taqdim qilinishidan avval quyidagilar bilan kelishiladi:
erlaridan maydon olib qo‘yilayotgan jamoa xo‘jaligi, davlat xo‘jaligi, boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning yuqori boshqaruv idorasi bilan;
davlat sanitariya va yong‘inga qarshi nazorat idoralari tabiatni muhofaza qilish, yer tuzish xizmati bilan, agar obyekt sug‘oriladigan yerlarda joylashgan bo‘lsa — suv xo‘jaligi idoralari bilan;
korxonalar, binolar va inshootlar kurortlarning, qo‘riqxonalarning milliy bog‘larning, suv manbalarining, suv havzalarining, daryo, magistral kanallar va kollektorlarning, seletraktlarning, magistral quvurlarning, temir yo‘l va avtomobil yo‘llarning, elektr uzatgich va aloqa liniyalarining, tabiat, tarix, madaniyat, davlat yodgorliklarini saqlash mintaqalarining muhofaza zonalariga, shuningdek aerodrom tevaragida hamda chiqindilar va boshqa zaxarli moddalar ko‘mib tashlangan yerlarga joylashtirilganda — mazkur inshootlardan foydalanuvchi korxonalar va tashkilotlar bilan.
14. Yer uchastkasini tanlash materiallari kelishib olish uchun yuborilgan davlat sanitariya va yong‘inga qarshi nazorat idoralari, boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ularni qarab chiqadilar hamda 10 kun muddat ichida o‘zlarining asoslangan xulosalarini taqdim etadilar.
15. Xalq deputatlari tegishli qishloq Kengashi ijroiya qo‘mitasi muhokamasiga kiritiladigan korxonalar, binolar va inshootlar qurilishini loyihalash uchun yer uchastkalarini tanlashga oid materiallarda quyidagilar bo‘lishi lozim:
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ushbu Nizom II bo‘limining 4-bandida ko‘rsatib o‘tilgan zarur ilovalar bilan birga yer so‘rab yozgan arizasi;
komissiyaning yer uchastkasini tanlashga doir hujjati va yer egalari hamda yerdan foydalanuvchilar ko‘rgan zarar, shuningdek, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishiga yetkazilgan ziyonni sanab chiqilganligi haqidagi hujjat — grafik material ilova qilingan holda;
maydonlarning hisoblab chiqilganligi xususidagi vedomost;
erlari olib qo‘yilayotgan yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning iqtisodiy ko‘rsatkichlari;
ushbu Nizom II bo‘limi 12 va 13-bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan kelishib olish materiallari va xulosalar.
16. Korxonalar, binolar va inshootlar qurilishini loyihalash uchun yer uchastkalarini tanlash materiallari yerlarni ajratish loyihalarini tasdiqlovchi idoralar tomonidan ushbu Nizom III bo‘limining 12—16-bandlariga muvofiq tasdiqlanadi.
17. Yer uchastkasini tanlash materiallarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorda quyidagilar aks ettirilgan bo‘lmog‘i lozim:
er uchastkasi kimga, qaysi maqsadlar uchun va qanday muddatga (agar yerlar vaqtincha foydalanish uchun berilayotgan bo‘lsa aniq muddati ko‘rsatiladi) berilayotganligi, shuningdek, yeri olib qo‘yilishi kutilayotgan yer egalari yoki yerdan foydalanuvchilarning nomi:
er egalari va yerdan foydalanuvchilar bo‘yicha maydonga nisbatan berilayotgan yer uchastkasining umumiy sahni;
er egalari, yerdan foydalanuvchilar va boshqa tashkilotlar ko‘rgan zararlarning hajmi;
qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligining miqdori;
vaqtincha foydalanish uchun berilgan yerlarni rekultivatsiyalash zarurligi, ularni avvalgi yer egalariga va yerdan foydalanuvchilarga qaytarish shartlari;
tuproqning hosildor qatlamini olish zarurligi, uning quvvati va uni vaqtinchalik to‘plash joyi (yoki masofasi):
suvni muhofaza qilish, ekologik va boshqa shartlar, talablar.
18. Yer uchastkalarini tanlash materiallarini tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi vakolatiga kiradigan hollarda, materiallar O‘zbekiston Respublikasining Qishloq xo‘jaligi vazirligiga yuboriladi, vazirlik esa 1 oy muddat ichida ularni qarab chiqadi, o‘z xulosalarini tayyorlaydi va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga yuboradi.
19. Tegishli idoralarning tanlangan yer uchastkalarini kelishish haqidagi va korxonalar, binolar hamda inshootlarning qurilishini loyihalashga ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi qarori yerlarni egallab olish va ulardan foydalanish uchun asos bo‘la olmaydi. Egalikda yoki foydalanishda bo‘lgan yer uchastkasi shu uchastka belgilangan tartibda olib qo‘yilgandan keyingina beriladi.
20. Korxonalar, binolar va inshootlar qurilishi uchun tanlangan yer uchastkalarida yer egalari va yerdan foydalanuvchilar xarajatlab qo‘ygan kapital mablag‘lar ikki yil davomida yoki uzaytirilgan davr ichida to‘lanmaydi.
21. Qurilish obyektlarini loyihalashga beriladigan ruxsatnomalarning amal qilish muddati ruxsatnoma berilgan kundan boshlab ikki yil deb belgilanadi.
Ushbu shartga rioya etishning imkoniyati bo‘lmagan hollarda korxona, muassasa va tashkilotlar loyihalashga ruxsat bergan idoradan muddatni uzaytirishni o‘z vaqtida iltimos qilishlari kerak. Muddat tugagunga qadar ham iltimosnoma berilmagan bo‘lsa, obyekt qurilishini loyihalash huquqi o‘zining yuridik kuchini yo‘qotadi.
III. YERLARNI AJRATISh MATERIALLARINI RASMIYLAShTIRISh VA TASDIQLASh TARTIBI
1. Korxona, bino yoki inshoot qurilishining loyihasi tasdiqlanib uning amalga oshirilishi uchun mablag‘ ajratilgach, korxona, muassasa va tashkilot obyekt qayerda joylashgan bo‘lsa, shu yerdagi davlat boshqaruvining mahalliy idorasiga doimiy yoki vaqtinchalik foydalanish uchun yer uchastkasi so‘rab ariza beradilar.
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
belgilangan tartibda tasdiqlangan yer uchastkasini tanlashga doir materiallar;
obyektning bosh planidan nusxa, unda qurilishning navbati ko‘rsatiladi;
zararlarni, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligini, yerni rekultivatsiyalashga, tuproqning mahsuldor qatlamini olish va to‘plashga bog‘liq xarajatlarni qoplashga yetarli mablag‘ borligini tasdiqlovchi qurilishning ichki titul ro‘yxati;
qurilishni pul bilan ta’minlash to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
qurilish loyihasining davlat, sanitariya va yong‘inga qarshi nazorat idoralari bilan va boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan kelishilganligi to‘g‘risidagi materiallar.
2. Yer ajratish loyihasi yer uchastkasi tanlash xususidagi materiallar hamda obyekt qurilishining bosh plani asosida tuziladi.
3. Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlar qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan ehtiyojlar uchun shu zaruratning amaliy jihatiga qarab, qoida tariqasida shu yerlarda yetishtirilgan hosil yig‘ishtirib olinganidan keyin ajratiladi.
4. Yer vaqtinchalik foydalanish uchun (qurilish davom etadigan muddatga) berilayotganida yer beriladigan muddat aniq ko‘rsatiladi. Foydali qazilmalar ishlanish uchun, qurilish olib borish uchun va o‘zga ishlar uchun berilgan qishloq xo‘jaligi, o‘rmon va ovchilik yerlari ularga ehtiyoj bo‘lmay qolgach korxonalar, muassasalar va tashkilotlar o‘z hisoblaridan ularni qishloq xo‘jaligida, o‘rmon va baliq xo‘jaligida foydalanish uchun mumkin bo‘lgan holatga keltiradilar, ushbu ishlar boshqa maydonlarda amalga oshirilgan hollarda esa — bu yerlar qaysi maqsadga mo‘ljallangan bo‘lsa, shu maqsadda foydalanish uchun yaroqli holatga keltiriladi.
Vaqtinchalik foydalanish uchun berilgan yerlar korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan belgilangan muddatda qaytarilmasa, davlat boshqaruvining mahalliy idoralari O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda yerni yer egalariga va yerdan foydalanuvchilarga qaytarishlari mumkin. Foydalanish muddati uzaytirilganda o‘z navbatida qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishiga nobudgarchilik qo‘shimcha tarzda undiriladi, shundan so‘ng vaqtinchalik foydalanish uchun ajratilgan yerdan kelgusida ham foydalanishga ruxsat beriladi.
5. Mavjud korxona, bino va inshootlarni kengaytirish uchun yer ajratilgan taqdirda, shuningdek, foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib chiqarish uchun yer ajratilgan taqdirda ilgari ajratilgan yerlar tekshiruvdan o‘tkaziladi, ular to‘g‘ri maqsadda foydalanilganligi tekshiriladi, shuningdek, foydalanilgan yerlar rekultivatsiya qilinganligi tekshiriladi.
Qo‘shimcha yerlar odatda ilgari vaqtincha foydalanish uchun ajratilgan yerlar foydalanish uchun yaroqli xolga keltirilganidan keyin hamda shu yerlar egalariga va undan foydalanuvchilarga qaytarilgandan keyingina ajratiladi.
6. Bino va inshootlar qurilishi uchun yer ajratishga oid materiallar rasmiylashtirilganda, agar ular atrofiga muhofazalash, sanitariya va qo‘riqlash zonalari o‘rnatiladigan bo‘lsa, ayni bir paytning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda ana shu zonalarni o‘rnatishga oid materiallar xam rasmiylashtiriladi.
7. Yer ajratish loyihasini ishlab chiqish jarayonida yer egalari va yerdan foydalanuvchilarga yetkazilgan, shuningdek, qishloq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishiga yetgan ziyonning hajmi aniqlanadi. Bunday paytda yaroqsiz yerlarni rekultivatsiyalash, tuproqning hosildor qatlamini olish va bir joyga jamlash tadbirlari qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishiga yetgan ziyonni qoplashda ko‘zda tutilgan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
Shu munosabat bilan yer berilgan korxona, muassasa va tashkilot davlat boshqaruvining mahalliy idoralariga ana shu tadbirlarni amalga oshirish qiymati bilan qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi o‘rtasidagi farqni to‘laydilar.
8. Yer uchastkalari ajratish loyihalarini qarab chiqish va kelishish jamoa xo‘jaliklarida — jamoa xo‘jaligi a’zolarining umumiy yig‘ilishida yoki jamoa a’zolari vakolatli vakillarining yig‘ilishida; davlat xo‘jaliklarida, o‘rmon xo‘jaliklarida, boshqa davlat va jamoat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida — ularning ma’muriyati va mehnat jamoasi vakillari tomonidan; xo‘jaliklararo korxonalar va tashkilotlarda — qatnashchi bo‘lmish xo‘jaliklarning vakolatli vakillari yig‘ilishida; kooperativlarda — kooperativ a’zolarining umumiy yig‘ilishida hal etiladi. Ijarachilar va dehqon xo‘jaliklarining yerlari davlat hamda jamoat ehtiyojlari uchun olingan taqdirda ularning roziligi hamda olish shartlarini kelishish kerak.
xo‘jaliklararo korxonalar va tashkilotlarda — qatnashchi bo‘lmish xo‘jaliklarning vakolatli vakillari yig‘ilishida; kooperativlarda — kooperativ a’zolarining umumiy yig‘ilishida hal etiladi. Ijarachilar va dehqon xo‘jaliklarining yerlari davlat hamda jamoat ehtiyojlari uchun olingan taqdirda ularning roziligi hamda olish shartlarini kelishish kerak.
9. Qarab chiqish protokolida taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlardan tashqari quyidagilar ham qayd etilishi kerak:
er uchastkasi kimga, qanday maqsadlar uchun va qanday muddatga (doimiy foydalanishgami yoki vaqtinchalik foydalanish uchunmi?) berilyapti;
uchastkaning yer turlari bo‘yicha umumiy maydoni;
er egasi yoki yerdan foydalanuvchiga hamda qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligining miqdori.
Sug‘oriladigan yer ajratilayotganda uning o‘rnini qoplash uchun o‘zlashtirilishi yoki meliorativ jihatdan yaxshilanishi kerak bo‘lgan maydon belgilanadi va bu ishlarning taxminiy qiymati aniqlanadi.
Agar ajratilgan uchastkadan xo‘jaliklarning ko‘chirilishi ko‘zda tutilayotgan bo‘lsa, ularning miqdori, ko‘chirish shartlari, fuqarolarning yordamchi qurilishlari va uylarini ko‘chirish shartlari, ular joylashtiriladigan yangi yer hamda fuqarolar qaysi yerlar hisobidan yangi tomorqa uchastkalariga yoki yangi uylarga ega bo‘lishlari belgilanadi. Ana shu qurilishlar va inshootlarning qiymati texnik inventarizatsiyalash byurosining komissiyasi tomonidan aniqlanadi.
10. Yerlarni ajratish loyihalari yer uchastkalari olib qo‘yilayotgan yer egalari va yerdan foydalanuvchilar bilan kelishgach, quyidagilar bilan kelishiladi:
er uchastkasi olib qo‘yilayotgan jamoa xo‘jaligi, davlat xo‘jaligi va boshqa korxona, muassasa va tashkilotlarning yuqori boshqaruv idoralari bilan;
davlat sanitariya va yong‘inga qarshi nazorat idoralari, tabiatni muhofaza qilish, yer tuzish xizmati, suv xo‘jaligi (agar ularning manfaatlariga daxl etilayotgan bo‘lsa) idoralari bilan.
Yer uchastkasi elektr uzatgich va aloqa liniyalarining, temir yo‘l va avtomobil yo‘llari, magistral quvur yo‘llarining muhofaza zonalari, aerodromlar va boshqa obyektlar tevaragida, daryolarning, suv havzalarining, magistral kanallarning va kollektorlarning, suv ta’minoti va mineral suv manbalari tevaragida korxona, bino va inshootlar qurish uchun ajratilayotgan bo‘lsa ana shu yer uchastkasini ajratish loyihasi mazkur obyektlardan foydalanuvchi tashkilotlar bilan kelishiladi.
Yer uchastkalari davlat xo‘jaliklari, o‘rmon xo‘jaliklari hamda respublika miqyosidagi vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarga bo‘ysunadigan boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning egaligidagi yerlardan olinganda materiallar tegishli vazirlik, davlat qo‘mitasi va idora bilan kelishiladi.
11. Davlat boshqaruvi idoralari muhokamasiga kiritiladigan yer ajratish loyihasi quyidagi materiallardan iborat bo‘lmog‘i lozim:
loyihaga izoh beruvchi ilova;
ushbu Nizom III bo‘limining 8 va 10-bandlarida ko‘zda tutilgan kelishilgan hujjatlar, xulosalar;
xalq deputatlari qishloq Kengashi ijroiya qo‘mitasining yer hisob-kitobi yuritiladigan hujjatidan ko‘chirmaga muvofiq ko‘chirilayotgan fuqarolar xo‘jaliklarining ro‘yxati, ularning yangi tomorqa xo‘jaliklari va ularga berilgan uy-joylar ko‘rsatilgani holda;
er egalari va yerdan foydalanuvchilar ko‘radigan zararlarni baholash hamda qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi hajmlarini aniqlash aktlari;
agar yer o‘rmon xo‘jaligi korxonalari egaligidagi maydondan olinayotgan bo‘lsa ajratilayotgan yer uchastkasini texnik jihatdan tekshirish hujjati;
odatda 1:10000 masshtab bo‘yicha ajratilayotgan yer uchastkasining grafik loyihasi.
Yer ajratish loyihasiga obyekt qurilishi uchun yer uchastkasini tanlash materiallari ilova qilinadi.
12. Xalq deputatlari qishloq Kengashi ijroiya qo‘mitasining tasarrufiga quyidagi yerlarni ajratish loyihalarini tasdiqlash kiradi:
uning ixtiyoriga berilgan zaxira yerlarni;
er uchastkasi sahnidan va maydonlar turidan qat’i nazar, jamoa xo‘jaliklari, davlat xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi hamda o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining tarkibiga kirmaydigan qishloq aholi punktlari doirasidagi yerlarni.
Xalq deputatlari qishloq Kengashi ijroiya qo‘mitasi yer ajratish loyihasini tasdiqlaydi va agar o‘z ixtiyorida bo‘lsa, loyihani naturaga ko‘chirish uchun hamda yerdan foydalanish huquqini beruvchi hujjatlarni topshirish uchun qaytarib beradi, qolgan hollarda esa loyiha nohiya hokimining muhokamasiga yo‘llanadi.
13. Shahar hokimi va xalq deputatlari posyolka Kengashi ijroiya qo‘mitasining tasarrufiga jamoa xo‘jaliklari, davlat xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yerlaridan tashqari, yer uchastkasining sahni qanday bo‘lishidan qat’i nazar, shahar (posyolka) doirasidagi yerlarni ajratish loyihasini tasdiqlash kiradi.
Shahar (posyolka) doirasidagi jamoa xo‘jaligi, davlat xo‘jaligi va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yerlarini ajratish loyihasi shahar hokimi hamda xalq deputatlari posyolka Kengashining ijroiya qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi hamda nohiya hokimlariga tasdiqlash uchun o‘tkaziladi.
14. Nohiya hokimining vakolatiga quyidagi yerlarni ajratish loyihalarini tasdiqlash kiradi:
er uchastkasining sahni va maydon turidan qat’i nazar — zaxiradagi yerlarni;
qishloq xo‘jaligi ehtiyojlaridagi yerlarni — sug‘oriladigan yerlar, pichanzorlar va yaylovlarda ularni tubdan yaxshilash ishlari o‘tkazilgan bo‘lsa, ular berilmaydi; o‘rmon fondi — birinchi guruh daraxtlar bilan qoplangan yerlar bundan mustasnodir; sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlarni; suv fondi yerlarini — bitta yer egasiga va yerdan foydalanuvchiga 10 gektargacha bo‘lgan hajmda.
Nohiya hokimlari yer ajratish loyihalarini tasdiqlaydilar va o‘zlarining vakolatlariga kiradigan hollarda loyihani naturaga ko‘chirish hamda yerdan foydalanish huquqini beruvchi hujjatni tayyorlash uchun qaytaradilar, qolgan hollarda esa loyiha viloyat hokimining muhokamasiga yo‘llanadi.
15. Viloyat hokimining vakolatiga barcha yerlardan uchastkalar ajratish loyihalarini tasdiqlash kiradi, ushbu Nizom III bo‘limining 15-bandiga muvofiq yer ajratish loyihalarini tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi vakolatiga kiradigan hollar bundan mustasnodir.
Viloyat hokimlari yer ajratish loyihalarini tasdiqlaydilar va o‘zlarining vakolatlariga kiradigan hollarda loyihani naturaga ko‘chirish hamda yerdan foydalanish huquqini beruvchi hujjatni tayyorlash uchun qaytaradilar, qolgan hollarda esa loyiha qarab chiqilib rasmiylashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga yuboriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi yer uchastkasini ajratish yuzasidan xulosalar va takliflar tayyorlaydi hamda ularni barcha materiallar bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tasarrufiga quyidagi yerlarni ajratish loyihalarini tasdiqlash kiradi:
ayniqsa serhosil, sug‘oriladigan yerlarni, bu turkumga Andijon, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlaridagi boniteti 80 balldan yuqori bo‘lgan yerlar, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlaridagi boninteti 70 balldan yuqori bo‘lgan sug‘oriladigan yerlarni;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan alohida qo‘riqlanadigan tabiiy va tarixiy-madaniy obyektlarni;
shaharga tutash va yashil zonalarni belgilangan tartibda;
ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va o‘quv yurtlarining tajriba maydonlarini;
birinchi guruhdagi o‘rmonlarni;
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining boshqa davlatlari, chet el yuridik shaxslari va fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar egaligidagi hamda foydalanishida bo‘lgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni.
Loyihalar tasdiqlangach, ular tegishli viloyat hokimlari tomonidan naturaga ko‘chirish hamda yerlardan foydalanish huquqini beruvchi hujjatlarni tayyorlash uchun qaytariladi.
17. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi yerga egalik qilish huquqini amalga oshiruvchi idora sifatida alohida hollarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining taqdimnomasiga asosan yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning roziligisiz yerlarni olib qo‘yish to‘g‘risida qaror chiqarishi mumkin.
18. Yer egalari va yerdan foydalanuvchilar davlat boshqaruvi idorasining yerni olib qo‘yish to‘g‘risidagi qaroriga yoki yerni olib qo‘yish shartlariga rozi bo‘lmagan taqdirda bu qaror ustidan sudga shikoyat qilishlari mumkin.
19. Ilgari korxona, bino va inshoot qurilishi uchun tanlab olingan va belgilangan tartibda kelishilgan yer uchastkasini berish asossiz ravishda rad etilgan taqdirda jamoa xo‘jaliklari, davlat xo‘jaliklari, boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, shuningdek, davlat boshqaruvi mahalliy idoralari yer ajratish rad etilayotgan korxona, muassasa va tashkilotlarga loyiha-qidiruv ishlari olib borish uchun qilingan xarajatlar miqdorida tovon to‘laydilar.
Yer ajratishni rad etgan jamoa xo‘jaligi, davlat xo‘jaligi va boshqa korxona, muassasa va tashkilot, shuningdek, davlat boshqaruvi mahalliy idorasining rad javobi asosli yoki asosli emasligi hamda uning moddiy javobgarlik masalasi sud yo‘li bilan belgilanadi.
IV. YER UChASTKALARINI TANLASh VA AJRATISh IShLARI BIR PAYTNING O‘ZIDA BAJARILAYOTGANIDA MATERIALLARNI RASMIYLAShTIRISh TARTIBI
Yer uchastkalarini tanlash hamda korxonalar, binolar va inshootlar qurilishi uchun yer ajratish materiallarini rasmiylashtirish — ushbu Nizomning II va III bo‘limlarida belgilangan tartibda, kelishish esa III bo‘limining 8 va 10-bandlarida, II bo‘limining 13-bandida ko‘zda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Yer uchastkalarini tanlash va ajratish loyihalari ushbu Nizomning II bo‘limi 15-bandida va III bo‘limi 11-bandida sanab o‘tilgan hujjatlar bilan birga taqdim etilishi kerak.
Yer uchastkalarini tanlash va ajratish loyihalarini tasdiqlash ushbu Nizom III bo‘limining 12—16-bandlariga muvofiq tarzda amalga oshiriladi.
V. YERLAR OLIB QO‘YILIShI MUNOSABATI BILAN YER EGALARI VA YERDAN FOYDALANUVChILAR KO‘RAYOTGAN ZARARNI, ShUNINGDEK, QIShLOQ XO‘JALIGI VA O‘RMON XO‘JALIGI IShLAB ChIQARIShI NOBUDGARChILIGINI BELGILASh
1. Yer olib qo‘yilishi munosabati bilan yer egalari va yerdan foydalanuvchilar ko‘rayotgan zarar (shu jumladan, boy berilgan foyda) quyidagi hollarda to‘la hajmda to‘lanadi:
erlar olib qo‘yilgan yoki vaqtinchalik egallab olingan hollarda;
qurilayotgan suv ombori suv ta’minoti manbalari, kurortlar, magistral kanallar va kollektorlar, yo‘llar, quvur yo‘llari, elektr manbai va aloqa liniyalari, shuningdek, o‘zga obyektlar qurilishi tevaragiga muhofaza, sanitariya va qo‘riqlash mintaqalari belgilanishi munosabati bilan ularning huquqlari chegaralanganda;
suv havzasi, kanallar, kollektorlar hamda qishloq xo‘jaligi ekinlari va ko‘chatlar uchun zararli bo‘lgan moddalar ajratadigan, maydonning hosildorligi kamayishiga hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotining sifati yomonlashishiga olib keladigan boshqa obyektlar qurilishi munosabati bilan yer sifati yomonlashgan hollarda.
Yerlar olib qo‘yilishi munosabati bilan yer egalari va yerdan foydalanuvchilar ko‘rgan zarar O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda aniqlanadi.
2. Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligini yuritish bilan bog‘liq bo‘lmagan ehtiyojlar uchun ajratilgan quyidagi hollarda belgilanadi va to‘lanadi:
qishloq xo‘jaligi va o‘rmon yerlari, shu jumladan, fuqarolar egaligida va foydalanishida bo‘lgan qishloq xo‘jaligi yerlari doimiy va vaqtinchalik foydalanishga olib qo‘yilgan hollarda;
qurilayotgan suv havzalari, suv ta’minoti manbalari, kurortlar, magistral kanallar va kollektorlar, yo‘llar, quvur yo‘llari, elektr uzatgich va aloqa liniyalari, shuningdek, o‘zga obyektlar qurilayotganida muhofaza, sanitariya va qo‘riqlash zonalari o‘rnatilishi munosabati bilan yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning hududlari cheklangan hollarda, ana shu zonalar qishloq xo‘jaligi va o‘rmon yerlari oborotidan chiqarilgan yoki ular kamroq ahamiyatli maydonlarga o‘tkazilgan holda;
qurilayotgan korxona, bino, va inshoot tufayli yer sifati yomonlashgan hollarda.
Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi ko‘rgan zarar miqdori O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda aniqlanadi.
VI. YER UChASTKASI AJRATISh LOYIHASINI NATURAGA KO‘ChIRISh VA YER-KADASTR HUJJATLARIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh
1. Belgilangan tartibda yerlarni tasdiqlangan doimiy foydalanish uchun ajratish loyihasi yer egalari va yerdan foydalanuvchilar ko‘rgan zarar hamda qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi qaytarilgach loyiha naturaga ko‘chiriladi. Loyihani naturaga ko‘chirish yer uchastkasi ajratilayotgan korxona, muassasa yoki tashkilotning vakili hamda yer uchastkasi olib qo‘yilayotgan xo‘jalikning vakili, shuningdek, chegaradosh yer egalari va yerdan foydalanuvchilar vakillari hozirligida amalga oshiriladi.
2. Ajratilgan yer uchastkalarining chegaralari naturada belgilangan namunadagi belgilar bilan egalikdagi yoki foydalanishdagi yerlarning tashqi chegaralariga tutash xolda belgilab qo‘yiladi (bu chegara belgilari buyurtmachilar hisobiga tayyorlanadi).
3. Loyihani naturaga ko‘chirish ishlari tugagach, belgilangan shaklda uch nusxada hujjat tayyorlanadi. Unga uchastkaning amalda o‘lchab chiqilgan chegaralari ilova qilingan holda ajratilgan yer uchastkasining plani ham ilova qilinadi. Loyihani naturaga ko‘chirishga doir hujjat va unga ilova etilayotgan reja loyihasi naturaga ko‘chirgan yer tuzuvchi tomonidan, yer egasi va yerdan foydalanuvchining vakillari tomonidan imzolanadi. Ushbu materiallar bilan birga bu hujjat yer ajratish loyihasiga qo‘shib qo‘yiladi.
4. Yer uchastkasi ajratilishi munosabati bilan egalikdagi yerda yoki foydalanishdagi yerda ro‘y bergan barcha o‘zgarishlar doimiy egalik qilish huquqini beruvchi davlat hujjatiga yoki doimiy foydalanish huquqini beruvchi davlat hujjatiga ko‘chiriladi va boshqa yer-kadastr hujjatlariga ham kiritiladi.
5. Yerlarni ajratish loyihasi to‘la hajmda ikki nusxada tayyorlanadi, ularning biri (barcha ajratilgan shartlar bajarilgach) buyurtmachiga beriladi, yana bir nusxasi esa nohiya yer tuzish xizmatida saqlanadi.
VII. YERDAN FOYDALANISh HUQUQINI TASDIQLOVChI HUJJATLARNI TAYYoRLASh VA BERISh
Yer ajratish loyihasi naturaga ko‘chirilgach, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda yerdan doimiy foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar tayyorlanadi.
VIII. AJRATILGAN YER UChASTKALARINI QAYTARIB BERISh
1. Yer uchastkasi ajratilgan muddat tugagach yoki yer uchastkasiga bo‘lgan ehtiyoj qolmagach yer uchastkasida rekultivatsiyalash ishlari amalga oshirilib, ular avvalgi yer egalariga va yerdan foydalanuvchilarga qaytarilishi lozim.
2. Qaytarilishi kerak bo‘lgan yer uchastkasi nohiya hokimining farmoyishi bilan tuziladigan komissiya tomonidan joyida tekshirib chiqiladi. Bu komissiyaga nohiya hokimining o‘rinbosari (komissiya raisi), yer tuzish xizmati, tabiatni muhofaza qilish va suv xo‘jaligi xizmatlarining, yerni qaytarayotgan korxona, muassasa va tashkilotlarning hamda yerlarni qabul qilib olayotgan jamoa xo‘jaligi, davlat xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi va boshqa yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning vakillari kiradi.
3. Yerni qaytarayotgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar komissiyaning muhokamasiga quyidagi hujjatlarni va materiallarni taqdim etadilar:
erdan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar va yer ajratib berishning rekultivatsiyalashga oid shartlari;
yaroqsiz holga kelgan yerlarni rekultivatsiyalash loyihasi;
tasvirga tushirilgan chizgilar;
tuproq va jinslarning agroximik va suv-fizik xossalariga oid tafsilot;
tuproqning to‘plangan mahsuldor qatlami quvvati, agroximik, suv-fizik xossalari va boshqa materiallar.
4. Komissiya yerlarni rekultivatsiyalashning tasdiqlangan loyihalariga muvofiq ishlar bajarilganligini, bu ishlarning sifatini tekshiradi va obyekt foydalanishga topshirishga tayyorligi to‘g‘risida xulosa beradi. Tekshiruv natijalari belgilangan shakldagi hujjat bilan rasmiylashtiriladi, bu hujjatda uchastkaning maydoni, qanday maqsadlar uchun ajratilganligi, yerlarni rekultivatsiyalash ishlarining holati va qanday maqsadlarga mo‘ljallanayotganligi ko‘rsatiladi.
5. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning yerdan foydalanish huquqlarini to‘xtatish O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
6. Yer uchastkasi qaytarilganligi yer-kadastr hujjatlarida qayd etiladi.
7. Yer uchastkalarini qaytarish chog‘ida yuzaga kelgan nizolar O‘zbekiston Respublikasi “Yer to‘g‘risida”gi Qonunining 62 va 63-moddalariga hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 27-maydagi 248-son qaroriga 1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasining gerbi
Yerga doimiy egalik qilish huquqini beruvchi DAVLAT AKTLARI
Doimiy egalik qilish uchun yer jamoa va davlat xo‘jaliklari, boshqa davlat, kooperativ, jamoa korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga, diniy tashkilotlarga qishloq va o‘rmon xo‘jaliklarini yuritish uchun beriladi.
Yer egalari quyidagi huquqlarga egadirlar:
1) yerda mustaqil xo‘jalik yuritish;
2) yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotiga va uni sotishdan olingan daromadga egalik qilish;
3) yer uchastkasida mavjud bo‘lgan keng tarqalgan foydali qazilmalar, o‘rmonlar, ko‘llar, sug‘orish va kollektor-zovur tarmog‘idan belgilangan tartibda xo‘jalik ehtiyojlari uchun foydalanish, shuningdek, yerning boshqa foydali xossalarini ishga solish;
4) qishloq xo‘jaligi ekinzorlariga va daraxtzorlarga egalik qilish;
5) uy-joylar, ishlab chiqarish, madaniy-maishiy hamda boshqa imoratlar va inshootlar barpo etish;
6) yer olib qo‘yilgan yoki yer uchastkasidan ixtiyoriy ravishda voz kechilgan taqdirda yerning unumdorligini oshirishga sarflangan xarajatlarni to‘la undirib olish;
7) O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik aktlarida nazarda tutilgan hollar va tartibga muvofiq ravishda yer uchastkasini yoki uning bir qismini vaqtinchalik foydalanish uchun berish;
8) qishloq xo‘jaligi ekinlarini va daraxtzorlarni sug‘orish hamda boshqa maqsadlarda O‘zbekiston Respublikasi suv to‘g‘risidagi qonunlarida belgilangan limitlarga muvofiq va belgilangan tartibda sug‘orish manbalaridan va kanallardan suv olish.
Yer egalari quyidagilarni bajarishga majburdirlar:
1) yerdan maqsadli samarali foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishning tabiatni muhofaza qilish texnologiyalarini qo‘llash, o‘zining xo‘jalik faoliyati natijasida hududda ekologik vaziyatning yomonlashuviga yo‘l qo‘ymaslik;
2) yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha turkum tadbirlarni amalga oshirish;
3) yer solig‘ini o‘z vaqtida to‘lab turish;
4) boshqa yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning, shu jumladan, ijarachilarning huquqlarini buzmaslik.
O‘zbekiston Respublikasining “Yer to‘g‘risida”gi Qonunidan
Yerga doimiy egalik qilish huquqini beruvchi davlat akti nohiya (shahar) hokimligi tomonidan__________________
(erdan foydalanuvchining va yuqori tashkilotning nomi)
____________________________________________________________ shu haqda berildiki, unga quyidagi asosda
(er bergan organning nomi, hujjatning sanasi va nomeri)
____________________________________________________________________________asosan egalik yerlaridan chegaralarining rejasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi _____________________ viloyatida _______________ nohiyasida ___________ gektar yer doimiy egalik qilish uchun berildi.
Yer_______________________________________________________________________________ uchun berildi.
(qanday maqsadlar uchun)
...........Ushbu davlat hujjati ikki nusxada tuzilgan bo‘lib, ularning biri yer egasiga berilgan, ikkinchi nusxasi esa nohiya (shahar) hokimligida saqlanmoqda.
...........Hujjat yerga egalik qilish va yerdan foydalanish huquqini beruvchi davlat hujjatlari qayd etiladigan Daftarda ro‘yxatga olingan.
...........______________________________________nohiyasi (shahar) hokimi ________________________________
...........Yer tuzuvchi bosh muhandis _____________________________________________________________________
M. O‘.
199 ____ yil “____” ___________________________________
_____________________________________________________________________ egalik qiladigan yerlar chegaralarining
REJASI
MASShTAB 1:
egalik qilinadigan va foydalaniladigan ChEGARADOSh YERLAR
A dan B gacha ______________________________________________
B dan V gacha ______________________________________________
Egalik qilinadigan va foydalaniladigan begona yerlar
Tartib №
Egalik qilinadigan va foydalaniladigan yerlarning nomi
Maydoni, ga
Foydalaniladigan yerlarning o‘zgarishi
Rejadagi №
O‘zgartish kiritishga asos bo‘lgan hujjatlarning sanasi, nomeri va mazmuni
Maydoni, ga
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 27-maydagi 248-son qaroriga 2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasining gerbi
Yerdan doimiy foydalanish huquqini beruvchi
DAVLAT AKTI
Yerdan foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga egadirlar:
1) yerni berish shartlariga muvofiq undan foydalanish;
2) yer uchastkasidagi mavjud keng tarqalgan foydali qazilmalar, o‘rmon, suv obyektlaridan belgilangan tartibda foydalanish, shuningdek, yerning boshqa foydali xossalarini ishga solish;
3) yer bergan davlat boshqaruvi organi bilan kelishilgan holda uy-joy, ishlab chiqarish imoratlari, madaniy-maishiy binolar va boshqa inshootlar qurish;
4) yerdan foydalanish to‘xtatilgan taqdirda yerni yaxshilash uchun o‘z hisobidan sarflangan mablag‘ni undirish;
5) qishloq xo‘jaligi ekinzorlariga, yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotiga va uni sotishdan olingan daromadga egalik qilish;
6) O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik aktlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda yer uchastkasini yoki uning bir qismini vaqtincha foydalanish uchun berish;
7) qishloq xo‘jaligi ekinlarini, daraxtlarni sug‘orish hamda boshqa maqsadlar uchun limitlarga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining suv to‘g‘risidagi qonunlarida belgilangan tartibda sug‘orish manbalaridan va kanallardan suv olish.
Yerdan foydalanuvchilar quyidagilarni bajarishga majburdirlar:
1) yerdan uni berish vaqtida belgilab qo‘yilgan maqsadlar va shartlarga muvofiq foydalanishni ta’minlash;
2) o‘zlariga berilgan yerdan oqilona foydalanish, ishlab chiqarishning tabiatni muhofaza qiluvchi texnologiyalarini qo‘llash, o‘z xo‘jalik faoliyati natijasida hududda ekologik vaziyatning yomonlashuviga yo‘l qo‘ymaslik;
3) yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha turkum tadbirlarni amalga oshirish;
4) yer solig‘ini yoki yer uchun ijara haqini o‘z vaqtida to‘lab turish;
5) yer egalarining, yerdan foydalanuvchi boshqa kishilarning, shu jumladan, ijarachilarning huquqlarini buzmaslik;
6) foydali qazilma konlarini qazish, qurilish va boshqa ishlarni amalga oshirish uchun berilgan qishloq xo‘jaligi yerlarini va o‘rmonzorlarni ehtiyoj qolmaganidan keyin qishloq xo‘jaligi, o‘rmon yoki baliq xo‘jaligidan foydalanish uchun yaroqli holga, mazkur ishlar boshqa yerlarda amalga oshirilgan hollarda esa — belgilangan maqsadda foydalanish uchun o‘z hisobidan yaroqli holatga keltirish;
7) foydali qazilma konlarini qazish, shuningdek, boshqa ishlarni amalga oshirish paytida o‘zlariga foydalanish uchun berilgan yer uchastkalaridan tashqarida qishloq xo‘jaligi ekinzorlari, o‘rmonlar va boshqa yerlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishning oldini olish yoki uni mumkin qadar cheklash chora-tadbirlarini nazarda tutish va amalga oshirish.
O‘zbekiston Respublikasining “Yer to‘g‘risida”gi Qonunidan
Yerga doimiy foydalanish xuquqini beruvchi davlat akti nohiya (shahar) hokimligi tomonidan__________________
(erdan foydalanuvchining va yuqori tashkilotning nomi)
____________________________________________________________ shu haqda berildiki, unga quyidagi asosda
(er bergan organning nomi, hujjatning sanasi va nomeri)
____________________________________________________________________________asosan yerlaridan foydalanish chegaralarining rejasiga muvofiq O‘zbekistoi Respublikasi _____________________ viloyatida _______________ nohiyasida ___________ gektar yer doimiy foydalanish uchun berildi.
Yer_______________________________________________________________________________ uchun berildi.
(qanday maqsadlar uchun)
...........Ushbu davlat akti ikki nusxada tuzilgan bo‘lib, ularning biri yer egasiga berilgan, ikkinchi nusxasi esa nohiya (shahar) hokimligida saqlanmoqda.
...........Akt yerga egalik qilish va yerdan foydalanish huquqini beruvchi davlat hujjatlari qayd etiladigan Daftarda _______ nomer bilan ro‘yxatga olingan.
...........______________________________________nohiyasi (shahar) hokimi ________________________________
...........Yer tuzuvchi bosh muhandis _____________________________________________________________________
M. O‘.
199 ____ yil “____” ___________________________________
Foydalaniladigan yerlar chegaralarining
REJASI
MASShTAB 1:
egalik qilinadigan va foydalaniladigan ChEGARADOSh YERLAR
A dan B gacha ______________________________________________
B dan V gacha ______________________________________________
Egalik qilinadigan va foydalaniladigan begona yerlar
Tartib №
Egalik qilinadigan va foydalaniladigan yerlarning nomi
Maydoni, ga
Foydalaniladigan yerlarning o‘zgarishi
Rejadagi №
O‘zgartish kiritishga asos bo‘lgan hujjatlarning sanasi, nomeri va mazmuni
Maydoni, ga
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 27-maydagi 248-son qaroriga 3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida yerga doimiy egalik qilish va yerdan foydalanish huquqini beruvchi davlat aktlarini tuzish, ro‘yxatga olish va berish
TARTIBI
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Qishloq va o‘rmon xo‘jaliklarini yuritish uchun jamoa va davlat xo‘jaliklari, boshqa qishloq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi hamda korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarga yerlarga doimiy egalik qilish huquqining berilganligi yerga doimiy egalik qilish huquqini beruvchi belgilangan shakldagi davlat akti* bilan tasdiqlanadi.
Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi yuritish bilan bog‘liq bo‘lmagan ehtiyojlar uchun korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarga yerlardan doimiy foydalanish huquqi berilganligi yerdan doimiy foydalanish huquqini beruvchi belgilangan shakldagi davlat akti* bilan tasdiqlanadi.
* Bundan keyin “davlat aktlari” deb yuritiladi.
2. Yer doimiy egalik qilish uchun yoki undan doimiy foydalanish uchun belgilangan tartibda berilgan barcha yer egalariga va yerdan foydalanuvchilarga davlat aktlari nohiya, shahar (nohiyalarga bo‘linadigan shaharlarda — nohiya) hokimlari tomonidan beriladi.
3. Belgilangan tartibda yer uchastkalarini o‘z egaligiga olgan, mustaqil balansga ega bo‘lgan va yuridik hamda jismoniy shaxs hisoblanadigan jamoa va davlat xo‘jaliklari, boshqa davlat, kooperativ va jamoa korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari yer egalari deb hisoblanadilar.
Belgilangan tartibda yer uchastkasini foydalanishga olgan, mustaqil balansga ega bo‘lgan va yuridik hamda jismoniy shaxs hisoblanadigan O‘zbekiston Respublikasining, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi o‘zga davlatlarining davlat, kooperativ va jamoa korxonalari, muassasalari va tashkilotlari, chet el yuridik shaxslari va fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar yerdan foydalanuvchilar deb hisoblanadilar.
4. Davlat aktlari o‘zbek tilida (Qoraqalpog‘iston Respublikasida — qoraqalpoq tilida) tuzilib, ruscha matni ham beriladi. Davlat aktlari blankalari 210 X 300 millimetr kattalikda tayyorlanadi.
Yer egalariga va yerdan foydalanuvchilarga beriladigan davlat aktlari — ustiga ko‘k rang lederin qoplangan hamda O‘zbekiston Respublikasining gerbi tushirilgan kartondan tayyorlanib, ustki qismiga (o‘zbek yoki qoraqalpoq hamda rus tillarida) “Yerga doimiy egalik qilish huquqini beruvchi Davlat akti” va “Yerdan doimiy foydalanish huquqini beruvchi Davlat akti” degan matnlar yoziladi.
5. Davlat aktlari ikki nusxada tayyorlanib, ularning har biri nohiya, shahar (shahardagi nohiya) hokimlari va nohiyaning yer tuzuvchi bosh muhandisi tomonidan imzolanadi, chilvirlanadi va nohiya hokimligining gerbli muhri bosiladi. Davlat hujjatining birinchi nusxasi yer egasiga yoki yerdan foydalanuvchiga topshiriladi, ikkinchi nusxasi esa nohiya hokimligida saqlanadi. Davlat aktining har ikkala nusxasi bir xil nomerga ega bo‘ladi.
II. DAVLAT AKTLARINI TUZISh TARTIBI
1. Yangi tuzilayotgan jamoa, davlat xo‘jaliklari, boshqa qishloq xo‘jaligi hamda o‘zga korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning davlat aktlarini tuzish yer ajratish loyihalarini ishlab chiqish ishlari tizimida, ushbu Tartibga muvofiq holda amalga oshiriladi. Bunday hollarda nohiya, shahar (shahardagi nohiya) hokimining maxsus qarori talab etilmaydi.
2. Ishlab turgan jamoa, davlat xo‘jaliklari, boshqa qishloq xo‘jaligi hamda o‘zga korxonalar, muassasalar va tashkilotlar davlat aktlarini tayyorlash ishlarini boshlashdan avval tayyorgarlik ko‘rish ishlarini amalga oshiradilar.
Tayyorgarlik ko‘rish ishlari davomida quyidagilarni bajarish lozim:
har bir yer egasi va yerdan foydalanuvchiga oid ro‘yxatdan o‘tish ma’lumotlarini aniqlab olish;
alohida egalikdagi yerlar va foydalanishdagi yerlarning chegaralarini belgilash va umumiy maydonlarini aniqlash masalalariga doir mavjud reja-kartografik materiallarni, xo‘jaliklararo yer tuzilishi va yerlar ajratish loyihalarini, boshqa materiallarni o‘rganib chiqish;
barcha korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning yerga egalik qilish va yerdan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligini tekshirib chiqish;
nohiyaning (shaharning) Davlat yer kitobida qayd etilmagan yer egalari va yerdan foydalanuvchilar aniqlangan taqdirda, reja-kartografik materialga ularning chegaralari tushiriladi, umumiy maydoni hisoblab chiqiladi hamda u nohiya, shahar (shahardagi nohiya) hokimining ko‘rib chiqishiga havola etiladi, u ushbu yer uchastkasidan kelgusida foydalanish masalasini hal etadi;
jamoa, davlat xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi hamda o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida begona egalikdagi yerlar va foydalanishdagi yer maydonlari mavjudligini (ularning yer maydonlari ichkarisida joylashgan hamda boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlar egaligiga va foydalanishiga berilgan yer uchastkalari mavjudligini) aniqlash;
erdan to‘g‘ri foydalanayotganligi tekshirilishi lozim. Yerlar o‘zga maqsadlarda foydalanilayotganligi aniqlanganda yoki tekshiruv chog‘iga qadar tugatib yuborilgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga ilgari berilgan yer uchastkalari mavjudligi aniqlangan hollarda bu yerlardan kelgusida foydalanishga oid takliflar tayyorlanadi.
3. Tayyorgarlik ko‘rish ishlarining natijalariga binoan yerga egalik qilish va yerdan foydalanish ro‘yxati tuziladi, bunda davlat aktlarini tuzishdan avval chegaralarni tartibga keltirish ishlarini o‘tkazish zarur bo‘ladi, shuningdek, qo‘shimcha yer tuzish ishlari o‘tkazilishi talab etilmaydigan hamda tayyorgarlik ko‘rish ishlari natijalariga binoan davlat hujjatlarini tuzish mumkin bo‘lgan egalikdagi yerlar va foydalanishdagi yerlar ro‘yxati tuziladi.
4. Tayyorgarlik ko‘rish ishlarining natijalariga binoan nohiya, shahar (shahardagi nohiya) hokimining qaroriga binoan davlat aktlari tuziladi va quyidagi yer egalari va yerdan foydalanuvchilarga topshiriladi:
maydoni va chegaralari o‘zgarmagan va xo‘jaliklararo yer tuzilishi hamda yer ajratish bo‘yicha ilgari tuzilgan loyihalarga butunlay mos tushadiganlarga;
chegaralari o‘zgarmagan, balki berilgan yer uchastkalarining umumiy maydoniga aniqlik kiritilganlarga;
nohiyaning Davlat yer kitobida ro‘yxatga olinmagan, lekin yer uchastkasi berilganligi to‘g‘risidagi vakolatli idoralarning hujjatlariga ega bo‘lganlarga;
amalda foydalanilayotganligi xususida nohiya Davlat yer kitobida ro‘yxatga olingan, lekin yer uchastkasi berilganligi to‘g‘risidagi vakolatli idoralarning hujjatlariga ega bo‘lmaganlarga;
tayyorgarlik ko‘rish ishlari davomida aniqlangan va yer maydoni chegaralari chegaradosh yer egalari va yerdan foydalanuvchilar o‘rtasida nizo keltirib chiqarmaydigan taqdirda yer egalari va yerdan foydalanuvchilarga beriladi.
5. Yer egalari va yerdan foydalanuvchilarga davlat hujjatlari berish to‘g‘risidagi nohiya, shahar (shahardagi nohiya) hokimining qarorida quyidagilar aks ettiriladi:
er egasi va yerdan foydalanuvchining nomi;
rejadagi yer chegaralari bo‘yicha yer uchastkasining umumiy maydoni;
egalik qilish va foydalanish uchun birkitib qo‘yilgan yerlarning maydoni;
egalikdagi begona yerlar va foydalanishdagi yerlar ro‘yxati, ularning har biri bo‘yicha yer uchastkalarining umumiy maydoni ko‘rsatiladi.
6. Davlat aktlarini to‘ldirishdan avval egalikdagi yerlar va foydalanishdagi yerlar chegarasining rejasi tuziladi, ana shu reja davlat hujjatlarini tuzish bo‘yicha kelgusi ishlarning asosi bo‘lib qoladi.
7. Egalikdagi va foydalanishdagi yerlar chegarasining rejasida quyidagilar ko‘rsatilishi shart:
er uchastkasi doirasidagi barcha burilish nuqtalari;
chegaralarni ajratuvchi belgilar;
qurg‘oq chegaralar hisoblanmish barcha chiziqlar;
birkitilayotgan yer uchastkasining chegarasi deb hisoblanadigan daryolar, ko‘llar, kanallar, kollektorlar, yo‘llar, boshqa topografik belgilar;
temir yo‘l va avtomobil yo‘llari; magistral kanallar va kollektorlar uchun ajratilgan yerlar chegarasi;
begona egalikdagi yerlar va foydalanishdagi yerlar.
Rejada qoldirilgan bo‘sh joyda egalikdagi begona yerlar va foydalanishdagi yerlar ro‘yxati ko‘rsatiladi va egalikdagi yerlar va foydalanishdagi yerlarning tartib nomeri, nohiya xaritasidagi nomeri hamda yer uchastkalarining umumiy maydoni ko‘rsatiladi.
8. Egalikdagi va foydalanishdagi yerlar chegaralarining rejasi nohiya yer tuzuvchi-bosh muhandisi hamda shu ishlarni bajargan davlat yer tuzish tashkiloti yer tuzuvchi muhandisining imzosi bilan rasmiylashtiriladi.
9. Yuqorida qayd etib o‘tilgan ishlar nihoyasiga yetkazilgach, davlat aktlari to‘ldiriladi.
Davlat aktlarida barcha imzolar aniq va tushunarli bo‘lishi kerak. Noaniq va chalkash harflar bilan yozishga, shuningdek, surkash va tuzatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Davlat aktlaridagi egalikdagi va foydalanishdagi yerlar chegarasi rejasi yer uchastkasining hajmidan kelib chiqqan holda muayyan masshtabda tuziladi. Ana shu rejada egalikdagi va foydalanishdagi yerlar chegaralari rejasidagi obyektlar ushbu Tartib II bo‘limining 7-bandiga muvofiq yana takrorlanadi.
Agar masshtab kichikligi sababli egalikdagi va foydalanishdagi yerlar chegarasi rejasini anglash qiyin bo‘lsa, unga qo‘shimcha tarzda egalikdagi yerlar va foydalanishdagi yerlar chegaralari rejaning birmuncha yirikroq masshtabdagi nusxasi tayyorlanib, davlat akti bilan birga yer egalari va yerlardan foydalanuvchilarga topshiriladi.
10. Davlat aktining 10-sahifasida nohiya, shahar (shahardagi nohiya) hokimining qaroriga muvofiq barcha begona yer egalari va yerdan foydalanuvchilar qayd etilib, yer uchastkalarining umumiy maydoni ko‘rsatiladi.
11. Davlat hujjatlarining to‘g‘ri tuzilishi uchun shu ishni bajargan davlat yer tuzish tashkilotlari, nohiya bosh yer tuzuvchi-bosh muhandisi yoki shahar (shahardagi nohiya) bosh arxitektori javobgar bo‘ladilar.
III. DAVLAT AKTLARINI RO‘YXATGA OLISh VA BERISh TARTIBI
1. Davlat aktlari korxona, muassasa va tashkilotning rahbariga yoki ularning ishonchli vakillariga nohiya, shahar (shahardagi nohiya) hokimi yoki ularning o‘rinbosarlari tomonidan beriladi. Korxona, muassasa va tashkilotning rahbari yoki uning ishonchli vakillari hujjatni olganliklari xususida belgilangan tartibdagi yerga doimiy egalik qilish va yerdan foydalanish huquqini beruvchi davlat hujjatlari qayd etiladigan Daftarga imzo chekadilar.
2. Har bir nohiya, shahar (shahardagi nohiya) hokimligida yer tuzish xizmati tomonidan yerga doimiy egalik qilish va yerdan foydalanish huquqini beruvchi davlat hujjatlari qayd etiladigan Daftarlar yuritiladi, unda yer egasi va yerdan foydalanuvchining nomi, davlat aktining nomeri, birkitilayotgan yer maydoni, davlat akti berilgan sana, davlat aktini olgan va taqdim etgan shaxslarning familiyasi ismi va otasining ismi ko‘rsatiladi.
3. Agar davlat akti berilganidan so‘ng, egalikdagi yer va foydalanishdagi yerda o‘zgarishlar ro‘y bergan bo‘lsa, bu o‘zgarishlar davlat aktining 7 va 8-betlarida hamda ularning har ikkala nusxasida yer uchastkalari chegaralari grafik chizgilarida aks ettiriladi.
Kiritilgan o‘zgartishlar nohiya, shahar (shahardagi nohiya) hokimining hamda nohiya yer tuzuvchi-bosh muhandisi yoki shahar (shahardagi nohiya) bosh arxitektorining imzolari bilan tasdiqlanadi.
Egalikdagi yer va foydalanishdagi yer chegaralari rejasiga ham xuddi shunday o‘zgartishlar kiritiladi.
4. Korxona, muassasa va tashkilot yiriklashtirilgan yoki bo‘lib yuborilgan hollarda, ularning nomlari o‘zgartirilgan yoki davlat aktiga ko‘plab tuzatishlar kiritilgan taqdirda yer uchastkasi rejasidagi chegaralarni anglab olish qiyinlashsa nohiya, shahar (shahardagi nohiya) hokimining davlat aktini almashtirish to‘g‘risidagi qarori qabul qilinadi.
5. Yer egasiga va yerdan foydalanuvchiga yangi davlat hujjati topshirilayotganida undagi yerga egalik qilish va foydalanish huquqini beruvchi davlat akti nohiyadagi yer tuzish yoki me’morchilik-shaharsozlik xizmatiga topshiriladi.
Yerga egalik qilish va yerdan foydalanish huquqi to‘xtatilgan hollarda ham davlat akti yer tuzish yoki me’morchilik-shaharsozlik xizmatiga topshiriladi.
Yerga egalik qilish va yerdan foydalanish huquqini beruvchi o‘z kuchini yo‘qotgan davlat aktlari doimiy saqlash uchun topshiriladi.
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1992-yil, 6-son, 21-modda; 1995-yil, 4-son, 15-modda)