Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 20-sentabrdagi PF-5834-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) faoliyatini takomillashtirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son)
Oʻzbekiston Respublikasida 2020 — 2025-yillarda arxiv ishi va ish yuritishni yanada rivojlantirish dasturi 4-ilovaga muvofiq;
2020 — 2025-yillarda davlat arxivlari binolarini va saqlovxonalarini qurish dasturi 5-ilovaga muvofiq;
2023 — 2025-yillarda davlat arxivlari binolarini rekonstruksiya qilish dasturi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, Agentlik markaziy apparati va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi boshqarmalari tuzilmasiga qoʻshimcha kiritilayotgan shtat birliklari tegishli budjet tashkilotlari shtat birliklari sonini kerakligicha qisqartirgan holda, ularni moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan taʼminlanadi.
2. Agentlikning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Milliy arxiv fondining hujjatlarini jamlash, ularning saqlanishini, davlat hisobiga olinishini taʼminlash va ulardan keng foydalanishni tashkil qilish, arxiv ishi va ish yuritish sohasida nazoratni amalga oshirish;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son)
davlat arxivlarini boshqarish va ularning samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash;
arxiv xizmatlarini koʻrsatishda nodavlat sektorini yanada rivojlantirish, arxiv ishi sohasida davlat-xususiy sheriklik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
arxivshunoslik, arxeografiya, ish yuritish, elektron hujjat aylanishi sohasida ilmiy, metodik ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini va ilmiy-texnika yutuqlarini respublika arxivlari amaliyotiga joriy etish;
zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda muntazam ravishda arxiv ishi va ish yuritish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarni malakasini oshirish tizimini shakllantirish;
arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi mamlakatimiz va xorijiy davlatlarning ilgʻor ish tajribasini oʻrganish va ommalashtirish, xorijiy arxivlarda saqlanayotgan Oʻzbekiston tarixiga oid arxiv hujjatlari nusxalarini olib kelish.
3. Agentlik direktoriga quyidagi huquqlar berilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Adliya vazirligi bilan kelishgan holda Agentlik, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarmalar) hamda idoraviy boʻysunuvidagi tashkilotlari tuzilmalariga boshqaruv xodimlarining cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son)
mahalliy va xorijiy malakali mutaxassislarni xodimlar va maslahatchilar sifatida, ularga istisno tariqasida Arxiv ishini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan ish haqi va boshqa toʻlovlarni belgilagan holda, jalb qilish.
4. Belgilansinki, Agentlik va uning hududiy boshqarmalari xodimlari oʻz vakolati doirasida arxiv hujjatlarini topshirishning, saqlashning, ulardan foydalanishning, xuddi shuningdek arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan xizmatlar koʻrsatishning belgilangan tartibini buzganlik holatlari yuzasidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisida bayonnomalar tuzish huquqiga egadirlar.
5. Belgilab qoʻyilsinki, Arxiv ishi va ish yuritish boʻyicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazida (keyingi oʻrinlarda — Markaz):
arxiv ishi va ish yuritishning zamonaviy talablari va jarayonlarini hisobga olgan holda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilot va muassasalar arxivchi va ish yurituvchi kadrlarini uch yilda kamida bir marta malakasini oshirish;
boshqa soha mutaxassislarining arxiv ishi va ish yuritish boʻyicha bilimlarini oshirish yuzasidan oʻqishlar tashkil etish;
arxiv ishi va ish yuritishga oid respublika va xalqaro miqyosda seminarlar, konferensiyalar, anjumanlar tashkil etish;
arxiv ishi va ish yuritish sohasida ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish;
arxivchi va ish yurituvchi kadrlarni malakasini oshirish masalalari yuzasidan xalqaro tashkilotlar hamda xorijiy davlatlar taʼlim muassasalari bilan oʻzaro hamkorlik ishlari amalga oshiriladi.
6. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
davlat arxivlari pullik xizmat koʻrsatishdan olingan daromadining 20 foizi miqdoridagi yillik majburiy ajratmalar;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son)
Jamgʻarma mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga qoʻyishdan olingan daromadlar;
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari, xalqaro tashkilotlarning grantlari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Belgilansinki, Jamgʻarma mablagʻlari quyidagilarga sarflanadi:
davlat arxivlarining binolari va saqlovxonalarini taʼmirlash hamda qurish;
davlat arxivlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va xavfsizlik tizimlarini joriy qilish;
xorijiy davlatlardan Oʻzbekiston tarixiga oid arxiv hujjatlari nusxalarini qaytarish;
arxiv ishi sohasida turli konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish;
Agentlik, uning hududiy boshqarmalari va idoraviy boʻysunuvidagi tashkilotlari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
Agentlik, uning hududiy boshqarmalari va idoraviy boʻysunuvidagi tashkilotlari xodimlarini xorijiy davlatlarning ilmiy-tadqiqot, taʼlim va boshqa muassasalarida oʻqitish, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazish;
Agentlik, uning hududiy boshqarmalari va idoraviy boʻysunuvidagi tashkilotlari xodimlariga mamlakatda va xorijdagi xizmat safarlari xarajatlarini toʻlab berish;
Agentlik faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan boshqa tadbirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Agentlik direktoriga Adliya vazirligi bilan kelishgan holda Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan Agentlikning markaziy apparati va hududiy boshqarmalar xodimlariga asosiy egallab turgan lavozimlari boʻyicha lavozim maoshlariga, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan qatʼiy nazar, ustama va boshqa ragʻbatlantiruvchi toʻlovlarni belgilash huquqi berilsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son)
8. Belgilansinki, 2019-yil 1-oktabrdan:
Agentlik markaziy apparati va hududiy boshqarmalari xodimlarining lavozim maoshlarini Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga asosan belgilashda tarif koeffitsiyenti 1,6 baravarga oshirgan holda qoʻllaniladi;
Agentlik markaziy apparati va hududiy boshqarmalari xodimlariga sohada uzoq muddat xizmat qilgani uchun ish haqiga ustama haq toʻlanadi.
Ushbu bandni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
81. Belgilansinki, 2026-yil 1-yanvardan boshlab:
davlat arxivlari xodimlarining mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan hisoblanadigan bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari 1,5 koeffitsiyentga oshirilgan holda qoʻllaniladi;
davlat arxivlarining xodimlariga Agentlik va uning arxiv ishi hududiy boshqarmalarining xodimlariga uzoq muddat xizmat qilganligi uchun belgilangan miqdorlarda ustama haq toʻlash tartibi tatbiq etiladi.
Bunda oshirilgan koeffitsiyent va uzoq muddat xizmat qilganligi uchun ustama xarajatlari 2026-yilda tegishli budjetlarning zaxira jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan qoplanadi, 2027-yildan boshlab davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
(81-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-noyabrdagi PF-228-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2025-y., 06/25/228/1070-son)
9. Toshkent shahar hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ikki oy muddatda Oʻzbekiston milliy arxivlari binosi qurilish davrida Agentlikni davlat tasarrufidagi boʻsh turgan obyektlarga vaqtinchalik joylashtirishga koʻmaklashsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi;
arxiv ishi va ish yuritish holati boʻyicha davlat nazoratini amalga oshirish tartibi;
Arxiv ishini rivojlantirish jamgʻarmasi;
Arxiv ishi va ish yuritish boʻyicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlasin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-martdagi 174-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi huzuridagi Arxiv ishi va ish yuritish boʻyicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazi ustavi.
11. Agentlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 20-sentabr,
PQ-4463-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-sentabrdagi PQ-4463-son qaroriga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida 2020 — 2025-yillarda arxiv ishi va ish yuritishni yanada rivojlantirish
DASTURI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddatlari

Moliyalashtirish manbai

Masʼul ijrochilar

I. Arxiv ishi va ish yuritishning normativ va uslubiy bazasini takomillashtirish

1.

Oʻzbekiston Respublikasining “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasini belgilangan tartibda kiritish.

Qonun loyihasi quyidagilarni nazarda tutadi:

nodavlat arxivlarning faoliyatini rivojlantirish;

hujjatlarini Milliy arxiv fondida doimiy saqlash huquqi berilgan vazirlik va idoralar arxivlarining maqomini belgilash;

arxiv binolarini tasarrufdan chiqarishga boʻlgan talablarni belgilash;

tashkilotlar tomonidan arxiv hujjatlarini davlat arxivlariga elektron nusxalari bilan topshirish majburiyatini belgilash;

arxiv hujjatlarining elektron nusxalarini yaratish tartibini belgilash.

Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni

2020-yil
1-mart

“Oʻzarxiv” agentligi (U. Yusupov),
Adliya vazirligi (R. Davletov),
tegishli vazirlik
va idoralar

2.

Davlat arxivlari tomonidan koʻrsatiladigan pullik xizmatlarning yagona narxnomasini ishlab chiqish
va joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat

2020-yil
1-aprel

“Oʻzarxiv” agentligi (U. Yusupov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), tegishli vazirlik
va idoralar

3.

Arxiv ishi sohasida sulolalar davomiyligini taʼminlash, arxiv xodimlarining ijtimoiy himoya qilish va moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish, jumladan:

qarindosh-urugʻlarning birga ishlashlarini cheklash toʻgʻrisidagi qoidalardan istisnolarga yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan davlat korxonalari xodimlarining roʻyxatiga qoʻshimcha kiritish;

davlat arxivlari pullik xizmatlaridan tushadigan mablagʻlarning xodimlarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy ragʻbatlantirish tadbirlariga 50 foizgacha qismini sarflashga ruxsat berish.

Normativ-huquqiy hujjat

2020-yil
1-may

“Oʻzarxiv” agentligi (U. Yusupov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
Adliya vazirligi (R. Davletov),
Bandlik va mehnat munosabatlari

vazirligi (E. Muxitdinov), tegishli vazirlik
va idoralar

4.

Birxillashtirilgan hujjatlar tizimi. Kommunikativ formatda axborotni yozish” hamda “Birxillashtirilgan hujjatlar tizimi. Elektron vositalarda, mashina tashuvchilarda va mashinogrammalarda yaratiladigan hujjatlarga yuridik kuch berish. Umumiy qoidalar” Davlat standartlarini ishlab chiqish va oʻrnatilgan tartibda tasdiqlash.

Normativ
hujjat

2020-yil

1-oktabrgacha

Budjetdan tashqari mablagʻlar

“Oʻzarxiv” agentligi (U. Yusupov),

“Oʻzstandart” agentligi (D. Sattarov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov)

5.

Doimiy saqlovga olinadigan hujjatlar tarkibini optimizatsiya qilish.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2021-yil
1-yanvargacha

“Oʻzarxiv” agentligi (U. Yusupov),
vazirlik va idoralar

6.

Shaxsiy tarkib hujjatlarini saqlash muddatlarini qisqartirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Tahliliy

maʼlumotnoma

2021-yil
1-yanvargacha

“Oʻzarxiv” agentligi (U. Yusupov),
vazirlik va idoralar

II. Davlat arxivlari binolarini qurish va texnik jihozlash

7.

2020 — 2025-yillarda davlat arxivlari binolarini va saqlovxonalarini qurish.

2020 — 2025-yillarda davlat arxivlari binolarini va saqlovxonalarini qurish

dasturi

2020 — 2025-yillar davomida

Investitsiya dasturi doirasida markazlashtirilgan mablagʻlar

Iqtisodiyot
va sanoat vazirligi (B. Xodjayev),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Qurilish vazirligi (B. Zokirov),

“Oʻzarxiv” agentligi (U. Yusupov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

8.

2023 — 2025-yillarda davlat arxivlari binolarini rekonstruksiya qilish.

2023 — 2025-yillarda davlat arxivlari binolarini rekonstruksiya qilish dasturi

2023 — 2025-yillar davomida

Investitsiya dasturi doirasida markazlashtirilgan mablagʻlar

Iqtisodiyot
va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Qurilish vazirligi (B. Zokirov),

“Oʻzarxiv” agentligi (U. Yusupov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

9.

Davlat arxivlari va saqlovxonalarni zarur asbob-uskuna va jihozlar, jumladan mobil stellaj, zamonaviy qoʻriqlash tizimi, gazli yongʻin oʻchirish avtomatik qurilmalari tizimi, server, tarmoq hamda axborot xavfsizligini taʼminlash qurilmalari bilan taʼminlash.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2020 — 2025-yillar davomida

Investitsiya dasturi doirasida markazlashtirilgan mablagʻlar

Iqtisodiyot
va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Qurilish vazirligi (B. Zokirov),

“Oʻzarxiv” agentligi (U. Yusupov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

10.

Milliy arxivlarni alohida qimmatli hujjatlar restavratsiyasi boʻyicha zamonaviy uskunalar bilan taʼminlash hamda raqamlashtirish uskunalari bilan jihozlash, shu jumladan 200 ta hujjatlarni raqamlashtirish (elektron shaklga oʻtkazish) uchun skaner, 1 ta film-skaner, 3 ta server, 200 ta kompyuter qurilmalari bilan taʼminlash, shuningdek 3 ta restavratsiya laboratoriyalarini tashkil etish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2022 — 2025-yillar davomida

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti
va budjetdan tashqari mablagʻlar, xalqaro moliyaviy institutlar mablagʻlari

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

“Oʻzarxiv” agentligi (U. Yusupov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

III. Arxiv ishi va ish yuritish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarning malakasini oshirish

11.

Arxiv ishi va ish yuritish boʻyicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) faoliyatini tashkil etish, shu jumladan:

arkaz nizomini tasdiqlash hamda uni davlat roʻyxatidan oʻtkazish;

Markazni zarur oʻquv va laboratoriya uskunalari, mebel va kompyuter texnikasi bilan jihozlash;

Markazni yuklangan vazifalarni lozim darajada bajara oladigan yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirish;

Markazning faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini ishlab chiqish va joriy qilish.

Normativ-huquqiy hujjat

2019-yil
1-dekabrgacha

Arxiv ishini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

“Oʻzarxiv” agentligi (U. Yusupov)

12.

Yangi texnologiyalar va metodologiyalarni qoʻllagan holda arxiv ishi va ish yuritish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarning malakasini oshirish.

Oʻquv kursi dasturlari,

malaka oshirish grafigi

Tasdiqlash

2019-yil
1-dekabrgacha

Amalga oshirish

2020 — 2025-yillar davomida

“Oʻzarxiv” agentligi (U. Yusupov)

13.

Kasbiy tayyorgarlik va kvalifikatsiya darajasini aniqlash maqsadida davlat arxivlari rahbarlari
va xodimlarining attectatsiyasini oʻtkazish.

Attectatsiya oʻtkazish grafigi

Tasdiqlash

2019-yil
1-noyabrgacha

“Oʻzarxiv” agentligi (U. Yusupov)

IV. Arxiv ishi va ish yuritish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish

14.

“Arxiv ishi” yagona axborot tizimini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish.

Axborot tizimi

2021-yil

1-aprelgacha

Arxiv ishini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

“Oʻzarxiv” agentligi (U. Yusupov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov)

15.

2020 — 2025-yillarda davlat arxivlari binolarini va saqlovxonalarini qurish dasturi doirasida respublika milliy arxivlarida 30 tadan, viloyat davlat arxivlarida 10 tadan shtat birligidan iborat arxiv hujjatlarini raqamlashtirish (elektron shaklga oʻtkazish) sektorlarini tashkil etish hamda mutanosib ravishda raqamlashtirish qurilmalari bilan taʼminlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2022 — 2025-yillar davomida

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

“Oʻzarxiv” agentligi (U. Yusupov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

16.

Quyidagi davlat xizmatlarini Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali koʻrsatilishini joriy qilish:

oʻqiganlikni tasdiqlash haqidagi arxiv maʼlumotnomasini berish;

ish stajini tasdiqlash haqidagi arxiv maʼlumotnomasini berish;

ish haqini tasdiqlash haqidagi arxiv maʼlumotnomasini berish;

arab alifbosida yaratilgan turkiy, forsiy va arabcha hujjatlardagi axborotlar boʻyicha annotatsiya maʼlumotlarini tayyorlab berish;

arxiv hujjatlari, kitoblar va qoʻlyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish).

Internet tizimi orqali, shu jumladan bank plastik kartalaridan foydalangan holda arxiv ishi sohasida koʻrsatiladigan xizmatlarni onlayn toʻlovini amalga oshirish tizimini joriy etish.

Chora-tadbirlar dasturi

2020-yil

1-iyun








2022-yil

1-yanvar

Arxiv ishini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar, xalqaro moliyaviy institutlar mablagʻlari

“Oʻzarxiv” agentligi (U. Yusupov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov)

17.

“Elektron hukumat” tizimi doirasida axborot tizimlari va elektron bazalarni yaratish va rivojlantirish, shu jumladan:

davlat arxivlarining raqamlashtirilgan arxiv hujjatlaridan foydalanish boʻyicha yagona axborot tizimini yaratish;

raqamlashtirilgan (elektron nusxasi olingan) hujjatlarning elektron bazasini yaratish;

davlat arxivlari arxiv fondlarining elektron bazasini yaratish;

tashkilotlar va idoralarning qidiruv tizimi va axborot bazasini takomillashtirish;

arxivlarni “Elektron hukumat” yagona indentifikatorlari bilan integratsiyalash.

Axborot tizimi

2020 — 2025-yillar davomida

Arxiv ishini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari,

budjetdan tashqari mablagʻlar

“Oʻzarxiv” agentligi (U. Yusupov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov)

18.

Arxivlar axborot tizimlari infratuzilmasini modernizatsiya qilish, kompyuter hamda telekommunikatsiya infratuzilmasining axborot xavfsizligini taʼminlash.

Chora-tadbirlar dasturi

2020 — 2025-yillar davomida

Arxiv ishini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari,

budjetdan tashqari mablagʻlar

“Oʻzarxiv” agentligi (U. Yusupov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov)

V. Arxiv hujjatlaridan foydalanishni takomillashtirish

19.

“Oʻzarxiv” agentligi va Madaniyat vazirligi hamkorligida quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlarni amalga oshirish:

muzeylarda saqlanayotgan arxiv hujjatlarini inventarizatsiyadan oʻtkazish va ularning hisobi boʻyicha maʼlumotlarni Milliy arxiv fondi Davlat katalogiga kiritish;

muzeylar va davlat arxivlari hamkorligida mavzuli loyihalar tayyorlash ishlarini yoʻlga qoʻyish;

xalqaro va respublika miqyosida oʻtkaziladigan madaniy meros obyektlarini saqlanishiga doir anjumanlarda oʻzaro hamkorlik olib borish.

Chora-tadbirlar dasturi

Tasdiqlash

2020-yil
1-yanvargacha



Amalga oshirish

2021-yil

1-aprelgacha

“Oʻzarxiv” agentligi (U. Yusupov),
Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev)

20.

Davlat arxivlarida saqlanayotgan tarixiy davr (1917-yilgacha) arxiv hujjatlarini oʻrnatilgan tartibda maxfiylikdan chiqarish boʻyicha choralar koʻrish.

Chora-tadbirlar dasturi

2020-yil
1-iyungacha

“Oʻzarxiv” agentligi (U. Yusupov),
Davlat xavfsizligi xizmati (A. Azizov)

21.

Davlat arxivlari saqlovida boʻlgan shaxsiy tarkib hujjatlarini shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlariga oʻtkazish choralarini koʻrish, shu jumladan 2019-yil yakuniga qadar — kamida 10 foizini oʻtkazish, 2020-yil yakuniga qadar — 40 foizini va 2022-yil yakuniga qadar — 100 foizini.

Tashkiliy chora-tadbirlar dasturi

2019 — 2022-yillar davomida

“Oʻzarxiv” agentligi (U. Yusupov),

Davlat-xususiy sheriklikni

rivojlantirish agentligi (Gʻ. Xoljigitov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

22.

“Oʻzarxiv” agentligi tizimidagi davlat arxivlarida saqlanib kelinayotgan Milliy arxiv fondining alohida qimmatli va noyob (qogʻoz shaklidagi, kino, foto va ovoz) hujjatlar koʻrgazmalari tashkil etish.

Reja-jadval

Doimiy

Arxiv ishini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari,

budjetdan tashqari mablagʻlar

“Oʻzarxiv” agentligi (U. Yusupov),
Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev)

23.

Alohida qimmatli va noyob arxiv hujjatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Oʻzarxiv” agentligi va milliy arxivlar veb-saytlari orqali yoritib borish.

Chora-tadbirlar dasturi

Doimiy

Arxiv ishini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari,

budjetdan tashqari mablagʻlar

“Oʻzarxiv” agentligi (U. Yusupov)

Izoh:
1. Chora-tadbirlarni amalga oshirish shakli oʻzgarishi, ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar esa, huquqiy munosabatlarni tartibga solish predmeti va sohasidan kelib chiqqan holda birlashtirilishi mumkin;
2. Ikki va undan ortiq bandlar birlashtirilganda ushbu bandlar uchun belgilangan eng kech muddat ijro muddati etib belgilanadi.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6268-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-sentabrdagi PQ-4463-son qaroriga
5-ILOVA
2020 — 2025-yillarda davlat arxivlari binolarini va saqlovxonalarini qurish
DASTURI

T/r

Muassasalar nomi

Quvvati
(ming saqlov birligi)

Shu jumladan, yillar boʻyicha

2020-yil

2021-yil

2022-yil

2023-yil

2024-yil

2025-yil

Respublika miqyosidagi muassasalar

1.

Oʻzbekiston milliy arxivlari binosi qurish hamda ularni zarur asbob-uskuna va jihozlar bilan taʼminlash (mazkur binoda Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi, Oʻzbekiston Milliy arxivi, Kinofotofono hujjatlar milliy arxivi, Ilmiy texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi joylashadi).

4 000

+

Namangan viloyati

2.

Namangan viloyati davlat arxivi binosini qurish hamda uni zarur asbob-uskuna va jihozlar bilan taʼminlash.

600

+

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

3.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi markaziy davlat arxivi uchun qoʻshimcha saqlovxona qurish hamda uni zarur asbob-uskuna va jihozlar bilan taʼminlash.

250

+

Samarqand viloyati

4.

Samarqand viloyati davlat arxivi uchun qoʻshimcha saqlovxona qurish hamda uni zarur asbob-uskuna va jihozlar bilan taʼminlash.

500

+

Toshkent shahri

5.

Toshkent shahar markaziy davlat arxivi uchun qoʻshimcha saqlovxona qurish hamda uni zarur asbob-uskuna va jihozlar bilan taʼminlash.

300

+

Toshkent viloyati

6.

Toshkent viloyati davlat arxivi uchun qoʻshimcha saqlovxona qurish hamda uni zarur asbob-uskuna va jihozlar bilan taʼminlash.

450

+

Fargʻona viloyati

7.

Fargʻona viloyati davlat arxivi uchun qoʻshimcha saqlovxona qurish hamda uni zarur asbob-uskuna va jihozlar bilan taʼminlash.

300

+

Sirdaryo viloyati

8.

Sirdaryo viloyati davlat arxivi uchun qoʻshimcha saqlovxona qurish hamda uni zarur asbob-uskuna va jihozlar bilan taʼminlash.

250

+

Xorazm viloyati

9.

Xorazm viloyati davlat arxivi uchun qoʻshimcha saqlovxona qurish hamda uni zarur asbob-uskuna va jihozlar bilan taʼminlash.

250

+

Andijon viloyati

10.

Andijon viloyati davlat arxivi uchun qoʻshimcha saqlovxona qurish hamda uni zarur asbob-uskuna va jihozlar bilan taʼminlash.

400

+

Qashqadaryo viloyati

11.

Qashqadaryo viloyati davlat arxivi uchun qoʻshimcha saqlovxona qurish hamda uni zarur asbob-uskuna va jihozlar bilan taʼminlash.

300

+

Buxoro viloyati

12.

Buxoro viloyati davlat arxivi uchun qoʻshimcha saqlovxona qurish hamda uni zarur asbob-uskuna va jihozlar bilan taʼminlash.

350

+

Jizzax viloyati

13.

Jizzax viloyati davlat arxivi uchun qoʻshimcha saqlovxona qurish hamda uni zarur asbob-uskuna va jihozlar bilan taʼminlash.

250

+

Navoiy viloyati

14.

Navoiy viloyati davlat arxivi uchun qoʻshimcha saqlovxona qurish hamda uni zarur asbob-uskuna va jihozlar bilan taʼminlash.

700

+

Jami:

8 900

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-sentabrdagi PQ-4463-son qaroriga
6-ILOVA
2023 — 2025-yillarda davlat arxivlari binolarini rekonstruksiya qilish
DASTURI

T/r

Binosi rekonstruksiya qilinayotgan davlat arxivi nomi*

Shu jumladan, yillar boʻyicha

2023-yil

2024-yil

2025-yil

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi markaziy davlat arxivi

+

Jizzax viloyati

2.

Jizzax viloyati davlat arxivi

+

Xorazm viloyati

3.

Xorazm viloyati davlat arxivi

+

Andijon viloyati

4.

Andijon viloyati davlat arxivi

+

Qashqadaryo viloyati

5.

Qashqadaryo viloyati davlat arxivi

+

Buxoro viloyati

6.

Buxoro viloyati davlat arxivi

+

Navoiy viloyati

7.

Navoiy viloyati davlat arxivi

+

* Mazkur arxivlar rekonstruksiya qilish ishlari bilan birga zarur asbob-uskuna va jihozlar bilan taʼminlanadi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2019-y., 07/19/4463/3779-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son; 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son; 25.11.2025-y., 06/25/228/1070-son)