Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligini tashkil etish toʻgʻrisida
(Farmon nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PF-55-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 06/24/55/0263-son)
Oʻtgan davr mobaynida uzluksiz taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli taʼlim xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy talablariga muvofiq yuqori malakali kadrlar tayyorlash boʻyicha keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, iqtidorli yoshlar bilan ishlashning yagona va samarali tizimini yaratish, yosh avlodning isteʼdodi va salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun bunday yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, ilgʻor xorijiy tajribalar talablari asosida darsliklar va oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarni, shu jumladan elektron shaklda nashr etish, shuningdek, xalqaro maydonda mamlakatimiz manfaatlarini professional va yuqori darajada munosib ifoda eta oladigan, talab yuqori boʻlgan mutaxassislarni tayyorlashni taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur boʻlmoqda.
Iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash, oʻqitish va tarbiyalash, yosh isteʼdodlarni yanada qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish, darsliklar va oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarni tayyorlash va nashr etishdagi muammolarni bartaraf qilish ishlarini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish, shuningdek, umumtaʼlim muassasalari faoliyatini boshqarish va tashkil etishning maxsus tizimini yaratish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tashkil etilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PF-55-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 06/24/55/0263-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 9-sentabrdagi PQ-4444-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-apreldagi 240-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi toʻgʻrisida nizom.
2. Quyidagilar Agentlikning idoraviy boʻysunuviga oʻtkazilsin:
Prezident maktablari;
tasdiqlangan shtat jadvalini va ularni moliyalashtirishning amaldagi tartibini saqlab qolgan holda Xalq taʼlimi vazirligining hududiy organlari huzuridagi Abdulla Oripov, Hamid Olimjon va Zulfiya, Muhammad Yusuf, Ibroyim Yusupov, Erkin Vohidov, Muhammad Rizo Erniyozbek oʻgʻli Ogahiy, Halima Xudoyberdiyeva va Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktablari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi (keyingi oʻrinlarda — ijod maktablari);
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yoʻnalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktab hamda Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internati va Abu Ali Ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati (keyingi oʻrinlarda — ixtisoslashtirilgan maktablar).
3. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda yoshlarni aniqlash, tanlash, oʻqitish va tarbiyalash sohasida yagona davlat siyosatini samarali amalga oshirish;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PF-55-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 06/24/55/0263-son)
davlat taʼlim standartlariga muvofiq Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yagona shaklda muvofiqlashtirish va uslubiy rahbarlikni amalga oshirish;
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning oʻquv-tarbiyaviy jarayoniga ilgʻor taʼlim shakllari, pedagogik texnologiyalar va axborot yangiliklarini joriy etish;
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar oʻquvchilarida vatanparvarlik va Vatanga muhabbat, bagʻrikenglik tuygʻularini, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga nisbatan hurmatni shakllantirish, ularning maʼnaviy, axloqiy, intellektual va jismoniy rivojlanishi darajasini yanada oshirish;
xalqaro tashkilotlar va ekspertlarni jalb qilgan holda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar pedagogik kadrlarini tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilgʻor va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish;
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish va uygʻunlashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ushbu muassasalardagi bino va inshootlardan foydalanish boʻyicha ishlarni monitoring qilish va muvofiqlashtirish.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tashkiliy boʻysunuvida faoliyat yuritadigan respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PF-55-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 06/24/55/0263-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PF-55-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 06/24/55/0263-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Agentlik faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PF-55-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 06/24/55/0263-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PF-55-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 06/24/55/0263-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PF-55-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 06/24/55/0263-son)
5. Agentlik ish samaradorligining quyidagi eng muhim koʻrsatkichlari belgilansin:
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning oʻquvchilarida, shu jumladan vatanparvarlik, Vatanga beqiyos muhabbat va sodiqlik tuygʻularini, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga nisbatan chuqur hurmatni shakllantirishga yoʻnaltirilgan taʼlim-tarbiya jarayoni sifatini oshirish;
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilarining davlat va chet tillarini mukammal bilishi;
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga malakali va tajribali, chuqur bilimlarga ega, davlat va chet tillarini, zamonaviy pedagogik texnologiyalari va oʻqitishning innovatsion uslublarini biladigan pedagoglarni jalb qilish;
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilarining oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olishni davom ettirishlari uchun, shu jumladan ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim tizimining faoliyat yuritishi orqali kerakli sharoitlarni yaratish;
Prezident maktablari bitiruvchilarining kamida 20 foizi xalqaro tan olingan tashkilotlar reytingida oliy taʼlim muassasalari orasida dastlabki 1 000 ta pogʻonani egallagan yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilariga davlat hokimiyati organlari, respublika ahamiyatiga ega boshqa tashkilotlar, diplomatik vakolatxonalar, yirik kompaniya va birlashmalarga ishga joylashishda koʻmaklashish;
(5-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PF-55-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 06/24/55/0263-son)
oʻqitishning innovatsion shakl va uslublarini joriy qilgan holda talab yuqori boʻlgan taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar sonini koʻpaytirish;
barcha Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda milliy va jahon adabiyoti, musiqa, kino, haykaltaroshlik, amaliy sanʼat va boshqa ijodiy yoʻnalishlardagi asarlarga ega boʻlgan zamonaviy kutubxonalarning ishlashi;
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda oʻquv-uslubiy jarayonni avtomatlashtirishni taʼminlash va ularni yuqori tezlikdagi Internet tarmogʻiga ulash;
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar oʻquv jarayoniga taʼlimning ilgʻor shakllarini, pedagogik texnologiyalar va axborot yangiliklarini joriy etish maqsadida xorijiy taʼlim tashkilotlari bilan yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni zamonaviy sport zal, inventar, uskuna va boshqa jihozlar bilan taʼminlash.
Agentlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu bandda nazarda tutilgan maqsadli koʻrsatkichlarni oʻz vaqtida bajarish va ularga erishish boʻyicha choralar koʻrsin.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Agentlik huzurida Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilsin va uni shakllantirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PF-55-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 06/24/55/0263-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Jamgʻarma Vasiylik kengashining qaroriga asosan vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan yoʻnaltiriladigan tegishli mablagʻlar.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-iyuldagi PF-138-sonli Farmoniga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.07.2026-y., 06/26/138/0762-son)
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy davlatlarning grantlari va texnik koʻmak koʻrsatish mablagʻlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini bank depozitlari shaklida va boshqa shakllarda joylashtirishdan olingan daromadlar;
(6-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-iyuldagi PF-138-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.07.2026-y., 06/26/138/0762-son)
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
Bunda mazkur Farmonning 2-bandida nazarda tutilgan Agentlik boʻysunuviga oʻtkaziladigan tashkilotlarni taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablagʻlar ajratiladi.
Belgilansinki, Jamgʻarma mablagʻlari quyidagilarga yoʻnaltiriladi:
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash, shu jumladan zarur hollarda oʻquv ustaxonalari va laboratoriyalari, sport zallari, maydonchalar va boshqa infratuzilma obyektlarini tashkil etgan holda oʻquv korpuslarini kengaytirish ishlarini moliyalashtirish;
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni zamonaviy talablarni hisobga olgan holda va tasdiqlangan meʼyorlardan kelib chiqib, eng yangi oʻquv-laboratoriya, ilmiy, ishlab chiqarish va sport jihozlari, musiqa asboblari, kompyuter texnikasi, mebel va asbob-uskunalar bilan jihozlash (qoʻshimcha jihozlash) ishlarini moliyalashtirish;
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va dasturiy mahsulotlarni joriy etish;
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda oʻquv-uslubiy rahbarlikni taʼminlash, taʼlim jarayonini yuritish boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi ixtisoslashgan xorijiy tashkilotlar xizmatiga haq toʻlash;
Agentlikka yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan xorijiy ekspertlarni va chet elda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizni fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida ishlash uchun jalb qilish;
Agentlik faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan boshqa chora-tadbirlar.
7. Belgilansinki, Agentlik Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlarning tasarruf etuvchisi hisoblanadi.
8. Agentlik, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibni oʻrnatish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin:
ijod maktablarida har bir sinfdagi oʻquvchilar soni 20 nafarni tashkil qiladi, 7-sinflarga qabul qilish esa ijodiy tanlovlar, test va boshqa sinovlar asosida amalga oshiriladi;
ijod maktablarida oʻquvchilar sonidan qatʼi nazar 1 shtat birligida kutubxonachi lavozimi kiritiladi;
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari muntazam ravishda ijod maktablarida oʻquvchilarning ijodiy isteʼdodini rivojlantirishga qaratilgan mashgʻulotlar olib boradi;
ijod maktablarida oʻqituvchilik faoliyati bilan shugʻullanayotgan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari mehnatiga haq toʻlash umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻqituvchilari mehnatiga soatbay haq toʻlashga muvofiq amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasiga bir oy muddatda ijod maktablarini milliy va jahon adabiyoti, musiqa, kino, haykaltaroshlik, amaliy sanʼat va boshqa ijodiy yoʻnalishlardagi 100 ta eng yaxshi asarlar (bestsellerlar) bilan taʼminlash tavsiya etilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-yanvarga qadar ijod maktablarining kutubxonalarini Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi axborot-resurs bazasiga ulanishini taʼminlasin.
10. Toshkent viloyati hokimligi va “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi” DUK Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar oʻquvchilari uchun yozgi sport-sogʻlomlashtirish oromgohi, shuningdek, Agentlik va Markaz xodimlari uchun dam olish zonasi qurilishi uchun qulay tabiiy sharoitlarga ega yer uchastkasini ajratish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
11. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Agentlik faoliyatini tashkil qilish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin.
Xalq taʼlimi vazirligi ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 9-sentabr,
PF-5815-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2019-y., 06/19/5815/3717-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 06/24/55/0263-son; 20.07.2026-y., 06/26/138/0762-son)