Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 08.08.2007
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING FAOLIYATI MASALALARI TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-avgustdagi 168-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimini kiritish to‘g‘risida” 2007-yil 28-iyundagi PQ-661-son qarori)” to‘g‘risidagi qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Respublika soliq organlarining tuzilmasini yanada takomillashtirish hamda ularning soliqqa doir huquq buzishlarni aniqlash, ularga barham berish va oldini olishga oid faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Maxsus taftish-nazorat boshqarmasi Davlat soliq qo‘mitasining taftish-nazorat ishlari Bosh boshqarmasiga aylantirilsin hamda uning tuzilmasi tasdiqlansin (1-ilova).
2. Davlat soliq qo‘mitasining tuzilmasi o‘zgarganligi va navbatchi qismlari tuzilganligi munosabati bilan uning xodimlari soni 210 nafarga, shu jumladan, markaziy apparati xodimlari soni 16 nafarga ko‘paytirilsin (1a-ilova).
3. Texnika vositalari sotib olish uchun Davlat soliq qo‘mitasiga Respublika valyuta fondidan 46390 AQSh dollari, 250 mln. Rossiya rubli va respublika budjeti mablag‘lari hisobidan 750 ming so‘m ajratilsin (2-ilova).
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasining shtatdagi xodimlari soni ko‘paytirilishi munosabati bilan uni mablag‘ bilan ta’minlashni nazarda tutsin.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining yangi tashkil etilgan bo‘linmalarini hisobga olgan holda, soliq organlarini zarur xizmat xonalari bilan ta’minlasinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 10-yanvar,
10-son
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 10-yanvardagi 10-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi taftish-nazorat ishlari Bosh boshqarmasining
tuzilmasi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, ayni paytda uning o‘zi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi taftish-nazorat ishlari Bosh boshqarmasi boshlig‘idir
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi taftish-nazorat ishlari Bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari:
Axborot-analitik bo‘lim;
Ekspert-texnik bo‘lim.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi taftish-nazorat ishlari Bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, ayni paytda uning o‘zi maxsus boshqarma boshlig‘i:
Surishtiruv bo‘limi;
Tergovoldi tekshiruv bo‘limi;
Shaxsiy xavfsizlikni ta’minlash bo‘limi;
Soliq va bojxona organlari faoliyatini nazorat qilish bo‘limi;
Navbatchilik qismi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi taftish-nazorat ishlari Bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, ayni paytda uning o‘zi taftish ishlari boshqarmasi boshlig‘i:
Davlat korxonalarini, konsernlarni, aksionerlik jamiyatlarini taftish qilish bo‘limi;
Dehqonchilik sanoati majmui korxonalarini taftish qilish bo‘limi;
Tijorat tuzilmalarini, qo‘shma korxonalarni va boshqa nodavlat tuzilmalarini taftish qilish bo‘limi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi taftish-nazorat ishlari Bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, ayni paytda uning o‘zi savdo va xizmatlar ko‘rsatish sohasini nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i:
Savdo korxonalarini nazorat qilish bo‘limi;
Umumiy ovqatlanish korxonalarini nazorat qilish bo‘limi;
Xizmatlar ko‘rsatish sohasi korxonalarini nazorat qilish bo‘limi.
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 10-yanvardagi 10-son qaroriga
1a-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi navbatchilik qismlarining
ShTATLAR SONI
Jami‎

— 210 nafar‎

shu jumladan:‎
— navbatchilar‎ — 45 nafar‎
— navbatchilarning yordamchilari‎ — 25 nafar‎
— navbatchilarning axborot ta’minoti va aloka buyicha yordamchilari ‎ — 40 nafar‎
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 10-yanvardagi 10-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasi uchun texnik vositalarga bo‘lgan ehtiyojlar hisob-kitobi

T/r‎

Texnikaning nomi‎

Summa‎

1.‎ Video-audio apparatlari, bosma qurilmalari‎ 16200 dollar‎
2.‎ Yordamchi va tashkiliy kurilmalar‎ 4490 dollar‎
3.‎ Kriminalistikada foydalaniladigan texnikaga ‎ 45700 dollar‎
4.‎ Transport vositalari‎ 250 mln Rossiya rubli ‎
5.‎ Operativ ektiyojlar uchun sarf-xarajatlar‎ 750000 sum‎
Jami: 46390 AKSh dollari, 250 mln Rossiya rubli v a 750 ming sum.