1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.13.00 Kimyolashtirish. O‘simliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / O‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini sinovdan o‘tkazish va ro‘yxatga olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli “O‘zbekiston Respublikasida o‘simliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Idoralararo kollegial organlarni tubdan qisqartirish va yanada optimallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 28-avgustdagi PF-5527-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, qishloq xo‘jaligida o‘simliklarni himoya qilishning samarali usullarini hamda ekologik jihatdan xavfsiz, kam zaharli kimyoviy va biologik vositalarni qo‘llash, kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini sinovdan o‘tkazish va ro‘yxatga olish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruv tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 17-apreldagi PF-5708-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi etib qayta tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligining:
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi huzuridagi Kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalari davlat komissiyasi (Davlat kimyo komissiyasi)ni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini sinovdan o‘tkazish va ro‘yxatga olish bo‘yicha davlat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) etib;
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi huzuridagi Kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalari davlat komissiyasi Ishchi organini O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini sinovdan o‘tkazish va ro‘yxatga olish bo‘yicha davlat komissiyasi Ishchi organi (keyingi o‘rinlarda Ishchi organ deb ataladi) etib qayta tashkil qilish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Ishchi organ Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi huzuridagi Kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalari davlat komissiyasi Ishchi organining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 274-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/274/0414-son)
3. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun tavsiya etilayotgan respublikada ishlab chiqarilgan va chet eldan olib kelingan kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalari hujjatlarini o‘rganib chiqish, ularning biologik jihatdan samaradorligini, toksikologik-gigiyenik va ekologik, shu jumladan tuproq mikroflorasi va faunasiga ta’sirini aniqlash uchun sinovlar tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida o‘simlik zararkunandalari, kasalliklari va begona o‘tlarga qarshi foydalanish uchun ruxsat etilgan kimyoviy va biologik himoya vositalari, defoliantlar hamda o‘simliklarni o‘sishini boshqaruvchi vositalar ro‘yxatini yuritish;
ro‘yxatga olingan kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarining inson salomatligiga va atrof-muhitga salbiy ta’siri, nomaqbul xossalari hamda biologik jihatdan samaradorligi past ekanligi aniqlangan taqdirda ularni qo‘llashni taqiqlash;
o‘simliklarni himoya qilish vositalarini qo‘llash reglamentlari va qoidalarini ishlab chiqishni tashkil etish hamda tasdiqlash.
4. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini sinovdan o‘tkazish va ro‘yxatga olish bo‘yicha davlat komissiyasi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bir oy muddatda Komissiya to‘g‘risidagi nizomni, Ishchi organ ustavi va tuzilmasini belgilangan tartibda tasdiqlasin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
6. Vazirlar Mahkamasining “Kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalari davlat komissiyasi (Davlat kimyo komissiyasi) faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 2005-yil 4-yanvardagi 1-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 1-son, 1-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.D. Vaxabov va O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 5-sentabr,
735-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-sentabrdagi 735-son qaroriga ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini sinovdan o‘tkazish va ro‘yxatga olish bo‘yicha davlat komissiyasi
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri, komissiya raisi
2.
Sh.J. Teshayev
—
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari, komissiya raisining o‘rinbosari
3.
R. Ochilov
—
Kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini sinovdan o‘tkazish va ro‘yxatga olish bo‘yicha davlat komissiyasi Ishchi organi rahbari, komissiya raisining o‘rinbosari
4.
A. Jalolov
—
Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti direktorining o‘rinbosari
5.
X.Z. Xusanov
—
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari
6.
D.S. Mirzaboyev
—
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologiya nazorati bosh boshqarmasi boshlig‘i, Davlat Bosh sanitariya vrachining o‘rinbosari
7.
D.Y. Kattaxodjayev
—
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari
8.
Sh.M. Miralimova
—
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Mikrobiologiya instituti direktori
9.
A.B. Ucharov
—
O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti direktori
10.
Y.B. Saimnazarov
—
Akademik M. Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori
11.
B.A. Sulaymonov
—
Toshkent davlat agrar universiteti rektori
12.
R.K. Karimov
—
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining O‘simlik moddalari kimyosi instituti professori
13.
lavozimiga ko‘ra
—
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘simliklarni himoya qilish va agrokimyo boshqarmasi boshlig‘i, komissiya kotibi
Izoh. Davlat komissiyasi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.09.2019-y., 09/19/735/3694-son; 05.05.2021-y., 09/21/274/0414-son)