1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.07.00 Boshqa masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.09.00 Mehnat migratsiyasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila aʼzolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari toʻgʻrisida
Keyingi yillarda mamlakatimizda tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish, vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga joʻnab ketayotgan fuqarolarning (keyingi oʻrinlarda — mehnat migrantlari) huquq va manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash, ularga zarur huquqiy, ijtimoiy, axborot-maslahat yordami koʻrsatish va moddiy qoʻllab-quvvatlash borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, mehnat migrantlari va ularning oila aʼzolari uchun ishonchli, shu jumladan uy-joy va maishiy sharoitlarni yaxshilash, moliyaviy yordam, hayoti va sogʻligʻini himoya qilish masalalarida ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini yaratishni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni qabul qilish talab etilmoqda.
Bundan tashqari, mehnat migrantlari va ular oila aʼzolarining yashashi va mehnat faoliyati uchun munosib sharoitlar yaratish uchun vakolatli idoralar bilan respublikaning hamda xorijiy davlatlar mahalliy hokimiyat organlarining rahbarlari oʻrtasida samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, shuningdek, mazkur yoʻnalishda muvofiqlashgan faoliyatni taʼminlash zarur.
Mehnat migrantlari va ularning oila aʼzolarini qoʻllab-quvvatlashning samarali tizimini shakllantirish, davlat tomonidan ularning kundalik ehtiyojlari va orzu-umidlari toʻgʻrisida har tomonlama gʻamxoʻrlik qilish, mamlakat hududida ham, uning tashqarisida ham ishonchli ijtimoiy va huquqiy himoya kafolatlarini kuchaytirish maqsadida, shuningdek, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining takliflarini hisobga olib:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.09.00 Mehnat migratsiyasi]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga 2020-yilda uy-joy qurilishi boʻyicha davlat dasturlarining ijrosi doirasida koʻp kvartirali uylardan 3 462 ta xonadonni 1-ilovaga muvofiq ajratsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining quyidagilar toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin:
mehnat migrantlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida olingan kredit toʻlovlarini “Aziya invest bank” aksiyadorlik jamiyati va Rossiyadagi boshqa hamkor-banklar orqali Rossiya rublida, shu jumladan elektron toʻlov tizimlari orqali amalga oshirish mexanizmini joriy qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida Oʻzbekiston Respublikasidan ketgan mehnat migrantlari koʻproq yigʻilgan Rossiya Federatsiyasi hududlarida “Aziya invest bank” aksiyadorlik jamiyatining bank infratuzilmasini va mijozlarga xizmat koʻrsatishning masofaviy kanallarini kengaytirish choralarini koʻrish.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoni tahririda)
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.09.00 Mehnat migratsiyasi]
3. 2019-yil 1-oktabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi hamda Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoni tahririda)
mehnat migrantlariga — xorijda ishga joylashish bilan bogʻliq xarajatlarni toʻlash uchun bir bank kuni davomida tez rasmiylashtirilgan holda eng kam talab qilinadigan hujjatlar (pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta, ariza va mehnat organining iltimosnomasi) asosida 2 mln. soʻm miqdorida bir yil muddatga 2019-yilda taqdim etilayotgan kredit foiz stavkasining 50 foizi miqdoridagi tijorat bankining marjasini oʻz ichiga olgan holda 10 foizlik stavkada 2020-yil 1-yanvardan — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasida, 2021-yil 1-yanvardan — tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda oʻrnatiladigan stavkalarda mikroqarzlar berish;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-112-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son)
sugʻurta kompaniyalariga — yiliga bir marotaba xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida fuqarolar hayoti va sogʻligʻini hamda boshqa tavakkalchiliklarni sugʻurtalash boʻyicha sugʻurta mukofoti summasini qoplash uchun sugʻurtalangan har bir mehnat migranti uchun 50 ming soʻm miqdorida bir martalik subsidiyalar taqdim etish amaliyoti joriy etilsin.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida fuqarolar hayoti va sogʻligʻini hamda boshqa tavakkalchiliklarni sugʻurtalash boʻyicha sugʻurta mukofoti summasini qoplash uchun bir martalik subsidiyalar taqdim etish tartibini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.09.00 Mehnat migratsiyasi]
4. Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiyasi) 2-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning uyushgan mehnat migratsiyasi, mehnat migrantlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilish, ularni moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoni tahririda)
tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkillashtirish, mazkur sohadagi milliy qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini yanada takomillashtirish;
xorijiy mamlakatlarning tashqi mehnat migratsiyasi masalalari boʻyicha vakolatli davlat organlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, mehnat migrantlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro shartnomalarga Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi (ratifikatsiya qilishi) boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga ularning xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish, adolatli va xavfsiz mehnat sharoitlariga boʻlgan huquqlarini roʻyobga chiqarishda koʻmaklashish, ularning ijtimoiy va huquqiy himoyasini, shuningdek, Vatanga qaytganlaridan soʻng jamiyatga qoʻshilishini taʼminlash;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlarining tashqi mehnat migratsiyasi sohasida qilingan ishlar boʻyicha hisobotlarini tinglash, shu asosda ularni ragʻbatlantirish yoki javobgarlikka tortish boʻyicha qarorlar qabul qilish;
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoni tahririda)
tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi ishlarning ahvolini tizimli tahlil va monitoring qilish hamda uning yakunlari boʻyicha mehnat migrantlariga huquqiy, moliyaviy va moddiy koʻmaklashish vositalarining samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
Belgilansinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, shuningdek, vakolatli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari har olti oyda kamida bir marta mehnat migrantlari va ularning oila aʼzolarini qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Respublika komissiyasiga hisobot beradi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.09.00 Mehnat migratsiyasi]
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari xorijiy mamlakatlarning mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari bilan mehnat migrantlarining mehnat faoliyatini amalga oshirish va istiqomat qilishi uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish, ishga qabul qilishda ularning mehnat huquqlariga rioya etilishi, mehnat migrantlari uchun munosib yashash va maishiy shart-sharoitlarni yaratish, sogʻliqni saqlash va taʼlim muassasalari xizmatlaridan foydalanish, shuningdek, mehnat migrantlarining xorijda boʻlishi bilan bogʻliq ehtimoliy muammolarni hal qilish masalalari boʻyicha doimiy asosda yaqin hamkorlik munosabatlarini oʻrnatsin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.09.00 Mehnat migratsiyasi]
9. Shunday tartib amaliyotga joriy etilsinki, unga koʻra:
Agentlik oʻzida mavjud maʼlumotlar hamda xususiy bandlik agentliklari va Agentlikning xorijdagi vakolatxonalaridan olingan maʼlumotlar asosida har oyning 5-sanasiga qadar tashqi mehnat migratsiyasi sohasida qilingan ishlar va aniqlangan muammolar toʻgʻrisidagi axborotni, ularni hal etish boʻyicha aniq takliflar bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga kiritadi;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoni tahririda)
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda har oyning 10-sanasiga qadar tashqi mehnat migratsiyasi holati, mehnat migrantlarini koʻllab-quvvatlash va ularning huquqlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilgan ishlar haqida yigʻma-tahliliy maʼlumotni keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga axborot berish va Respublika komissiyasi majlislarida koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoni tahririda)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.09.00 Mehnat migratsiyasi]
10. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ishlab chiqilayotgan “Yagona milliy mehnat tizimi” axborot tizimi doirasida, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi “labor-migration” dasturiy majmuasini 2019-yil 1-oktabrga qadar joriy etsin:
xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagini bildirgan fuqarolarga ish beruvchi mamlakatda boʻlish qoidalari, mehnat, ijtimoiy, uy-joy va maishiy taʼminot sharoitlari, xorijiy ish beruvchilar bilan mehnat shartnomalarini tuzishning huquqiy jihatlari, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan moliyaviy yordam choralari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni onlayn tarzda taqdim qilish;
Agentlik va xususiy bandlik agentliklari faoliyati toʻgʻrisida, shu jumladan ular koʻrsatadigan xizmatlarning turlari va narxlari, xorijiy ish beruvchilarda mavjud boʻlgan boʻsh ish oʻrinlari, shuningdek, ushbu ish oʻrinlariga ishga joylashish tartibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyati monitoringi, shu jumladan kasbiy taʼlim, qayta tayyorlash va malaka oshirish, taqdim etilgan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralari, koʻrsatilgan huquqiy va ijtimoiy yordam, shuningdek, xorijiy ish beruvchilar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari toʻgʻrisidagi axborotlar;
chet elda ogʻir vaziyatga tushib qolgan va yordamga muhtoj mehnat migrantlari tomonidan masofadan turib murojaat yoʻllash imkoniyati;
mehnat migrantlari, ishga joylashish geografiyasi, ularning faoliyat yoʻnalishlari va turlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish.
Belgilab qoʻyilsinki, ushbu Farmonda nazarda tutilgan kreditlar, subsidiyalar, mikroqarzlar va koʻp kvartirali uylardagi xonadonlar “labor-migration” dasturiy majmuasida roʻyxatdan oʻtgan mehnat migrantlariga taqdim etiladi.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi:
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoni tahririda)
a) 2019-yil 1-oktabrga qadar quyidagilarni:
uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlari uchun 2020-yilda uy-joylar qurish parametrlari;
Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga koʻp kvartirali uylardan xonadonlar ajratish tartibi toʻgʻrisida, shu jumladan ipoteka kreditlari olish huquqiga ega talabgorlarni saralab olish tartibini koʻzda tutuvchi nizomni Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin;
b) 2021-yil va keyingi yillarda uy-joylar qurish parametrlarini shakllantirishda uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlari uchun koʻp kvartirali uylardan xonadonlar kiritilishini belgilangan tartibda nazarda tutsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, ishtirokchi tijorat banklari, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda mehnat migrantlari uchun koʻp kvartirali uylarda uy-joy qurish boʻyicha davlat dasturida nazarda tutilganidan ortiq miqdorda xonadonlar qurilishiga xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining uzoq muddatli imtiyozli kreditlarini jalb qilish choralarini koʻrsin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoni tahririda)
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.09.00 Mehnat migratsiyasi]
13. Tashqi mehnat migratsiyasi tizimini yanada takomillashtirish, uning uyushgan shakllarini tubdan kengaytirish, respublikadan tashqariga ishlash uchun ketayotgan fuqarolarning mehnat, ijtimoiy va boshqa huquqlari himoya qilinishini taʼminlash, xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlarini tadbirkorlik va mehnat faoliyatiga jalb etish Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri birinchi oʻrinbosarining asosiy vazifasi etib belgilansin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoni tahririda)
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.09.00 Mehnat migratsiyasi]
14. Mehnat migrantlarining ishlash va yashash sharoitlari bilan tanishish va ularga amaliy yordam koʻrsatish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi oʻrinbosari boshchiligidagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa davlat organlarining rahbariyati va vakillaridan tarkib topgan delegatsiyalarning xorijiy davlatlarga, eng avvalo Rossiya Federatsiyasiga tizimli ravishda safar qilishi amaliyoti joriy etilsin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoni tahririda)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.09.00 Mehnat migratsiyasi]
15. Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, Agentlikning xorijdagi vakolatxonalari mansabdor shaxslari va masʼul xodimlari mehnat migrantlarining murojaatlari bilan ishlashda, ayniqsa kechiktirib boʻlmaydigan choralar koʻrishni talab qiluvchi masalalarda va ularga zarur yordam koʻrsatish borasida sovuqqonlik, buyruqbozlik va sansalorlikka yoʻl qoʻyganlik uchun shaxsan javobgar ekanligi toʻgʻrisida qatʼiy ogohlantirilsin.
16. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ommaviy axborot vositalarida ushbu Farmonning maqsad va vazifalari keng miqyosda yoritilishini tashkil etsin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlasin;
ushbu Farmonda belgilangan vazifalarning amaliy ijrosini taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorini qabul qilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-avgustdagi PF-5785-son Farmoniga 2-ILOVA
Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari boʻyicha respublika komissiyasi tarkibi
1.
A.N. Aripov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Respublika komissiyasi raisi
2.
P.R. Bobojonov
—
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Respublika komissiyasi raisi oʻrinbosari
3.
B.A. Musayev
—
Oʻzbekiston Respublik�si kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri, Respublika komissiyasi raisi oʻrinbosari
4.
A.Z. Saʼdullayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi direktori
5.
Kelishuvga koʻra
—
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi oʻrinbosari
6.
Lavozimi boʻyicha
—
Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi oʻrinbosari
7.
A.Sh. Inoyatov
—
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri
8.
Lavozimi boʻyicha
—
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari
9.
B.I. Zakirov
—
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri
10.
A.Y. Haydarov
—
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari
11.
F.F. Eshmatova
—
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman)
12.
A.X. Saidov
—
Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori
13.
K.M. Rafikov
—
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi
14.
Lavozimi boʻyicha
—
Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri oʻrinbosari, Respublika komissiyasi masʼul kotibi
Izoh: Respublika komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoni tahririda)
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-yanvardagi PF-5903-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2020-y., 06/20/5903/0039-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2019-y., 06/19/5785/3605-son; 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son; 11.01.2020-y., 06/20/5903/0039-son; 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son)