O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Toshkent davlat agrar universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
So‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligi sohasida hududlarni rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda yuqori malakali kadrlar tayyorlash, sohaga xalqaro ta’lim standartlari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish yuzasidan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Amalga oshirilgan islohotlar o‘quv-tarbiyaviy jarayon sifatini oshirish, uni innovatsion mazmun bilan to‘ldirish, talabalarda mustaqil ravishda yangi bilimlarni egallash ko‘nikmasini shakllantirishga imkon yaratdi.
Shu bilan birga, fan, ta’lim va ishlab chiqarishning uzviy integratsiyasi, kadrlar tayyorlashda agrar soha tarmoqlari bilan yaqin hamkorlikni kuchaytirish, ilmiy-tadqiqot natijalarini targ‘ib va joriy qilish tizimini tubdan takomillashtirish talab etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-apreldagi PF-5708-son “Qishloq xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining ijrosini ta’minlash, shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasi va tarmoqlarida malakali kadrlar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash, fan, ta’lim va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash maqsadida:
1. Toshkent davlat agrar universiteti (keyingi o‘rinlarda — Universitet) va uning filiallarida qishloq xo‘jaligi ta’limi va ilm-fanini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
qishloq xo‘jaligida innovatsion resurstejamkor texnologiyalarni qo‘llash, “aqlli qishloq xo‘jaligi” (Smart agriculture) va raqamlashtirilgan agrotexnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan kadrlar tayyorlash;
o‘quv-laboratoriya bazasini modernizatsiyalash, fan dasturlarida soha bo‘yicha zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari, yuqori unumli va resurstejamkor ilg‘or texnologiyalar sohasidagi bilimlarni shakllantirishga qaratilgan vazifalarni aks ettirish;
xorijiy ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilar, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning malakasini oshirish va stajirovkalarini tashkil etish;
ilmiy-tadqiqot institutlari, manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar hamkorligida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borish hamda ularning natijalarini ishlab chiqarishga keng joriy etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Universitet va uning filiallari axborot-maslahat markazlari orqali qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidagi tizimli muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha “axborot — maslahat markazi — kafedra — qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchisi” tizimini joriy etish;
(1-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-iyuldagi PQ-216-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.07.2023-y., 07/23/216/0457-son)
professor-o‘qituvchilar, ilmiy-tadqiqotchilar va talabalarning innovatsion texnologiyalarni yaratish hamda joriy etish borasidagi tashabbuskorligi va moddiy manfaatdorligini oshirish;
o‘quv mashg‘ulotlari, malakaviy amaliyotlarni o‘tishda talabalarni innovatsion va yangicha fikrlashga yo‘naltiradigan yangi o‘qitish texnologiyalari hamda interfaol uslublarni, shu jumladan talabalarning mustaqil izlanishini ta’minlovchi mexanizmlarni keng joriy etish;
qishloq xo‘jaligi va uning tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlashning uzviy tizimini yaratish, biriktirilgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari ta’lim dasturlarining uzluksizligi va izchilligini ta’minlash.
2. Quyidagilar:
Toshkent davlat agrar universiteti va uning filiallari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Toshkent davlat agrar universiteti, uning filiallari va Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab tashkil etiladigan yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq;
Toshkent davlat agrar universiteti, uning filiallari va Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutidagi ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklariga biriktirilayotgan ilmiy-tadqiqot muassasalari ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6217-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son)
3. Qishloq xo‘jaligi sohasida fan, ta’lim va ishlab chiqarishni integratsiyalash bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin hamda uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
ma’muriy bo‘ysunishidan qat’iy nazar qishloq xo‘jaligi sohasi hamda uning tarmoqlari bo‘yicha izlanishlar olib borayotgan, kadrlar tayyorlovchi ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining o‘zaro hamkorligini ta’minlash;
qishloq xo‘jaligi sohasi mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
qishloq xo‘jaligi sohasidagi talab va ilg‘or xorijiy tajribalar asosida oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida Davlat ta’lim standartlari, o‘quv reja va dasturlarini tizimli ravishda takomillashtirilishini ta’minlash.
Belgilansinki, Universitet qishloq xo‘jaligi sohasida yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlar va mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha tayanch oliy ta’lim muassasasi hamda Qishloq xo‘jaligi sohasida fan, ta’lim va ishlab chiqarishni integratsiyalash bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning ishchi organi hisoblanadi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Innovatsion rivojlanish vazirligining 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab:
tajriba-sinov tariqasida Universitetning 5411500 — O‘simliklar va qishloq xo‘jalik mahsulotlari karantini bakalavriat ta’lim yo‘nalishida ta’limning kredit tizimini bosqichma-bosqich joriy etish;
Universitetning 2-bosqich talabalari orasidan saralab olingan iqtidorli talabalar uchun ta’limning alohida dasturlari asosida o‘qitiladigan maxsus guruhlar tashkil etish. Bunda davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlari xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda ishlab chiqiladi;
qishloq xo‘jaligida agrotexnik tadbirlarning mavsumiyligini inobatga olib, dissertatsiyalarda ikki yillik ilmiy-amaliy dala tajribasi natijalarining qamrab olinishini ta’minlash maqsadida qishloq xo‘jaligi sohasidagi magistratura mutaxassisliklari o‘quv jarayonini yanvar oyidan boshlash to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Bunda ta’limning kredit tizimida talabalar uchun haftada besh kunlik o‘qish hamda haftaning shanba kuni mustaqil o‘zlashtirish kuni deb belgilansin.
5. Belgilab qo‘yilsinki:
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan uning asoslangan takliflari asosida qishloq xo‘jaligi sohasidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining ishlab chiqilgan Davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlarini tasdiqlash hamda o‘quv jarayoniga bosqichma-bosqich joriy etish Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
Universitet va uning filiallari professor-o‘qituvchilari o‘quv, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy, tashkiliy-metodik ishlardan tashqari vazirlik hamda idoralarning boshqa ishlariga jalb etilmaydi, shartnoma doirasida ko‘rsatiladigan xizmatlar bundan mustasno.
6. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi:
a) Toshkent davlat agrar universiteti va Nukus, Andijon, Termiz filiallari tuzilmasini qayta ko‘rib chiqib, tasdiqlanishini ta’minlasin;
b) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filialini tashkil etish bo‘yicha Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
v) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda:
Oldingi tahrirga qarang.
Universitet qoshidagi Qibray akademik litseyi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimiga o‘tkazilayotgan qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kollejlari negizida oliy ta’lim tizimi bilan integratsiyalashgan texnikumlar tashkil etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
(6-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-iyuldagi PF-6031-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 06/20/6031/1088-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2020-yil 1-avgustga qadar texnikumlarni tamomlagan bitiruvchilar uchun bakalavriatning 3 yillik maxsus ta’lim dasturlarini ishlab chiqsin va amaliyotga joriy etsin;
(6-band “v” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-iyuldagi PF-6031-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 06/20/6031/1088-son)
g) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Universitet va uning filiallari talabalarining malakaviy amaliyotlarini yetakchi korxona, tashkilot va qishloq xo‘jaligi klasterlarida sifatli o‘tkazilishini ta’minlasin va monitoringini olib borsin;
ikki oy muddatda agrosanoat majmui tarkibidagi korxona, tashkilot va muassasalarni rahbar kadrlar bilan ta’minlash maqsadida Universitetda “Agrobiznes va boshqaruv” yo‘nalishida zaxira kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
bir oy muddatda Universitet va uning filiallarida kirish uchun belgilangan qabul chegarasidan kam ball to‘plagan abituriyentlar uchun oshirilgan to‘lov-kontrakt miqdorini ikki baravarga kamaytirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasiga taklif kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Belgilab qo‘yilsinki, texnikumda:
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-iyuldagi PF-6031-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 06/20/6031/1088-son)
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi darajasida kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida kadrlar tayyorlanadi va oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bilan integratsiyalashgan kichik bakalavrlar (Associate degree) tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari amaliyotga joriy etiladi;
kichik bakalavr (Associate degree) ta’lim dasturlarini tamomlagan bitiruvchilar 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish sinovlarisiz suhbat o‘tkazish orqali bakalavrlar tayyorlashning maxsus uch yillik dasturi bo‘yicha va o‘qish tugaganidan so‘ng taqsimotga muvofiq uch yil davomida uzluksiz ishlab berish majburiyatini olgan holda Universitet va uning filiallariga o‘qishga kirish huquqiga ega bo‘ladi;
faoliyatni moliyalashtirishning asosiy manbalari etib O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti, vazirlik, idoralar, yirik ish beruvchilar hamda buyurtmachilarning budjetdan tashqari mablag‘lari, xalqaro moliya institutlarining mablag‘lari va o‘quvchilarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar hisoblanadi;
yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan bitiruvchilarga davlat namunasidagi diplom va tegishli kasblar bo‘yicha belgilangan tartibda razryadlar beriladi;
o‘quvchilarni qabul qilish parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida, tashabbuskorlar mablag‘lari hisobiga Universitet va uning filiallarida “Kichik innovatsion korxona”larni tajriba-sinov tariqasida tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
9. Universitet:
xorijiy davlatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida sinovdan o‘tgan tajribalarni o‘rgangan holda 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab universitetda rahbar kadrlar hamda professor-o‘qituvchilar faoliyati samaradorligining baholash tizimini joriy etsin;
uch oy muddatda Universitetni 2025-yilga qadar dunyoning nufuzli 1000 ta oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati (QS reyting tizimi)ga kiritish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Qishloq xo‘jaligi vazirligiga taqdim etsin;
bir oy muddatda Universitet va uning filiallari ustavlarini tasdiqlanishini va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-son qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda universitetning 5411500 — O‘simliklar va qishloq xo‘jalik mahsulotlari karantini ta’lim yo‘nalishida ta’limning kredit tizimini joriy qilish to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlanishini ta’minlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda tajriba-sinov tariqasida Agrobiologiya fakultetini Toshkent davlat agrar universiteti tarkibida mustaqil faoliyat yuritadigan yuridik shaxs sifatida tashkil etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
Universitet va uning filiallari huzurida tashkil etiladigan “Kichik innovatsion korxona”lar o‘rtasida tuziladigan shartnomaning namunaviy shaklini ishlab chiqsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.D. Vaxabov zimmasiga — qarordagi vazifalarning ijrosi va monitoringi olib borilishini ta’minlashga, ma’muriy bo‘ysunishidan qat’iy nazar ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining o‘zaro hamkorligini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev, Universitet rektori B.A. Sulaymonov zimmasiga — qaror ijrosini bevosita ta’minlash, universitetga zamonaviy ta’limning kredit tizimini tatbiq etish, ilmiy izlanishlar natijalarini tijoratlashtirish, fan-ta’lim va ishlab chiqarishni uzviy integratsiyalash, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tajriba-sinov tariqasida “Kichik innovatsion korxona”larni tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga — ta’limning kredit tizimidagi va Universitetning 2-bosqich talabalari orasidan saralab olingan iqtidorli talabalar uchun ta’limning alohida dasturlarini ishlab chiqish hamda Universitet qoshidagi Qibray akademik litseyi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimiga o‘tkazilayotgan qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kollejlari negizida texnikumlar tashkil etish chora-tadbirlarini ko‘rish bo‘yicha javobgarlik yuklansin.
(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-iyuldagi PF-6031-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 06/20/6031/1088-son)
11. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 19-avgust,
PQ-4421-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-avgustdagi PQ-4421-son qaroriga
1-ILOVA
Toshkent davlat agrar universiteti va uning filiallari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha
“YO‘L XARITASI”

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga

oshirish shakli

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Toshkent davlat agrar universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash

1.

Toshkent davlat agrar universiteti (keyingi o‘rinlarda Universitet deb ataladi) va uning Nukus, Andijon, Termiz filiallari tuzilmasini va ustavlarini yangidan tasdiqlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil sentabr

Universitet va uning filiallari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi

2.

Universitetni respublikamiz qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha yetakchi oliy ta’lim muassasasiga aylantirish va kelgusida rivojlantirish.

Bunda, quyidagilarni hisobga olgan holda Universitetning 2024 –– 2030-yillarga mo‘ljallangan Innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

qishloq xo‘jaligi sohasi uchun yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash;

qishloq xo‘jaligida innovatsion resurs tejamkor texnologiyalarni qo‘llash, “aqlli qishloq xo‘jaligi” (Smart agriculture) va raqamlashtirilgan agrotexnologiyalarni joriy qilish;

respublikamiz tuproq-iqlim sharoitiga mos qishloq xo‘jaligi ekinlarining seleksiyasi va urug‘chiligi bo‘yicha markazni tashkil etish;

startap-loyihalarni amalga oshirish orqali qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish;

ilg‘or va ilmiy hajmdor texnologiyalarni joriy etish uchun texnoparklar va ilmiy ishlab chiqarish klasterlarini tashkil etish;

ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik i texnologik ishlar natijalarni keng joriy etish uchun amaldagi ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi mexanizmini takomillashtirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2020-yil aprel

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Universitet va uning filiallari

3.

Buyurtmachilar talabi va xorijiy tajriba asosida mavjud hamda yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining malaka talablari, o‘quv rejalarini ishlab chiqish va o‘quv jarayoniga tatbiq etish.

Kompleks chora-tadbirlar

2019-yil sentabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Universitet va uning filiallari

4.

Universitet va uning filiallari axborot-maslahat markazlari (extension center) orqali qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidagi tizimli muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha “axborot-maslahat markazi –– kafedra –– qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchisi” tizimini joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil sentabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Universitet va uning filiallari

5.

Ta’lim jarayoni uchun o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish va joriy etish hamda axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam yangilab borish. Buning uchun o‘quv, ilmiy, uslubiy adabiyotlarni tayyorlash, tahrir qilish va nashrdan chiqarish bo‘yicha tartibni ishlab chiqish.

Bunda, quyidagilarni nazarda tutish:

o‘quv, ilmiy, uslubiy adabiyotlar mualliflarini munosib moddiy rag‘batlantirish va ular uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish;

darslik va o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy, uslubiy adabiyotlarni nashr qilish uchun Universitet va uning filiallari xarajatlari smetasiga muntazam mablag‘ ajratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil noyabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Universitet va uning filiallari

6.

Professor-o‘qituvchilar, yosh tadqiqotchilar, talabalar uchun ilg‘or badiiy, ilmiy va o‘quv adabiyotlar elektron kataloglaridan hamda jahon ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish.

Bunda:

xalqaro (RF, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Germaniya, Xitoy va ushbu sohada yetakchi boshqa mamlakatlar) ilg‘or tajribalarni o‘rganish asosida Universitetning Axborot-resurs markazi foydalanuvchilari uchun kompleks elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi zamonaviy avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish;

veb va bulutli texnologiyalar asosida kutubxonaning raqamli resurslarini elektron katalogini yaratish;

RFID texnologiyasi asosidakutubxona fondini ro‘yxatga olish, hisobga qo‘yish, tarqatish va himoyalash tizimini yaratish;

kitoblarni hisobga qo‘yish, tarqatish va qaytarish uchun avtomatlashtirilganelektron kiosklarni joriy etish;

kitoblarni tezkor raqamlashtirish texnologiyasini joriy etish;

xorijiy kutubxona resurslaridan erkin foydalanishsharoitlarini yaratish, jumladan respublika oliy ta’lim muassasalari uchun;

elektron va qog‘oz shaklidagi xalqaro ilmiy va o‘quv nashrlariga obuna bo‘lishnitashkil qilish.

Kompleks chora-tadbirlar

2020-yil avgust

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Universitet va uning filiallari

7.

Ta’lim sifatini va ilmiy tadqiqotlar natijadorligini oshirish maqsadida oliy ta’lim muassasalari va uning filiallarini zamonaviyo‘quv-laboratoriya jihozlari bilan ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Reja-grafik asosida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Universitet va uning filiallari

8.

Qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan xalqaro loyihalar hisobidan olib kelinadigan qishloq xo‘jalik texnikalari, o‘quv-laboratoriya jihozlari, avtotransport vositalarini bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlaridan tashqari) ozod qilish choralarini ko‘rish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2020-yil yanvar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Toshkent davlat agrar universitetiva uning filiallari

9.

Universitet va uning filiallarida tahsil olayotgan talaba magistrlarni kelishuv asosida Germaniya, Koreya Respublikasi, Xitoy, Rossiya kabi rivojlangan davlatlarning oliy ta’lim muassasalari va xalqaro moliya tashkilotlari orqali ishlab chiqarish amaliyotlariga hamda stajirovkalarga yuborish.

Kompleks chora-tadbirlar

2020-yil fevral

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Universitet va uning filiallari

10.

Ta’lim sifatini va ilmiy tadqiqotlar natijadorligini oshirish maqsadida universitet va uning filiallarini o‘quv-laboratoriya jihozlari bilan ta’minlash. Bunda, Universitetning 7 ta o‘quv laboratoriyasini, Andijon filialining 9 ta, Nukus filialining 11 ta, Termiz filialining 10 ta o‘quv laboratoriyalarini jihozlar bilan ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Reja-grafik asosida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Universitet va uning filiallari

11.

Xorijdagi reytingi yuqori bo‘lgan eng yaxshi oliy ta’lim muassasalarining malakali professor-o‘qituvchilari va mutaxassislarini o‘quv jarayoni va malaka oshirish kurslariga jalb etish.

Kompleks chora-tadbirlar

2020-yil fevral

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Universitet va uning filiallari

12.

Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatish hamda ilmiy-pedagogik faoliyat bo‘yicha hamkorlik shartnomalari tuzish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Reja-grafik asosida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Universitet

13.

Xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan o‘quv jarayoni
va malaka oshirish kurslariga jalb etiladigan pedagog-xodimlar va mutaxassislar ro‘yxatini aniqlash hamda ularni belgilangan muddatlarda o‘quv jarayoni va malaka oshirish kurslariga jalb etish, ular ishtirokida onlayn video-seminarlar, vebinarlar o‘tkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Reja-grafik asosida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Universitet va uning filiallari

14.

Masofaviy o‘qitish shaklini joriy etish orqali tinglovchilar va pedagog kadrlarning mustaqil ta’lim olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.

Universitet tomonidan xalqaro standartlarga asoslangan Yagona integrallashgan masofaviy o‘qitish apparat-dasturiy kompleksini ishlab chiqish. Bunda:

masofaviy ta’lim xizmatlari portali (veb ilova);

onlayn o‘quv smart auditoriyalari;

nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni masofaviy o‘tkazish uchun virtual kabinet;

Universitetning yetakchi professor-o‘qituvchilari ma’ruzalarining audiovizual ta’lim kontentini hamda multimedia ta’lim mahsulotlarini (audiokitoblar, 3D, VR va boshqalar) ishlab chiqaruvchi maxsus studiyalar va mutaxassislar shtati belgilangan media markaz;

2021-yildan boshlab Universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarni (ma’ruza, laboratoriya mashg‘ulotlari, seminarlar va boshqalar) markazlashgan katalogini serverlarda shakllantirish va umumiy foydalanish uchun onlayn translyatsiya qilishga mo‘ljallangan elektron platforma ishlab chiqish nazarda tutiladi.

Kompleks chora-tadbirlar

2020-yil sentabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Universitet va uning filiallari

15.

Xorijiy yetakchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda ilmiy adabiyotlar yaratish, xalqaro grant loyihalarida ishtirok etish.

Kompleks chora-tadbirlar

doimiy

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Universitet

16.

Universitet va uning filiallari ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida tayanch doktoranturaga ixtisosliklar bo‘yicha qabul kvotasini oshirish hamda filiallar uchun maqsadli qabulni tashkil etish yuzasidan Innovatsion rivojlanish vazirligiga asoslangan takliflarni taqdim etish.

Universitet va uning filiallarida ilmiy-pedagog kadrlar tomonidan PhD va DcS dissertatsiyalarini himoya qilish rejasini ishlab chiqish hamda 2025-yilga qadar ilmiy salohiyatini 55 — 60 foizga yetkazish.

Kompleks chora-tadbirlar

2019-yil noyabr

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Universitet va uning filiallari

17.

Xalqaro aloqalar o‘rnatilgan xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda tor ixtisosliklar bo‘yicha maqsadli doktorant va magistrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish. Bunda 2019 –– 2021-yillarda 18 nafar PhD, 45 nafar magistratura yo‘nalishiga professor-o‘qituvchilar va talabalarni o‘qishga yuborish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Reja-grafik asosida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha El-yurt umidi jamg‘armasi, Universitet

18.

Universitet va uning filiallari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqaruv va statistik ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash hamda monitoring qilishga mo‘ljallangan axborot tizimini yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil may

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Universitet va uning filiallari

19.

Universitet tomonidan kommunal to‘lovlar (issiq suv, isitish tizimi, ichimlik suv)ni iqtisod qilish, energiya resurslaridan samarali foydalanish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Universitet hududida zamonaviy 7 ta qozonxona hamda 4 ta yer ostidan suv chiqarish inshootlarini qurish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil
fevral –– noyabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Universitet

II. Toshkent davlat agrar universitetining Nukus, Andijon, Termiz filiallari faoliyatini yanada takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashsh

20.

Universitetning filiallariga qarashli yer maydonlari va binolarda davlat-xususiy sheriklik asosida “Eco agro indastrius nou hau” MCHJ tomonidan zamonaviy nou-xau texnologiyalarni qo‘llagan holda “Agroekoturizm” bazasini hamda anor, uzum, qulupnay va malina yetishtirish bo‘yicha klasterlarni tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil noyabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “Eco agro indastrius nou hau” MCHJ, Toshkent viloyati hokimligi, Universitet va uning filiallari

21.

Universitetning Andijon filialida “Tuproq ostidan sug‘orishni qishloq xo‘jaligi ekinlariga qo‘llashni ilmiy asoslash” loyihasini amalga oshirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2020-yil mart

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Universitetning Andijon filiali, Andijon viloyati hokimligi

22.

Universitetning Andijon filialida AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning fondi bilan hamkorlikda qishloq xo‘jaligida qiymat zanjiri loyihasi doirasida intensiv mevali bog‘ tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil mart

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Andijon viloyati hokimligi, Universitetning Andijon filiali

23.

Universitetning Andijon filialida Belorussiya yo‘l-qurilish va qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqaruvchi “Blyuming” korxonasi bilan hamkorlikda xalqaro zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari namoyishini tashkil qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil 15-sentabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar va
tashqi savdo vazirligi, Andijon viloyati hokimligi, Universitet

24.

Universitetning Nukus filialida Yaponiyaning OYO korporatsiyasi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda cho‘lning oldini olish maqsadida ko‘kalamzorlashtirish” loyihasini amalga oshirish.

Kompleks chora-tadbirlar

Reja-grafikasosida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Universitetning Nukus filiali

25.

Chorvachilik, baliqchilik mahsulotlari, meva-sabzavot, moyli ekinlar, dorivor o‘simliklarni qayta ishlash, qadoqlash bo‘yicha zamonaviy mini sexlarni tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Reja grafik asosida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Universitet va uning filiallari

Izoh. “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlar zaruratga qarab o‘zgartirilishi, boshqa bandlardagi hujjatlar bilan birlashtirilishi yoki bir necha turdagi hujjatlarga bo‘linishi mumkin.
Ikki va undan ortiq tadbirlar birlashtirilgan holatlarda ushbu tadbirlar uchun belgilangan eng kechki muddat umumlashtirilgan tadbirning ijro muddati hisoblanadi. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish jarayonida “yo‘l xaritasi”da belgilangan tadbirlarning mazmuniga mos keladigan boshqa masalalar ham nazarda tutilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-avgustdagi PQ-4421-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Toshkent davlat agrar universiteti, uning filiallari va Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab tashkil etiladigan yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari
ro‘yxati
(2-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6217-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son)

I. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari

1.

Qishloq xo‘jaligida raqamli texnologiyalar

2.

Agroturizm

3.

Qishloq xo‘jaligida kooperativ boshqaruv

4.

Gidrobiologiya

5.

Ixtiologiya

6.

Asalarichilik

7.

Veterinariya meditsinasi (hayvonot turlari bo‘yicha)

8.

Zooinjeneriya (qoramolchilik)

9.

Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti

10.

Tuproq bonitirovkasi va yer resurslaridan foydalanish

11.

Agrosanoatda texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va texnik servis

12.

Agrobiznes va marketing

II. Magistratura mutaxassisliklari

1.

Agrologistika

2.

Agrobiznes va investitsion faoliyat

3.

Agrosanoatda buxgalteriya hisobi va iqtisodiy tahlil

4.

Qishloq xo‘jaligida ekologik xavfsizlik

5.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini standartlashtirish va sertifikatlashtirish

6.

Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti

7.

Organik dehqonchilik va oziq-ovqat xavfsizligi

8.

O‘simliklar himoyasida monitoring va bashorat

9.

Subtropik va sitrus meva ekinlari

10.

Qishloq xo‘jaligi biotexnologiyasi

11.

Meva-sabzavot ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi

12.

Klasterlarni boshqarish

Izoh. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-avgustdagi PQ-4421-son qaroriga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Toshkent davlat agrar universiteti, uning filiallari va Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutidagi ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklariga biriktirilayotgan ilmiy-tadqiqot muassasalari
ro‘yxati
(3-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6217-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son)

T/r

Ta’lim yo‘nalishlari va

mutaxassisliklari nomi

Biriktirilgan ilmiy-tadqiqot muassasalari nomi

1.

5410200 –– Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari bo‘yicha)

Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ITI

5410400 –– Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi

5A410201 –– Agronomiya

5A410401 –– Seleksiya va urug‘chilik (ekin guruhlari bo‘yicha)

2.

5410200 –– Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari bo‘yicha)

O‘simlikshunoslik ITI

5A410202 –– O‘simlikshunoslik (ekin guruhlari bo‘yicha)

3.

5411600 –– Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik

Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ITI

5411700 –– Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish

5A411001 –– Sabzavotchilik va polizchilik

5A411004 –– Kartoshkachilik

5A411701 –– Himoyalangan yer meva-sabzavotchiligi

4.

5410200 –– Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari bo‘yicha)

Sholichilik ITI

5A410202 –– O‘simlikshunoslik (ekin guruhlari bo‘yicha)

5.

5410300 ––O‘simliklarni himoya qilish (ekin turlari bo‘yicha)

O‘simliklarni himoya qilish ITI

5411500 –– O‘simliklar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari karantini

5A410301 –– O‘simliklar himoyasi (usullari bo‘yicha)

5A410302 –– Entomologiya

5A410303 –– Fitopatologiya

5A411501 ––O‘simliklar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari karantini

6.

5411000 –– Mevachilik va uzumchilik

M. Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ITI

5410500 –– Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha)

5A411002 –– Mevachilik

5A411003 –– Uzumchilik va uzumni dastlabki qayta ishlash

5A410501 –– Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha)

7.

5410100 –– Agrokimyo va agrotuproqshunoslik

Tuproqshunoslik va agrokimyo ITI

5A410101 –– Agrotuproqshunoslik va agrofizika (sohalar bo‘yicha)

5A410102 –– Agrokimyo

8.

5410900 –– Ipakchilik va tutchilik

Ipakchilik ITI

5A410901 –– Ipakchilik

5A410902 –– Tutchilik

9.

5410600 –– Zooinjeneriya (baliqchilik)

Baliqchilik ITI

5A410606 –– Baliqchilik

10.

5630300 –– Qishloq xo‘jaligida ekologik xavfsizlik

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ITI

11.

5410400 –– Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi

Genetika va eksperimental biologiya ITI

5A410401 –– Seleksiya va urug‘chilik (ekin guruhlari bo‘yicha)

12.

5411900 –– Agrobiotexnologiya

Genomika va bioinformatika ITI

5A411005 –– Meva-sabzavotchilikda biotexnologiya

13.

5410800 –– O‘rmonchilik

O‘rmonchilik ITI

5411100 –– Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi

5411200 –– Manzarali bog‘dorchilik

5A410801 –– O‘rmonchilik

5A411101 –– Dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasi

5A411201 –– Aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirish va landshaftli dizayn

5A411202 –– Manzarali bog‘dorchilik

14.

5233100 –– Agrosanoatda buxgalteriya hisobi

Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti ITI

5233200 –– Agrologistika

5233300 –– Agrobiznes va investitsion faoliyat

15.

5411800 –– Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini standartlashtirish va sertifikatlashtirish

Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ITI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-avgustdagi PQ-4421-son qaroriga
4-ILOVA
Qishloq xo‘jaligi sohasida fan, ta’lim va ishlab chiqarishni integratsiyalash bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.

1.

J.A. Xodjayev

Bosh vazir o‘rinbosari, Kengash raisi

2.

J.A. Xodjayev

O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri, Kengash raisining o‘rinbosari

3.

U.Sh. Begimkulov

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari

4.

S.Z. Mirzayev

O‘zbekiston Fanlar akademiyasining vitse-prezidenti

5.

I.Yu. Abduraxmonov

O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri

6.

B.Sh. Usmanov

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri o‘rinbosari

7.

A.E. Ravshanov

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, eksport, savdo, qishloq va suv xo‘jaligi masalalari kotibiyati mudiri

8.

A.X. Abdullayev

O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi

9.

A.Sh. Xaitov

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi

10.

B.T. Norqobilov

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi

11.

N.J. Bakirov

O‘zbekiston Respublikasi o‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi

12.

B.T. Qo‘chqorov

O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi

13.

B.A. Sulaymonov

Toshkent davlat agrar universiteti rektori

14.

B.Q. Sharipov

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi raisi

15.

O.M. Musayev

“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi raisi

16.

N.Z. Faxrutdinov

Limon yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi raisi

17.

E.A. Toshpo‘latov

Kartoshka yetishtiruvchilar uyushmasi raisi

19.

N.E. Najimov

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi direktori

20.

Lavozim bo‘yicha

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori o‘rinbosari

21.

A.I. Maksudov

“O‘zpaxtasanoat” AJ boshqaruvi raisi

23.

F.J. Pulatov

“O‘zdonmahsulot” AK boshqaruvi raisi

24.

Ya.M. Abdurazzoqov

“O‘zparrandasanoat” uyushmasi raisi

25.

Sh. Suyarqulov

“O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasi raisi

27.

Z.O. Fayziyev

“O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi raisi

28.

Lavozimi bo‘yicha

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktori

29.

K. Abdullayev

Yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi raisi

30.

R.O‘. Mamatkulov

“Agrobank” ATB boshqaruvi raisi

31.

E.Sh. Toreniyazov

Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori

32.

Lavozim bo‘yicha

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori

33.

Ch.R. Begimkulov

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektori

34.

D.U. Mamadiyarov

Karyera markazi va talabalar amaliyotini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i, Kengash kotibi

Izoh. Kengash a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalar yuklangan shaxslar kiritiladi.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2019-y., 07/19/4421/3590-son; 22.07.2020-y., 06/20/6031/1088-son; 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.02.2022-y., 06/22/67/0128-son; 10.07.2023-y., 07/23/216/0457-son; 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son; 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)