1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.02.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilishning boshqaruvi. Yerga oid munosabatlarni tartibga solish yuzasidan davlat organlarining vakolatlari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yaylovlarda chorva mollarini oʻtlatishda eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan foydalanish normalarini belgilash, yaylovlar almashinishini taʼminlash va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
“Yaylovlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni ijrosini taʼminlash, shuningdek, yaylovlardan yanada samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Yaylovlarda chorva mollarini oʻtlatishda eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan foydalanish normalarini belgilash, yaylovlar almashinishini taʼminlash va yuritish tartibi toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
2. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-apreldagi 299-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 4-son, 92-modda) bilan tasdiqlangan Yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqot ishlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.D. Vaxabov va Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi A.X. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 19-avgust,
689-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-avgustdagi 689-son qaroriga 1-ILOVA
Yaylovlarda chorva mollarini oʻtlatishda eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan foydalanish normalarinibelgilash, yaylovlar almashinishini taʼminlash va yuritish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom yaylovlarda chorva mollarini oʻtlatishda eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan foydalanish normalarini belgilash, yaylovlar almashinishini taʼminlash va yuritish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
yaylovlar almashinishi — yaylovlarni saqlash va takror koʻpaytirishga qaratilgan tadbir, yaylov uchastkalaridan davriy ravishda va navbati bilan foydalanish;
yaylovlar almashinishi rotatsiyasi — yaylovlardan foydalanishning bir necha yillar davomida ishlab chiqilgan tizimi;
yaylov degressiyasi — ozuqa qiymatiga ega, chorva mollari oʻtlatilmagan oʻsimliklar, tartibsiz va ortiqcha chorva mollarini oʻtlatish natijasida tuproq degradatsiyasiga uchragan yaylovlarda tabiiy yaylov oʻsimliklarining yoʻqolishi va oʻzgarishi;
yaylov infratuzilmasi — yaylov chorvachiligida foydalaniladigan sugʻorish inshootlari (chorva mollarini va yaylovlarni sugʻorish uchun jihozlangan va ishlatiladigan chashmalar, quduqlar, boshqa sugʻorish punktlari, nasos stansiyalari, kanallar), suv oʻtkazgichlar, chorva mollari oʻtadigan joylar, yoʻllar, qoʻralar, sunʼiy urugʻlantirish punktlari, chorva mollarini oʻtlatish uchun oʻrab olingan hududlar, sugʻorish va dam olish joylari, choʻponlar vaqtincha yashaydigan joylar, shuningdek, boshqa koʻchmas mulk obyektlari;
yaylovlarni takror koʻpaytirish — yaylovlardagi tuproq unumdorligini, oʻsimlik qoplamining miqdor va sifat holatini saqlab turishning tabiiy jarayonlariga koʻmaklashish;
yaylovlarni tiklash — yaylov oʻsimliklarining muayyan turlarini ekish chora-tadbirlari;
yaylovlardan foydalanuvchilar — yaylovlarda chorva mollarini boqadigan va qonunda taqiqlanmagan boshqa maqsadlarda foydalanadigan yuridik va jismoniy shaxslar;
yaylovlarda chorva mollarini oʻtlatishda eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan foydalanish normalari — maʼlum joyning oʻsimlik qoplamasini unga zarar yetkazmasdan oʻtlatiladigan yaylovlar birligiga tegishli shartli chorva mollari soni.
3. Yaylovlar almashinishini taʼminlashga oid hujjatlar yaylovlardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish, ularni saqlash va takror koʻpaytirish maqsadida ishlab chiqiladi.
Chorva mollarini oʻtlatish va pichan oʻrish belgilangan norma va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Yaylovlar almashinishini tashkil qilish uchun asoslangan maʼlumotlar geobotanik tadqiqotlar va yaylovlarni xatlovdan oʻtkazish ishlari natijasida olinadi.
5. Yaylovlarda geobotanik tadqiqotlar olib borish va xatlovdan oʻtkazish, yaylovlar almashinishini tashkil etish va unda chorva mollarini oʻtlatishning eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan foydalanish normalarini belgilash “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti (keyingi oʻrinlarda “Oʻzdaverloyiha” DILI deb ataladi) tomonidan rejaga muvofiq har besh yilda bir marta Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Yaylovlardan foydalanuvchilar:
“Oʻzdaverloyiha” DILIdan oʻzlariga tegishli yaylov uchastkalari toʻgʻrisidagi mavjud geobotanik tadqiqotlar va xatlov maʼlumotlarini tekin olishlari;
yaylovlarda oʻtkaziladigan geobotanik tadqiqotlar va xatlov ishlarini belgilangan rejada koʻrsatilgan muddatni kutmasdan oʻz hisobidan shartnoma asosida “Oʻzdaverloyiha” DILIga buyurtma berishlari;
ushbu Nizomda qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda oʻzlariga ajratilgan yer uchastkalarida yaylovlarda chorva mollarini oʻtlatishda eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan foydalanish normalarini belgilashlari va yaylovlar almashinishini mustaqil taʼminlashlari;
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
yaylovlar almashinishini tashkil etish va unda chorva mollarini oʻtlatishning eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan foydalanish normalarini belgilash boʻyicha tuman (shahar) hokimiga takliflar kiritishi mumkin.
2-bob. Yaylovlar almashinishini taʼminlash va yuritish
6. Yaylovlar almashinishi quyidagi maʼlumotlar asosida taʼminlanadi:
yaylovlar maydoni;
yaylov oʻsimliklarining tur tarkibi, holati va ozuqa birligi;
yaylovlar infratuzilmasi;
yaylovlardan foydalanish mumkin boʻlgan yaylov mavsumi va uning davomiyligi.
7. Yaylov oʻsimliklarining tarkibi va holatiga oid maʼlumotlar geobotanik tadqiqotlar vaqtida olinadi va muayyan yaylov uchastkalarining tiplari, yaylov turlarining tarkibi hamda hosildorligi toʻgʻrisidagi axborotlardan iborat boʻlib, ushbu Nizomga 1-ilovada koʻrsatilgan shaklga muvofiq tayyorlanadi.
8. Yaylovlarning maydoni va infratuzilmasiga oid maʼlumotlar yaylovlarni xatlovdan oʻtkazish vaqtida olinadi hamda ular ushbu Nizomga 2-ilovada koʻrsatilgan shaklga muvofiq qishloq xoʻjaligi ekin maydonlari toʻgʻrisidagi axborotlardan, shuningdek, reja-kartografik materiallarda tasvirlangan yaylovlar infratuzilmasi axborotlaridan iborat boʻladi.
9. Yaylovlar almashinishi bilan yaylovlarning unumdorligini oshirishga, ularning ayrim joylarini yilning muayyan fasllarida foydalanishdan toʻliq yoki qisman chiqarib tashlash yoʻli bilan oʻtlarni yaxshilash va yangilashga erishiladi.
Yaylovlar almashinishini taʼminlashda yaylovlar almashlab oʻtlatish maydonlariga va maydonlar navbatdagi oʻtlatish uchastkalariga boʻlinadi hamda ushbu Nizomga 3-ilovada koʻrsatilgan shaklga muvofiq yaylovlar almashinishining kalendar-rejasi tuziladi.
10. Yaylovlar almashinishining kalendar-rejasi bir necha yil uchun tuziladi. Unga yaylovlarni parvarish qilish va undan foydalanish tadbirlari kiritiladi.
11. Yaylovlar almashinishida bir turdagi chorva mollarini oʻtlatishda foydalaniladigan uchastkalar birlashtiriladi. Yaylovlar almashinishidagi yillar davriyligi yaylovlar maydonining sonini belgilaydi. Yaylovlar almashinishi rotatsiyasi yaylovning turi, tuproqlariga va iqlim sharoitiga bogʻliq boʻladi.
12. Yil davomida chorvani oʻtlatishda foydalaniladigan choʻl, yarim choʻl va togʻoldi yaylovlari uchun yil fasllari boʻyicha ketma-ket oʻtlardan foydalanish orqali toʻrtta toʻliq yaylov almashinishi tavsiya qilinadi (1-maydon — bahor, 2 — yoz, 3 — kuz, 4 — qish). Bunda:
Yaylovlar almashinishi yili
Yaylovlar almashinishi maydonlari
1
2
3
4
1
bahor
yoz
kuz
qish
2
qish
bahor
yoz
kuz
3
kuz
qish
bahor
yoz
4
yoz
kuz
qish
bahor
Har bir maydonda bir martalik oʻtlatish navbatdagi oʻtlatish uchastkasiga boʻlish orqali amalga oshiriladi.
13. Yoz mavsumida foydalaniladigan togʻli yaylovlar uchun 3 yillik rotatsiya bilan yaylovlar almashinishini uchta uchastkada almashlab oʻtlatish tavsiya etiladi.
14. Bir nechta turdagi yaylovni oʻz ichiga oluvchi katta yaylov maydoniga ega yaylov xoʻjaliklari uchun turli fasllarda yaylovlardan foydalanish orqali yaylovlar almashinishini tatbiq etish mumkin.
15. Dam olishga va oʻt oʻsishga qoldirilgan yaylov uchastkalari bir vaqtning oʻzida sugʻurta jamgʻarmasi boʻlib xizmat qiladi, yaʼni oʻt oʻsish noqulay boʻlgan yillarda chorva mollarini oʻtlatish uchun foydalaniladi.
16. Yaylovlar almashinishini tashkil etishda navbatdagi oʻtlatish uchastkalarini va maydonlarini loyihalash uchun quyidagi talablar hisobga olinadi:
navbatdagi oʻtlatish uchastka va maydonlarning tuproq va geobotanik nuqtai nazardan bir xilligi;
navbatdagi oʻtlatish uchastka va maydonlarining shakli va oʻlchamlarining qulayligi;
almashlab oʻtlatish maydonlarining relyefi, shamol yoʻnalishi va qutbiy tomonlari;
yaylovlar infratuzilmasi;
chorva mollarini oʻtlatish joylaridan 5 kilometrdan uzoq boʻlmagan radiusda jihozlangan sugʻorish punktining mavjudligi.
17. Sugʻorish punktlari va yaylov almashinishi maydonlari oʻrtasidagi aloqani amalga oshirish uchun 20 — 30 metr kenglikdagi chorva mollarini haydab oʻtish yoʻllari loyihalanadi va sim toʻr bilan chegaralanadi.
18. Yaylovlarda yaylovlar almashinishini tashkil etishning oʻlchami mavjud yaylov maydonlarining soni va 15 foizlik sugʻurta jamgʻarmasini hisobga olgan holda oʻrtacha yillik yem zaxirasi talabidan kelib chiqib oʻrnatiladi.
3-bob. Yaylovlarda chorva mollarini oʻtlatishning eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan foydalanish normalarini aniqlash
19. Yaylovlarning maʼlum bir uchastkasida chorva mollarini oʻtlatishning eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan foydalanish normalari yaylov oʻsimliklarining hosildorligi va chorva mollarini oziqlantirish imkoniyatlariga qarab quyidagi formula bilan hisoblab chiqiladi:
Ren — maʼlum bir yaylov uchastkasida shartli chorva mol boshiga nisbatan chorva mollarini oʻtlatishning eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan normasi;
Oz — yaylovlarni taqsimlash muddatlarini hisobga olgan holda maʼlum bir yaylov uchastkasining sentner hisobidagi ozuqa zaxirasi yaylovlardan foydalanish davomiyligining kalendar muddatidan kelib chiqib, mazkur uchastkadagi yaylov oʻsimliklarining hosildorligini uning maydoniga koʻpaytirish orqali olinadi;
Yoʻm — bitta shartli bosh molni oʻtlatish uchun ketadigan yaylov ozuqasining oʻrtacha yillik meʼyori 3,74 sentner ozuqa birligini tashkil qiladi;
85 — yaylov ozuqasi zaxirasini hisobga olish foizi, 15 foiz ob-havo sharoitlari yomonlashgan taqdirda sugʻurta jamgʻarmasi sifatida qoldiriladi.
20. Yaylovlarda chorva mollarini oʻtlatishning eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan foydalanish normalarini hisoblash ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq amalga oshiriladi.
21. Bitta shartli bosh uchun qorakoʻl yoki Romanov qoʻylari qabul qilingan. Bir bosh chorva moli va parrandani shartli boshga oʻgirish koeffitsiyenti ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq amalga oshiriladi.
4-bob. Yaylovlar almashinishida chorva mollarini oʻtlatishning kalendar-rejasini tasdiqlash tartibi
22. Yaylovlar almashinishining kalendar-rejasi “Oʻzdaverloyiha” DILI va yaylovdan foydalanuvchilar tomonidan ishlab chiqiladi, bunda yaylovni xatlovdan oʻtkazish va geobotanik tadqiqot natijalari olingandan keyin uch oy davomida yaylovlarda chorva mollarini oʻtlatishning eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan foydalanish normalari hisoblanadi hamda tuman (shahar) hokimiga, oʻrmon fondi yaylovlarida esa Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisiga tasdiqlash uchun kiritiladi.
23. Yaylovlar almashinishining kalendar-rejasi va yaylovlarda chorva mollarini oʻtlatishning eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan foydalanish normalari bir hafta davomida tuman (shahar) hokimliklari tomonidan, oʻrmon fondi yaylovlarida esa Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tomonidan koʻrib chiqiladi, tasdiqlanadi va “Oʻzdaverloyiha” DILIga qaytariladi.
Agar, yaylovlar almashinishining kalendar-rejasi va yaylovlarda chorva mollarini oʻtlatishning eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan foydalanish normalari yaylovlardan oqilona foydalanish, saqlash, taʼminlash va tiklashni taʼminlamagan taqdirda, muddati koʻrsatilgan holda qayta ishlash uchun “Oʻzdaverloyiha” DILIga qaytariladi.
Yaylovlar almashinishining kalendar-rejasi va yaylovlarda chorva mollarini oʻtlatishning eng koʻp yoʻl qoʻyilgan foydalanish normalari tasdiqlanmagan hududlarda chorva mollarini boqishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Yaylovlardan foydalanishga zarur ehtiyoji boʻlgan, chorva mollarini saqlash uchun yem-xashak sotib olishga imkoniyati boʻlmagan fuqarolarning chorva mollarini boqishi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan tartibga solinadi.
(23-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
24. “Oʻzdaverloyiha” DILI yaylovlar almashinishining kalendar-rejasi va yaylovlarda chorva mollarini oʻtlatishning eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan foydalanish normalari tuman (shahar) hokimi tasdiqlagandan keyin bir hafta davomida reja-kartografik materiallarni ilova qilgan holda tegishli yaylovdan foydalanuvchiga taqdim qiladi.
25. Oʻrmon fondi yaylovlarida pichan oʻrish va chorva mollarini oʻtlatish normalari hamda muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining hududiy boʻlimlari tomonidan ishlab chiqiladi va ushbu Nizomning 22 va 23-bandlariga muvofiq belgilangan muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisiga tasdiqlash uchun kiritiladi.
26. Yaylovlar almashinishiga doir hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash ushbu Nizomga 6-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq amalga oshiriladi.
27. Yaylovlar belgilangan maqsadlar uchun mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarori bilan doimiy egalik qilishga, ijaraga va vaqtinchalik foydalanishga berilishi mumkin.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
28. Yaylovlardan quyidagi maqsadlarda foydalanish mumkin:
chorva mollarini oʻtlatish;
pichan oʻrish;
dorivor oʻsimliklarni yigʻish;
yaylovlarni qayta tiklash maqsadida urugʻ yigʻish;
yaylov oʻsimliklarini ekish;
yaylov infratuzilmasini yaratish.
29. Yaylovlardan foydalanuvchilar tasdiqlangan yaylov almashinishi kalendar-rejasiga va mazkur Nizomga 7-ilovaga muvofiq chorva mollarini oʻtlatish muddatlari va mavsum davomiyligiga muvofiq yaylovlardan foydalanadi, saqlaydi va tiklaydi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
30. Yaylovdan foydalanish huquqi yaylov degressiyasini ifodalovchi yaylovlardan oqilona foydalanmagan taqdirda tugatiladi.
31. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaxslar belgilangan tartibda javob beradilar.
Yaylovlarda chorva mollarini oʻtlatishda eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan foydalanish normalarini belgilash, yaylovlar almashinishini taʼminlash va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Yaylov tiplari, yaylov turlarining tarkibi va hosildorligi toʻgʻrisida
(xoʻjalik nomi yoki yaylov yer uchastkasi konturi, maydoni)
________________________________________ tuman, __________________________________ viloyat
Hisobga olish yili
№ yaylov tipi
Yaylov turi, nomi va raqami
Yer konturlari raqamlari
Yaylov
maydoni, ga.
Mavsumlar boʻyicha ozuqa birligi hosildorligi, gektar
bahor
yoz
kuz
qish
bahor va yoz
bahor va kuz
bahor va qish
yoz va kuz
yoz va qish
kuz va qish
Yaylovlarda chorva mollarini oʻtlatishda eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan foydalanish normalarini belgilash, yaylovlar almashinishini taʼminlash va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi yer maydonlari toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
_____________________________________________
(xoʻjalik nomi yoki yaylov yer uchastkasi konturi, maydoni)
________________________________________ tumani, __________________________________ viloyati
(gektar)
Konturlar raqami
Umumiy maydoni
Haydalma yer
Koʻp yillik ekinlar
Boʻz yerlar
Yaylov va pichanzorlar
Jami qishloq xoʻjalik yerlari
Tomorqa yerlari va bogʻdorchilik-uzumchilik uyushmalari
Meliorativ qurilish holatidagi yerlar
Oʻrmonlar
Butazorlar
Boshqa yerlar
jami
Sugʻoriladigan
jami
sugʻoriladigan
jami
sugʻoriladigan
jami
sugʻoriladigan
jami
suv bilan taʼminlangan
jami (4+6+8+10)
sugʻoriladigan
(5+7+9)
jami
osugʻoriladigan
jami
sugʻoriladigan
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
Yaylovlarda chorva mollarini oʻtlatishda eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan foydalanish normalarini belgilash, yaylovlar almashinishini taʼminlash va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
(xoʻjalik nomi yoki yaylov yer uchastkasi konturi, maydoni)
________________________________________ tumani, __________________________________ viloyati
Yaylovlar almashinish yili
Yaylovlar almashinishi maydonlari raqami
Yaylovlar almashinishi maydonlari, ga
Foydalanish mavsumi
Foydalanish mavsumida oʻtlatish kalendar muddati
Mavsumda foydalanish kunlari soni
Bir yilda foydalanishning mavsumiy davomiyligi, foizda
Kerakli oʻrtacha yillik ozuqa zaxirasi, yaylovlar almashinishi sentner birlikda*
Navbatdagi oʻtlatish uchastkalarida oʻtlatishning kalendar muddatlari
1 yil
1
bahor
2
yoz
3
kuz
4
qish
2 yil
1
qish
…
…
* Yaylovlar almashinishi bitta maydonida kerakli oʻrtacha yillik ozuqa zaxirasi 15 foiz sugʻurta fondini hisobga olgan holda, barcha yaylovlar almashinish maydonlarining oʻrtacha yillik ozuqa zaxirasini yillik yaylovlar almashinish maydonlari soniga boʻlish orqali hisoblanadi.
Yaylovlarda chorva mollarini oʻtlatishda eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan foydalanish normalarini belgilash, yaylovlar almashinishini taʼminlash va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Yaylovlarda chorva mollarini oʻtlatishda eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan foydalanish normalari
(xoʻjalik nomi yoki yaylov yer uchastkasi konturi, maydoni)
_________________ tumani,________________ viloyati
Yaylovtpii raqami
Yaylov turi nomi va raqami
Yaylov maydoni, ga
Yil mavsumida ozuqa zaxirasi
Jami ozuqa zaxirasi, sentner. (6+9+12+15)
Oʻrtacha yillik ozuqa zaxirasi 15 foiz sugʻurta fondini hisobga olgan holda, sentner(16/100%x85%)
1 gektarda oʻrtacha hosildorlik, sentner
(16/3)
shartli boshni oʻtlatishning oʻrtacha yillik meʼyori 3,74 sentner ozuqa birligida eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan foydalanish normalar
(17/3,74 s.k. yed.)
Bahor
Yoz
Kuz
Qish
Hosildorlik, s.o.b
Yilda mavsum davomiyligi, % hisobida
Ozuqa zaxirasi, s.o.b (3x4/100%x5)
Hosildorlik, s.o.b
Yilda mavsum davomiyligi, % hisobida
Ozuqa zaxirasi, s. o. b (3x4/100%x5)
Hosildorlik, s.o.b
Yilda mavsum davomiyligi, % hisobida
Ozuqa zaxirasi, s.o.b (3x4/100%x5)
Hosildorlik, s.o.b
Yilda mavsum davomiyligi, % hisobida
Ozuqa zaxirasi, s. o. b (3x4/100%x5)
…
Jami:
Yaylovlarda chorva mollarini oʻtlatishda eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan foydalanish normalarini belgilash, yaylovlar almashinishini taʼminlash va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Chorva mollarini va parrandalarni shartli boshga oʻgirish koeffitsiyenti
Chorva mollari turlari va yoshga boʻlinish guruhlari
Shartli molga aylantirish koeffitsiyentlari
Buqa va sigirlar
1,0
Yosh qoramollar
0,6
Ot va tuyalar
1,0
Katta yoshdagi choʻchqalar
0,3
Qoʻylar
0,1
Katta yoshdagi parrandalar
0,025
Yosh parrandalar
0,002
Yaylovlarda chorva mollarini oʻtlatishda eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan foydalanish normalarini belgilash, yaylovlar almashinishini taʼminlash va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
Yaylovlar almashinishiga doir hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash
SXEMASI
Yaylovlarda chorva mollarini oʻtlatishda eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan foydalanish normalarini belgilash, yaylovlar almashinishini taʼminlash va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
Izoh: Chorva mollarini oʻtlatishning mavsumiy davomiyligiga hududlarning iqlim sharoitidan kelib chiqib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari tomonidan bir oygacha boʻlgan muddatlarda oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-avgustdagi 689-son qaroriga 2-ILOVA
Yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqot ishlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Yaylovlarda olib borilgan geobotanik tadqiqotlar materiallaridan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarining normativ qiymatini aniqlashda, farmatsevtika sanoatida tabiiy shifobaxsh oʻsimliklarning tarqalishini aniqlashda, davlat kadastrlari yagona tizimini yuritishda, yer tuzish loyihalarini ishlab chiqishda, yaylov oʻsimliklarining ozuqaboplik xususiyatlarini kadastr jihatdan baholashda, yaylovlarda chorva mollarini almashlab boqishni tashkil etishda, yaylovlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqishda foydalaniladi”.
2. 7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
““Davergeodezkadastr” qoʻmitasining “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti tomonidan rejaga muvofiq, yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqot ishlari har besh yilda bir marotaba (yillar boʻyicha hududlar boʻyicha) oʻtkaziladi.
Yaylovlar monitoringini olib borish ishlari muntazam ravishda (mavsumiy) olib boriladi”.
3. 12-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Geobotanik tadqiqot ishlarining yakunlari “Oʻzdaverloyiha” instituti tomonidan yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiquvchi tuman komissiyasiga taqdim etiladi”.
4. 17-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Dala kuzatuv natijalari asosida quyidagi tartibda kameral ishlar amalga oshiriladi:
yaylov va pichanzorlarda uchraydigan oʻsimliklar turi, nomi, hosildorligining ozuqa birligi va oʻsimliklar bilan qoplanishi oʻsimliklar turlarining degradatsiya darajasi aniqlanadi (3-ilova);
yaylov oʻsimliklari turlari (konturlar) boʻyicha maydonlar hisoblanadi va qaydnomada qayd qilinadi (planshetlar boʻyicha Gauss-Kryuger jadvali);
dala kuzatuv ishlari maʼlumotlari asosida planshetlar boʻyicha oʻsimliklar turlari geobotanik elektron raqamlangan masshtabli xaritalar yaratiladi (1:10 000, 1:25 000, 1:50 000, 1:100 000) (4-ilova).
Dala deshifrovka maʼlumotlari asosida quyidagi elektron raqamli xaritalar yaratiladi:
geobotanik xarita (tiplari boʻyicha);
yaylovlarning suv bilan taʼminlanganlik holati aks ettirilgan yaylov va pichanzorlar xaritasi.
Geobotanik xaritada zararli va zaharli oʻsimliklar joyi, nomlari koʻrsatiladi.
Yaylov va pichanzorlar xaritasida yaylovlar hosildorligi, maqomi, degradatsiyasi, eroziyasi va madaniy holati, shuningdek, suv inshootlarining ishlash yoki ishlamasligi koʻrsatiladi.
Oʻrmon xoʻjaligi yerlari uchun alohida geobotanik yaylov xaritasi yaratiladi.
Geobotanik tadqiqotlar boʻyicha hisobotlar tuziladi. Hisobotda oʻsimlik tiplari va maydonlarining oʻzgarganligi, yangi tiplarning paydo boʻlishi, degradatsiyaga uchragan maydonlar, hosildorlikning oʻzgarishi toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot beriladi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2019-y., 09/19/689/3586-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)