Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.08.2024
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
2019 — 2021-yillarda “Namangan” erkin iqtisodiy zonasi hududida muhandislik-kommunikatsiya hamda ishlab chiqarish infratuzilmasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini ta’minlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Namangan” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish to‘g‘risida” 2018-yil 20-avgustdagi PF-5517-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan “Namangan” erkin iqtisodiy zonasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yuqori texnologiyali zamonaviy investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkonini beradigan ishonchli muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2019 — 2021-yillarda “Namangan” erkin iqtisodiy zonasi hududida muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini jadal rivojlantirish maqsadida quyidagilar:
2019 — 2021-yillarda “Namangan” erkin iqtisodiy zonasini muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlashning yig‘ma dasturi 1-ilovaga muvofiq;
“Namangan” erkin iqtisodiy zonasi uchun elektr ta’minoti tarmoqlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish dasturi 2-ilovaga muvofiq;
“Namangan” erkin iqtisodiy zonasi uchun gaz ta’minoti tarmoqlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish dasturi 3-ilovaga muvofiq;
“Namangan” erkin iqtisodiy zonasi uchun telekommunikatsiya tarmoqlarini qurish dasturi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Namangan viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi bilan birgalikda “Namangan” erkin iqtisodiy zonasiga olib boruvchi avtomobil yo‘llarini va ichki ko‘chalarini qurish va ta’mirlash ishlari loyiha-smeta hujjatlarini 2019-yilda ishlab chiqsin va 2020-2021-yillarda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirsin.
Bunda, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti va ichki ko‘chalarni moliyalashtirish mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobiga amalga oshirilishi belgilab qo‘yilsin.
3. “Namangan” erkin iqtisodiy zonasi uchun ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini qurish tadbirlarining loyiha-smeta hujjatlari 2019-yilda ishlab chiqilsin va qurilish-montaj ishlari 2020-2021-yillarda amalga oshirilsin.
Ushbu ishlarni amalga oshirish doirasida:
O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining “Suv ta’minotiva kanalizatsiya obyektlarini qurish bo‘yicha injiniring kompaniyasi” DUK — buyurtmachi;
“O‘zbekkommunalloyihaqurilish” DUK — bosh loyihachi;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimini rivojlantirish jamg‘armasi — moliyalashtirish manbai etib belgilansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda har yili kelgusi yillar uchun Investitsiya dasturini shakllantirishda belgilangan tartibda, zarurat bo‘lsa, “Namangan” erkin iqtisodiy zonasining muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar kiritilishini nazarda tutsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Energetika vazirligi, “O‘ztransgaz” AJ, Namangan viloyati hokimligi va boshqa muhandislik-kommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilotlar rahbarlari zimmasiga ushbu qarorga ilovalardagi tadbirlarning to‘liq hajmda va o‘z vaqtida bajarilishi yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Namangan viloyati hokimligi bilan birgalikda ushbu qarorga ilovalardagi tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli monitoring o‘rnatsin va monitoring natijalari to‘g‘risida har chorak yakuniga ko‘ra Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari E.M. Ganiyev va Namangan viloyati hokimi X.X. Bozarov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 13-avgust,
670-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-avgustdagi 670-son qaroriga
1-ILOVA
2019 — 2021-yillarda “Namangan” erkin iqtisodiy zonasini muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlashning yig‘ma dasturi

mln. so‘m

Yo‘nalishlar nomi

Loyihalar soni

Xarajatlar miqdori*

Bajarish muddati

2019-yil

2020-yil

2021-yil

Jami

8

23854,5

10454,5

6700,0

6700,0

shu jumladan:

elektr energiyasi ta’minoti

3

20100,0

6700,0

6700,0

6700,0

gaz ta’minoti

2

2658,0

2658

telekommunikatsiya tarmoqlari

3

1096,5

1096,5

* Infratuzilma obyektlarining quvvati va xarajatlarning yakuniy miqdori loyiha-smeta hujjatlari belgilangan ekspertizadan o‘tkazilishi va tasdiqlanishi natijasida aniqlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-avgustdagi 670-son qaroriga
2-ILOVA
“Namangan” erkin iqtisodiy zonasi uchun elektr ta’minoti tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish dasturi

mln. so‘m

T/r

Investitsiya loyihasining nomi

O‘lchov birligi

Quvvati

2019 2021-yillarga investitsiya hajmi*

Shu jumladan, yillar bo‘yicha:

Moliyalashtirish manbalari

2019-y.

2020-y.

2021-y.

Jami:

20100,0

6700,0

6700,0

6700,0

Sabzazor massivi

6700,0

6700,0

1.

Tashqi elektr ta’minoti uchun 1 komplekt 110/10 kVli quvvati 2x10,0 mVA bo‘lgan podstansiya qurish

komp-t

mVA

1

2x10,0

6700,0

6700,0

Mahalliy budjet mablag‘lari

Zarafshonmassivi

6700,0

6700,0

2.

Tashqi elektr ta’minoti uchun1 komplekt 110/10 kVli quvvati 2x10,0 mVA bo‘lgan podstansiya qurish

komp-t

mVA

1

2x10,0

6700,0

6700,0

Mahalliy budjet mablag‘lari

Ibrat massivi

6700,0

6700,0

3.

Tashqi elektr ta’minoti uchun 1 komplekt 110/10 kVli quvvati 2x10,0 mVA bo‘lgan podstansiya qurish

komp-t

mVA

1

2x10,0

6700,0

6700,0

Mahalliy budjet mablag‘lari

* Infratuzilma obyektlarining quvvati va xarajatlarning yakuniy miqdori loyiha-smeta hujjatlari belgilangan ekspertizadan o‘tkazilishi va tasdiqlanishi natijasida aniqlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-avgustdagi 670-son qaroriga
3-ILOVA
“Namangan” erkin iqtisodiy zonasi uchun gaz ta’minoti tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish dasturi

mln. so‘m

T/r

Investitsiya loyihasining nomi

O‘lchov birligi

Quvvati

2019 2021-yillarga investitsiya hajmi*

Shu jumladan, yillar bo‘yicha:

Moliyalashtirish manbalari

2019-y.

2020-y.

2021-y.

Jami:

6,5

2658,0

2658,0

Zarafshon massivi

658,0

658,0

1.

Uzunligi 2,7 km bo‘lgan gaz keltiruvchi tarmoqni qurish

km

2,7

658

658

O‘ztransgaz AJ mablag‘lari

Ibratmassivi

2000,0

2000,0

2.

Uzunligi 3,8 km bo‘lgan gaz keltiruvchi tarmoqni qurish

km

3,8

2000,0

2000,0

O‘ztransgaz AJ mablag‘lari

* Infratuzilma obyektlarining quvvati va xarajatlarning yakuniy miqdori loyiha-smeta hujjatlari belgilangan ekspertizadan o‘tkazilishi va tasdiqlanishi natijasida aniqlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-avgustdagi 670-son qaroriga
4-ILOVA
“Namangan” erkin iqtisodiy zonasi uchun telekommunikatsiya tarmoqlari qurish dasturi

mln so‘m

T/r

Investitsiya loyihasining nomi

O‘lchov birligi

Quvvati

2019 2021-yillargainvestitsiya hajmi*

Shu jumladan, yillar bo‘yicha:

Moliyalashtirish manbalari

2019y.

2020y.

2021y.

Jami:

24,2

1096,5

1096,5

Sabzazormassivi

183,0

183,0

1.

Optik-tolali aloqa tarmoqlarini qurish

km

5,7

183,0

183,0

O‘zbektelekom AK mablag‘lari

Zarafshon massivi

793,5

355,0

2.

Optik-tolali aloqa tarmoqlarini qurish

km

16,5

793,5

355,0

O‘zbektelekom AK mablag‘lari

Ibratmassivi

120,0

120,0

3.

Optika-tolali aloqa tarmoqlarini qurish

km

2

120,0

120,0

O‘zbektelekom AK mablag‘lari

* Infratuzilma obyektlarining quvvati va xarajatlarning yakuniy miqdori loyiha-smeta hujjatlari belgilangan ekspertizadan o‘tkazilishi va tasdiqlanishi natijasida aniqlanadi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.08.2019-y., 09/19/670/3554-son)