Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi foydali qazilmalari zaxiralarini hisobga olish va hisobot balanslarini tuzish boʻyicha yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 13-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2699-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-martdagi PQ-3578-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-dekabrdagi 983-son “Yer qaʼrini geologik oʻrganish, foydalanish va muhofaza qilish sohasidagi boshqaruv va nazorat qilish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining 2015-yil 3-iyuldagi 1-son qarori (roʻyxat raqami 2699, 2015-yil 22-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 29-son, 388-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi foydali qazilmalari zaxiralarini hisobga olish va hisobot balanslarini tuzish boʻyicha yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais B. ISLAMOV
Toshkent sh.,
2019-yil 2-avgust,
7-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining 2019-yil 2-avgustdagi 7-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi foydali qazilmalari zaxiralarini hisobga olish va hisobot balanslarini tuzish boʻyicha yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 3-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar “Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Sanoat uchun ahamiyatini yoʻqotgan yoki keyinchalik oʻtkazilgan geologiya-qidiruv ishlarida yoxud konni qazishda tasdiqlanmagan foydali qazilma zaxiralarini yer qaʼridan foydalanuvchining hisobidan chiqarish Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-dekabrdagi 983-son qarori bilan tasdiqlangan Yer osti boyliklarini qazib olish jarayonida qazib olingan va yoʻqotilgan foydali qazilmalar zaxiralarini yer qaʼridan foydalanuvchining hisobidan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.”.
3. 16-bandning birinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar “Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 17-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“17. Hisobot balansi uch nusxada tuziladi va yer qaʼridan foydalanuvchilar tomonidan har yil 5-fevraldan kechikmasdan:
noruda foydali qazilmalar boʻyicha Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasining hududiy boʻlinmalariga;
rudali foydali qazilmalar va uglevodorodlar boʻyicha — Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasiga taqdim etiladi.
Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan qabul qilingan hisobotlar hisobga olinib, Davlat geologiya fondiga yuboriladi.”.
ikkinchi xatboshidagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga” degan soʻzlar “Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. Yoʻriqnomaning ikkinchi, toʻrtinchi, beshinchi, oltinchi, yettinchi, sakkizinchi, toʻqqizinchi, oʻninchi, oʻn birinchi va oʻn ikkinchi ilovalaridagi “Kelishildi: “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar “Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2019-y., 10/19/2699-1/3546-son)