Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining
buyrugʻi
Taʼlim muassasalari, korxonalar, turar joy dahalarining asosiy jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va (yoki) sport inshootlari bilan eng kam taʼminlanish normativlariga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 5-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2614-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 391-son “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2014-yil 14-avgustdagi 3-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2614, 2014-yil 10-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 37-son, 478-modda) bilan tasdiqlangan Taʼlim muassasalari, korxonalar, turar joy dahalarining asosiy jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va (yoki) sport inshootlari bilan eng kam taʼminlanish normativlarining 1-bobidagi “Maktabgacha taʼlim muassasalarining” va “Maktabgacha taʼlim muassasasining” degan soʻzlar tegishlicha “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining” va “Maktabgacha taʼlim tashkilotining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. NABIYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 24-iyul,
6-mh-son
Kelishilgan:
Maktabgacha taʼlim vaziri A. SHIN
2019-yil 24-iyul
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2019-y., 10/19/2614-1/3515-son)