Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining
qurilish meʼyorlari va qoidalari
Binolar va inshootlarning yongʻin xavsizligi
1. QOʻLLANISH SOXALARI
1.1. Bu meʼyorlar va qoidalar binolar, xonalar va boshqa qurilgan inshoatlarini barpo etish va ekspluatatsiya qilishining barcha jarayonlarida, ularning egalik shakli va idoraviy qarashliligidan qatʼiy nazar yongʻinga qarshi umumiy talablarini, shuningdek, binolarning va ularning element hamda qismlarini, xonalarni, qurilish konstruksiyalari va materiallarini yongʻin-texnik tasniflarini belgilab beradi.
1.2. Binolar, qurilish konstruksiyalari, mahsulot va materiallarning meʼyoriy va texnik hujjatlarida yongʻin-texnik tavsiflari mazkur meʼyorda belgilanganday koʻrsatilishi kerak.
1.3. Asoslangan hollarda, konkret obyektlar boʻyicha qurilish meʼyor qoidalaridagi yongʻinga qarshi talablardan cheklanishlarga va yongʻinga qarshi meʼyorlari boʻlmagan alohida murakkab va maxsus belgilangan noyob binolarga oʻziga xos yongʻinga qarshi talablarni oʻz ichiga olgan texnik shartlarni tuzishga ruxsat OʻzR Davarxitektqurilish qoʻmitasi tomonidan, Oʻzbekiston IIV YOXBB bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
1.4. Mavjud (yoki foydalanilayotgan) binolar yoki alohida xonalarning vazifasini va ularning hajmiy-rejaviy konstruktiv yechimlarini oʻzgartirishda ushbu bino yoki xonalarning yangi maqsadlarini hisobga olgan xolda amaldagi meʼyorlar qoʻllanilishi lozim.
1.5. Qurilish meʼyoriy hujjatlari tizimidagi yongʻinga qarshi meʼyor va talablar mazkur meʼyor talablariga asoslanishi kerak.
1.6. Mazkur meʼyorlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan yoki kelishilgan QMQ va boshqa Davlat meʼyoriy hujjatlarida bayon etilganlarga qoʻshiladi va aniqlik kiritiladi.
Ushbu meʼyoriy hujjatda RST Oʻz.1.10-93 va GOST 12.1.033da keltirilgan atamalar va taʼriflar qabul qilingan.
1.7. 5,6,7 boʻlimlar maxsus binolarga (harbiy maqsadlardagi portlovchi modda va portlatish vositalarini ishlab chiqarish va saqlash, togʻ qazilmalari va metrolarning yer osti inshoatlari) taalluqli emas.
2. MEʼYORIY XOLATLAR
Bu meʼyoriy qoidalarda xar xil meʼyoriy hujjatlarni qarshi qurish zarur:
GOST 12.1.033-81 SSBT “Yongʻin xavfsizligi. Terminlar va taʼriflar”;
GOST 12.1.044-89 SSBT “Modda va ashyolarni yongʻin-portlash xavfi”;
GOST 3044-97 “Qurilish materiallari. Alanga tarqalishini sinash usullari”;
QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sunʼiy yoritish”;
QMQ 2.04.05-97 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash”;
MSN 2.02.01-97 “Binolar va inshoatlarning yongʻin xavfsizligi”;
RST Oʻz.30244-94 “Qurilish konstruksiyalari. Yonuvchanlikka sinov usullari”;
RST Oʻz.30247.1-94 “Qurilish konstruksiyalari. Olovga bardoshlikni sinash usullari. Yuk koʻtaruvchi va toʻsuvchi konstruksiyalar”.
RST Oʻz.30247.2-94 “Qurilish konstruksiyalari. Eshik va darvozalar olovga bardoshlikni sinash usullari”;
RST Oʻz.30402-96 “Qurilish materiallari. Alangalanishini sinash usullari”.
RST Oʻz.30247.0-94 “Qurilish konstruksiyalari. Olovga bardoshlikni sinash usullari”;
3. UMUMIY HOLATLAR
3.1. Yongʻin holatida binolarda quyidagi konstruktiv, hajmiy-rejaviy va muhandislik-texnikaviy yechimlar taʼminlanishi zarur:
yongʻinning xavfli omillari taʼsiri natijasida odamlarning hayotiga va salomatligiga xavf tugʻilmasidan, ularni yoshi va jismoniy holatidan qatʼiy nazar tashqariga, bino atrofidagi hududga (keyinchalik — “tashqariga”) evakuatsiya qilish imkoniyati;
odamlarni qutqarish imkoniyati;
yongʻin oʻchogʻiga yongʻin oʻchirish boʻlinmalarining shaxsiy tarkibini borish va yongʻin oʻchirish vositalarini yetkazib berishi, shuningdek odamlarni va moddiy boyliklarni qutqarish tadbirlarini oʻtkazish imkoniyati;
bilvosita va bevosita moddiy zararlarni cheklash, shu hisobda binodagi mavjud jihozlari va binoning oʻzini ham, bunda zarar miqdori, yongʻinga qarshi tadbirlar, yongʻin xavfsizlik xizmati va uni texnik taʼminlanish sarfini iqtisodiy asoslangan holda;
yongʻinni yon atrofda joylashgan binolarga, shu jumladan, yonayotgan bino qulagan holda ham tarqalmasligi.
3.2. Qurilish jarayonida taʼminlanishi zarur:
amaldagi meʼyorlarga binoan va belgilangan tartibda tasdiqlangan loyihada, nazarda tutilgan yongʻin;
qarshi tadbirlarning ustuvor bajarilishi;
qurilayotgan va yordamchi obyektlarni yongʻindan saqlashda nazarda tutilgan xavfsizligi qoidalariga rioya qilingan holda qurilish va montaj ishlarini olib borish;
yongʻinga qarshi kurash vositalarini mavjudligi va ularni soz xolda tutish;
qurilish maydoni va qurilayotgan obyektlardan yongʻin vaqtida odamlarni xavfsiz evakuatsiya qilib qutqarish, hamda moddiy tovar boyliklarni saqlash imkoniyati;
3.3. Foydalanish jarayonida koʻzda tutilishi kerak:
binoning holati va uni yongʻinga qarshi himoya vositalari loyiha va texnik hujjatlar talablariga muvofiq ishchi holatida boʻlishini taʼminlash;
tasdiqlangan yongʻin xavfsizligi qoidalarini, belgilangan tartibda bajarilishini taʼminlash;
konstruksiyaviy, hajmiy-rejaviy, muhandislik texnikaviy yechimlarni loyihasiz, hamda amaldagi meʼyorlarga binoan ishlab chiqilmagan va oʻrnatilgan tartibda loyiha hujjatlari tasdiqlanmagan boʻlsa, oʻzgartirishiga yoʻl qoʻymaslik;
taʼmirlash ishlari olib borilayotganda, amaldagi meʼyorlar talablariga javob bermaydigan konstruksiyalar va ashyolar qoʻllanishiga yoʻl qoʻymaslik zarur.
3.4. Agar bino qurilishiga, odamlar soni yoki yongʻin nagruzkasi binoda yoki uning biror bir qismida cheklanishlar haqida maʼlumotlar oʻrnatilgan boʻlishi lozim, bino maʼmuriyati esa, yongʻinni oldini olish va yongʻin chogʻida odamlarni evakuatsiya qilish boʻyicha maxsus tashkiliy tadbirlar ishlab chiqishi kerak;
3.5. Binolarni yongʻinga qarshi himoyalash boʻyicha tadbirlar oʻt oʻchiruvchi boʻlinmalarining texnik jihozlanganligi va ularning joylashishini hisobga olgan holda nazarda tutiladi.
3.6. Binolarning yongʻinga xavfliligini tahlil qilishda, yongʻinning xavfli omillarini olishi va tarqalishi, odamlar evakuatsiyasi va yongʻin bilan kurashning vaqti tomonlarini nisbiyligiga asoslangan hisobiy ssenariydan foydalanish mumkin.
3.7
Oldingi tahrirga qarang.
3.8. Baland binolar yuqori bosimli yongʻin oʻchirish avtonasosi hamda balandligi kamida 50 m boʻlgan avtonarvon (tirsakli koʻtargich) bilan jihozlangan yongʻin-qutqaruv deposining xizmat koʻrsatish hududida joylashtiriladi.
Bunda yongʻin-qutqaruv deposidan baland binogacha boʻlgan masofa umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari boʻyicha hisoblangan eng qisqa harakatlanish marshruti asosida aniqlanadi hamda 3 000 m dan oshmasligi lozim.
(3.8-band Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2026-yil 12-maydagi 01/2-19-sonli buyrugʻi (hisob raqami 402, 25.05.2026-y.) tahririda)
4. YONGʻIN-TEXNIK TASNIFI
4.1. Qurilish ashyolari, qurilmalari, xonalar, binolar, bino unsurlari va qismlarini, yongʻin-texnik tasnifi, yongʻinning xavfli omillarini paydo boʻlishiga imkon beruvchi va yongʻin xavfini orttiruvchi xususiyatlar va shu bilan birga, yongʻin sodir boʻlishiga va uni xavfli omillarini tarqalishiga qarshilik koʻrsatuvchi xususiyatlarga boʻlinishi bilan asoslanadi.
4.2. Yongʻin-texnikaviy tasnifi, qurilmalarga, xonalar, binolar, bino unsurlari va qismlarini, ularning yongʻin bardoshliligi va (yoki) yongʻinga xavfliligiga bogʻliq ravishda yongʻinga qarshi himoya boʻyicha zarur talablarni oʻrnatish uchun belgilanadi.
Qurilish ashyolari
4.3. Qurilish ashyolari faqat yongʻin xavfliligi bilan tavsiflanadi qurilish ashyolarining yongʻinga xavfliligi quyidagi yongʻin-texnikaviy tasniflar bilan aniqlanadi:
yonuvchanlik, alangalanish, yuzi boʻyicha alanga tarqalishi, tutash qobiliyati va zaharliligi.
4.4. Qurilish ashyolari yonmaydigan (YONM) va yonuvchan (YON) ga boʻlinadi.
Yonuvchan binokorlik ashyolari toʻrt guruhga boʻlinadi:
Yo1 (kuchsiz yonuvchan);
Yo2 (moʻtadil yonuvchan);
Yo3 (meʼyorida yonuvchan);
Yo4 (kuchli yonuvchan);
Yonuvchanlik va binokorlik ashyolari yonuvchanlik boʻyicha guruhlari Oʻz RST 30244-94 bilan oʻrnatiladi.
Yonmaydigan binokorlik ashyolari uchun yongʻin xavfliligi koʻrsatkichlar aniqlanmaydi va meʼyorlanmaydi.
4.5. Yonuvchan binolarning ashyolari alangalanish boʻyicha uch guruhga boʻlinadi:
A1 (qiyin alangalanuvchan);
A2 (moʻtadil alangalanuvchan);
A3 (yengil alangalanuvchan);
Binokorlik ashyolari alangalanuvchanlik boʻyicha guruhlari Oʻz RST 30402-96 boʻyicha oʻrnatiladi.
4.6. Yonuvchan binolarning ashyolari alanganing yuza sathida tarqalishi boʻyicha toʻrt guruhga boʻlinadi:
AT1 (alanga tarqatmaydigan);
AT2 (kuchsiz alanga tarqatuvchi);
AT3 (moʻtadil alanga tarqatuvchi);
AT4 (kuchsiz alanga tarqatuvchi);
Binokorlik ashyolari alanga tarqalishi boʻyicha guruhlari tom qatlamlari sathi, pollar, shu jumladan yopmalar uchun GOST 30444 boʻyicha aniqlanadi.
Boshqa binokorlik ashyolari uchun alangani yuza boʻyicha tarqalishi guruhi aniqlanmaydi va meʼyorlanmaydi.
4.7. Yonuvchan binokorlik ashyolari tutash qobiliyati boʻyicha uch guruhga boʻlinadi.
T1 (oz tutash qobiliyatiga ega boʻlgan);
T2 (moʻtadil tutash qobiliyatiga ega boʻlgan);
T3 (yuqori tutash qobiliyatiga ega boʻlgan).
4.8. Yonuvchan binokorlik ashyolari yonish mahsulotlarining zaharliligi boʻyicha toʻrt guruhga boʻlinadi:
Z1 (kam xavfli);
Z2 (moʻtadil xavfli);
Z3 (yuqori xavfli);
Z4 (oʻta xavfli).
Binokorlik ashyolari yonish mahsulotlari zaharliligi boʻyicha guruhlari GOST 12.1.044-89, boʻyicha oʻrnatiladi.
Qurilish konstruksiyalari
4.9. Qurilish konstruksiyalari yongʻinga bardoshlilik va yongʻinga xavfliligi bilan tavsiflanadi.
Yongʻinga bardoshlilik koʻrsatkich boʻlib yongʻinga bardoshlik chegarasi hisoblanadi, konstruksiyaning yongʻinga xavfliligini uning yongʻinga xavflilik sinfi tavsiflaydi.
4.10. Qurilish ashyolari, mahsulot va konstruksiyalarning yongʻinga bardoshlik chegarasi muayyan qurilma uchun meʼyorlangan bir yoki ketma-ket bir necha chegara holatini belgilovchi alomatlari paydo boʻlish vaqti (daqiqada) bilan oʻrnatiladi:
koʻtarib turish qobiliyatini yoʻqotishi (R);
butunlikni yoʻqotishi (E);
issiqlik oʻtkazmaslik qobiliyatini yoʻqotishi (I).
Qurilish konstruksiyalarining yongʻinga bardoshlik chegarasi va ularning shartli belgilari Oʻz RST 30247.0-94 boʻyicha oʻrnatiladi. Bunda derazalar yongʻinga bardoshlik chegarasi faqat E alomatini boshlanish vaqti boʻyicha aniqlanadi.
4.11. Yongʻinga xavfliligi boʻyicha qurilish ashyolari, mahsulot va konstruksiyalari toʻrt sinfga boʻlinadi:
K0 (yongʻinga xavfli boʻlmagan);
K1 (kam yongʻinga xavfli boʻlgan);
K2 (moʻtadil yongʻinga xavfli boʻlgan);
K3 (yongʻinga xavfli boʻlgan);
Qurilish konstruksiyalarining yongʻin xavfi boʻyicha sinfi GOST 30403 boʻyicha oʻrnatiladi.
Yongʻinga qarshi toʻsiqlar
4.12. Yongʻinga qarshi toʻsiqlar yongʻin oʻchogʻi mavjud xonadan yoki otsekdan yongʻinni va yongʻin mahsulotlarni boshqa xonalarga tarqalishini oldini olish uchun moʻljallangan.
Yongʻinga qarshi toʻsiqlarga yongʻinga qarshi devorlar, oraliq toʻsiqlar, qavatlar va oraliq yopmalar kiradi.
4.13. Yongʻinga qarshi toʻsiqlar yongʻinga bardoshlik va yongʻin xavfi bilan tavsiflanadi, yongʻinga qarshi toʻsiqlarning yongʻinga bardoshligi ularning unsurlarini yongʻin bardoshliligi bilan aniqlanadi:
toʻsuvchi qism;
toʻsiqning turgʻunligini taʼminlovchi qurilmalar;
ularning tayanadigan konstruksiyalari;
ularning oʻzaro mahkamlash tugunlari.
Yogʻinga qarshi toʻsiqning turgʻunligi taʼminlovchi qurilmalar, ular tayanadigan konstruksiyalar va ularni oʻzaro mahkamlash tugunlarning yongʻinga bardoshlik chegaralari R alomati boʻyicha yongʻinga qarshi toʻsiqning toʻsuvchi qismiga talab etiladigan yongʻinga bardoshlik chegarasidan kam boʻlmasligi lozim.
Yongʻinga qarshi toʻsiqning yongʻin xavfi, uning turgʻunligini taʼminlovchi qurilmalar, ular tayanadigan konstruksiyalar va ularni oʻzaro mahkamlash tugunlarining yongʻin xavfi bilan aniqlanadi.
4.14. Yongʻinga qarshi toʻsiqlar ularni toʻsuvchi qismlari yongʻinga bardoshliligi bogʻliq holda turlari 1-jadvalga, yongʻinga qarshi toʻsiqlardagi boʻshliqlarni toʻldirish 2-jadvalga, yongʻinga qarshi toʻsiqlardagi boʻshliqlarda nazarda tutiladigan tambur-shlyuzlar 3-jadvalga asosan boʻlinadi.
Tambur-shlyuzlarning toʻsiqlari va tom yopmalari yongʻinga qarshi boʻlishi kerak. 1 turdagi yongʻinga qarshi toʻsiqlar KO sinfli boʻlishi lozim.
Alohida kelishilgan hollarda K1 sinfli 2 — 4 turdagi yongʻinga qarshi toʻsiqlar qoʻllanishiga ruxsat beriladi.

1-jadval

Yongʻinga qarshi toʻsiq nomi

Yongʻinga qarshi toʻsiq turi

Yongʻinga qarshi toʻsiq yongʻinbardoshlik chegarasi, kam emas

Boʻshliqlarni toʻldiruvchilar turi, past emas

Tambur-shlyuz turi, kam emas

Devor

1

REI 150

1

1

2

REI 45

2

2

Toʻsiq

1

YEI 45

2

1

2

YEI 15

3

2

Ora-yopma

1

REI 150

1

1

2

REI 60

2

1

3

REI 45

2

1

4

REI 15

3

2

2-jadval

Yongʻinga qarshi toʻsiqlardagi boʻshliqlar toʻldirgichlari nomi

Yongʻinga qarshi toʻsiqdagi boʻshliqlarni toʻldiruvchilar turi

Yongʻin bardoshlik chegarasi, kam emas

Eshiklar, darvozalar

1

YEI 60

Lyuklar

2

YEI 30

Qopqoqlar

3

YEI 15

Derazalar

1

YEI 60

2

YEI 30

3

YEI 15

Pardalar

1

E1 60

3-jadval

Tambur-shlyuz turi

Tambur — shlyuzlar unsurlari turlari, past emas.

Toʻsiqlar

Ora yopmalar

Boʻshliqlar, toʻldirgichlar

1

2

1

2

1

4

3

3

Zina va zina kataklari
4.15. Evakuatsiya maqsadida foydalaniladigan zina va zina kataklari, quyidagi zinalar turiga boʻlinadi;
1-ichki zina kataklarida;
2-ichki, ochiq;
3-tashqi, ochiq
Oddiy zina kataklari turlari:
L1 — har bir qavatdagi tashqi devorda oynavandli yoki ochiq tuynuk bilan;
L2 — oynavand yoki ochiq tuynuk orqali tabiiy yoritiladigan.
Tutun qoplamaydigan zina kataklari turlari:
N1 — tashqi havo zonasi orqali ochiq oʻtish imkoni boʻlgan qavatdan zina katagiga kirish, bunda havo zonasi orqali utish tutun qoplamasiga taʼminlangan boʻlishi lozim;
N2 — yongʻin vaqtida havo bosimi mavjud zina katagiga;
N3 — qavatdan zina katagiga havo bosimi mavjud tambur-shlyuz orqali kirish bilan.
4.16. Oʻt oʻchirish va qutqarish ishlarini taʼminlash uchun yongʻin zinalari turlari nazarda tutiladi:
P1 — tip;
P2 — qiyaligi 6:1 dan koʻp boʻlmagan zinapoya.
Bino, yongʻin otseklari, xonalar
4.17. Binolar, hamda binolarning Yongʻinga qarshi devorlar bilan ajratilgan qismlari:
yongʻin otseklari (keyinchalik, binolar), yongʻin bardoshlik darajasi, qurilmaviy tasnifi va funksiyaviy yongʻin xavfi boʻyicha boʻlinadi. Yongʻin otseklariga ajratish uchun 1-turdagi yongʻinga qarshi devorlar qoʻllaniladi.
Binoning yongʻin bardoshlik darajasi uning qurilish konstruksiyalarni yongʻin bardoshligi bilan aniqlanadi.
Binoning konstruktiv yongʻin xavflilik sinfi qurilish konstruksiyalarini yongʻinning taraqqiy etishida va uning xavfli omillarini paydo boʻlishida ishtirok etish darajasi bilan aniqlanadi.
Bino va uning qismlarini funksional yongʻin xavflilik sinfi, ularning bajaradigan vazifasi va ularda joylashtiriladigan texnologik jarayonlarning xususiyatlari bilan aniqlanadi.
4.18. Binolar va yongʻin otseklari yongʻin bardoshlik darajasi boʻyicha 4-jadvalga binoan boʻlinadi.

4-jadval

Binoning yongʻin bardoshlik darajasi

Binokorlik qurilmalarini yongʻin bardoshlik chegarasi, kam boʻlmaslik kerak

Binoning yuk koʻtaruvchi unsurlari

Tashqi devorlar

Qavatlar aro orayopmalar

(shu jumladan chordoq va yertoʻla ustidagi)

Chordoqsiz tomyopmalar

Zina kataklari

Nastillar

(sh.j. isituvchi qobiq bilan)

Ferma,

balkalar,

progonlar

Ichki devorlar

Zinapoya va zina maydonchalari

I

K120

YEZO

KE160

KEZO

KZO

KE1 120

K60

II

K90

E15

KE145

KE15

K15

KE190

K60

III

K45

E15

KE145

KE15

K.15

KE160

K45

IV

K 15

E15

K.E115

K.E15

K15

K.E145

K15

V

Meʼyorlashtirilmaydi.

Binolarning yuk koʻtaruvchi unsurlariga, yongʻin vaqtida umumiy turgʻunligini va geometrik oʻzgarmasligini taʼminlaydigan yuk koʻtaruvchi devorlar, ustunlar, bogʻlanishlar, bikrlik diafragmalari, orayopma konstruksiyalari (ravoqlar, fermalar, toʻsinlar, plitalar) kiradi.
Boʻshliqlarni (eshiklar, darvoza, deraza va lyuklar) toʻldiruvchilarining yongʻin bardoshlik chegarasi meʼyorlanmaydi, maxsus eslatib oʻtilgan holatlar va yongʻinga qarshi toʻsiqlardagi boʻshliqlar toʻldiruvchilari bundan mustasno.
Jadvalda keltirilgan R 15 (RE 15, REI 15) konstruksiyalarining eng kichik yongʻin bardoshlik chegarasi talab etiladigan hollarda, haqiqiy yongʻin bardoshlik chegarasidan qatʼiy nazar himoyalangan poʻlat konstruksiyalarini qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi, faqat binoning yuk koʻtaruvchi unsurlarini yongʻin bardoshlik chegarasi, sinov natijalari boʻyicha R 8 dan kam boʻlmasligini tashkil etgan hollar bundan mustasno.
4.19. Bino va yongʻin otseklari konstruktiv yongʻin xavfi boʻyicha 5 jadvalga binoan sinflarga boʻlinadi.

5-jadval

Binokorlik qurilmalarning yongʻinga xavfliligi, kam boʻlmagan

Yuk koʻtaruvchi oʻzakli unsurlar

(ustunlar rigellar fermalar va boshqalar).

Tashki devorlar tashqari tomondan.

Devorlar, poydevor, orayopmalar va chordoqsiz tomyopmalar.

Zina kataklari devorlari va yongʻinga qarshi toʻsiq

Zinapoya va zinapoyalar maydonchalar.

S 0

S 1

S 2

S 3

K 0

K 1

K 3

K 0

K 2

K 3

K 0

K 1

K 2

K 0

K 0

K 1

K 1

K 0

K 0

K 1

K 3

Meʼyorlanmaydi.

Binolarning toʻsuvchi qurilmalaridagi boʻshliqlar toʻldiruvchilar (eshiklar, darbozalar, derazalar va lyuklar) yongʻin xavfi meʼyorlanmaydi, maxsus eslatib oʻtiladigan hollar bundan mustasno.
4.20. Qurilish amaliyotiga qurilish konstruksiyasini tatbiq etish chogʻida, ularni yongʻinbardoshlik darajasi aniqlanmagan boʻlsa yoki hisoblash yoʻli bilan yoki standart olovli sinov asosida aniq yongʻin xavflilik sinfiga kiritish imkoni boʻlmasa, binoning naturaviy fragmentlarini olovli sinovdan oʻtkazish lozim.
Funksional yongʻin xavfi boʻyicha binolar tasnifi
4.21. Bino va bino qismi — xonasining qismi yoki xona guruhlari funksional yongʻin xavfi boʻyicha bir biriga bogʻliq holda va ularni koʻllash usuliga koʻra hamda ulardagi odamlarni xavfsizligiga tahdid soluvchi holatlar, yaʼni ularni yoshini, jismoniy holatini, uyqu vaqtidaligini asosiy funksional kontingent turi va miqdorini hisobga olgan holda sinflarga boʻlinadi:
F 1. Odamlarni doimiy yashashi va vaqtinchalik (shu jumladan kechayu-kunduz) boʻlishi uchun (bu binolar xonalaridan, odatda kechayu-kunduz foydalaniladi, bulardagi odamlar kontingenti turli yoshda va jismoniy holatda boʻlishlari mumkin, bu binolarga yotoqxonalari boʻlishi xos).
F 1.1. Bolalar maktabgacha muassasalari, qariyalar va nogironlar uylari, kasalxonalar, maktab-internatlar yotoq binolari va bolalar muassasalari.
F 1.2. Mehmonxonalar, yotoqxonalar, sanatoriy va umumiy turdagi dam olish uylari, kempinglar, otellar va pansionatlar yotoq korpuslari.
F 1.3. Koʻp xonadonli yashash joylar.
F 1.4. Bir xonadonli, shu jumladan biriktirilgan yashash joylar.
F 2. Tomosha va madaniy-maʼrifiy muassasalari (bu binolarda asosiy xonalar, maʼlum vaqt davomida tashrif qiluvchilarining ommaviy kelib ketishi bilan oʻziga xos).
F 2.1. Teatrlar, kinoteatrlar, konsert zallar, klublar, istirohat bogʻlari, sport inshoatlari minbarlari bilan, kutubxonalar va boshqa muassasalar, yopiq binolarda tashrif buyuruvchilar uchun hisobli oʻrindiqlar soni bilan.
F 2.2. Muzeylar, koʻrgazmalar, raqs zallari va boshqa shunga oʻxshash yopiq xonalardagi muassasalar.
F 2.3. F 2.1. da koʻrsatilgan muassasalar ochiq havoda.
F 2.4. F 2.2. da koʻrsatilgan muassasalar ochiq havoda.
F 3. Aholiga xizmat koʻrsatish korxonalari (bu korxonalarning xonalarida ishlovchilarga karaganda keluvchilar soni koʻpligi bilan oʻziga xos).
F 3.1. Savdo korxonalari.
F 3.2. Umumiy ovqatlanish korxonalari.
F 3.3. Vokzallar, aeroportlar,
F 3.4. Shifoxona va ambulatoriyalar.
F 3.5. Maishiy va kommunal xizmat koʻrsatish korxonalari binolari (pochta, omonat kassalari, transport agentliklari, huquqiy maslahatxonalari, notarial idoralar, kir yuvish, tikuv atelyelari, poyafzal va kiyim taʼmirlash xonalari, kimyoviy tozalash, sartaroshxona va boshqa shunga oʻxshash, shu jumladan retual va diniy muassasalar)ga tashrif etuvchilar uchun oʻrindiqlar soni hisoblanmagan holda.
F 3.6. Tomoshabinlar uchun minbarlar, maishiy xonalar va xammomi mavjud boʻlmagan jismoniy tarbiya va sogʻlomlashtirish muassasalari hamda sport mashgʻulotlarini oʻtkazish muassasalari.
F 4. Oʻquv yurtlari, ilmiy va loyihalash tashkilotlari, boshqaruv muassasalari (bu binolar xonalari bir kecha-kunduzning maʼlum vaqt davomida foydalaniladi va ularda, odatda, doimiy ravishda mahalliy sharoitlarga koʻnikkan belgilangan yoshdagi va jismoniy holatdagi kontingent odamlar boʻladi).
F 4.1. Maktablar, maktabgacha yoshdagi muassasalar, maxsus oʻrta oʻquv yurtlar, kollejlar, litseylar.
F 4.2. Oliy oʻquv yurtlari, malaka oshirish muassasalari, maktabgacha yoshdagi muassasalari.
F 4.3. Boshqaruv organlari muassasalari, loyiha-konstruktorlik tashkilotlari. axborot va tahririyat nashr tashkilotlari, ilmiy-qidiruv tashkilotlari, banklar, idoralar, ofislar,
F 4.4. Yongʻin oʻchirish deposi.
F 5. Ishlab chiqarish va omborxona binolari, inshoatlari va xonalari (bu turdagi xonalar uchun ishlovchilar kontingenti doimiy ravishda mavjudligi bilan tavsiflanadi, shu jumladan kecha-kunduz davomida).
F 5.1. Ishlab chiqarish bino va korxonalari, ishlab chiqarish va laboratoriya xonalari, ustaxonalar.
F 5.2. Omborxona bino va inshoatlari, texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash ishlari olib borilmaydigan avtomobillarning turar joylari, arxivlar, omborxona binolari.
F 5.3. Qishloq xoʻjalik binolari.
Portlab-yonish va yongʻin xavfiga ega ishlab chiqarish va omborxona binolari, xonalari bunda ulardagi mavjud portlash va yongʻin xususiyatiga ega moddalar va ashyolarning miqdoridan kelib chiqib hamda ularda joylashgan ishlab chiqarish xavfligi ularda mavjud portlashga xavfli xususiyatli moddalarning va ashyolarning texnologik jarayonlarni hisobga olgan holda NPB 105-95 ga asosan toifalarga boʻlinadi.
F1, F2, F3, va F4 tasnifi binolarda joylashgan ishlab chiqarish va ombor xonalari, shu jumladan, laboratoriya xonalari va ustaxonalar F5 tasnifiga taalluqlidir.
5. YONGʻINGA ODAMLAR XAVFSIZLIGINI TAʼMINLASH
5.1. Mazkur boʻlim talablari odamlarni oʻz vaqtida va uzluksiz evakuatsiya qilishga yoʻnaltirilgan:
yongʻinning xavfli omillari taʼsiriga yoʻliqishi mumkin boʻlgan odamlarni qutqarishga;
odamlarni evakuatsiya yoʻllarida yongʻinning xavfli omillari taʼsiridan himoyalash;
5.2. Odamlarni mustaqil tashkillashtirilgan holda yongʻinni xavfli omillari mavjud xonadan tashqariga chiqish harakati evakuatsiya jarayoni hisoblanadi. Aholining kam harakatlanishi guruhiga kiruvchi odamlarning xizmat ham evakuatsiya hisoblanadi. Evakuatsiya — evakuatsiya chiqish yoʻllari orqali amalga oshiriladi.
5.3. Odamlarga yongʻinning xavfli omillari taʼsir etganda yoki, shunday taʼsir xavfi bevosita tahdid solganda majburiy harakatlanishi, qutqarishga kiradi. Qutqarish ishlari ham yongʻin oʻchirish boʻlinmalari yordamida yoki maxsus oʻrgatilgan xodimlar tomonidan, shu jumladan, maxsus qutqaruv vositalaridan foydalanilgan xolda evakuatsiya va avariya chiqishlari orqali mustaqil amalga oshiriladi..
5.4. Odamlarni evakuatsiya yoʻllarida himoya qilish hajmiy-rejaviy, iqtisodiy, konstruktiv, muhandislik-texnik va tashkiliy tadbirlar majmuasi bilan taʼminlanadi.
Xona miqyosida evakuatsiya yoʻllari, shu xonadan evakuatsiya chiqish yoʻllari orqali, ularda yongʻin oʻchirish va tutunga qarshi himoya vositalari hisobga olmagan holda odamlarni bexatar evakuatsiya qilishi taʼminlashi lozim.
Xonalar tashqarisida evakuatsiya yoʻllarini himoyasi odamlarni bexatar evakuatsiya qilish sharoitidan kelib chiqib, evakuatsiya yoʻliga chiqadigan xonalarning funksional yongʻin xavfi evakuatsiya qilinuvchilar soni, binoning yongʻinbardoshlik darajasi va konstruktiv yongʻin xavflik sinfi, qavatdan va butun binodan evakuatsiya chiqish sonini hisobga olgan holda nazarda tutish kerak.
Xonalar va xonalardan tashqaridagi evakuatsiya yoʻllaridagi konstruksiyalarning yuza qatlamlari uchun qoʻllaniladigan (pardozlov va qoplamalar) qurilish ashyolarining yongʻin xavfi, xona va binoning funksional yongʻinga xavfi va evakuatsiya yoʻllarini himoyalash boʻyicha boshqa tadbirlarni hisobga olgan holda cheklanishi lozim.
5.5. Quyidagi 5.9. bandga mos kelmagan odamlarni qutqarishga moʻljallangan tadbirlar va vositalar, hamda chiqishlar, barcha xonalar va binolardan evakuatsiya jarayonini tashkil etishda va loyihalashda eʼtiborga olinmaydi.
5.6. A va B toifadagi F5 sinfga mansub xonalarni bir vaqtni 50 dan ortiq odam toʻplanishi uchun moʻljallangan xona ostida, hamda yertoʻla va sokol qavatlarda joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
F1.1, F1.2, va F1.3. sinfga mansub xonalarni yertoʻla va sokol qavatlarida joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
5.7. Binolarni tutunga qarshi himoyasi QMQ 2.04.05-96 ga binoan bajarilishi lozim. Bunda yongʻin vaqtida tutunga qarshi himoya vositalari (tutun chiqarish qopqoqlari, toʻsiqlar havo bosimi hosil qilish va tutun tortish ventilyatorlari) saqlash uchun, avtomat tarzda ishga tushishi kerak.
Yongʻinni bildirmoq tartibi hozirgi meʼyoriy hujjatlar talablariga qarab bajarmoqligi lozim.
5.8. Yongʻin vaqtida odamlar xavfsizligi taʼminlash boʻyicha tadbirlarning samaradorligi hisoblash yoʻli bilan baholanishi mumkin.
Evakuatsiya va avariya chiqish yoʻllari
5.9. Chiqish yoʻllari evakuatsiya yoʻli boʻlib hisoblanadi, agar ular olib chiqsa:
a) 1 qavat xonasidan tashqariga:
bevosita;
yoʻlak orqali;
vestibyul orqali (foye);
zina katagi orqali;
yoʻlak va vestibyul (foye) orqali;
yoʻlak va zina katagi orqali.
b) birinchidan tashqari, istalgan qavatdagi xonasidan:
bevosita zina katagiga yoki 3-turdagi zinaga;
bevosita zina katagiga yoki 3-turdagi zinaga olib chiquvchi yoʻlakka;
bevosita zina katagiga yoki 3-turdagi zinaga chiqishi boʻlgan xol (foye)ga.
v) a) va b) da koʻrsatilgan chiqish yoʻli bilan taʼminlangan, shu qavatdagi qoʻshni xonaga (A va B toifadagi F5 sinfiga mansub xonadan tashqari) A va B toifadagi xonaga chiqish, evakuatsiya hisoblanishiga yoʻl qoʻyiladi, agar u yuqorida eslatilgan A va B toifadagi xonalarga xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan, doimiy ishchi oʻrinlarisiz texnik xonadan olib chiqsa.
Yertoʻla va sokol qavatdan evakuatsiya hisoblanadigan chiqish yoʻllarini, odatda, binoning umumiy zina kataklaridan alohida, bevosita tashqariga chiqishi nazarda tutilishi lozim.
Yoʻl qoʻyiladi:
yer toʻladan evakuatsion chiqish yoʻllarini umumiy zina kataklari orqali, tashqariga alohida chiqishi yoʻli nazarda tutilishiga, agar zina katagi boshqa qismlardan 1-turdagi yongʻinga qarshi toʻsiq devor bilan ajratilgan boʻlsa:
V, G va D toifadagi xonalar joylashgan yertoʻla va sokol qavatlardagi evakuatsiya joylari, F5 sinfiga mansub binolarning birinchi qavatida joylashgan G, D xonalarga va vestibyul orqali nazarda tutilgan boʻlsa va 6.29 talabnomaga rioya qilishi zarur:
F2, F3 va F4 sinfiga mansub binolarning yertoʻla va sokol qavatlarida joylashgan foye, yechinish xonalari, chekish xonalari va sanitariya qismlaridan evakuatsiya chiqish joylari, alohida 2-turdagi zinalar boʻyicha birinchi qavatdagi vestibyul orqali nazarda tutilgan boʻlsa;
xonalardan evakuatsiya chiqish yoʻllari 2-turdagi zinaga, yoʻlak orqali (foye, vestibyul) bu zinaga olib boruvchi boʻlishi kerak, lekin meʼyoriy hujjatlarning talablarida koʻrsatilgan boʻlsa.
binodan, yertoʻla va sokol qavatdan bevosita tashqariga chiqish joyini tambur bilan jihozlashga.
5.10. Evakuatsiya chiqish yoʻllari boʻlib hisoblanmaydi, agar ularning boʻshliqlarida suriluvchi va koʻtarilib-tushuvchi eshiklar va temir yoʻl harakatli tarkibi uchun darvozalar, aylanuvchi eshiklar va turniketlar oʻrnatilgan boʻlsa.
Temir yoʻl harakatli tarkib uchun moʻljallangan darvozalar oʻzidagi otiluvchi eshiklar evakuatsiya yaqin yoʻllari hisoblanishi mumkin.
5.11. Xonalardan, qavatlardan va binolardan evakuatsiya chiqish yoʻllarini soni va umumiy kengligi, ular orqali evakuatsiya qilinishi ehtimoli boʻlgan odamlarning maksimal soniga va odamlar mavjud boʻlishi mumkin boʻlgan (ishchi joyidan) eng yaqin evakuatsiya chiqish joyigacha boʻlgan eng uzoq masofaga bogʻliq.
Turli funksional yongʻin xavfiga ega va yongʻinga qarshi toʻsiqlar bilan ajratilgan bino qismlari mustaqil evakuatsiya chiqish yoʻllari bilan taʼminlanishi shart.
5.12. Ikkitadan kam boʻlmagan evakuatsiya chiqish yoʻllari boʻlishi kerak:
bir vaqtni oʻzida 10 dan ortiq odamni boʻlishi moʻljallangan F1.1. sinfga mansub xonalardan, smenada ishlovchilarni eng koʻp soni 5 kishidan ortiq boʻlgan A va B toifadagi F5 sinfga mansub, V toifadagi xonadan:
25 kishidan koʻp yoki maydoni 1000 kv.m. ortiq xonadan;
bir vaqtni oʻzida 6 tadan 15 ta odam boʻlishiga moʻljallangan yertoʻla va sokol qavatdagi xonalardan bunda ikkitadan bitta chiqish 5.20 “d” band talabiga binoan nazarda tutishga yoʻl qoʻyiladi;
bir vaqtda 50 dan ortiq odam boʻlishiga moʻljallangan xonalardan;
jihozlarga xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan F5 sinfiga mansub xonalardagi ochiq javonlar va maydonchalardan, bunda yarus pol maydoni — 100 kv.m. dan ortiq boʻlganda — A va B toifadagi xonalar uchun va 400 kv.m. ortiq boʻlganda — ikkala toifadagi xonalar uchun.
Ikki qavatda joylashgan F1.3. sinfga mansub xonalar (xonadonlar), yuqori qavat 15 m dan baland joylashganda, har bir qavatdan evakuatsiya chiqish joyiga ega boʻlishi lozim.
5.13. Qavatlari kamida ikki evakuatsiya chiqish joylariga ega boʻlishi kerak:
F1.1; F1.2; F2.1; F2.2; F3; F4. sinfga mansub binolar;
qavatdagi kvartiralar umumiy maydonidan kelib chiqib F1.3. sinfga mansub binolar, seksiya turdagi binolar uchun seksiya qavatida — 500 kv.m. dan ortiq boʻlsa;
A va B toifasi mavjud F5 sinfiga mansub binolar, bunda ishlovchilar soni eng koʻp smenada 5 tadan ortiq odamni tashkil qilsa, V toifada 25 ta odamni tashkil qilsa;
Yertoʻla va sokol qavatlari maydoni 300 kv. m. dan ortiq boʻlganda, yoki bir vaqtni oʻzida 15 tadan ortiq odam mavjud boʻlishi uchun moʻljallanganda 2 tadan kam boʻlmagan evakuatsiya chiqish yoʻllariga ega boʻlishi kerak.
Balandligi 15 metrdan ortiq boʻlmagan F1.2; F 3 va F 4.3. sinfiga mansub va maydoni 300 kv. metrdan ortiq boʻlmagan, hamda odam soni 20 tadan ortiq boʻlmagan hamda zina katagiga chiquvchi 2-turdagi eshik bilan (2-jadval boʻyicha) jihozlagan bino qavatlaridan (yoki qavatning boshqa qismidan yongʻinga qarshi toʻsiq bilan ajratilgan qavat qismidan) bitta evakuatsiya chiqish yoʻli oʻrnatishga ruxsat beriladi.
Qoʻllanish:
1. Binoning balandligi yuqori qavatning joylashtirish joyidan balandligi deb, tepadagi texnik qavatning hisobga olmagan holatda hisoblanadi.
2. Qavatning balandligi yongʻin mashinalar yurgan yuzidan tashqari devordagi derazaning ochiq boʻlgan holatdagi chegarasigacha masofasi hisoblanadi.
5.14. Qavat ikkitadan kam boʻlmagan evakuatsiya chiqish joyiga ega boʻlishi kerak, agar qavatda 2 tadan kam boʻlmagan evakuatsiya chiqish yoʻliga ega boʻluvchi xona joylashgan boʻlsa.
Binodan evakuatsiya chiqish joylari va yoʻllarning soni, binoning istalgan qavatidagi evakuatsiya chiqish joylari sonidan kam boʻlmasligi kerak.
5.15. Ikki va undan ortiq evakuatsiya chiqish yoʻllari mavjud boʻlsa ular tarqatilgan holda joylanishi kerak.
Ikki evakuatsiya chiqish joylari oʻrnatilgan boʻlsa, u holda ularning har biri xonada, qavatda yoki binoda mavjud boʻlgan hamma odamlarni xavfsiz evakuatsiya qilinishini taʼminlashi lozim.
Barcha uzoq masofali evakuatsiya chiqish joylaridan eng kichik “L” uzunligi pastda koʻrsatilgan tenglamalar yordamida topiladi:
binoning xona ichidan
bino yoʻlakdan
bu yerda: R — xonaning perimetri (toʻrtta devor uzunligining yigʻindisi);
n — evakuatsiya chiqish joylarning soni;
D — yoʻlak uzunligi, m.
Ikkitadan ortiq evakuatsiya chiqish joylari mavjud boʻlsa, xonadagi, qavatdagi yoki binodagi hamma odamlarni bexatar evakuatsiya qilish ularning har biridan tashqari, hamma evakuatsiya chiqish joylari bilan taʼminlanishi kerak.
5.16. Evakuatsiya chiqish joylari balandligi 1.9 m dan, eni esa kam boʻlmasligi kerak:
1.2 m dan — F1.1 sinfga mansub xonadan evakuatsiya qilinadiganlar soni 15 kishidan ortiq boʻlganda, boshqa vazifaviy yongʻinga xavfli xona va binolardan, F1.3 sinfga mansublari 50 kishidan ortiq boʻlganda bundan mustasno.
0.8 m dan — boʻlgan hamma hollarda.
Zina kataklari tashqi tarafdagi eshiklari va zina kataklaridan vestibyuldan chiquvchi eshiklar eni hisob boʻyicha, yoki zinapoya eni 5.29 bandda belgilangan zinapoya enidan kam boʻlmasligi lozim.
Barcha holatlarda ham evakuatsiya chiqish yoʻllarning eni shunday boʻlishi kerakki, ochiq joy yoki eshik orqali oʻtuvchi evakuatsiya yoʻlini geometriyasini hisobga olgan holda, odam yotgan zambilni bemalol olib oʻtish mumkin boʻlsin.
5.17. Evakuatsiya chiqish joylaridagi eshiklar va evakuatsiya yoʻlidagi boshqa eshiklar binodan chiqish yoʻnalishi boʻyicha ochilishi lozim.
Eshiklarni ochilish yoʻnalishi meʼyorlanmaydi:
a) F1.3 va F1.4 — sinfga mansub xonalar uchun;
b) bir vaqtda 15 dan ortiq kishi toʻplanmaydigan xonalar uchun, A va B toifadagi xonalar bundan mustasno;
v) sathi 200 kv. m. dan ortiq boʻlmagan, doimiy ishchi oʻrni boʻlmagan omborxonalar uchun;
g) sanitariya qismlari uchun;
d) 3-turdagi zina maydonchasiga chiqish uchun;
e) shimoliy qurilish iqlimli mintaqasida joylashgan binolar tashqi eshiklari uchun.
5.18. Qavatlararo yoʻlaklardan, xollardan, foyelardan, vestibyullardan va zina kataklaridan evakuatsiya chiqish yoʻllari eshiklari, ularni kalitsiz erkin ochilishiga xalaqit beruvchi toʻsiqlar boʻlmasligi lozim.
Balandligi 15 m. dan ortiq binolarda xonalardan tashqari bu eshiklar ochilmagan yoki qalin oynadan boʻlishi kerak.
Zina kataklarida eshiklar oʻz-oʻzidan yopilishi uchun moslamalar va zichlagichlariga ega boʻlishi shart.
Tashqariga yoki xonalarga olib boradigan eshiklar zina kataklar tomonidan oʻz-oʻzidan yopiladigan va zichlagichlar uchun asboblar boʻlishi shart emas.
Umumiy yoʻlaklarga olib chiquvchi zina kataklari eshiklari, lift xollari eshiklari, doimiy havo bosimi boʻlgan shlyuz-tambur eshiklari oʻz oʻzidan yopilishi uchun moslamalar va zichlagichlarga ega boʻlishi lozim, yongʻin vaqtida havo bosimi boʻlgan tambur-shlyuz eshiklari va majburiy tutunga qarshi himoyali xonalar eshiklari, esa ularni oʻt tushgan vaqtda yopilishi uchun avtomatikaga ega boʻlishi kerak.
5.19. Evakuatsiya chiqish joylari, talablarga javob bermaydigan chiqishlarga avariyaviy sifatida qaralishi mumkin va yongʻin vaqtida odamlar xavfsizligini oshirish uchun moʻljallanishi mumkin.
Oʻt tushgan chogʻda avariya chiqish joylari evakuatsiya vaqtida hisobga olinmaydi.
5.20. Avariya chiqish joylariga kiradi:
a) eshik yoki lyuk oʻlchamlari va zina boʻlishi “d” band boʻyicha;
b) ochiq balkonga yoki lodjiyaga eni 1.2 m dan kam boʻlmagan, balkon yonidan, deraza boʻshligʻigacha (oynavand eshik) tuynuksiz poydevorli yoki oynavand boʻshliqlar orasi eni 1.6 m dan kam boʻlmagan (lodjiyaga) chiquvchi chiqish joylari;
v) eni 0.6 m dan kam boʻlmagan F1.3. sinfga mansub binoning tutash boʻlimiga ochiq oʻtish joyiga yoki havo mintaqasi orqali tutash yongʻin boʻlinmasiga olib chiqish joyi;
g) balkon va lodjiyalarni qavatma-qavat bogʻlovchi tashqi zina bilan jihozlangan, balkon va lodjiyaga chiqish joyi;
d) pol sathi — 4,5 metrdan past va + 5.0 m dan baland boʻlmagan, oʻlchamlari 0.75 x 1.5 m dan kam boʻlmagan deraza yoki eshik orqali, hamda oʻlchamlari 0,6x0,8 m dan kam boʻlmagan lyuk orqali, bunda chiqish xonadagi lyukzina orqali, bevosita xonadan tashqariga chiqish joylari; bu zinalarning qiyaligi meʼyorlanmaydi;
e) oʻlchamlari va zinalari I boʻyicha, deraza, eshik yoki lyuk orqali, yongʻinbardoshliligi I va II darajali S0 va S1 sinfga mansub bino tomiga chiqish.
5.21. Faqat muhandislik tamoqlari oʻtkazish uchun moʻljallangan texnik qavatlardan, oʻlchamlari 0,75x1,5 m dan kam boʻlmagan eshiklar orqali, hamda 0,6x0,8 m dan kam boʻlmagan lyuklar orqali evakuatsiya chiqish joylarisiz, avariya chiqish joylari nazarda tutilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Texnik qavat maydoni 300 m2 gacha boʻlganda bir chiqish joyi moʻljallanishiga ruxsat etiladi, keyingi har bir, toʻla yoki toʻliqsiz 2000 m2 maydonga, yana kamida bir chiqish joyi koʻzda tutilishi lozim.
Texnik qavatlarda evakuatsiya chiqish joylari 1,8 m dan kam boʻlishi mumkin emas.
Bu chiqish joylarini texnik yertoʻlalarda, binodan chiqish joylaridan alohida boʻlishi va bevosita tashqariga olib chiqishi lozim.
Evakuatsiya yoʻllari
5.22. Evakuatsiya yoʻllari QMQ-2.01.05-98 talablariga muvofiq yoritilishi kerak.
5.23. Xonaning eng uzoq nuqtasidan, F5 sinfga mansub binolar uchun eng uzoqda joylashgan ish oʻrnidan, eng yaqin evakuatsiya chiqish joyigacha yoʻl qoʻyiladigan evakuatsiya yoʻli oʻqi boʻyicha oʻlchanadigan chegaraviy masofa bino va xonaning portlash yongʻin xavfliligi toifasi vazifaviy yongʻinga xavfliligi, evakuatsiya qilinadiganlar soni, binoning qurilmaviy yongʻinga xavfliligi sinfga mansubligi va yongʻinbardoshlik darajasiga bogʻliq.
2-turdagi zina boʻyicha evakuatsiya yoʻlini uzunligini uning uchlangan balandigacha teng qilib olish kerak.
5.24. Evakuatsiya yoʻllarini 5.9-ni hisobga olgan holda nazarda tutilishi lozim; ular tortlov eskalatorlar, hamda quyidagi uchastkalarni oʻz ichiga olmasligi kerak;
lift shaxtalaridan chiqiladigan yoʻlaklar orqali yoki lift xollari va lift oldidan tamburlar orqali, agar liftlar shaxtalarini toʻsib turuvchi qurilmalari, yongʻinga qarshi toʻsiqlarga qoʻyiladigan talablarga javob bermasa;
zina kataklari yoʻlakning bir qismi boʻlganda, zina kataklari orqali oʻtish joyini va xona orqali, uning ichida 2-turdagi zina joylashtirilgan boʻlsa, lekin evakuatsiya jarayonga ega boʻlmasa;
bir joyi boʻyicha, foydalaniladigan tom yoki maxsus jihozlangan tom qismi bundan mustasno;
ikkidan ortiq qavatli yarusli bogʻlovchi hamda yertoʻla va poypesh qavatidan olib boruvchi 5.9 da koʻrsatilgan holatlar bundan mustasno, 2-turdagi zinalar.
5.25. Hamma toifadagi yongʻin-bardoshlik va qurilmaviy yongʻinga xavflilik sinfiga mansub V darajali yongʻinbardosh binolardan tashqari, binolarda evakuatsiya yoʻlida quyidagidan, ortiq yuqori yongʻinga xavfli ashyolar qoʻllanishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
G1, V1, D2, T2-sinfi devorlarini pardozlash va vestibyul, zina kataklari, lift xollari osma shiftlarini toʻldirish uchun;
G2, DZ, TZ — yoki G2, VZ, D2, T2 — devorlarni, shiftlarni pardozlash va umumiy yoʻlaklar, xollar va foyelar osma shiftlarini toʻldirish uchun;
V2, RP2, DZ, T2 — umumiy yoʻlaklarda, xollarda va foye pollari qoplamasi uchun.
Yengil alangalanadigan suyuqliklar ishlab chiqariladigan, qoʻllanadigan yoki saqlanadigan A, B va V1 toifadagi F5 sinfga mansub xonalarda pollarni yonmaydigan ashyolardan yoki G1 yonuvchanlik guruhidagi ashyolardan tayyorlanishi lozim.
Xonalarda va evakuatsiya yoʻlida osma shiftlar sirti yonmaydigan ashyolardagi tayyorlanishi kerak.
5.26. Umumiy yoʻlaklarda, 5.9. bandda koʻrsatilgan boʻyicha, meʼyorlarda maxsus eslab oʻtilgan hollar bundan mustasno, 2 metrdan past balandlikda devorlar sathida gaz quvurlari va yonuvchi suyuqliklar quvur oʻtkazgichlari, shuningdek biriktirma shkaflar, kommunikatsiya va yongʻin joʻmraklari uchun shkaflardan tashqari, jihozlar joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
60 metrdan ortiq uzunlikdagi umumiy yoʻlaklarni 2-turdagi yongʻinga qarshi uzunligi davlat meʼyoriy hujjatlari bilan aniqlanadigan, lekin 60 metrdan oshmaydigan poydevorlar bilan uchastkalarga boʻlinishi lozim.
Xonalardan yoʻlak tomonga ochiladigan eshiklar uchun evakuatsiya yoʻllarni eni yoʻlak eniga qaraganda kamaytirish shart.
eshik enining yarmiga, eshiklar bir tomondan joylashtirilgan boʻlsa;
eshiklar eni masofasiga ega boʻlsa, eshiklar ikki tomonidan joylashtirilgan boʻlsa, lekin bu talabnoma har qavatli boʻlgan yoʻlaklar (xollar) F1.3. sinfdagi binolarda boʻlganda va har bir xonadan zina katagiga chiqish yoʻli boʻlganda bu qoida boʻlishi shart emas.
5.27. Evakuatsiya yoʻllari ufqiy uchastkalarning sof balandligi 2 metrdan kam boʻlmasligi lozim, evakuatsiya yoʻllari ufqiy uchastkalari va panduslar eni kam boʻlmasligi lozim:
1,2 m — F1 sinfga mansub xonalardan 15 dan koʻp kishi, boshqa sinfga mansub vazifaviy yongʻinga xavfli xonalardan 50 dan ortiq kishi evakuatsiya qilishi mumkin boʻlgan umumiy yoʻllar uchun;
0,7 m — yakka ishchi oʻrinlariga joylari uchun;
1.0 m — hamma boshqa xollarda.
Istalgan vaziyatda evakuatsiya yoʻllarini eni, uning geometriyasini hisobga olgan holda, odam yotgan zambilni bemalol olib oʻtish mumkin boʻlishi kerak.
5.28. Evakuatsiya yoʻlida polda 45 sm dan kam boʻlmagan balandlik oʻzgarishiga, eshik ostonalari, bundan mustasno, yoʻl qoʻyilmaydi. Balandlik oʻzgaradigan joyda 3 tadan kam boʻlmagan pogʻonali zina yoki qiyaligi 16 dan ortiq boʻlmagan namdus nazarda tutishi kerak.
Zina balandligi 15 sm dan ortiq boʻlganda tutqichli toʻsiq koʻzda tutish lozim.
Evakuatsiya yoʻllarida aylanma zinalar va qoʻshimcha zina oldi pillapoyalari, hamda zina va zina katagida turli endagi va balandlikdagi pogʻonalar oʻrnatishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Zina va zina kataklari boʻyicha evakuatsiya
5.29. Evakuatsiya uchun moʻljallangan zina, shu jumladan zina kataklari joylashgan zinalar eni undan istalgan evakuatsiya chiqishi joyi (eshik) enidan kam boʻlmasligi, lekin odatda:
a) 1,35 m dan — F1.1 sinfga mansub bino uchun;
b) 1,2 m dan — birinchi qavatdan tashqari, istalgan qavatda mavjud odamlar soni 200 kishidan koʻp boʻlgan binolar uchun;
v) 0,7 m dan — yakka ish joylariga olib boruvchi zinalar uchun;
g) 0,9 m dan — qolgan hamma hollar uchun kam boʻlmasligi kerak.
5.30. Evakuatsiya yoʻllarida zina qiyaligi, odatda 1:1 dan ortiq; pogʻona eni, odatda 25 sm dan balandligi esa 22 sm dan ortiq boʻlmasligi lozim.
Yakka ishchi oʻrinlariga oʻtish joylari uchun zinalar qiyaligi 2% gacha koʻpaytirish mumkin. Egri chiziqli tantanavor zinalar tor qismida pogʻonalar enini 22 sm gacha, faqat umumiy ish oʻrinlari 15 kishidan kam boʻlgan xonalar (A va B toifadagi F5) sinfga mansub xonalardan tashqari) olib boruvchi zinalar pogʻonalari eni 12 sm gacha kamaytirishga yoʻl qoʻyiladi.
Uchinchi turdagi zinalar odatda K1 sinfga mansub, yongʻinbardoshlik chegarasi REI-30 dan kam boʻlmagan devorlarning tuynuksiz (yorugʻlik tushish boʻshliqlarisiz) qismida yonmaydigan ashyolardan tayyorlanishi lozim. Bu etajlar evakuatsiya chiqish joylari sathidan 1,2 m balandlikda toʻsiqli maydonlarga ega boʻlishi va daraja boʻshligʻidan 1 m dan kam boʻlmagan masofada joylashishi lozim.
5.31. 3ina maydonlari eni, zinapoya enidan kam boʻlmasligi, kengaytirilgan eshikli liftlarga chiqish oldida — zinapoya eni va lift eshigi enining yarmi yigʻindisidan, ammo 1,6 m dan kam boʻlmasligi boʻlishi shart. Toʻgʻri zinapoyalarda ora maydonchalar eni 1 m dan kam boʻlmasligi lozim.
Zina katagiga chiquvchi eshiklar ochiq holda zina maydonlarini va zina poyalarni enini kamaytirmasligi kerak.
5.32. Zina kataklarida gaz quvurlari va yonuvchi suyuqliklar quvur oʻtkazgichlarini, tirkash shkaflarni, kommunikatsiya va yongʻin joʻmraklari uchun shkaflardan tashqari, elektr kabellari va simlari (yoʻlaklar zina kataklarni yoritish uchun elektr oʻtkazgichlar bundan mustasno) istalgan xonalarni jipslashtirib qurish, yuk liftlari va yuk koʻtargichlaridan chiqish joylarini nazarda tutish, hamda devor sathida pogʻona va zina maydonchasi yuzasidan 2,2 m gacha balandlikda, boʻrtib chiqib turuvchi jihozlar joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Balandligi 28 metrdagi boʻlgan binolarda odatiy zina kataklarida axlat oʻtkazgichlar va xonalarini yoritish uchun elektr oʻtkazgichlar nazarda tutishga yoʻl qoʻyiladi.
Oddiy zina kataklarning hajmida faqat saqlash xonalarni joylashtirishga ruxsat beriladi.
Birinchi yoki yertoʻla qavatning zina katagining ostida isitish, suv oʻlchagich, elektr asboblarni tekshirish uchun xonalarni joylashtirish lozim.
5.33. Zina kataklaridan tutun qoplamaydiganlaridan tashqari 1-qavatda pastga tushmaydigan ikkidan koʻp boʻlmagan lift joylashishiga ruxsat etiladi.
Tutun qoplamaydigan zina kataklarida birinchi qavatdan pastga tushmaydigan, lift shaxtalarini toʻsuvchi qurilmalari yonmaydigan ashyolardan boʻlgan, ikkitadan koʻp boʻlmagan lift joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Binolar tashqarida joylashtirilgan lift quduqlari faqat yonmaydigan konstruksiyalardan toʻsuvchi qurilmalarini ishlatish mumkin va ularning yongʻinga bardoshlik chegarasi meʼyoriy qoidalarga teng boʻlishi shart emas.
Tutun qoplamaydigan zina kataklarida faqat isitish jihozlari joylashtirish mumkin.
5.34. Zina kataklari bevosita tashqariga bino atrofidagi hududga chiqishi kerak. Zina kataklaridan, shuningdek vestibyulga chiqish mavjud boʻlsa, u holda vestibyul yoʻlaklari va yonidagi xonalardan 1-turdagi yongʻinga qarshi poydevorlar bilan ajratilgan boʻlishi lozim.
Ikkita zina kataklaridan evakuatsiya chiqish joylar boʻlganda va ular umumiy vestibyul tomondan chiqish joyi orqali bevosita tashqariga chiqishi lozim.
N1-turdagi zina kataklari faqat, bevosita tashqariga chiqish joyiga ega boʻlish kerak.
5.35. Zina kataklari L2 turdagi zinalardan kataklar bundan mustasno, odatda, tashqi devorda, har bir qavatda yuzasi 1.2 m2 dan kam boʻlmagan yoriqlik tushuvchi boʻshliqlariga ega boʻlishi lozim.
Binolarda evakuatsiya uchun moʻljallangan, 50% dan koʻp boʻlmagan ichki zina kataklarini yorugʻlik tushuvchi boʻshliqlarsiz nazarda tutilishiga yoʻl qoʻyiladi:
F2, F3 va F4 sinfga mansub — N2 toifali yoki N3 yongʻin chogʻida havo bosimi;
F5 sinfga mansub V toifadagi balandligi 28 m gacha, G va D toifadagilarda bino balandligidan qatʼiy nazar, N3 toifadagi yongʻin chogʻida havo bosimi.
L2 turdagi zina kataklari tomyopmada 4 m2 dan kam boʻlmagan yorugʻlik tushuvchi boʻshliqlarga, zinapoyalar oraligʻida eni 0,7 m dan kam boʻlmagan masofaga yoki binoning bor balandligi boʻyicha sharqiy kesimida yuzasi 2 m2 dan kam boʻlmagan yorugʻlik shaxtasiga ega boʻlishi lozim.
5.36. N2 va N3 turidagi zina kataklari tutunga qarshi himoyasi QMQ 2.04.05-97 meʼyoriy hujjatlariga binoan nazarda tutilishi lozim.
Zarur boʻlsa N2 turdagi zina kataklarini 1-turdagi tuynuksiz yongʻinga qarshi poydevorlar bilan balandligi boʻyicha qismlarga boʻlish lozim, bunda qismlarga oʻzaro oʻtish joylari zina katagi hajmidan tashqarida boʻladi.
N2 turdagi zina kataklarida oynalar ochilmaydigan boʻlishi lozim.
5.37. N1 turdagi tutun qoplamaydigan zina kataklariga tashqi havo mintaqasi orqali olib beruvchi oʻtish joyining tutun qoplamasligi uning qurilmaviy va hajmiy-rejaviy yechimlari bilan taʼminlanishi lozim: bu oʻtish joylari ochiq boʻlishi lozim.
Binoning tashqari devori boshqa devorgacha tarqalishi 135 gradusdan kam boʻlgan holda, yaqin turadigan tashqari devorgacha gorizontal masofasi ichki burchakkacha 4 m dan kam boʻlishi mumkin emas va bu masofa tashqari devorning ustun miqdorigacha kamaytirish mumkin, lekin bu talabnoma 135 gradusli ichki burchaklarda joylashtirilgan oʻtishlarga va devorning ustuni 1,2 m dan koʻp boʻlmagan holda oʻtishi zarur emas.
Zina kataklari eshik boʻshligʻi va eng yaqindagi deraza orasidagi eni — 2 m dan kam boʻlmasligi lozim.
Binoning ichki burchaklarida joylashmasligi kerak va 1,2 m dan kam boʻlmagan enga va 1,2 m balandlikdagi toʻsiqqa ega boʻlishi lozim; tashqi havo mintaqasida eshiklar orasidagi devor eni 1,2 m dan kam boʻlmasligi kerak.
5.38. L1 turdagi zina kataklari, balandligi 28 m gacha boʻlgan, hamma vazifaviy yongʻinga xavfli sinfga mansub binolarda nazarda tutilishi mumkin; bunda F5 sinfga mansub A va B toifali binolarda, A va B toifadagi xonalardagi qavatlar aro yoʻlaklarga chiqish joylari doimiy havo bosimi tanbur shlyuz orqali koʻzda tutiladi.
5.39. L2 turdagi zina kataklari I, II va III oʻtga chidamlik darajali binolarda va konstruktiv yongʻin xavfli sinflari S0, S1 boʻlgan holatda undan tashqari F1, F2, F3 va F4 funksional yongʻin xavfli boʻyicha va balandligi 9 m dan oshmagan boʻlsa joylashtirilishi lozim.
Yongʻinda tepadagi yorugʻlik tushunchasi avtomatik ravishda ochiladigan boʻlsa, binoning balandligini 12 m gacha koʻpaytirish mumkin, lekin bino F 1.3. sinfida boʻlishi shart va avtomatik yongʻin signalizatsiyasi yoki yongʻin toʻgʻrisida xabar beradigan asboblarning boʻlishi lozim.
Faqat:
F2, F3, va F4 sinfdagi binolarda bu zinalar 50% koʻp boʻlishi mumkin emas, qolganlardan tashqari devorlarida har bir qavatda yorituvchi oynalar boʻlishi kerak;
F1.3. sinfdagi seksiyali binolarda har 4 m. balandlikda joylashtirilgan xonada 5.20. band boʻyicha avariya chiqish joyi nazarda tutilishi lozim
5.40. Balandligi 28 m dan ortiqroq binolarda, hamda F5 sinfga mansub, A va B toifadagi binolarda, odatda N1 turdagi, tutun qoplamaydigan zina kataklari nazarda tutilishi kerak.
Yoʻl qoʻyiladi:
F 1.1, F 1.2 ,F 2, F 3 va F 4 sinflarga mansub, yoʻlakli turli 50% ortiq boʻlmagan N2 yoki N3 turdagi zina kataklarini nazarda tutishga va yongʻinda havoning bosimi boʻlishi shart;
F 1.3 sinfdagi yoʻlak turdagi binolarda 50% koʻp boʻlmagan zina kataklari N2 turdagi boʻlishi lozim;
F5 sinfga mansub A va B toifadagi binolarda tabiiy yorugʻlik va doimiy havo bosimli N2 va N3 zina kataklarini nazarda tutishga;
F5 sinfga mansub, V toifadagi binolarda N2 yoki N3 yongʻin chogʻida havo bosimi zina kataklarini nazarda tutishga;
F5 sinfga mansub G va D toifadagi binolarda N2 yoki N3 yongʻin chogʻida havo bosimli zina kataklari, hamda L1 turdagi zina kataklarini, ularni balandligi boʻyicha har 20 metrda yongʻinga qarshi tuynuksiz poydevorlar bilan boʻlingan va zina katagining bir qismidan boshqasiga, zina katagi hajmidagi tashqarida oʻtish joyi bilan nazarda tutishga.
5.41. Tutun qoplamaydigan china katakli binolarda umumiy yoʻlaklarni, vestibyullarni, xollar va foyelarni tutunga qarshi himoyasini nazarda tutish lozim.
5.42. I va II darajali yongʻinbardosh SO sinfga mansub binolarda, vestibyuldan ikkinchi qavatgacha 6.30 talablarini hisobga olgan holda, ikkinchi turdagi zinalar nazarda tutishga yoʻl qoʻyiladi.
5.43. Balandligi 28 m dan ortiq boʻlmagan, qurilmaviy yongʻin xavfliligi F1.2, F2, F3, F4 sinflarga mansub, I va II yongʻinbardoshlilik toifasiga va SO qurilmaviy yongʻin xavfliligi sinfga mansub meʼyorlar bilan talab etiladigan evakuatsiya zina kataklari mavjud va 6.31. talablari rioya etilgan binolarda 2 dan ortiq qavatni birlashtiruvchi, 2 turga mansub zinalar qoʻllanishga yoʻl qoʻyiladi.
5.44. Eskalatorni 2-turdagi zinalar uchun oʻrnatilgan talablarga muvofiq nazarda tutish lozim.
6 YONGʻIN TARQALISHINING OLDINI OLISH
6.1. Yongʻin tarqalishining oldini olishda yonish maydoni, kuchayishi (jadallashuvi) ni va davomiyligini cheklovchi tadbirlar orqali erishiladi. Ularga quyidagilar kiradi:
yongʻinning xavfli omillarini xona, xonalararo, turli vazifaviy yongʻin xavfliligiga mansub xonalar guruhi, qavatlar va seksiyalar, yongʻinli boʻlinmalar, hamda binolar aro boʻylab tarqalishiga toʻsqinlik qiluvchi qurilmaviy va hajmiy-rejaviy yechimlar;
binolar qurilmalari shu jumladan tom, tarzlar va pardozlash va qoplamalari, xonalar va evakuatsiya yoʻllari, yuza qatlamlarida foydalaniladigan qurilish materiallarining yongʻinga xavfliligini cheklash;
xona va binolarning texnologik portlash yongʻinga xavfliligi pasaytirish;
birlamchi, shu jumladan avtomatik va tashib keltiruvchi oʻt oʻchirish vositalarni mavjudligi;
signalizatsiya va yongʻin haqida xabar berish;
yongʻinda evakuatsiya tartibini boshqarma qilish.
6.2. Binolarning oʻt oʻchirish qaysi boʻlgan qismlari (texnik xonalar va qavatlar, yertoʻla va sopol qavatlar va binolarning boshqa qismlari)ni yopish maydoni, jadallashuvi va davomiyligini cheklashga qaratilgan qoʻshimcha vositalar bilan jihozlanishi lozim.
6.3. Yongʻin tarqalishini oldini olishga qaratilgan tadbirlar samaradorligini yongʻin bevosita va bilvosita zararini cheklash boʻyicha 4 boʻlim talablari asosidagi texnik-iqtisodiy hisoblar boʻyicha hisoblashga yoʻl qoʻyiladi.
6.4. Turli vazifaviy yongʻinga xavflilik sinfiga mansub, bino qismlari va xonalar oʻzaro bir biridan meʼyorlangan yongʻinbardoshlik chegarali va qurilmaviy yongʻinga xavflilik sinfiga mansub toʻsuvchi qurilmalar yoki yongʻinga qarshi toʻsiqlar bilan ajratilgan boʻlishi lozim.
Bunday toʻsuvchi qurilmalarga va yongʻinga qarshi toʻsiqlar turiga, xonalarning vazifaviy yongʻinga xavfliligi, yongʻin yukining kattaligi, binoning yongʻinbardoshlik darajasi va qurilmaviy yongʻin xavfliligi sinfiga mansubligi hisobga olingan holda talablar qoʻyiladi.
6.5. Binoda yongʻinga qarshi toʻsiqlar bilan ajratilgan turli vazifaviy yongʻinga xavfliligiga ega qismlar boʻlsa, bu qismlarning har biri vazifaviy yongʻin xavfiga muvofiq keluvchi binoga qoʻyiladigan yongʻinga qarshi, talablarga javob berishi lozim.
Binoning yongʻinga qarshi himoya tizimini tanlashda, butunlay binoning vazifaviy yongʻinga xavfliligi, bino qismlarining turli vazifaviy yongʻin xavfliligida yuqori boʻlishi mumkinligini olish lozim.
6.6. F 5 sinflarga mansub binolarga A va B toifadagi xonalar bu texnologik talablar bilan yoʻl qoʻyilsa, tashqi devor oldida, koʻp qavatli binolarda esa, yuqori qavatlarda joylashtirish lozim.
6.7. Yorituvchi va poypesh qavatlarda yonuvchan gaz va suyuqliklar hamda yengil alangalanuvchi ashyolar, maxsus eslatib oʻtiladigan hollar bundan mustasno, ishlatiladigan yoki saqlanadigan xonalar joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
6.8. Binokorlik qurilmalari yongʻinni xufiya tarqalishiga imkon bermasligi lozim.
6.9. Binokorlik qurilmalari mahkamlanish tugunlari yongʻinbardoshligi, qurilmaning talab etiladigan oʻz yongʻinbardoshligidan kam boʻlmasligi kerak.
6.10. Zal xonalarida polning nishabligini tashkil etuvchi qurilmalar 4 va 5 jadvallarda qavatlararo orayopmalar uchun oʻrnatilgan talablarga muvofiq boʻlishi lozim.
6.11. Meʼyorlangan yongʻinbardoshlik va yongʻinga xavfli toʻsuvchi qurilmalarni kabellar va quvur oʻtkazgichlar kesib oʻtish tugunlari qurilmalarning yongʻin texnikaviy talab etiladigan koʻrsatkichlarini pasaytirmasligi kerak.
6.12. Qurilmalarning ochiq sathiga surkalgan maxsus yongʻin himoya qoplama va shimdirgichlar, qurilmalarni pardozlashga qoʻyiladigan talablarga muvofiq boʻlishi shart.
Bu qoplamalar va shimdirgichlar texnikaviy hujjatlarida ularning oʻzgarish davriyligi yoki foydalanish sharoitidan kelib chiqib qayta tiklanishi koʻrsatilishi lozim.
Ularni davriy oʻzgartirish yoki qayta tiklash imkoniyatini istisno etuvchi joylarda maxsus yongʻin himoya qoplamalari va shimdirgichlar qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
6.13. Ashyolarning yongʻinga xavfliligini kamaytirish uchun qoʻllaniladigan yongʻinga qarshi vositalarni samaradorligi 4-boʻlimda binokorlik qurilmalarini yongʻin-bardoshlilik chegarasini aniqlash uchun oʻrnatiladigan sinov vositasida baholanilishi lozim.
Qurilmalarni yongʻinga xavfliligini koʻtarish uchun qoʻllaniladigan yongʻinga qarshi vositalarni samaradorligi 4-boʻlimda qurilish qurilmalarini yongʻin bardoshlik chegarasini aniqlash uchun oʻrnatilgan sinov vositasi baholanilishi lozim.
Metall qurilmalarning yuk koʻtarish qobiliyati aniqlanayotganda yongʻinga qarshi himoya vositalari, hisobga olinmaydigan samaradorligini statik yuksiz 1,7 m dan kam boʻlmagan oʻlchovdagi balandlikkacha kichraytirilgan ustunlar modellarini yoki 2,8 m. dan kam boʻlmagan oraliqdagi toʻsinlar modellarini taqqoslash sinovlari yoʻli bilan baholashga yoʻl qoʻyiladi.
6.14. Tomyopma va orayopmalar yongʻinbardoshlilik chegarasini oshirish uchun qoʻllaniladigan osma shiftlar yongʻinga xavfliligi boʻyicha bu tomyopma va orayopmalarga qoʻyiladigan talablarga muvofiq boʻlishi lozim.
Osma shiftli xonalardagi yongʻinga qarshi poydevorlar ularning yuqorisidagi boʻshliqni boʻlib turishi kerak.
Osma shiftlar yuqorisidagi boʻshliqda yonuvchan gazlar, chang havo aralashmasi, suyuqliklar va ashyolar tashishga moʻljallangan kanallar va quvur oʻtkazgichlar oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. A va B toifadagi xonalarda osma shiftlar nazarda tutishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Yongʻinga qarshi toʻsiqlar tomyopma va orayopmalar boʻlgan xonalarda ularning orasidagi boʻsh joyi boʻlishi lozim.
6.15. Yongʻinga qarshi toʻsiqlar binoning toʻsib turuvchi devorlar bilan tutashuv joyida, shu jumladan, binoning shakli oʻzgaradigan joyda, bu toʻsiqlardan chetlab oʻtib, yongʻin tarqalmasligini taʼminlovchi tadbirlar nazarda tutilishi lozim.
6.16. Binolarni yongʻin boʻlimlariga ajratuvchi, yongʻinga qarshi devorlar, binoning bor boʻyicha koʻtarilishi va yongʻin oʻchogʻi tomonida bino qurilmasi qulab tushgan chogʻida, yonma-yon joylashgan yongʻin boʻlinmasiga yongʻin tarqalmasligini taʼminlashi lozim.
6.17. Yongʻinga qarshi devorlar poydevorga yoki poydevor toʻsinlarga tarqalishi, binoning bor boʻyicha koʻtarilishi, hamma qurilmalar va qavatlarni kesib oʻtishi lozim.
Yongʻinga qarshi devorlar tayanchga oʻrnatilgan boʻlsa, tayanch konstruksiyalarning yongʻinbardoshlik chegarasi devorlarning yongʻinbardoshlik chegarasidan past boʻlmasligi kerak.
Yongʻinga qarshi devorlar bino va inshootning yonmaydigan ashyolardan tayyorlab, soʻng qurilmasiga bevosita oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.
6.18. Yongʻinga qarshi devorlar tomdan tashqarida koʻtarib turishi lozim:
60 sm. dan kam boʻlmagan masofaga, agar chordoqli yoki chordoqsiz tomyopmalarining biron bir unsuri yonuvchan ashyolardan tayyorlangan boʻlsa G3, G4 guruhlar boʻyicha, tom bundan mustasno;
30 sm. dan kam boʻlmagan masofaga, agar chordoqli yoki chordoqsiz tomyopma unsurlari qalin yonuvchan ashyolardan tayyorlangan boʻlsa G1, G2 guruhlar boʻyicha, tom bundan mustasno. Agar chordoqli yoki chordoqsiz tomyopma hamma unsurlari yonmaydigan ashyolardan (NG) tayyorlangan boʻlsa, yongʻinga qarshi devor tomdan koʻtarilib turmasligi mumkin, tom bundan mustasno.
6.19. Tashki devorlari yonuvchan yoki qiyin yonuvchan ashyolardan G3, G4 guruhlar orqali foydalanib bunyod etilgan binolar yongʻinga qarshi devorlari bu devorlarni kesib oʻtishi hamda devorning tashqi sathidan 30 sm. dan kam boʻlmagan masofada boʻrtib chiqib turishi lozim.
Tashqi devorlari yonmaydigan ashyolardan tasmasimon qilib barpo etilsa, yongʻinga qarshi devorlar oynalarni boʻlib turishi lozim. Bunda yongʻinga qarshi devor, devor sathidan tashqariga boʻrtib chiqmasligi mumkin.
6.191. Binolarning fasadlari, xonalari va evakuatsiya yoʻllarida quyidagi yonuvchanlik darajasiga ega qurilish materiallaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi:
YO2-YO4 — balandligi 28 m gacha boʻlgan binolarning fasadlarini pardozlash va qoplashda;
YO-YO4 — balandligi 28 m va undan yuqori boʻlgan binolarning fasadlarini pardozlash va qoplashda;
YO1-YO4 — balandligidan qatʼiy nazar taʼlim va tibbiyot tashkilotlari obyektlarining fasadlarini pardozlash hamda qoplashda;
YO1-YO4 — barcha binolarning (funksional vazifasidan qatʼi nazar) evakuatsiya yoʻllari, vestibyullari, zinapoya kataklari, lift xollari, umumiy yoʻlaklari, zallari va foyelari hamda yertoʻla va yarim yertoʻla (sokol) qavatlari xonalari, sport inshootlari tribuna ostidagi xonalarning devorlari va shiftlarini pardozlashda, shuningdek osma shiftlarini oʻrnatishda.
6.20. Binoni yongʻin qismlariga ajratilishida, balandroq va kengroq boʻlgan qism devor yongʻinga qarshi boʻlishi lozim. Yongʻinga qarshi devor qismida yongʻinbardoshligi meʼyorlashtirilmaydigan deraza, eshik va darvozalar oʻrnatilishiga yoʻl qoʻyiladi, tutashgan qismlarining tomidan tiklik boʻyicha 8 m. dan kam boʻlmagan va devordan ufq boʻyicha 4 m. dan kam boʻlmagan masofada.
6.21. Yongʻinga qarshi devorlarda shamollatish va tutun oʻtkazish kanallari oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi, qachonki ular oʻrnatilgan joyida yongʻinga qarshi devor kanalining har qaysi tomonida yongʻinbardoshlik chegarasi devorning meʼyorlashtirilgan qiymatidan kam boʻlmagan holatda.
6.22. Yongʻinga qarshi devor yoki yongʻinga qarshi toʻsiqlarni binoning bir qismi boshqasi bilan burchak ostida tutatish joyida oʻrnatishda, tashqi devorlarda joylashgan boʻshliqlar eng yaxshi qirralari orasidagi masofa ufq boʻyicha 4 metrdan kam boʻlmasin, yongʻinga qarshi tolning devorga yoki toʻsiqqa burchak ostida tutashuvchi devor, gulqosh va chiziqlari 4 m. uzunlikda yonmaydigan ashyolardan tayyorlanishi zarur. Koʻrsatilgan boʻshliqlar orasidagi masofa 4 m. boʻlganda, yongʻinga qarshi 2-turdagi eshik yoki deraza bilan toʻldirishi lozim.
6.23. Yongʻin chogʻida yongʻinga qarshi toʻsiqlardagi boʻshliqlar (darchalar), odatda, yopiq boʻlishi lozim.
Yongʻinga qarshi devorlarda derazalar ochilmaydigan boʻlishi kerak. Eshiklar, darvozalar, lyuklar, qopqoqchalar oʻz-oʻzidan yopilib qolishi uchun moslamalarga va zichlagichlarga ega boʻlishi kerak. Ochiq holda foydalanilishi mumkin boʻlgan eshiklar, darvozalar, lyuklar, qopqoqchalar yongʻinda ularni avtomatik yonib qolishini taʼminlaydigani bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
6.24. Yongʻinga qarshi toʻsiqlarda, lift shaxtalari bundan mustasno, darchalar umumiy maydoni ular maydonining 25% dan oshmasligi kerak. Yongʻinga qarshi toʻsiqlar darchalari toʻldirgichlari 4.14. talablariga va mazkur boʻlim talablariga javob berishi kerak.
A va B toifadagi boshqa toifadagi xonalardan, yoʻlaklardan, zina kataklaridan lift xonalaridan ajratib turuvchi yongʻinga qarshi toʻsiqlarda, meʼyoriy hujjatlariga muvofiq doimiy havo bosimi tambur-shlyuzlar oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi. Ikki va koʻproq sonli xonalarga umumiy tambur-shlyuz koʻyilishi mumkin emas.
6.25. A va B toifadagi xonalarni boshqa xonalardan yoki eshiklar, darvozalar, lyuklar va qopqoqchalardan ajratib turuvchi yonuvchan qarshi toʻsiqlarda tambur-shlyuz oʻrnatish imkoni boʻlmasa va toifadagi xonalarni boshqa xonalardan ajratib turuvchi yongʻinga qarshi toʻsiqlarda, qoʻshni qavatlarga va xonalarga yongʻinni tarqalishini va yonuvchan gazlar, yengil alangalanuvchi bugʻlar va yonuvchan suyuqliklar, changlar, tolalarni oʻtib portlash xavfini keltirib chiqarishga qodir yoʻnalishi oldini olish boʻyicha majmuaviy tadbirlar nazarda tutilishi lozim. Bu tadbirlar samaradorligi asoslangan boʻlishi shart.
Yongʻinga qarshi eshik yoki darvozalar bilan yopib boʻlmaydigan V, G va D toifadagi yonma-yon xonalar bilan aloqa qilish uchun, yongʻinga qarshi toʻsiq boʻshliq-darchalarida avtomatik oʻt-oʻchirish vositalari bilan jihozlangan ochiq tamburlar nazarda tutishga yoʻl qoʻyiladi.
Bu tamburlarning toʻsib turuvchi qurilmalari yongʻinga qarshi boʻlishi lozim.
6.26. Yongʻinga qarshi toʻsiqlar darchalari toʻldirgichlari, odatda, yonmaydigan ashyolardan tayyorlanadi.
Eshiklar, darvozalar, lyuklar va qopqoqchalarni 4 mm dan kam boʻlmagan qalinlikda yonmaydigan ashyolar bilan himoyalangan, yonish guruhi G3 dan kam boʻlmagan ashyolar qoʻllash bilan tayyorlashga yoʻl qoʻyiladi.
Yonuvchan gazlar, suyuqlar va ashyolar qoʻllanilmaydigan va saqlamaydigan hamda yonuvchan changlar paydo boʻluvchi jarayonlar bilan aloqador boʻlmagan xonalar tomonidagi yongʻinga qarshi toʻsiqlardagi tambur-shlyuz, eshiklari, eshiklar darvozalar va lyuklar qalinligi 4 mm dan kam boʻlmagan va boʻshliqsiz yonish guruhi G3 ashyolardan tayyorlanishiga yoʻl qoʻyiladi.
6.27. 1-toifadagi yongʻinga qarshi devorlar va orayopmalarni, yonuvchan gazlar, chang-havo aralashmasi, suyuqliklar, moda va ashyolarni tashish uchun kanallar. shaxtalar va quvur oʻtkazgichlarni oʻtishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Yuqorida koʻrsatilganlardan farqlanuvchi muhitni tashish uchun kanallar, shaxtalar va quvur oʻtkazgichlar bunday yongʻinga qarshi toʻsiqlarni kesib oʻtish joyida, kanallar, shaxtalar va quvur oʻtkazgichlar boʻyicha yonish mahsulotlarini tarqalishini bartaraf etuvchi avtomatik moslamalar nazarda tutilishi lozim.
6.28. Lift shaxtalari (5.33 da koʻrsatilganlardan tashqari) va liftlarning mashina boʻlinmalari xonalari (tomda joylashganlaridan tashqari), xamda kommunikatsiyalar oʻtkazish uchun kanallar, shaxtalar, taxmonchalar toʻsuvchi qurilmalari 1-turdagi yongʻinga qarshi poydevorlar va 3-turdagi orayopmalarga qoʻyiladigan talablar muvofiq boʻlishi kerak.
Yuqorida koʻrsatilgan lift shaxtalari toʻsiqlarda yongʻinga qarshi eshiklar oʻrnatish imkoniyati boʻlmasa, 1-turdagi yongʻinga qarshi poydevorli va 3-turdagi orayopmali tamburlar yoki xollar yoki yongʻin chogʻida lift shaxtalari eshiklarni avtomatik ravishda yonib quyuvchi ekran nazarda tutilishi lozim.
Bunday jarayonlar yonmaydigan ashyolardan tayyorlanishi va ularning yongʻinbardoshlik chegarasi YEI 45 dan kam boʻlmasligi zarur.
Chiqish joyida yongʻin chogʻida havo bosimi tambur-shlyuzga ega boʻlmagan, tutun qoplamaydigan zina katakli binolarda taxtalarida avtomatik tutunga qarshi himoya nazarda tutish lozim.
Axlat oʻtkazgichlar taqasi yonmaydigan ashyolardan tayyorlanishi lozim.
6.29. Texnologiya talablari boʻyicha binolarda hamma sinflar ichida, lekin F1.3. — da emas, yertoʻla va sokol qavatlar birinchi qavat bilan aloqa boʻlganda zinalar oʻrnatishi shart. Bu zinalar evakuatsiya vaqtida hisobga olish kerak emas, faqat 5.9. da koʻrsatilgan boʻlmasa.
Bu zinalar yongʻinga qarshi toʻsiqlar 1-turdagi va tambur-shlyuz yordamida ajratilishi lozim. Agar sokol va yertoʻla xonalarda yongʻinga xavfli moddalar yoki ashyolar saqlanadigan boʻlsa, tambur-shlyuzda kerakli havo bosimi boʻlishi shart.
F5 sinfdagi binolarda zinalar yertoʻladagi yoki sokol xonalardan G va D kategoriyali boʻlgan holda, tepadagi koʻrsatilgan ajratish toʻsiqlar ishlatishi zarur emas.
6.30. Vestibyuldan ikkinchi qavatga olib boruvchi 2-turdagi zina oʻrnatilsa, vestibyul yoʻlaklardan va yonma-yon xonalardan 1-turdagi yongʻinga qarshi poydevorlar bilan ajratilgan boʻlishi lozim.
6.31. 5.43-da tutilgan 2-turdagi zina joylashgan xona, unga tutashuvchi yoʻlaklardan va boshqa xonalardan 1-turdagi yongʻinga qarshi poydevor bilan ajratilishi lozim. Ikkinchi turdagi zina joylashgan vaqtda yongʻinga qarshi poydevor bilan ajramasligiga yoʻl qoʻyiladi:
binoda butunlay avtomatik oʻt oʻchirish oʻrnatilsa;
binoning balandligi 9 metrdan va qavatning maydoni 300 kv.m. dan koʻp boʻlmagan holda.
6.32. Yertoʻla va sokol qavatda lift roʻparasida yongʻin chogʻida havo bosimi 1-turdagi tambur-shlyuz oʻrnatishi nazarda tutilishi lozim.
Agar sokol va yertoʻla xonalarda yongʻinga xavfli moddalar yoki ashyolar saqlanadigan boʻlsa, tambur-shlyuzda yongʻin paydo boʻlganda kerakli havo bosimi boʻlishi shart.
6.33. Bino va yongʻin boʻlinmalarini oʻlchamlarini, hamda binolar orasidagi masofani toʻplashda, ularning yongʻinga bardoshligidan, qurilmaviy va vazifaviy yongʻinga xavfliligidan kelib chiqadi, yongʻin yuki qattaligidan, hamda yongʻinga qarshi qoʻllanilayotgan himoya vositalarini samaradorligini, oʻt oʻchirish xizmati qarshi qoʻllanilayotgan himoya vositalarini samaradorligini, oʻt oʻchirish xizmati mavjudligi va olisligini ularning qurollanganligini, yongʻinning ehtimoli iqtisodiy va ekologik oqibatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqish lozim.
6.34. Foydalanish jarayonida yongʻinga qarshi himoya muhandislik vositalarning ishga yaroqliligi taʼminlanishi lozim.
6.35. Avtomatik oʻt oʻchirishni va yongʻin signalizatsiyasini davlat meʼyoriy hujjatlariga muvofiq ravishda nazarda tutish kerak.
7. OʻT OʻCHIRISH VA QUTQARUV ISHLARI
7.1. Ehtimolli yongʻinni oʻchirish va qutqaruv ishlarini olib borish, qurilmaviy, hajmiy-rejaviy, muhandislik-texnikaviy va tashkiliy tadbirlar orqali taʼminlanadi:
Ularga kuyidagilar kiradi:
a) vazifaviy oʻtish yoʻllari va olib keluvchi yoʻllar bilan birga oʻt oʻchirish texnikasi oʻtishi uchun va olib keluvchi yoʻllar yoki maxsus yoʻllar jihozlanishi;
b) tashqi yongʻin zinalari jihozlanishi va oʻt oʻchirish boʻlinmalari xodimlarini va oʻt oʻchirish texnikasini bino qavatlariga va tomiga olib chiqishining boshqa usullari bilan taʼminlash, shu jumladan oʻt oʻchirish boʻlinmalarini tashish rejasiga ega portlar oʻrnatilishi;
v) yongʻinga qarshi suv oʻtkazgichlar, shu jumladan xoʻjalik suv oʻtkazgichlari bilan birga yoki maxsusini oʻrnatish, zarur boʻlsa quvurlardan va yongʻin sigʻimlari (rezervuarlar) oʻrnatish;
g) bino ichida, oʻt oʻchirish boʻlinmalari oʻtish yoʻlini tutunga qarshi himoyalash kerak;
d) zarur hollarda binolarni odamlarni yakka yoki ommaviy tartibda qutqarish vositalari bilan jihozlash;
e) aholi yashash manzilgohi yoki obyekt hududida ularning harakat doirasida joylashgan obyektdagi oʻt oʻchirish sharoitiga muvofiq yongʻin texnikasi bilan taʼminlangan zarur soniga ega shaxsiy yongʻindan saqlash boʻlinmasini joylashtirish.
Bu tadbirlarni tanlash binolarning yongʻinga bardoshlik darajasi qurilmaviy va vazifaviy yongʻin xavfsizligi sinfiga mansubligiga bogʻliq.
7.2. Asosiy va maxsus oʻt oʻchirish mahsulotlari uchun oʻtish yoʻllarini, davlat meʼyoriy hujjatlari talablariga muvofiq ravishda nazarda tutish lozim.
7.3. Tom karnizi yoki tashqi devor tepasigacha (poydevor), balandligi 10 m. va ortiq uchun tomga zina kataklaridan bevosita yoki chordoq orqali isitiluvchi undan mustasno, hamda 3 turdagi zinalar boʻyicha yoki tashqi oʻt oʻchirish zinalari boʻyicha chiqish joylari nazarda tutilishi lozim.
Tomga chiqish joylari soni va ularning joylanishini binoning vazifaviy yongʻinga xavfliligi va oʻlchamlaridan kelib chiqib nazarda tutilish lozim, lekin 1 chiqish joyidan kam emas:
chordoqli tomyopmaviy bino uzunligi har bir toʻliq va notoʻliq 100 m., chordoqsiz tomyopmaviy F1, F2, F3 va F4 sinfga mansub binolar uchun, bino tomining har bir toʻliq va notoʻliq 1000 kv.m maydoniga 1 dan kam boʻlmagan chiqish joyi;
yongʻinga qarshi zinalar boʻyicha 200 m dan soʻng F5 sinfga mansub binolar aylanasi boʻyicha.
Nazarda tutilishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
agar binoning eni 150 m. dan oshmasa bosh tarziga qarama-qarshi tomonda yongʻinga qarshi suv oʻtkazgich liniyasi mavjud boʻlsa binoning bosh tarzida oʻt oʻchirish zinalarni;
tom yopmasi 100 m. dan yopmaydigan bir qavatli binolar tomiga chiqish joyini.
7.4. Bino chordoqlarida tomga oʻlchamlari 0,6x0,8 m. dan kam boʻlmagan eshiklar, lyuklar yoki derazalar orqali doimiy zinalar bilan jihozlangan joylari nazarda tutilishi lozim, lekin F1.4. sinfidagi binolardan tashqari.
Tom yoki chordoqqa zina kataklaridan chiqish joylari, chiqish oldida maydonchasi bor, zinapoyalar boʻyicha, oʻlchamlari 0,75x1,5 m. dan kam boʻlmagan 2 turdagi yongʻinga qarshi eshiklar orqali nazarda tutilishi kerak.
Balandligi 15 m. gacha boʻlgan F1, F2, F3 va F4 sinfga mansub binolarda chordoq yoki tomga zina kataklarida 0,6x0,8 m. oʻlchamli 2 turdagi yongʻinga qarshi tok orqali, mahkamlangan poʻlat narvonlar boʻyicha chiqish joylari jihozlanishiga yoʻl qoʻyiladi.
7.5. Texnik qavatlarda, shu jumladan texnik toq xonalarda va texnik chordoqlarda oʻtish joylari balandligi 1,8 m dan kam boʻlmasligi, chordoqlarda butun bino boʻylab — 1,6 m. dan kam boʻlmasligi lozim. Bu oʻtish joylari eni 1,2 m. dan kam boʻlmasligi kerak. Ayrim buyuklardan ortiq boʻlmagan masofada oʻtish balandligini 1,2 m. gacha enini esa 0,3 m gacha kamaytirishga yoʻl qoʻyiladi.
7.6. Mansubdorli binolarda toʻsib turuvchi qurilmalarda chordoqlar boʻshligʻi nazarda tutilishi lozim.
7.7. Tomning balandligi 1 m. dan ortiq oʻzgarish joyida (shu jumladan tomga nur-aeratsion fonarlarni koʻtarish uchun) odatda yongʻin zinalari koʻzda tutilishi kerak.
Tom balandligi 10 m. dan ortiq oʻzgarsa agar tomning har bir 100 kv.m. dan ortiq maydon uchastkasi 7.3. talablariga javob beradigan tomga xususiy chiqish joyiga ega boʻlsa, yoki 7.3 boʻyicha aniqlanadigan tomning pastki uchastkasi 10 m. dan oshmasa, yongʻin zinalari nazarda tutilmaydi.
7.8. 10 m. dan to 20 m. gacha balandlikka koʻtarilishi uchun va tomning balandligi 1 m. dan to 20 m. gacha oʻzgarish joyida P1 turdagi yongʻin zinalari 20 m. dan balandroqqa koʻtarish uchun va balandlik 20 m. dan ortiq oʻzgaruvchi joylarda P2 turdagi zinalar koʻllanishi lozim.
Yongʻin zinalari yonmaydigan ashyolardan tayyorlanishi, derazadan 1 m. dan yakinroqka joylashmasligi va ulardan oʻt oʻchiruvchi boʻlinmalar foydalanishga hisoblangan boʻlishi kerak.
7.9. Zinapoyalar orasida va zinapoya toʻsigʻi tutgichlari orasida, rejada sof etish 75 mm. dan kam boʻlmagan tirqish qoldirilishi lozim.
7.10. Balandligi 5 m. dan ortiq F1.1. sinfga mansub binolarning har bir yongʻin boʻlinmasida balandligi 28 m. dan ortiq hamma vazifani yongʻinga xavflilik sinfiga mansub binolarda, toʻsuvchi qurilmalari REI120 yongʻinga bardoshlik chegarasiga ega yongʻinga qarshi toʻsiqlar talablariga javob beruvchi, E60 yongʻin bardoshlik chegarasiga ega yongʻinga qarshi eshikli shaxtalarda joylashgan “oʻt oʻchirish boʻlinmalarni tashishi” rejimiga ega liftlar nazarda tutilishi lozim.
7.11. Tom nishobligi 12% gacha boʻlgan, balandligi peshtoqqacha yoki tashqi devor yuqorisiga 10 dan ortiq binolarda, hamda tom nishobboshligi 12% dan ortiq, balandligi peshtoqqacha 7 m. dan ortiq binolarda GOST 257722 ga muvofiq tomda muvofiq toʻsiq nazarda tutilishi lozim.
Bino balandligidan qatʼiy nazar, shu standart talablariga muvofiq, foydalaniladigan issiq tomlarda, balkonlarda, lodjiyalarda tashqi galereyalarda, ochiq tashqi zinalarda, zinapoyalarda va maydonchalarda toʻsiq nazarda tutilishi lozim.
7.12. Oʻt oʻchirish deposini, davlat meʼyoriy hujjatlari tartiblariga muvofiq hududlarda joylashtirish kerak.
7.13. Oʻt oʻchirish suv oʻtkazgichini va boshqa doimiy oʻt oʻchirish vositalarini binolarning yongʻin bardoshlik darajasi, qurilmaviy va vazifaviy yongʻinga xavfligidan, vaqtinchalik yongʻin yukini kattaligi va yongʻin portlash xavfligidan kelib chiqib nazarda tutish kerak.
7.14. Binolarning yongʻinga qarshi suv taʼminoti tizimiga oʻt oʻchiruvchi boʻlinmalar va ularning jihozlari uchun doimiy yetishish imkoniyati taʼminlangan boʻlishi lozim.