O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi huzuridagi Milliy restavratsiya markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Fransiya bilan hamkorlikda Milliy restavratsiya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va uni ilg‘or zamonaviy texnologiya va jihozlar bilan ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-yilda Luvr muzeyida (Parij shahri) O‘zbekistonning muzey eksponatlari ko‘rgazmasi o‘tkazilishini tashkil etish hamda xorijda O‘zbekistoning muzey fondlarining samarali namoyish qilinishiga sharoitlar yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 7-martdagi F-5455-son farmoyishiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi huzurida Madaniy meros obyektlari va san’at ashyolarini restavratsiya qilish ilmiy-tadqiqot markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi huzuridagi Milliy restavratsiya markazining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi huzuridagi Milliy restavratsiya markazining ustavi 2-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi huzuridagi Milliy restavratsiya markazi xodimlari mehnatiga Yagona tarif setkasi bo‘yicha haq to‘lash razryadlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Jamg‘arma raisiga, zarurat bo‘lganda, boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida Markaz tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan mablag‘lar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladigan qo‘shimcha shtat birliklarini kiritish huquqi berilsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Belgilansinki:
a) Buxoro viloyati Madaniy meros boshqarmasiga tegishli Buxoro viloyatining Buxoro shahri, Arabon ko‘chasi, 10-uy manzilida joylashgan “Jo‘rabek karvon saroyi” madaniy meros obyektiga “Ustoz-shogird” bolalar amaliy san’ati markazi nodavlat notijorat tashkiloti tekin foydalanish huquqi asosida 10 yil muddatga joylashtiriladi.
Bunda ushbu madaniy meros obyektini saqlash xarajatlari va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda obyektni asrab-avaylash ishlari “Ustoz-shogird” bolalar amaliy san’ati markazi tomonidan amalga oshiriladi;
b) Milliy restavratsiya markazi faoliyatini takomillashtirish va uni jihozlash ishlari doirasida jalb etiladigan xorijiy tashkilotlar vakillari va xorijiy mutaxassislarga ushbu markazning murojaatiga asosan:
Tashqi ishlar vazirligi tomonidan — mamlakatimizga kirish vizalari, zarur hollarda, I. Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi;
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan — xorijiy ishchi kuchini va mutaxassislarni jalb qilishga ruxsatnoma berilishi (muddati uzaytirilishi), shuningdek, xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan tasdiqnomalar berilishi (muddati uzaytirilishi);
Ichki ishlar vazirligi tomonidan — belgilangan tartibda ko‘p martalik vizalar berilishi va muddati uzaytirilishi hamda vaqtincha yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga qo‘yilishi va muddati uzaytirilishi ta’minlanadi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Markazga ikkita, shu jumladan, shaxsan biriktirilgan bitta yengil avtomobil va bitta yuk avtotransport vositasini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga sotib olish va saqlashga limit ajratilsin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Markazni Toshkent shahri, Istiqlol ko‘chasi, 47-uy manzildagi Fransiya madaniyat markazining binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
yetakchi chet el restavratsiya muassasalarining ilg‘or tajribasini hisobga olgan holda madaniy meros obyektlari va san’at ashyolarini restavratsiya qilish uchun zarur laboratoriya asbob-uskunalari va Markazni jihozlash uchun texnika va mebellar ro‘yxatini shakllantirsin;
Markaz joylashtiriladigan binoning tegishli xonalarini kapital ta’mirlash uchun texnik-iqtisodiy asoslash va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqilishini tashkil qilsin;
Markaz joylashtiriladigan binoning tegishli xonalarini kapital ta’mirlash, zarur laboratoriya asbob-uskunalari, texnika va mebellar bilan jihozlash ishlari bilan bog‘liq xarajatlarni 2020-yilda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturida nazarda tutish uchun ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan hujjatlarni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
51. Markaz faoliyatini to‘liq amalga oshirishi uchun quyidagi takliflarga rozilik berilsin:
davlat organlari va tashkilotlariga madaniy meros obyektlari hamda muzey ashyolari va kolleksiyalarini konservatsiya, restavratsiya qilish va asrashda ilmiy tadqiqotlar ishlarini amalga oshirish bo‘yicha Markaz bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzishga ruxsat berish;
davlat muzeylarida faoliyat yuritayotgan restavrator, ta’mirchi-rassomlarning malakasini muntazam oshirib borish maqsadida shartnoma asosida malaka oshirish kurslari faoliyatini yo‘lga qo‘yish. Bunda davlat muzeylariga Markaz bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzishga ruxsat etiladi.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
6. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi G.O. Umerova zimmasiga yuklansin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 17-iyul,
598-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-iyuldagi 598-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi huzuridagi Milliy restavratsiya markazining
TUZILMASI
(1-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni — 21 nafar.
Texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar soni belgilangan normativlarga muvofiq aniqlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-iyuldagi 598-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi huzuridagi Milliy restavratsiya markazining
USTAVI
(2-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Ustav O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi huzuridagi Milliy restavratsiya markazining (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlarini hamda faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Markaz O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-avgustdagi 436-sonli qarori tahririda)
Jamg‘arma Markaz faoliyatiga umumiy rahbarlikni va uning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi, Markazning moddiy-texnika bazasini mustahkamlaydi hamda xodimlarining malakasini oshirishni tashkil etadi.
3. Markaz davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, o‘zining alohida mulkiga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga, banklarda hisob-kitob va valyuta hisobraqamlariga, o‘zining nomi yozilgan dumaloq muhrga, firma blankalariga hamda shtampga ega bo‘ladi.
4. Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Ustavga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, Jamg‘arma qarorlariga amal qiladi.
5. Markaz o‘z faoliyatini Jamg‘arma topshiriqlari va buyurtmalari, vazirliklar, idoralar hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning buyurtmanomalari asosida amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Markazning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi huzuridagi Milliy restavratsiya markazi, qisqartirilgan nomi — Restavratsiya markazi;
b) ingliz tilida:
to‘liq nomi — National Restoration Center under the Arts and Culture Development Foundation under the Administration of the President of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Restoration Centre;
v) rus tilida:
to‘liq nomi — Natsionalniy restavratsionniy sentr pri Fonde razvitiya kulturi i iskusstva pri Administratsii Prezidenta Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Sentr restavratsii.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
7. Markaz Toshkent shahri, Istiqlol ko‘chasi, 47-uy manzilida (pochta manzili) joylashgan.
2-bob. Markazning vazifalari va funksiyalari
8. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
madaniy meros obyektlarini konservatsiya, restavratsiya qilish va asrash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni va ishlarini amalga oshirish;
shu jumladan yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda bu sohada mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirish orqali restavratsiya ishlarini rivojlantirish;
moddiy madaniy meros obyektlari va muzey ashyolarini asrash, shuningdek, restavratsiya vaqtida muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini vaqtinchalik saqlash uchun shart-sharoitlar yaratish;
muzey faoliyati tizimini takomillashtirishga ko‘maklashish, madaniyat va san’at muassasalarida konservatsiya va restavratsiya ishlarini yaxshilash.
9. Markaz unga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) madaniy meros obyektlarini konservatsiya, restavratsiya qilish va asrash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni va ishlarini amalga oshirish sohasida:
madaniy meros obyektlarini muhandislik jihatidan restavratsiya qilishning yangi texnologiyalari va usullarini ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish;
restavratsiya qilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqish;
qurilish materiallari va shikastlanishlar holatini kompleks tashxis qilish, laboratoriya kimyo-biologik tadqiqotlarni amalga oshirish;
madaniy meros obyektlarini konservatsiya va restavratsiya qilish, qayta tiklash bo‘yicha kompleks ishlarni amalga oshirish;
madaniy meros ashyolarini asrash bo‘yicha ilmiy-loyiha faoliyatini bajarish uchun zamonaviy moddiy-texnik bazani yaratish, ilmiy tadqiqotlar olib borish;
muzey ashyolari va kolleksiyalarini ilmiy konservatsiya qilish, restavratsiya qilish va qayta tiklash;
muzey ashyolari va kolleksiyalari eskirishi, saqlanishining holati o‘zgarishi prinsiplarini o‘rganish;
tarix va madaniyat ashyolarini restavratsiya qilish dasturlarini ishlab chiqish;
madaniy meros ashyolari bilan loyiha, restavratsiya, ta’mirlash ishlari va boshqa ishlar ustidan nazorat qilish va texnik tekshirish;
b) shu jumladan yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda bu sohada mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirish orqali restavratsiya ishlarini rivojlantirish sohasida:
Markaz negizida, shu jumladan, xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda stajirovkadan o‘tish, mahorat darslari, ixtisoslashtirilgan ta’lim dasturlarini tashkil etish va o‘tkazish, tegishli sertifikatlar berish;
O‘zbekiston Respublikasida va uning tashqarisida madaniyat va san’at sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlar, shu jumladan, nodavlat tashkilotlar bilan mutaxassislarni ayirboshlashni tashkil etish;
ilmiy-tadqiqot va loyiha ishlarini olib borish, shu jumladan, Markazni rivojlantirishning ilmiy konsepsiya va dasturlarini ishlab chiqish;
v) moddiy madaniy meros obyektlari va muzey ashyolarini asrash, shuningdek, restavratsiya vaqtida muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini vaqtinchalik saqlash uchun shart-sharoitlar yaratish sohasida:
Markazga berilgan madaniy meros obyektlarini saqlash, fuqarolarning ular bilan tanishishini ta’minlash, shuningdek, ko‘rsatib o‘tilgan obyektlarni o‘rganish;
Markazga restavratsiyaga berilgan madaniy meros obyektlari, muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini hisobga olish, ularning restavratsiyaga qadar hamda restavratsiyadan keyingi holatini qayd qilish hamda indentifikatsiyalash;
moddiy madaniy meros obyektlarini va muzey ashyolarini asrash, shuningdek, restavratsiya vaqtida muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini vaqtinchalik saqlash uchun maxsus joy (xona) ajratish hamda unda talab etiladigan namlik va yorug‘lik sharoitini ta’minlash, ishonchli qo‘riqlash tizimini yo‘lga qo‘yish;
g) muzey faoliyati tizimini takomillashtirishga ko‘maklashish, madaniyat va san’at muassasalarida konservatsiya va restavratsiya ishlarini yaxshilash sohasida:
madaniyat va san’at muassasalarida konservatsiya va restavratsiya qilish sohasida muzey faoliyatini amalga oshirish amaliyotlari to‘g‘risidagi axborotni to‘plash va o‘rganish;
muzey ashyolari va kolleksiyalari saqlanishi, konservatsiya qilinishi va asralishini ta’minlashning eng yaxshi amaliyotlari bo‘yicha tavsiyalar va qo‘llanmalarni ishlab chiqish va tarqatish.
Markaz qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
3-bob. Markazning huquqlari va majburiyatlari
10. Markaz o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan axborotni belgilangan tartibda so‘rash va olish;
ushbu Ustavning 6-bobida belgilangan manbalardan tushadigan mablag‘larni o‘zining g‘azna hisobvaraqlarida jamlash;
oldinga qo‘yilgan maqsadlar va vazifalar bajarilishini ta’minlash uchun shartnomalar tuzish, shu jumladan, xorijiy hamkorlar bilan shartnomalar tuzish;
shartnoma asosida asosiy faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha maslahatlar berish, boshqa xizmatlar ko‘rsatish va ishlarni bajarish;
Markaz faoliyatini amalga oshirish jarayonida yaratilgan intellektual mulkni boshqarish;
konservatsiya va restavratsiya qilish ishi sohasida madaniyat va san’atni rivojlantirishning har xil masalalari bo‘yicha belgilangan tartibda tashabbus ko‘rsatish;
o‘z faoliyati to‘g‘risidagi materiallarni ommaviy axborot vositalarida joylashtirish;
Markaz vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha xalqaro hamkorlikni Jamg‘arma bilan kelishgan holda amalga oshirish huquqiga egadir.
Markaz qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
11. Markaz:
ushbu Ustavda belgilangan asosiy vazifalar va funksiyalar bajarilishini ta’minlashga;
Markaz daromadlarining istiqbolli ko‘rsatkichlari ijrosi natijadorligini tahlil qilishga va mablag‘lar tushishiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ko‘rishga;
Oldingi tahrirga qarang.
o‘z faoliyati to‘g‘risida Jamg‘arma raisiga hisobot berishga majburdir.
(11-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-iyuldagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 09/23/271/0440-son)
Markaz qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
4-bob. Markaz faoliyatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
12. Markazga Jamg‘arma raisi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor (keyingi o‘rinlarda direktor deb ataladi) rahbarlik qiladi.
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-iyuldagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 09/23/271/0440-son)
Direktor barcha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida, shuningdek, xorijiy mamlakatlarda Markazning nomidan ishtirok etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Direktor Jamg‘arma raisi bilan kelishgan holda Markaz direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan bir nafar o‘rinbosarga ega bo‘ladi.
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-iyuldagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 09/23/271/0440-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Direktor o‘z faoliyatida Jamg‘arma raisiga bo‘ysunadi va Markaz faoliyati to‘g‘risida unga har chorakda hisobot beradi.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-iyuldagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 09/23/271/0440-son)
5-bob. Direktorning asosiy funksional majburiyatlari
14. Direktor:
Markaz faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
boshqaruv xodimlari soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida Markazning shtat jadvalini tasdiqlaydi;
Markaz xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
har yili 25-dekabrga qadar Jamg‘armaning raisi bilan kelishgan holda kelgusi yilga Markaz tadbirlari kalendar rejasini, tadqiqotlarning mavzuli rejalarini shakllantiradi va tasdiqlaydi;
(14-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-iyuldagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 09/23/271/0440-son)
Markaz bo‘limlari boshliqlarining hisobotini eshitadi;
qonun hujjatlariga muvofiq Markaz xodimlariga ajratilgan mablag‘lar doirasida qo‘shimcha pul, mukofot va boshqa pullarni to‘lash tartibi va shartlarini belgilaydi;
Markazga yuklangan vazifalar uchun shaxsan javob beradi;
Markaz faoliyatiga taalluqli masalalar bo‘yicha tezkor majlislar o‘tkazadi;
Markaz xodimlarini intizomiy jazoga tortish va rag‘batlantirish masalalarini hal qiladi;
o‘z o‘rinbosari va Markazning boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlarini belgilaydi, ular o‘rtasida majburiyatlarni taqsimlaydi, Markazning alohida sohalariga rahbarlik qilishi borasida o‘z o‘rinbosari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsan javobgarligi darajasini belgilaydi;
Markaz tomonidan ilmiy-metodik ishlarni amalga oshirishning tegishli darajasini ta’minlaydi;
belgilangan tartibda Markaz mulkini va mablag‘larini tasarruf etadi;
yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, xorijiy shaxslar bilan shartnomalar tuzadi;
Markaz faoliyatini ta’minlash uchun boshqa masalalarni belgilangan tartibda hal etadi;
qonun hujjatlariga va ushbu Ustavga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
6-bob. Markaz faoliyatini moliyalashtirish, mulkini tasarruf etish, xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish tartibi
15. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Jamg‘arma smetasida belgilangan hajmdagi Markazni saqlash va unga yuklangan vazifalarni amalga oshirish maqsadlari uchun ajratilgan mablag‘lar;
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-iyuldagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 09/23/271/0440-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar natijalari bo‘yicha ajratiladigan grantlar;
(15-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-iyuldagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 09/23/271/0440-son)
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya xayriyalari;
xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy tashkilotlarning grantlari va kreditlari;
asosiy faoliyat bo‘yicha ishlarni bajarishdan (xizmatlar ko‘rsatishdan) tushgan daromadlar;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
16. Markaz mulkini asosiy fondlar (uskunalar, transport vositalari va boshqalar), aylanma vositalar, shuningdek, moliyaviy resurslar va barcha moliyalashtirish manbalari hisobiga sotib olinadigan boshqa moddiy boyliklar tashkil etadi.
Markaz mulkining qiymati uning mustaqil balansida aks ettiriladi.
17. Markaz o‘ziga biriktirilgan mulkka egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf etish huquqini belgilangan tartibda amalga oshiradi.
18. Barcha tadqiqot materiallari, shuningdek, tuzilgan shartnomalarga muvofiq Markaz buyurtmasiga binoan boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilgan tadqiqotlar Markaz faoliyatining intellektual mulki obyektlari hisoblanadi.
19. Xo‘jalik, ilmiy-texnik faoliyatdan tushgan daromadlar, shuningdek, xayriya, homiylik mablag‘lari va beg‘araz tushumlar hisobiga sotib olingan mulk va vositalar Markaz mulki hisoblanadi.
20. Markaz direktori Markazning o‘z mablag‘lari hisobidan:
Oldingi tahrirga qarang.
xizmat vazifalari tashabbus ko‘rsatib va vijdonan bajarilishini rag‘batlantirish maqsadida yuqori malakali xodimlarga lavozim maoshining 200 foizgacha miqdorda oylik ustamalar belgilash;
(20-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Markazning o‘z vazifalarini vijdonan bajaruvchi xodimlarini lavozim maoshining 100 foizi miqdorigacha har chorakda mukofotlash;
(20-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Markaz xodimlariga bir oylik haq to‘lash fondi miqdorigacha biryo‘la moddiy yordam berish;
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi bilan belgilangan bayram kunlari munosabati bilan Markaz xodimlarini har bir bayram uchun bir lavozim maoshi miqdorida mukofotlash;
Oldingi tahrirga qarang.
har oyda ovqatlanish va yo‘lkira uchun bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravari miqdorida haq to‘lanishini belgilash huquqiga egadir.
(20-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Markaz xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga mablag‘lar yetishmasligi Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga qoplanadi.
(20-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-iyuldagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 09/23/271/0440-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Markaz xodimlariga alohida topshiriqlarni bajarganlik uchun maxsus va shaxsiy ustamalar belgilanishi mumkin.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
21. Jamg‘arma Markazga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi yuzasidan doimiy ravishda Markaz faoliyati monitoringini olib boradi.
22. Markaz qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
23. Ushbu Ustav talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-iyundagi 598-son qaroriga
3-ilova
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi huzuridagi Milliy restavratsiya markazi xodimlari mehnatiga Yagona tarif setkasi bo‘yicha haq to‘lash
RAZRYADLARI
(3-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)

Lavozimlar nomi

Mehnatga haq to‘lash razryadlari

Direktor

15

Direktorning o‘rinbosari

14

Bo‘lim boshlig‘i

13

Bosh buxgalter

13

Bosh yuriskonsult

14

Bosh mutaxassis

11

Yetakchi mutaxassis

10

Mutaxassis

9

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.07.2019-y., 09/19/598/3443-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 09/23/271/0440-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)