Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Matematika taʼlimi va fanlarini yanada rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Muhammad al Xorazmiy, Ahmad Fargʻoniy, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulugʻbek singari ulugʻ ajdodlarimiz tamal toshini qoʻygan matematika fani ilm-fan va texnikaning zamonaviy tarmoqlari jadal rivojlanishi munosabati bilan hozirgi kunda yanada katta ahamiyat kasb etmoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, tibbiyot, biologiya, raqamli iqtisodiyot sohasida va boshqa koʻplab sohalarda uning roli ayniqsa ortdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) oʻz faoliyati davrida matematika fanini rivojlantirishga, respublika uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashga sezilarli hissa qoʻshdi va matematik tadqiqotlarning jahon darajasida eʼtirof etilgan markazlaridan biriga aylandi.
Institutda funksional analiz, differensial tenglamalar, ehtimollar nazariyasi va algebra boʻyicha ilmiy maktablar shakllandi va muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Xodimlarning ilmiy tadqiqotlari besh marta Oʻzbekiston Davlat mukofotiga sazovor boʻldi, 12 nafar taniqli olim Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzoligiga va nufuzli Butunjahon fanlar akademiyasi (TWAS)ga saylangan.
Bonn, Kembrij, Parij, Seul, Santyago de Kompastela universitetlari va boshqa ilmiy markazlarning olimlari bilan birgalikda qoʻshma ilmiy loyihalar amalga oshirilmoqda. Institutda davlat universitetlari, maktablar va akademik litseylarda maʼruzalar oʻqish va maxsus kurslar oʻtish, shuningdek, magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilish amaliyoti keng joriy etilgan. Bugungi kunda ilmiy xodimlarning oʻrtacha yoshi 47 yoshni, ilmiy darajali ilmiy xodimlar ulushi esa 87,0 foizni tashkil etmoqda.
Shu bilan birga, har tomonlama tahlillar bir qancha tizimli vazifalarni aniqladi. Ularning amalga oshirilishi Institutning ilmiy loyihalarni xatlovdan oʻtkazish, mavjud ilmiy salohiyatdan yuqori darajada foydalanish va uni rivojlantirishga doir faoliyatini tubdan takomillashtirishni, tadqiqotlarni joriy etish samaradorligining amaliy indikatorlari va maqsadli koʻrsatkichlari ishlab chiqilishini Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi tomonidan yanada aniq muvofiqlashtirishni, shuningdek, davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralarini talab etadi.
Matematika taʼlimi va fanlarini yanada rivojlantirish, fundamental, qidiruv va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib borish, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlarining faoliyati va ilmiy kadrlar tayyorlash samaradorligini taʼminlash, ilm-fan, iqtisodiyot tarmoqlari va ishlab chiqarishning integratsiyasini mustahkamlash, jahonning yetakchi ilmiy markazlari va universitetlari bilan xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida:
1. Institut jamoasining matematika fanini rivojlantirishga, ilm-fan va taʼlimning integratsiyasini mustahkamlashga, yuqori malakali kadrlar tayyorlashga va Vatanimiz matematika maktablarining yutuqlarini targʻib qilishga yoʻnaltirilgan faoliyati qoʻllab-quvvatlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Matematika fanini rivojlantirish va Institut faoliyatini takomillashtirishning quyidagi ustuvor vazifalarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi maqsadli dasturini (keyingi oʻrinlarda — Maqsadli dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlash toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin:
ilm-fanning turdosh sohalarida va iqtisodiyot tarmoqlarida ilmiy natijalardan foydalanish, shuningdek, Institutning muayyan ilmiy yoʻnalishlarini fundamental izlanishlardan amaliy izlanishlarga qayta yoʻnaltirish dasturlarini ishlab chiqish;
2020 — 2022-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha uchun matematika boʻyicha oliy malakali kadrlar tayyorlash chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqish;
ilmiy natijalar keng muhokama qilinishini va zamonaviy ilm-fan yutuqlari ommalashtirilishini tashkil etish. Institut ishlanmalarining doimiy ravishda yangilanadigan elektron maʼlumotlar bazasini yaratish;
ilmiy-tadqiqot faoliyatining taʼlim jarayoni bilan aloqalarini mustahkamlash. Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti, Muhammad al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari va Institut xodimlarining tajriba start-up loyihalari amalga oshirilishiga koʻmaklashish;
Matematika sohasida jahon ilmiy markazlari, shu jumladan MDH, Yevropa, Amerika va Osiyo mamlakatlarining yetakchi universitetlari bilan hamkorlikda tadqiqotlar tashkil etish;
noshirlik faoliyatini yaxshilash va materiallar eʼlon qilishda faollikni oshirish. Ingliz tilidagi “Oʻzbekiston matematika jurnali” ilmiy nashri faoliyatini takomillashtirish;
moliyalashtirish tizimini takomillashtirish, xarajatlarni maqbullashtirish va Institutning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash. Infratuzilmani modernizatsiya qilish. Xodimlar uchun ish sharoitlarini yaxshilash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirish. Har yilgi “Ilm-fan yetakchisi” respublika tanlovini oʻtkazish.
Maqsadli dastur toʻliq bajarilishini taʼminlash, Institut faoliyati samaradorligini oshirishga toʻsqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish yuzasidan muvofiqlashtirilgan va oldini oluvchi chora-tadbirlar koʻrilishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.S. Yuldashevga va vitse-prezidentlarga shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
3. 2020 — 2024-yillarda Institutning ilmiy-tadqiqot ishlari dasturi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Institutning ilmiy yoʻnalishlariga muvofiq har yili Institut ilmiy-tadqiqot ishlari kalendar dasturlari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi va Institut darsliklar, oʻquv va koʻrgazmali qoʻllanmalar, shu jumladan elektron darsliklar, oʻquv va koʻrgazmali qurollarni Institutning ekspert xulosasidan keyin eʼlon qilish, taʼlim muassasalarida matematika fanlarini oʻqitish, matematika olimpiadalarini oʻtkazish tartibini takomillashtirish yuzasidan bir oy muddatda takliflar kiritsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini boshqarish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish asosida bir oy muddatda:
Maqsadli indikatorlar asosida Fanlar akademiyasi tizimiga kiradigan ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy boʻlinmalari va xodimlari faoliyatini baholash mezonlarini ishlab chiqsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish tartibini belgilash boʻyicha asoslangan takliflar kiritsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Institutning 2021-yilgacha maqsadli koʻrsatkichlarini (indikatorlarini) (keyingi oʻrinlarda — Maqsadli koʻrsatkichlar) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlash toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Belgilansinki, 2020-yildan boshlab ilmiy laboratoriyalar va ilmiy xodimlarning faoliyati reyting tizimi asosida har yili Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Rayosatining qarori boʻyicha tashkil etiladigan maxsus komissiya tomonidan baholanadi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Institut ilmiy xodimlarining 4-ilovaga* muvofiq yetakchi xorijiy ilmiy markazlarda malaka oshirishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari Institut ilmiy xodimlarining malaka oshirishini moliyalashtirish manbasi etib belgilansin.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
* 2-4-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Moliya vazirligining 2020-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan oliy taʼlimdan keyingi taʼlimda stajyor-tadqiqotchilar institutini (keyingi oʻrinlarda — stajyor-tadqiqotchilar instituti) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda Institutga oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutida oʻqish uchun ajratiladigan qabul kvotasining yarmidan kam boʻlmagan miqdordagi qabul kvotasi stajyor-tadqiqotchilar instituti uchun ajratilishini taʼminlasin.
9. Institut tuzilmasiga:
oʻtkaziladigan ilmiy tadqiqotlar samaradorligi va natijadorligini oshirish, ilmiy kadrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot faoliyatini taʼlim jarayoni bilan integratsiyalashtirishni taʼminlash uchun masʼul boʻlgan Institut ilmiy rahbari — direktorning ilm-fan boʻyicha oʻrinbosari lavozimi;
algebra va uning tatbiqlari, differensial tenglamalar va uning tatbiqlari, chiziqsiz tizimlar, dinamik tizimlar va ularning tatbiqlarini matematik modellashtirish, stoxastik tahlil, tibbiy-biologik informatika, hisoblash matematikasi yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy laboratoriyalar kiritilsin.
Institut tuzilmasida yuridik shaxs tashkil etmasdan Yosh matematiklar oʻquv markazi tashkil etilsin, unga quyidagi vazifalarni amalga oshirish yuklansin:
umumtaʼlim maktablari va litseylarning oʻquvchilari, oliy taʼlim muassasalarining talabalari va doktorantlar uchun matematika boʻyicha oʻquv kurslari tashkil etish;
Oʻzbekiston terma jamoasini xalqaro matematika olimpiadalariga tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
iqtidorli yoshlarni saralab olish va maqsadli tayyorlash jarayonlariga oʻqitishning zamonaviy usullarini va pedagogik innovatsiyalarni joriy etish;
yetakchi olimlar va yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan xorijiy olimlar va mutaxassislarni taʼlim jarayoniga jalb qilish.
10. Institutning yangilangan tuzilmasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Ilmiy kengash va Yosh olimlar kengashi tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti bilan kelishgan holda tasdiqlanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
11. Belgilab qoʻyilsinki, 2020-yil 1-yanvardan boshlab Institut xodimlari mehnatiga haq toʻlash, bino va inshootlarini saqlash xarajatlarini moliyalashtirish, shuningdek, joriy xarajatlarini qoplash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
12. Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
xalqaro moliya institutlari va boshqa institutlar, xorijiy tashkilotlarning grantlari doirasida tushadigan mablagʻlar;
xoʻjalik faoliyatidan tushadigan mablagʻlar;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda Institutga fundamental tadqiqotlarning ilmiy-texnik loyihalarini amalga oshirish uchun ajratiladigan budjet mablagʻlari ushbu qaror topshiriqlaridan kelib chiqqan holda talab etiladigan qoʻshimcha budjet mablagʻlarining bir qismini qoplashga yoʻnaltirilishini taʼminlasin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-noyabrdagi PQ-3365-son qaroriga muvofiq 2020-yilda Institut binosini (keyingi oʻrinlarda — obyekt) kapital taʼmirlash, shuningdek, uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ikki oy muddatda:
obyekt boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlasin va ularning belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti Nodir qoʻlyozmalar markazining bino va inshootlari boʻshatilishini taʼminlasin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining asoslangan buyurtmanomalari asosida 2020-yilgi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirishda obyektni kapital taʼmirlash uchun tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq kapital qoʻyilmalarning tegishli limitlarini nazarda tutsin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi obyektda kapital taʼmirlash va qurilish-montaj ishlari bajarilishining sifati ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi:
bir oy muddatda — belgilangan tartibda Institut ustavini tasdiqlasin va uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
Institutning zamonaviy kompyuter uskunalari va boshqa tashkiliy texnika bilan, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy tashkilotlari obyektlarini sotishdan tushadigan budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga toʻldirilishini taʼminlasin;
(18-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
ikki oy muddatda — manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
19. 2019-yil 24-mayda ilmiy jamoatchilik va oliy taʼlim muassasalari rektorlari bilan oʻtkazilgan uchrashuvda belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda Fan va texnologiyalar boʻyicha respublika kengashi (keyingi oʻrinlarda — Respublika kengashi) tashkil etilsin va unga quyidagi vazifalar yuklansin:
fan va texnologiyalar sohasida yagona davlat siyosatini shakllantirish, shu jumladan fan va taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni muvofiqlashtirish, fan va texnologiyalar sohasini jadal rivojlantirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish, ularning bajarilishi natijadorligini taʼminlash;
ilmiy-texnik siyosat strategiyasi, ilmiy-innovatsion infratuzilmani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini shakllantirish va tasdiqlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
(19-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi PF-6198-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son)
Oldingi tahrirga qarang.
har yilgi ilmiy-tadqiqot ishlari dasturlarini, shuningdek, ilmiy-tadqiqot faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlaridan toʻgʻridan-toʻgʻri moliyalashtirish hisobiga amalga oshiriladigan ilmiy tashkilotlarning maqsadli indikatorlarini tasdiqlash;
fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha milliy laboratoriyalar tizimini shakllantirish, shuningdek, ilmiy tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalari bilan toʻldirish va butlovchi hamda sarflash materiallari bilan uzluksiz taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
(19-bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
fan va texnologiyalar sohasida mamlakat ilm-fanini jahon yutuqlari bilan uygʻunlashtirish, ilmiy salohiyat va innovatsion rivojlanishni reyting baholashda mamlakat imijini, shu jumladan ilmiy ishlanmalarni faol tijoratlashtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish orqali oshirish;
ilmiy-tadqiqot, taʼlim va loyiha-konstruktorlik muassasalari, shuningdek, sanoat korxonalari va tijorat tuzilmalari tomonidan foydalanish maqsadida eng yangi ilmiy-texnik ishlanmalar toʻgʻrisidagi ilgʻor xorijiy tajribani izlash, umumlashtirish, tahlil qilishning davlat axborot-tahlil tizimini yaratish, Oʻzbekistonni rivojlantirish uchun ilmiy-texnik salohiyatning zamonaviy axborot-resurs bazasini shakllantirish;
muhim davlat ahamiyatiga ega boʻlgan hamda fan va innovatsion rivojlanish sohasini isloh qilish davomida yuzaga keladigan dolzarb masalalar hamda muammolarni muhokama qilish, shu jumladan ommaviy muhokama qilish;
fan va texnika sohasida Davlat mukofotini berish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish hamda takliflar tayyorlash.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Fan va texnologiyalar boʻyicha respublika kengashining shaxsiy tarkibini va Kengash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi PQ-3416-son qarori bilan tashkil etilgan Ilmiy-texnik axborot markazini yuqori malakali kadrlar bilan butlash va uning faoliyatini faollashtirish yuzasidan takliflarni kiritsin.
21. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.S. Yuldashev zimmasiga yuklansin.
Qarorning ijrosi Fan va texnologiyalar boʻyicha respublika kengashi majlislarida 2019-yil sentabr va dekabr oylarida hamda 2020-yil aprel oyida koʻrib chiqilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 9-iyul,
PQ-4387-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-iyuldagi PQ-4387-son qaroriga
1-ILOVA
Matematika fanini rivojlantirish va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti faoliyatini takomillashtirishning
MAQSADLI DASTURI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Ustuvor vazifalar

Moliyalashtirish manbalari

Amalga oshirish muddatlari

Masʼul ijrochilar

I. Matematika va uning tatbiqlari sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyatining samaradorligi va natijadorligini oshirish

1.

2020 — 2024-yillarda matematika va uning tatbiqlari sohasidagi tadqiqotlarning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash. Buning uchun:

mamlakatimizning matematika sohasidagi ilmiy maktablarida olib borilayotgan tadqiqotlarning hozirgi holatini, uning uzluksiz taʼlim tizimidagi roli va oʻrnini, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohadagi amaliy vazifalarni hal etishda ishlab chiqilayotgan matematik uslublarga boʻlgan ehtiyojni har tomonlama tanqidiy tahlil qilish;

matematika ilmiy maktablarining alohida yoʻnalishlarida hududlarning mavjud salohiyati hisobga olinib, malakali ekspertlarni jalb qilgan holda respublikamizda matematika sohasidagi fundamental, amaliy va innovatsion ishlanmalar boʻyicha ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

Fanlar akademiyasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda matematika va uning tatbiqlari sohasidagi tadqiqotlarning asosiy ustuvor yoʻnalishlarini tasdiqlash.



Talab etilmaydi



2019-yil
sentabr



2019-yil

noyabr



2019-yil

dekabr

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),

Matematika instituti
(Sh. Ayupov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abdurahmonov),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(I. Majidov),

Xalq taʼlimi vazirligi

(Sh. Shermatov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(B. Xodjayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Tegishli huquqiy bazani yaratgan holda, akademik institutlarning tarkibiy boʻlinmalari ratsional faoliyat yuritishini taʼminlash maqsadida ularning faoliyatini optimallashtirish. Buning uchun:

ilmiy yoʻnalishlar, laboratoriyalar, turli boʻlinmalar, ularning maqsad va vazifalari, shtatlari sonini shakllantirishning amaldagi mexanizmini tanqidiy tahlil qilish;

akademik institutlarning ularning yuklatilgan ilmiy tadqiqot vazifalarini samarali bajarishi hamda faoliyatining natijadorligini taʼminlash uchun ularning tarkibiy boʻlinmalarini shakllantirish boʻyicha asosli takliflar tayyorlash;

akademik ilmiy-tadqiqot muassasalarining tarkibiy boʻlinmalarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash hamda Respublika fan va texnologiyalar kengashiga kiritish.





Talab etilmaydi





2019-yil

noyabr-dekabr



2020-yil fevral

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abdurahmonov),

Matematika instituti
(Sh. Ayupov) va Fanlar akademiyasi tizimidagi boshqa institutlar,
Moliya vazirligi,

(J. Qoʻchqorov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

3.

Respublikada soʻnggi 10 yilda matematika sohasidagi tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish hamda fanning turdosh sohalari va iqtisodiyot tarmoqlarida ulardan foydalanish boʻyicha asosli takliflar ishlab chiqish. Buning uchun:

soʻnggi 10 yilda olib borilgan tadqiqotlar natijalarini xatlovdan oʻtkazish va ulardan foydalanish hamda amalda qoʻllash boʻyicha tahliliy xulosalar tayyorlash;

aniq takliflar ishlab chiqish hamda 2019 — 2022-yillarda fanning turdosh sohalari va iqtisodiyot tarmoqlarida ilmiy natijalardan foydalanish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi loyihasini tayyorlash;

Fanlar akademiyasi tomonidan 2019 — 2022-yillarda fanning turdosh sohalari va iqtisodiyot tarmoqlarida ilmiy natijalardan foydalanishga doir chora-tadbirlar dasturini belgilangan tartibda tasdiqlash va uning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash.




Talab etilmaydi




2019-yil

oktabr

2019-yil noyabr


2019-yil

dekabr

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(B. Xodjayev),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(I. Majidov),

Matematika instituti
(Sh. Ayupov),

Fanlar akademiyasi tizimidagi institutlar

4.

Institutda olib borilayotgan tadqiqotlarning ayrim yoʻnalishlarini chuqur fundamental izlanishlardan amaliy xususiyatga ega tadqiqotlar oʻtkazishga yoʻnaltirish. Buning uchun:

xorijiy mamlakatlardagi matematika yoʻnalishidagi yetakchi institutlarning ilgʻor tajribasini oʻrganish asosida Matematika instituti tegishli boʻlinmalarining asosiy ilmiy yoʻnalishlarini qayta koʻrib chiqish;

Matematika institutida matematik ishlanmalar va dasturiy mahsulotlarga doir aniq takliflarni shakllantirish boʻyicha fizik, biolog olimlar, tibbiyot sohasi mutaxassislari, iqtisodchilar va boshqa manfaatdor mutaxassislar bilan maqsadli maslahatlashuvlar oʻtkazish;

Institutning muayyan ilmiy yoʻnalishlarini fundamental izlanishlardan amaliy izlanishlarga qayta yoʻnaltirish boʻyicha takliflar tayyorlash, bunda vazifalar, muddatlar va bajarish mexanizmlarini aniq koʻrsatish;

Fanlar akademiyasi va Matematika instituti tomonidan Institutning muayyan ilmiy yoʻnalishlarini fundamental izlanishlardan amaliy izlanishlarga qayta yoʻnaltirish, shuningdek, yangi dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va qoʻllash boʻyicha 2020 — 2022-yillarga moʻljallangan kompleks chora-tadbirlarni tasdiqlash.




Ilmiy faoliyatga oid
davlat dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida




2019-yil dekabr


2020-yil

yanvar



2020-yil fevral



2019-yil dekabr

Matematika instituti
(Sh. Ayupov),

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(B. Xodjayev),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abdurahmonov),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
(I. Majidov),
Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Shodmonov)

5.

Yangi kimyoviy birikmalar xossalari prognozida sunʼiy intellektni qoʻllash boʻyicha amaliy tadqiqotlarni kengaytirish. Buning uchun:

kimyoviy birikmalar xossalari prognozida sunʼiy intellektni qoʻllash boʻyicha ilmiy-texnik loyihani ishlab chiqish va Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovga belgilangan tartibda taqdim etish.

Ilmiy faoliyatga oid
davlat dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida

2020 — 2022-yillar

Matematika instituti
(Sh. Ayupov),

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abdurahmonov)

6.

Yangi dori vositalarini ishlab chiqishda yangi kimyoviy birikmalar sintezi uchun kompyuter texnologiyasini yaratish. Buning uchun:

zarur dasturiy taʼminotni ishlab chiqish boʻyicha ilmiy-texnik loyihani tayyorlash va Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovga belgilangan tartibda taqdim etish.

Ilmiy faoliyatga oid
davlat dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida

2020 — 2022-yillar

Matematika instituti
(Sh. Ayupov),

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abdurahmonov)

7.

Ilmiy muassasalar va ilmiy xodimlar faoliyati samaradorligini baholashning reyting tizimini joriy etish. Buning uchun:

ilmiy muassasalar va ilmiy xodimlar faoliyatini reyting baholash boʻyicha mamlakatimizdagi va xorijiy tajribani har tomonlama oʻrganish;

ilmiy muassasalar va ilmiy xodimlar asosiy ilmiy faoliyatining oʻziga xosligini hisobga olgan holda ularning faoliyatini reyting baholash tizimi loyihasini ishlab chiqish.



Talab etilmaydi



2019-yil oktabr

2019-yil dekabr

Fanlar akademiyasi

(B. Yuldashev),

Fanlar akademiyasi tizimidagi institutlar,

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abdurahmonov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(I. Majidov)

II. Oliy malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash

8.

2020 — 2022-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning matematika sohasidagi oliy malakali mutaxassislarga boʻlgan talabini taʼminlash boʻyicha aniq chora-tadbirlarni shakllantirish va amalga oshirish. Buning uchun:

2020 — 2022-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning matematika sohasidagi oliy malakali mutaxassislarga boʻlgan real talabini batafsil oʻrganish;

institut tarkibiy boʻlinmalarining real imkoniyatlari va ilmiy salohiyatini hisobga olgan holda, Oliy malakali kadrlarni tayyorlash chora-tadbirlar dasturi loyihasini ishlab chiqish va uni belgilangan tartibda tasdiqlash.




Talab etilmaydi




2019-yil

noyabr

2020-yil yanvar

Matematika instituti
(Sh. Ayupov),

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(B. Xodjayev),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abdurahmonov),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(I. Majidov)

9.

Oliy malakali kadrlarga boʻlgan real va istiqbolli talab asosida matematika boʻyicha doktoranturaga qabul kvotalarini shakllantirish tizimiga oid takliflarni tayyorlash. Buning uchun:

Doktoranturaga qabul kvotalarini shakllantirish va oliy malakali kadrlarni tayyorlash boʻyicha nizom loyihasini ishlab chiqish;

“Doktoranturaga qabul kvotalarini shakllantirish va oliy malakali kadrlarni tayyorlash boʻyicha nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror loyihasini tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.




Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim uchun ajratiladigan mablagʻlar doirasida




2020-yil

fevral

2020-yil

may

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),

Matematika instituti

(Sh. Ayupov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(B. Xodjayev),

Moliya vazirligi

(J. Qoʻchqorov),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(I. Majidov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

10.

Yosh olimlarning yetakchi xorijiy ilmiy markazlarda stajirovka oʻtashi orqali malakasini oshirish. Buning uchun:

stajirovka uchun yosh olimlar va xorijiy ilmiy markazlarning maʼlumotlar bazasini yaratish;

stajirovka oʻtash boʻyicha xorijiy hamkorlar bilan shartnomalar va bitimlar tuzish hamda stajirovka oʻtash jadvallarini tasdiqlash;

stajirovkalar yakuni boʻyicha iqtisodiyotning turli tarmoqlari va ijtimoiy soha uchun xorij tajribasini qoʻllash boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Doimiy ravishda

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi,
(A. Bekmurodov),

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),
Matematika instituti
(Sh. Ayupov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov)

11.

Matematikaning nazariy jihatlari boʻyicha dissertatsiyalar natijalarini joriy etish haqidagi hujjatlarni taqdim etish borasida OAK talablarini qayta koʻrib chiqish. Buning uchun:

OAKning normativ hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish;

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining tegishli qarorlarini qabul qilish.




Talab etilmaydi




2019-yil dekabr

OAK (A. Yusupov),
Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(I. Majidov)

III. Ilmiy jurnallarni chop etish va nashr etish faolligini oshirish

12.

Ingliz tilidagi “Oʻzbek matematika jurnali” ilmiy nashrining faoliyatini takomillashtirish. Buning uchun:

jurnal sifatini oshirish va Web of Science xalqaro maʼlumotlar bazasiga kiritish choralarini koʻrish;

tegishli yoʻnalishidagi oliy taʼlim va ilmiy muassasalarining jurnalga obuna boʻlishini taʼminlash;

jurnalni budjet mablagʻlari va obunadan tushadigan mablagʻlar hisobiga 50:50 foiz nisbatida moliyalashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash.



Talab etilmaydi



2020-yil

mart

Fanlar akademiyasi

(B. Yuldashev),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(I. Majidov),

Matematika instituti
(Sh. Ayupov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov)

13.

“Matematika instituti byulleteni” elektron ilmiy nashrida nashr etish faolligini oshirish. Buning uchun:

keng doiradagi yosh olimlar va mutaxassislarning jurnaldan foydalanishini taʼminlash;

qoʻshni mamlakatlar va uzoq xorijiy davlatlarning olimlarini ilmiy maqolalar chop etishga jalb qilish choralarini koʻrish;

jurnalni matematika yoʻnalishidagi elektron jurnallar maʼlumotlar bazasi roʻyxatiga kiritish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.



Talab etilmaydi



2019-yil noyabr

Fanlar akademiyasi

(B. Yuldashev),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(I. Majidov),

Matematika instituti
(Sh. Ayupov)

14.

Xalqaro ilmiy axborotlar maʼlumotlar bazasiga (Web of Science, Springer, Scopus va boshqalar) milliy obunani tashkil etish. Buning uchun:

obunani tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ularni Vazirlar Mahkamasi bilan kelishish;

xalqaro ilmiy axborotlar maʼlumotlar bazasiga (Web of Science, Springer, Scopus va boshqalar) milliy obunani rasmiylashtirish;

ilmiy maqolalarni chop etish va Institut xodimlari maqolalaridan iqtibos keltirishni koʻpaytirish uchun maʼlumotlar bazasidan samarali foydalanishni taʼminlash.

Ilmiy faoliyatga oid
davlat dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan mablagʻlar

(umumiy hajmdan 0,5 foizgacha)

2020-yil yanvardan boshlab

har yili

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(I. Majidov)

15.

Mamlakat oliy taʼlim va ilmiy muassasalarining nashr etish faolligi boʻyicha yillik maʼruzalar tayyorlash. Buning uchun:

nashr etish faolligining har yillik indikatorlarini tayyorlash;

nashr etish faolligi boʻyicha tahliliy va qiyosiy (Markaziy Osiyo mamlakatlari boʻyicha) materiallar tayyorlash.



Talab etilmaydi

2020-yil yanvardan boshlab

har yili

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(I. Majidov)

IV. Ilmiy natijalarni keng muhokama qilish va zamonaviy ilm-fan yutuqlarini ommalashtirishni tashkil etish

16.

Matematika instituti tomonidan matematika fanini rivojlantirishning dolzarb masalalari boʻyicha respublika va xalqaro konferensiyalar oʻtkazilishini taklif etish va muvofiqlashtirish. Buning uchun:

matematika va uning tatbiqlarining dolzarb masalalari boʻyicha konferensiyalarni tashkil etish va oʻtkazishga doir takliflar ishlab chiqish;

respublika va xalqaro konferensiyalar roʻyxatini Fanlar akademiyasi bilan kelishish hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi loyihasiga kiritish uchun Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etish.




Institutning shaxsiy mablagʻlari,

homiylar mablagʻlari




Har yili

Matematika instituti
(Sh. Ayupov),

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),
Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(I. Majidov)

17.

Oliy oʻquv yurtlari bilan matematikaning dolzarb masalalari boʻyicha ilmiy seminarlar tashkil qilish va oʻtkazish hamda respublikaning ixtisoslashtirilgan ilmiy-oʻquv markazlariga video (onlayn) translyatsiyani taʼminlash. Buning uchun:

oliy oʻquv yurtlari bilan matematika fanining dolzarb masalalari boʻyicha har chorakda kamida bir marta ilmiy seminarlar oʻtkazish dasturi loyihasini ishlab chiqish;

Matematika instituti tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda seminarlarning video (onlayn) translyatsiya bilan sifatli ishlashini taʼminlash.




Talab etilmaydi



2019-yil sentabrdan boshlab muntazam ravishda

Matematika instituti
(Sh. Ayupov),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
(I. Majidov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Sodiqov)

18.

Zamonaviy ilm-fan yutuqlarini ommalashtirishni tashkil qilish.

Buning uchun:

maktab oʻquvchilari uchun matematika fani boʻyicha televizion oʻquv dasturining konsepsiyasini ishlab chiqish;

Matematika instituti tomonidan MTRK bilan birgalikda doimiy televizion dastur yaratilishini taʼminlash.



Talab etilmaydi



2019-yil oktabr

2020-yil yanvardan boshlab

MTRK

(A. Xodjayev),

Matematika instituti
(Sh. Ayupov)

19.

Institut ishlanmalarining muntazam ravishda yangilab turiladigan elektron maʼlumotlar bazasini yaratish. Buning uchun:

elektron maʼlumotlar bazasi dasturini ishlab chiqish va uning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab turilishini taʼminlash;

barcha manfaatdor tashkilotlarning maʼlumotlar bazasidan foydalanishini taʼminlash boʻyicha zarur choralar koʻrish.



Talab etilmaydi



2019-yil sentabrdan boshlab doimiy ravishda

Matematika instituti
(Sh. Ayupov)

V. Ilm-fan va taʼlim integratsiyalashuvini chuqurlashtirish

20.

Muntazam maslahatlashuvlar va darsdan tashqari ishlash shaklida maktab va litseylarning iqtidorli oʻquvchilari bilan ishlash. Buning uchun:

oʻquvchilarni respublika va xalqaro olimpiadalarga tayyorlash uchun institut xodimlari va doktorantlari, shuningdek, oliy oʻquv yurtlarining oʻqituvchilari tomonidan konsultatsiyalar va alohida mashgʻulotlar oʻtiladigan maktab oʻquvchilari va talabalar uchun xoʻjalik hisobidagi oʻquv markazining samarali faoliyatini taʼminlash.

Xoʻjalik hisobidagi mablagʻlar, homiylar mablagʻlari

2020-yil

yanvar

Matematika instituti
(Sh. Ayupov),

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov)

21.

Maktab oʻquvchilarining matematika fani boʻyicha respublika olimpiadasini tashkil qilish va oʻtkazishda faol ishtirok etish. Buning uchun:

Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda respublika olimpiadasini oʻtkazish boʻyicha qaror loyihasini tayyorlash;

Xalq taʼlimi vazirligi, Matematika instituti tomonidan olimpiadaning yuqori darajada oʻtishini taʼminlash.

Ijrochilarning shaxsiy mablagʻlari, homiylar mablagʻlari

Har yili

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),

Matematika instituti
(Sh. Ayupov),

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev)

22.

Matematiklar terma jamoasi aʼzolarini xalqaro maktab tanlovlari va olimpiadalarida ishtirok etishga tayyorlash. Buning uchun:

terma jamoa aʼzolarini tanlov va olimpiadalarga tayyorlash dasturini shakllantirish;

Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari uchun tizimli mashgʻulot va konsultatsiyalar tashkil etish va oʻtkazish.

Ijrochilarning shaxsiy mablagʻlari, homiylar mablagʻlari

Har yili

Matematika instituti
(Sh. Ayupov),

Xalq taʼlimi vazirligi

(Sh. Shermatov),

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev)

23.

Matematika institutining respublikadagi turdosh oliy oʻquv yurtlari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash. Buning uchun:

taʼlim jarayonini tashkil etish va takomillashtirishda Matematika instituti xodimlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalar oʻrnatish uchun oliy oʻquv yurtlarning aniq kafedralarini belgilab olish;

Matematika institutida ilmiy-tadqiqot guruhlarini shakllantirishda oliy oʻquv yurtlarining professor-oʻqituvchilari tarkibidan ilmiy-pedagog kadrlarga boʻlgan talabni aniqlash;

Matematika institutida magistrlik dissertatsiyalari bajarilishini taʼminlash;

yosh olim va magistrantlar uchun ilmiy materiallarni tayyorlash, yozish va chop etish boʻyicha oʻquv seminarlari va treninglar tashkil qilish;

Matematika instituti va turdosh oliy oʻquv yurtlari oʻrtasida shartnomalar tuzish va ularning amalga oshirilishini taʼminlash.



Talab etilmaydi



2019-yil avgust

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),

Matematika instituti
(Sh. Ayupov),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
(I. Majidov),
huzurida idoraviy mansub oliy oʻquv yurtlari mavjud boʻlgan vazirliklar va idoralar

24.

Talabalarning dasturiy mahsulotlarni yaratish sohasidagi start-up loyihalarini amalga oshirishga koʻmaklashish. Buning uchun:

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Oʻzbekiston Milliy universiteti bilan Institut talabalari va xodimlarining start-up loyihalariga ekspert yordami koʻrsatish boʻyicha kelishuv loyihasini;

start-up loyihalari natijalarini iqtisodiyotning turli tarmoqlarida joriy qilish boʻyicha ekspert takliflarini ishlab chiqish.

Ijrochilarning shaxsiy mablagʻlari, homiylar mablagʻlari

Har yili

OʻzMU

(A. Maraximov),

TATU

(T. Teshaboyev),

Matematika instituti
(Sh. Ayupov)

25.

Masofaviy texnologiyalarni qoʻllagan holda, matematika yoʻnalishi boʻyicha mahorat darslari, seminarlar, treninglar, vebinarlar va onlayn maslahatlashuvlar tashkil qilish. Buning uchun:

mahorat darslari, seminar-trening, tematik vebinar, onlayn maslahatlashuvlar oʻtkazish boʻyicha bir yilga moʻljallangan reja-jadvalni ishlab chiqish;

tinglovchi va ishtirokchilarni jalb qilish uchun reja-jadvalni internet portalida joylashtirish;

oʻtkazilgan mahorat darslari, seminar-treninglar, mavzuga oid vebinarlar va onlayn maslahatlashuvlar samaradorligining monitoringini olib borish.

Ijrochilarning shaxsiy mablagʻlari, homiylar mablagʻlari

Doimiy ravishda

OʻzMU

(A. Maraximov),

TATU

(T. Teshaboyev),

Matematika instituti
(Sh. Ayupov)

VI. Xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni kengaytirish

26.

Xorijiy ilmiy markazlarda mehnat qilayotgan vatandosh olimlarimizni Matematika institutining tadqiqotlarida ishtirok etishi uchun jalb qilish. Buning uchun:

xorijiy ilmiy markazlarda mehnat qilayotgan vatandoshlarimiz maʼlumotlar bazasini shakllantirish;

vatandosh olimlarimiz bilan doimiy asosda muzokaralar olib borilishini taʼminlash va ular ishtirokida tadqiqot ishlarining qoʻshma loyihasini tayyorlash;

loyihani Fanlar akademiyasi va “El-yurt umidi” fondi bilan kelishish.




“El-yurt umidi” jamgʻarmasi va Innovatsion rivojlanish vazirligi mablagʻlari




2019-yil oktabr

2019-yil noyabr

2019-yil dekabr

Matematika instituti
(Sh. Ayupov),

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),
Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov),

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi

(A. Bekmurodov)

27.

Jahonning matematika sohasidagi ilmiy muassasa va markazlari bilan hamkorlikda tadqiqotlar tashkil qilish. Buning uchun:

xorijlik sheriklar bilan muzokaralar olib borish va qoʻshma tadqiqotlar dasturini kelishish;

keyinchalik birgalikda puxta ishlab chiqish uchun yetakchi xorijiy matematika markazlari va ekspertlik hamjamiyati bilan respublikaning dolzarb ilmiy muammolari ularning muhokamasini tashkil qilish;

qoʻshma tadqiqotlar rejasini ishlab chiqish hamda yetakchi xorijiy jamgʻarmalar va tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish.



“El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari



2019-yil dekabr

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),

Matematika instituti
(Sh. Ayupov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov),
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi
(A. Bekmurodov),

Tashqi ishlar vazirligi
(A. Komilov)

28.

Islom hamkorlik tashkilotiga (IHT) aʼzo davlatlar bilan hamkorlikda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Milliy universitet va Matematika instituti negizida matematika boʻyicha ilmiy-taʼlim markazini tashkil etish. Buning uchun:

xorijiy hamkorlar bilan muzokaralar oʻtkazish, qoʻshma tadqiqotlar va oʻquv modullari dasturini kelishish;

IHTga aʼzo davlatlarda matematika fanini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish maqsadida internet portal yaratilishini taʼminlash;

IHTga aʼzo davlatlarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda yuqori darajadagi qoʻshma tadqiqotlar rejasini ishlab chiqish.




Homiylar mablagʻlari




2019-yil dekabr

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(I. Majidov),

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),

Tashqi ishlar vazirligi
(A. Komilov),

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi
(A. Bekmurodov),

Matematika instituti
(Sh. Ayupov)

29.

Respublikadagi matematika fani boʻyicha doktorlik dissertatsiyalarga ilmiy rahbarlik qilish uchun xorijiy olimlarni jalb qilish. Buning uchun:

xorijiy olimlarni jalb qilish uchun Institut va oliy oʻquv yurtlarida matematika fani boʻyicha dissertatsiyalarning ustuvor ilmiy mavzularini belgilab olish;

ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha doktorlik dissertatsiyalarga ilmiy rahbarlik qilish uchun xorijiy olimlarni respublikaga jalb qilish mexanizmini ishlab chiqish;

kvotalarni dastlabki rejalashtirish va ishlash sharoitlarini yaratish maqsadida yetakchi ilmiy markazlarning olimlari bilan muzokaralar oʻtkazish;

yetakchi xorijiy jamgʻarmalar va tashkilotlar bilan qoʻshma tadqiqotlar rejasini ishlab chiqish hamda shartnomalar tuzish.




Universitetlar mablagʻlari,

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari




Doimiy ravishda

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
(I. Majidov),

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),

Tashqi ishlar vazirligi
(A. Komilov),

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi
(A. Bekmurodov),

Matematika instituti
(Sh. Ayupov)

30.

Uzoq muddatli hamkorlik asosida Germaniyaning yetakchi universitetlari bilan qoʻshma tadqiqotlar tashkil etish. Buning uchun:

xorijiy olimlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni yoʻlga qoʻyish va qoʻshma tadqiqotlar dasturini kelishish;

yosh olimlarning til boʻyicha tayyorgarligini hisobga olgan holda, ular orasidan yetakchi universitetlar bilan qoʻshma tadqiqotlarda qatnashuvchilarni aniqlash;

Germaniya ilmiy fondi (DFG) va DAAD (DAAD)ga qoʻshma ilmiy loyiha taqdim etish.

Xalqaro grantlar mablagʻlari

Doimiy ravishda

Matematika instituti
(Sh. Ayupov)

31.

Institutning matematika boʻyicha AQSH olimlari qoʻshma tadqiqotlarini kengaytirish. Buning uchun:

Kaliforniya shtati Universiteti bilan uzoq muddatli ilmiy hamkorlik konsepsiyasini ishlab chiqish;

AQSH universitetlari talabalari uchun oʻquv semestrlarini tashkil qilish.

Homiylar mablagʻlari

Doimiy ravishda

Matematika instituti
(Sh. Ayupov)

VII. Institutning moliyalashtirish tizimini takomillashtirish, xarajatlarini optimallashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash

32.

Infratuzilmani modernizatsiya qilish va moddiy-texnik taʼminotni mustahkamlash. Buning uchun:

2020 — 2022-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga Matematika instituti binosini kapital taʼmirlash va jihozlash masalasini kiritish boʻyicha takliflar tayyorlash;

institut hududidagi yoʻllarda taʼmirlash-qayta tiklash ishlarini amalga oshirish.



Davlat budjeti (2020 — 2022-yillarga moʻljallangan investitsiya dasturi)



2020 — 2022-yillar

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

(B. Xodjayev),

Moliya vazirligi

(J. Qoʻchqorov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(S. Bekenov)

33.

Institut xodimlarining ish sharoitlarini yaxshilash. Buning uchun:

xodimlar sonini hisobga olgan holda, institut binosida ilmiy laboratoriyalar joylashuvini maqbullashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;

institut doktorantlariga zarur sharoitlarga ega alohida xona ajratish;

oliy oʻquv yurtlari va xorijiy institutlar bilan onlayn maʼruza, anjuman va muzokaralar oʻtkazish uchun optik tolali sim tortish.

institut hududida simsiz internet ishlashini taʼminlash.



Talab eti��maydi

Homiylar va xalqaro grantlar mablagʻlari



2019-yil iyul


2019-yil dekabr

Matematika instituti
(Sh. Ayupov)

34.

Yuqori samarador hisoblash tizimlarini xarid qilish (500 teraflops). Buning uchun:

Matematika instituti tomonidan Innovatsion rivojlanish vazirligiga yuqori samarador hisoblash tizimlarini xarid qilish boʻyicha takliflar kiritish;

yuqori samarador hisoblash tizimlariga xizmat koʻrsatish uchun mutaxassislar tayyorlanishini taʼminlash;

asbob-uskunalarni belgilangan tartibda xarid qilish.

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari



2019-yil dekabr

Matematika instituti
(Sh. Ayupov),

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov)

35.

Ilmiy va hisoblash asbob-uskunalarini xarid qilish boʻyicha yillik dasturlarni amalga oshirish. Buning uchun Matematika instituti tomonidan:

ilmiy va hisoblash asbob-uskunalarini xarid qilish boʻyicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish hamda asbob-uskunalar roʻyxatini Fan Akademiyasi bilan kelishish;

Innovatsion rivojlanish vazirligiga har yili xarid qilinadigan ilmiy asbob-uskunalar roʻyxatini taqdim etish.

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Har yili

Matematika instituti
(Sh. Ayupov),

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov)

36.

Olimlarning nashr etish faolligi yakunlari boʻyicha har yilgi “Ilm-fan yetakchisi” respublika tanlovini oʻtkazish. Buning uchun:

tanlovni oʻtkazish tartibini belgilab beradigan nizomni;

gʻoliblarni Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining faxriy yorliqlari, tegishli vazirlik va idoralarning qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlash boʻyicha takliflarni;

“Ilm-fan yetakchisi” tanlovi gʻoliblarini tegishli sohalardagi vazifalarni hal etishga jalb qilish boʻyicha tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

Ijrochilarning shaxsiy mablagʻlari, homiylar mablagʻlari

2020-yil yanvardan boshlab

har yili

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abdurahmonov),

Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(I. Majidov)

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-iyuldagi PQ-4387-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika institutining 2021-yilgacha
maqsadli koʻrsatkichlari (indikatorlari)

T/r

Koʻrsatkich (indikator) nomi

2017-y.

2018-y.

2019-y.*

2020-y.*

2021-y.*

I. Matematika va uning tatbiqlari sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi
va natijadorligini oshirish

1.

Ilmiy boʻlinmalar soni (boʻlimlar/laboratoriyalar)

5

5

7

7

7

2.

Tadqiqotlar olib boriladigan ilmiy mavzular

9

10

16

16

17

3.

Amaliy tadqiqotlar natijalarini joriy etish

-

-

-

1

2

4.

Ilmiy xodimlarning shtat birliklari

27,5

31

42

42

42

5.

Ilmiy xodimlarning oʻrtacha yoshi

45

46

47

44

42

6.

Ilmiy xodimlarning oʻrtacha maoshi (mln soʻm)

1,9

2,2

6,1

7,1

7,1

II. Yuqori malakali kadrlar tayyorlash

7.

Himoya qilinadigan doktorlik dissertatsiyalari (DSc) soni

3

1

5

7

8

8.

Himoya qilinadigan falsafa doktori dissertatsiyalari (PhD) soni

3

5

6

12

15

9.

Fanlar doktori ilmiy darajasini olishga doktorantlar (DSc) soni

8

5

2

4

6

10.

Falsafa doktori ilmiy darajasini olishga doktorantlar (PhD) soni

6

13

20

25

30

11.

Mustaqil izlanuvchilar soni

4

4

4

6

8

12.

Yosh olimlar soni (40 yoshgacha)

21

34

36

45

50

III. Ilmiy jurnallar nashr etish va materiallar eʼlon qilish faolligini oshirish

13.

Xorijiy jurnallarda eʼlon qilingan ilmiy maqolalar soni

72

79

90

110

120

14.

Scopus maʼlumotlar bazasiga kiradigan maqolalar soni

67

30

55

70

85

15.

Google scholar maʼlumotlar bazasiga kiradigan maqolalar soni

63

78

85

100

110

16.

Respublika jurnallarida eʼlon qilingan ilmiy maqolalar soni

49

67

72

80

100

IV. Ilmiy natijalar keng muhokama qilinishini tashkil etish va zamonaviy fan yutuqlarini ommalashtirish

17.

Respublika ilmiy konferensiyalarini tashkil etish

2

2

2

2

3

18.

Xalqaro ilmiy konferensiyalarni tashkil etish

1

2

1

2

3

19.

Respublika konferensiyalaridagi maʼruzalar tezislari

87

128

90

130

140

20.

Xalqaro konferensiyalardagi maʼruzalar tezislari

38

53

55

60

70

21.

Doimiy ishlaydigan ilmiy seminarlarni tashkil etish

6

6

8

9

9

22.

Doimiy ishlaydigan oʻquv seminarlarini tashkil etish

5

5

6

7

8

V. Fan va taʼlim integratsiyasini chuqurlashtirish

23.

Oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilarining Institut ilmiy tadqiqotlarini bajarishdagi ishtiroki

17

24

22

25

30

24.

Institut ilmiy xodimlarining oliy taʼlim muassasalari taʼlim jarayonidagi ishtiroki

10

18

20

25

30

25.

Institut ilmiy xodimlarining oʻrta maxsus taʼlim muassasalari taʼlim jarayonidagi ishtiroki

1

2

5

7

8

26.

Magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilish

12

18

20

25

30

27.

Bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilish

7

15

16

20

25

VI. Xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni kengaytirish

28.

Institut xodimlarining jahonning yetakchi ilmiy markazlariga xizmat safarlari

11

8

10

15

18

29.

Institutga xorijiy olimlarning tashrifi

5

5

8

10

15

30.

Institutga xorijiy talabalarning tashrifi

10

9

10

15

15

31.

Institut ilmiy xodimlarining xorijiy olimlar bilan hammualliflikdagi maqolalari

28

27

30

35

40

VII. Institutning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish

32.

Kompyuterlar bilan taʼminlanganlik darajasi, foizlarda

23

34

100

100

100

33.

Ilmiy xodimlarning lokal tarmoqqa ulanganligi darajasi, foizlarda

14

20

100

100

100

34.

Institut rahbar xodimlarining korporativ tarmoqqa ulanganligi darajasi, foizlarda

0

0

100

100

100

* — yaqin yillarga istiqbolli koʻrsatkichlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-iyuldagi PQ-4387-son qaroriga
5-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika institutining
tuzulmasi
Xodimlarning umumiy cheklangan soni: 109 nafar, shu jumladan:
maʼmuriy-boshqaruv xodimlari (MBX) — 12 nafar;
ilmiy xodimlar — 95 nafar;
muhandis-texnik xodimlar — 2 nafar.
* Mazkur xodimlar soni 2021-yil 1-yanvargacha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan, keyinchalik budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.
Punktir chiziqlar bilan budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladigan tarkibiy boʻlinmalar koʻrsatilgan.
Yordamchi xodimlar soni qonunchilikda oʻrnatilgan normativlar boʻyicha belgilanadi.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-maydagi PQ-4708-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 07/20/4708/0553-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2019-y., 07/19/4387/3397-son; 08.05.2020-y., 07/20/4708/0553-son; 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)