Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi obyektlarida texnologik audit oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi obyektlarida texnologik audit oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Belgilansinki:
yirik turdagi (sutkasiga 5 ming m3 va undan koʻp suv ishlab chiqaruvchi yoki oqova suvlarni qabul qiluvchi) obyektlarning roʻyxati va texnologik audit oʻtkazish jadvali Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining markaziy apparati;
kichik turdagi (sutkasiga 5 ming m3 gacha suv ishlab chiqaruvchi yoki oqova suvlarni qabul qiluvchi) obyektlarning roʻyxati va texnologik audit oʻtkazish jadvali obyektlarning sonidan, hajmidan va masofasidan kelib chiqib, shtat jadvaliga muvofiq Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining hududiy inspeksiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri M.X. Saliyev va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi A.A. Fattaxov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 13-iyun,
494-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-iyundagi 494-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi obyektlarida texnologik audit oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi obyektlarida texnologik audit (keyingi oʻrinlarda texnologik audit deb ataladi) oʻtkazish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Texnologik audit oʻtkazish jarayonida ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi obyektlarini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotning moliya-xoʻjalik faoliyatini oʻrganish nazarda tutilmaydi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
inventarizatsiya pasporti — texnologik audit obyektlari toʻgʻrisida (inventar raqami, turi, markasi, seriyasi, ishga tushirilgan yili, foydalanish maqsadi va boshqalar) ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi obyektlarini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan hujjat;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi obyekti — markazlashtirilgan ichimlik suvi bilan taʼminlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlari koʻrsatish inshootlari hamda ulardagi asbob-uskunalar va jihozlarni qamrab olgan yirik (sutkasiga 5 ming m3 va undan koʻp suv ishlab chiqaruvchi yoki oqova suvlarni qabul qiluvchi) va kichik (sutkasiga 5 ming m3gacha suv ishlab chiqaruvchi yoki oqova suvlarni qabul qiluvchi) turdagi obyekt;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi obyektlarini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar (ekspluatatsiya tashkilotlari) — markazlashtirilgan ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlarini koʻrsatuvchi inshootlarni ekspluatatsiya qiluvchi yuridik shaxslar;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
Oldingi tahrirga qarang.
texnologik audit — ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi obyektlarining ishlab chiqarish samaradorligini baholash uchun olib boriladigan maxsus tadqiqot;
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
Oldingi tahrirga qarang.
texnologik audit obyektlari — ichimlik suvini ishlab chiqarish va oqova suvlarni tozalashda bevosita foydalaniladigan inshootlar, asbob-uskunalar va jihozlar;
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
Oldingi tahrirga qarang.
texnologik audit oʻtkazuvchi — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining hududiy inspeksiyalari hamda tadbirkorlik subyektlari;
(3-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
texnologik audit oʻtkaziladigan obyektlarning inventarizatsiya pasporti — texnologik audit oʻtkazish uchun texnologik audit obyektlari toʻgʻrisida zarur maʼlumotlar aks ettirilgan holda rasmiylashtirilgan hujjat;
texnologik audit pasporti — texnologik auditni oʻtkazuvchi tomonidan texnologik audit yakuniga koʻra rasmiylashtiriladigan hujjat;
texnologik audit yakunlari boʻyicha hisobot — texnologik audit yakunlari boʻyicha texnologik audit obyektlari toʻgʻrisidagi umumiy maʼlumotlar hamda ularda amalga oshirilishi talab etiladigan tadbirlar boʻyicha xulosalarni qamrab olgan holda rasmiylashtirilgan hujjat.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi obyektlarini texnologik auditdan oʻtkazish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Foydalanishga topshirilganiga kamida 10 yil boʻlgan ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi obyektlarida quyidagi davriylikda majburiy tarzda shartnoma asosida texnologik audit oʻtkaziladi:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yirik turdagi ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi obyektlarida har 3 yilda bir marta;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
Oldingi tahrirga qarang.
kichik turdagi ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi obyektlarida har 5 yilda bir marta.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining topshiriqlariga asosan hamda ekspluatatsiya tashkilotlarining tashabbusi bilan navbatdan tashqari texnologik audit oʻtkazilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Ushbu Nizom talablaridan kelib chiqib barcha ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlarining ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi obyektlarida texnologik audit oʻtkazish majburiy tarzda amalga oshiriladi.
Bunda texnologik auditdan oʻtkazish xususiy sektorni jalb qilgan holda, shartnoma asosida ekspluatatsiya tashkilotlari mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
Texnologik audit oʻtkazish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining hududiy inspeksiyalari bilan ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlari oʻrtasida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma tuziladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Ekspluatatsiya tashkilotlarining ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlarni (tariflarni) shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilashda belgilangan muddatlarda texnologik auditdan oʻtkazilmagan inshootlarning foydalanish va saqlash xarajatlari hisobga olinmaydi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
2-bob. Texnologik audit oʻtkazishni tashkil etish
8. Texnologik audit oʻtkazishning boshlanish sanasi texnologik audit oʻtkazuvchi va ekspluatatsiya tashkilotlarining kelishuvlariga asosan belgilanadi.
9. Ekspluatatsiya tashkilotlari tomonidan texnologik audit oʻtkaziladigan obyektlar boʻyicha ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq inventarizatsiya pasporti texnologik audit oʻtkazilishidan 20 kun avval tayyorlanadi va tasdiqlanadi.
10. Ushbu Nizomning 8-bandiga asosan tasdiqlangan inventarizatsiya pasporti texnologik audit oʻtkazishning boshlanish sanasidan 10 kun avval texnologik auditdan oʻtkazuvchiga taqdim etilishi shart.
3-bob. Texnologik audit oʻtkazish tartibi
11. Texnologik audit quyidagi usullarda oʻtkaziladi:
a) texnologik audit obyektlari boʻyicha ushbu Nizomga 2-ilovadagi shaklga muvofiq inventarizatsiya pasportiga asosan texnologik audit obyektlarining mavjudligini koʻzdan kechirish;
b) texnologik audit obyektlarining sertifikatlari, ishlatish qoʻllanmalari mavjudligi va kadastr hujjatlariga toʻgʻri kelishi hamda standart talablariga javob berishini oʻrganish;
v) texnologik audit obyektlari foydalanish qoʻllanmalariga asosan foydalanilayotganligini hamda foydalanishda xavfsizlik qoidalari oʻrnatilganligini va ularga amal qilinishini oʻrganish;
Oldingi tahrirga qarang.
g) ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi obyektlari samaradorligini aniqlash;
(11-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
d) texnologik audit obyektlarida (zarur hollarda) hisoblagichlar oʻrnatilganligini oʻrganish;
e) texnologik audit obyektlarida rekonstruksiya va modernizatsiya qilish talab qilinishi (talab qilinmasligi) va bu turdagi ishlarni amalga oshirishni iqtisodiy tomondan samarasini aniqlash.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Texnologik audit oʻtkazuvchi va ekspluatatsiya tashkilotining masʼul xodimi, shuningdek, zaruratga koʻra, audit oʻtkazish uchun jalb qilingan mutaxassislar (mutaxassislar shartnoma asosida jalb qilinishi mumkin) ishtirokida texnologik audit oʻtkaziladi va audit oʻtkazish jarayonida ushbu Nizomga 3-ilovadagi shaklga koʻra texnologik audit pasporti toʻldirilib, texnologik audit yakunida ushbu Nizomga 4-ilovaga koʻra texnologik audit hisoboti rasmiylashtiriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
13. Oʻtkazilgan texnologik audit natijalari boʻyicha hisobotda:
Oldingi tahrirga qarang.
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi obyektlarining umumiy loyihaviy quvvati;
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi obyektlarining auditdan oʻtgan vaqtdagi amaldagi quvvati;
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi obyektlarining samaradorligining aniq koʻrsatkichlari;
(13-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi obyektlarining samaradorligini oshirish boʻyicha xulosalar;
(13-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
texnologik audit obyektlarida rekonstruksiya va modernizatsiya qilish talab qilinishi (talab qilinmasligi) va bu turdagi ishlarni amalga oshirishning iqtisodiy tomondan samarasi koʻrsatilgan boʻlishi shart.
14. Texnologik audit oʻtkazilgan ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimi obyektlarining samaradorligini oshirish boʻyicha taqdim etiladigan xulosalarda:
tezkor muddatli — amalga oshirilishi natijasida inshootning samaradorligi (amaldagi quvvatga nisbatan) eng kamida 20 foizga ortishi mumkin boʻlgan;
uzoq muddatli — amalga oshirilishi natijasida inshootning samaradorligi 90-100 foizga (loyihaviy quvvatga teng yoki 10 foizga past) yetishi mumkin boʻlgan;
doimiy — texnologik audit yakuniga yetganidan soʻng doimiy ravishda amalga oshirib borilishi natijasida inshoot samaradorligiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan omillarning oldini olishi mumkin boʻlgan tadbirlar koʻrsatiladi.
4-bob. Texnologik audit natijalarini umumlashtirish va taqdim qilish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
15. Texnologik auditdan oʻtkazuvchi tomonidan oʻtkazilgan texnologik audit natijalari boʻyicha barcha hujjatlar (inshootlarning inventarizatsiya pasportlari, texnologik audit pasportlari, hisobotlar va boshqa tegishli hujjatlar) texnologik audit natijalari boʻyicha hisobot rasmiylashtirilgandan soʻng 10 kun muddatda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi markaziy apparatiga (keyingi oʻrinlarda — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi nazorati inspeksiyasi) va ekspluatatsiya tashkilotlariga taqdim etiladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi nazorati inspeksiyasi tomonidan texnologik audit natijalari boʻyicha hujjatlar qabul qilingan kundan boshlab 10 kun muddatda oʻrganib chiqilib, texnologik audit obyektlari samaradorligini oshirish boʻyicha xulosalar Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiga (keyingi oʻrinlarda vazirlik deb ataladi) taqdim etiladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Ushbu Nizomning 15-bandiga muvofiq taqdim etilgan takliflar asosida ular taqdim etilgan kundan boshlab 10 kun muddatda vazirlik tomonidan aniq muddatlari belgilangan chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ijrosini nazorat qilish uchun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi nazorati inspeksiyasiga kiritiladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
5-bob. Texnologik audit oʻtkazuvchining huquq va majburiyatlari
18. Texnologik audit oʻtkazuvchi quyidagi huquqlarga ega:
ekspluatatsiya tashkilotlaridan texnologik audit oʻtkazish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni olish;
ekspluatatsiya tashkilotlari tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotlar puxta va sifatli tayyorlanishini talab qilish;
ekspluatatsiya tashkilotlarini xabardor qilgan holda texnologik audit oʻtkazish sanalariga oʻzgartirish kiritish;
texnologik audit oʻtkazish uchun zarur boʻlgan mutaxassislarni jalb etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Texnologik audit oʻtkazuvchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(18-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
19. Texnologik audit oʻtkazuvchi quyidagilarga majbur:
Oldingi tahrirga qarang.
texnologik auditni ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga amal qilgan holda oʻtkazish;
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
oʻtkazilgan texnologik audit natijalari Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi nazorati inspeksiyasi tomonidan sifatsiz deb topilgan taqdirda qayta texnologik auditdan oʻtkazish;
(19-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ekspluatatsiya tashkilotlarining talabiga asosan ularning texnologik auditdan oʻtkazilgan obyektlari boʻyicha berilgan xulosalarning asoslanishini va bu boradagi qonunchilik hujjatlari talablari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish;
(19-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
texnologik audit oʻtkazish davomida maʼlum boʻlgan axborotning maxfiyligiga rioya etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Texnologik audit oʻtkazuvchi zimmasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar yuklanishi mumkin.
(19-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Ushbu Nizomning 15-bandiga asosan Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi nazorati inspeksiyasiga taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qilishning imkoni yoʻqligi, ulardagi noaniqliklar va ularni rasmiylashtirishga qoʻyilgan talablar bajarilmaganligi hamda texnologik audit natijasida berilgan xulosalar notoʻgʻri va amaliyotga toʻgʻri kelmasligi oʻtkazilgan texnologik auditni sifatsiz deb topishga asos boʻladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
21. Texnologik audit sifatli va ushbu Nizomga amal qilgan holda, belgilangan muddatlarda oʻtkazilishiga, shuningdek, audit yakunlariga asosan ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi obyektlari samaradorligini oshirish boʻyicha berilgan xulosalarning toʻgʻri rasmiylashtirilishiga hamda ularning natijadorligiga texnologik audit oʻtkazuvchilar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar hisoblanadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Texnologik audit oʻtkazish jarayonida texnologik audit obyektlariga yetkazilgan zararlar va ushbu jarayonda maʼlum boʻlgan maxfiy maʼlumotlarni oshkor qilish natijasida ekspluatatsiya tashkilotlariga yetkazilgan zarar uchun texnologik audit oʻtkazuvchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi obyektlarini texnologik auditdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi obyektlarini texnologik auditdan oʻtkazish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi obyektlarini ekspulatatsiya qiluvchi tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda — ekspulatatsiya tashkilotlari)

Texnologik audit obyektlari boʻyicha inventarizatsiya pasportlarini tayyorlaydi va tasdiqlaydi.

Texnologik audit oʻtkazilishidan yigirma kun oldin

2-bosqich

Ekspulatatsiya tashkilotlari

Texnologik audit oʻtkazuvchiga zarur hujjatlarni taqdim etadi.

Texnologik audit oʻtkazilishidan oʻn kun oldin

3-bosqich

Texnologik audit oʻtkazuvchi

Ichimlik suvi va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi obyektlarida texnologik audit oʻtkazadi.

Oʻn kun ichida

4-bosqich

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining hududiy nazorat qilish inspeksiyalari (keyingi oʻrinlarda — Hududiy inspeksiyalar)

Oʻtkazilgan texnologik audit yakunlari boʻyicha xisobotlarini umumlashtiradi.

Oʻn kun ichida

5-bosqich

Hududiy inspeksiyalar

Oʻtkazilgan texnologik audit natijalari boʻyicha barcha hujjatlarni rasmiylashtiradi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) va ekspulatatsiya tashkilotlariga taqdim etadi.

Oʻn kun ichida

6-bosqich

Inspeksiya

Oʻtkazilgan texnologik audit obyektlari samaradorligini oshirish boʻyicha xulosalarni tegishli tadbirlarni belgilash uchun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiga kiritadi.

Uch kun ichida

7-bosqich

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

Texnologik audit obyektlari samaradorligini oshirish boʻyicha taqdim etilgan xulosalar asosida aniq muddatlari belgilangan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi.

Bir hafta ichida

8-bosqich

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

Texnologik obyektlar samaradorligini oshirish boʻyicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar bajarilishini taʼminlaydi.

Belgilangan muddatlarda

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi obyektlarini texnologik auditdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Texnologik audit oʻtkaziladigan obyektlarning inventarizatsiya
PASPORTI

Hudud (viloyat, shahar) nomi

________________________

Tuman (shahar) nomi

________________________

Obyekt nomi

________________________

Obyektning loyihaviy quvvati

________________________

Obyektning amaldagi quvvati

________________________

Obyekt qurilgan (rekonstruksiya qilingan) yil

________________________

Obyekt manzili

________________________

Obyekt xizmat koʻrsatuvchi isteʼmolchilar soni (ming kishi)

________________________

Obyektdan foydalanuvchi tashkilot nomi

________________________

_____________________________________________________________________________________________________________________________

T/r

Texnologik audit oʻtkaziladigan obyektlar nomi

Inventar raqami

Turi

Markasi

Seriyasi

Ishga tushirilgan (foydalanishga qabul qilingan) yili

Foydalanish maqsadi

Holati

1

2

3

4

5

6

7

8

9

Yerusti suv olish nuqtalari (gidropostlar)

Yerosti quduqlari

Tindirgichlar

Rezurvuarlar

Filtrlar

Laboratoriya

Zararsizlantirish uskunasi

Oʻlchov vositalari

Quvurlar (inshoot ichki quvurlari)

Elektr jihozlari (transformator, elektr taqsimlagich (shit) va boshqalar)

Nasoslar

Kompressorlar

Suv minorasi

Suv hisoblagich

Drobilkalar (chiqindi maydalagich)

Boshqalar

___________________________ rahbari

_______________

___________________________________

Obyektdan foydalanuvchi tashkilot nomi

(imzo)

(F.I.O.)

_______________________ bosh hisobchi

_______________

___________________________________

Obyektdan foydalanuvchi tashkilot nomi

(imzo)

(F.I.O.)

sana

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi obyektlarini texnologik auditdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Texnologik audit pasporti

Hudud (viloyat, shahar) nomi

________________________________

Tuman (shahar) nomi

________________________________

Obyekt nomi

________________________________

Obyektning loyihaviy quvvati

________________________________

Obyektning amaldagi quvvati

________________________________

Obyekt qurilgan (rekonstruksiya qilingan) yil

________________________________

Obyekt manzili

________________________________

Obyekt xizmat koʻrsatuvchi isteʼmolchilar soni (ming kishi)

________________________________

Obyektdan foydalanuvchi tashkilot nomi

________________________________

T/r

Texnologik audit oʻtkaziladigan obyektlar nomi

Inventar raqami

Foydalanish maqsadi

Texnik hujjatlarning mavjudligi (pasport, spetsifikatsiya, foydalanish yoʻriqnomasi

Quvvati

FIK

(foiz)

Holati

Obyekt boʻyicha qisqacha taklif

Loyihaviy

Amaldagi

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

Yerosti quduqlari

Yerusti suv olish nuqtalari (gidropostlar)

Tindirgichlar

Rezurvuarlar

Filtrlar

Laboratoriya

Zararsizlantirish uskunasi

Oʻlchov vositalari

Quvurlar (inshoot ichki quvurlari)

Nasoslar

Suv hisoblagich

Suv minoralari

Kompressorlar

Drobilkalar (chiqindi maydalagich)

Boshqalar

Inventarizatsiya pasportida koʻrsatilgan amalda mavjud boʻlmagan audit obyektlari

__________________ rahbari

______________

_______________________________

Obyektdan foydalanuvchi tashkilot nomi

(imzo)

(F.I.O.)

________________ bosh hisobchi

______________

_______________________________

Obyektdan foydalanuvchi tashkilot nomi

(imzo)

(F.I.O.)

_________________ rahbari

______________

_______________________________

Inshoot nomi

(imzo)

(F.I.O.)

__________________

______________

_______________________________

Texnologik audit oʻtkazuvchi mutaxassisning lavozimi

(imzo)

(F.I.O.)

__________________

______________

_______________________________

Texnologik audit oʻtkazuvchi mutaxassisning lavozimi

(imzo)

(F.I.O.)

Sana

________________________________________________

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi obyektlarini texnologik auditdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

_____________________________________________________________________________________

(texnologik audit oʻtkazilgan obyekt nomi va joylashgan hudud)

oʻtkazilgan texnologik audit yakunlari boʻyicha

HISOBOT

______________

20 ____ yil “____” __________

(hudud nomi)

I. Texnologik audit oʻtkazishga asos

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

II. Obyekt boʻyicha umumiy maʼlumot

Manzil:

Telefon: ____________, e-mail: ____________, ishga tushirilgan sana ____ yil “____” _____________

Yuqori turuvchi yoki boshqaruvchi tashkilot: ________________________________________

III. Oʻrganilgan audit obyektlari

Obyektdagi inshootlar, texnika, asbob va uskunalarning barchasi inventarizatsiya pasporti asosida oʻrganib chiqildi.

1. Yerosti quduqlari:

_________________________________________________________________________________________

(audit oʻtkazgan xodim F.I.O., ish joyi va lavozimi, yerosti quduqlari soni hamda holati, normativ-huquqiy hujjatlar bilan asoslagan holda)

2. Yerusti suv olish nuqtalari (gidropostlar):

_________________________________________________________________________________________

(audit oʻtkazgan xodim F.I.O., ish joyi va lavozimi, suv olish nuqtalari soni hamda holati, normativ-huquqiy hujjatlar bilan asoslagan holda)

3. Tindirgichlar:

_________________________________________________________________________________________

(audit oʻtkazgan xodim F.I.O., ish joyi va lavozimi, tindirgichlar soni hamda holati, normativ-huquqiy hujjatlar bilan asoslagan holda)

4. Rezurvarlar:

_________________________________________________________________________________________

(audit oʻtkazgan xodim F.I.O., ish joyi va lavozimi, rezurvarlar soni hamda holati, normativ-huquqiy hujjatlar bilan asoslagan holda)

5. Filtrlar:

_________________________________________________________________________________________

(audit oʻtkazgan xodim F.I.O., ish joyi va lavozimi, filtrlar soni hamda holati, normativ-huquqiy hujjatlar bilan asoslagan holda)

6. Laboratoriya:

_________________________________________________________________________________________

(audit oʻtkazgan xodim F.I.O., ish joyi va lavozimi, tindirgichlar soni hamda holati, normativ-huquqiy hujjatlar bilan asoslagan holda)

7. Zararsizlantirish uskunasi:

_________________________________________________________________________________________

(audit oʻtkazgan xodim F.I.O., ish joyi va lavozimi, zararsizlantirish uskunasi soni, markasi hamda holati, normativ-huquqiy hujjatlar bilan asoslagan holda)

8. Oʻlchov vositalari:

_________________________________________________________________________________________

(audit oʻtkazgan xodim F.I.O., ish joyi va lavozimi, zararsizlantirish uskunasi soni, markasi hamda holati, normativ-huquqiy hujjatlar bilan asoslagan holda)

9. Quvurlar (inshoot ichki):

_________________________________________________________________________________________

(audit oʻtkazgan xodim F.I.O., ish joyi va lavozimi, koʻrsatkichlari boʻyicha quvurlar uzunligi hamda holati, normativ-huquqiy hujjatlar bilan asoslagan holda)

10. Nasoslar:

_________________________________________________________________________________________

(audit oʻtkazgan xodim F.I.O., ish joyi va lavozimi, koʻrsatkichlari boʻyicha nasoslar soni, turi, hamda holati, normativ-huquqiy hujjatlar bilan asoslagan holda)

11. Suv hisoblagichlar:

_________________________________________________________________________________________

(audit oʻtkazgan xodim F.I.O., ish joyi va lavozimi, hisoblagichlar soni hamda holati, muvofiqlik sertifikati mavjudligi normativ-huquqiy hujjatlar bilan asoslagan holda)

12. Kompressorlar:

_________________________________________________________________________________________

(audit oʻtkazgan xodim F.I.O., ish joyi va lavozimi, kompressorlar soni, turi hamda holati, normativ-huquqiy hujjatlar bilan asoslagan holda)

13. Suv minoralari:

_________________________________________________________________________________________

(audit oʻtkazgan xodim F.I.O., ish joyi va lavozimi, koʻrsatkichlari boʻyicha minoralar soni hamda holati, normativ-huquqiy hujjatlar bilan asoslagan holda)

14. Drobilkalar:

_________________________________________________________________________________________

(audit oʻtkazgan xodim F.I.O., ish joyi va lavozimi, drobilkalar soni hamda holati, normativ-huquqiy hujjatlar bilan asoslagan holda)

15. Boshqalar:

_________________________________________________________________________________________

(audit oʻtkazgan xodim F.I.O., ish joyi va lavozimi, soni hamda holati, normativ-huquqiy hujjatlar bilan asoslagan holda)

IV. Asosiy maqsadi boʻyicha quvvati

1. Loyihaviy quvvati (barcha amalga oshirilgan rekonstruksiyalarni inobatga olgan holda) yiliga ____________ ming m3.

2. 20____ yilda amalda manbadan ichimlik suvi ishlab chiqarish uchun olingan suv miqdori ________ ming m3, ishlab chiqarilgan suv miqdori__________ ming m3 tashkil etgan.

V. Texnologik audit natijasida mutaxassislar xulosalari

1. Inshoot boʻyicha aniq koʻrsatkichlar bilan batafsil xulosa:

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

2. Yerosti quduqlari boʻyicha aniq koʻrsatkichlar bilan batafsil xulosa:

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

3. Ichimlik suvi belgilangan sifatda ishlab chiqarilishi yuzasidan laboratoriya holati boʻyicha aniq koʻrsatkichlar bilan batafsil xulosa:

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

4. Laboratoriya, nasoslar, oʻlchov vositalari, jihozlar, filtrlar, tindirgichlar, kompressorlarning standartlarga mosligi boʻyicha aniq koʻrsatkichlar bilan batafsil xulosa:

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

5. Filtrlar, tindirgichlar, minoralar, ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi boshqa inshootlar, ularning xavfsizligi, qurilish meʼyorlariga amal qilingani boʻyicha aniq koʻrsatkichlar bilan batafsil xulosa:

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

6. Elektr jihozlari va ishlab chiqarishda bevosita foydalanilayotgan elektr tarmoqlari, ularning oʻlchash vositalari, aniq koʻrsatkichlar bilan batafsil xulosa:

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

VI. Inshoot samaradorligini oshirish boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan tadbirlar

1. Tezkor muddati: __________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

2. Uzoq muddati: ____________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

3. Doimiy: _________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

4. Texnologik audit oʻtkazilgan obyektlarda:

Rekonstruksiya va modernizatsiya qilish talab etiladigan obyektlar ________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

Rekonstruksiya va modernizatsiya qilish talab etiladigan obyektlar ________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

Rekonstruksiya va modernizatsiya qilish talab etiladigan obyektlar ________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

Texnologik audit oʻtkazuvchilar:

_______________

________________________

(imzo)

(F.I.O.)

_______________

________________________

(imzo)

(F.I.O.)

Sana:

Tanishdim

Texnologik audit oʻtkazuvchilar:

_____________________________  rahbari

________________________

Obyektdan foydalanuvchi tashkilot nomi

(F.I.O.)

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2019-y., 09/19/494/3287-son; 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son; 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)