O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining
Qarori
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 14-mayda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2822-3]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-son “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi va 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Iqtisodiyot va sanoat vazirligi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2016-yil 9-avgustdagi 61, 2016-24, 121-son qarori (ro‘yxat raqami 2822, 2016-yil 26-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 34-son, 407-modda) bilan tasdiqlangan To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 15-aprel,
52-son
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 15-aprel,
2019-19-son
Iqtisodiyot va sanoat vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 15-aprel,
8-son
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019-yil 15-apreldagi 52, 2019-19 va 8-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi korxonalar uchun soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. Muqaddimadan “va Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
2. 1-banddan beshinchi va oltinchi xatboshilar chiqarib tashlansin.
3. 6-bandning birinchi xatboshisidan “va Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
4. 7-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridan va 2-ilovadan “va Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalarni” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
5. 9-banddan “va majburiy ajratmalar” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
6. 3 va 4-ilovalardan “M.O‘. (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 10/19/2822-3/3127-son)