|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 09.02.2023
|
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 14-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1863-7]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 4-yanvardagi 30/18-sonli “Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3420, 08.02.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-son “Mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 23-avgustdagi 18/6-son qarori (roʻyxat raqami 1863, 2008-yil 27-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 40-41-son, 414-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi v.b T. ISHMETOV
Toshkent sh.,
2019-yil 15-aprel,
7/5-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 15-apreldagi 7/5-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi bank depozitorlarining Milliy axborotlar bazasi va unda mijozlarga xos raqam berish hamda bank hisobvaraqlari roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 48-bandning “v” kichik bandidagi “ikki” va “uchinchi” degan soʻzlar tegishli ravishda “uch” va “toʻrtinchi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 1-ilovada:
oʻn ikkinchi xatboshidagi “ikki kun muddatda” degan soʻzlar “uch bank ish kuni muddatida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yigirma uchinchi xatboshidagi “Soliq kodeksi 96-moddasida belgilangan asoslarda davlat soliq xizmati organining arizasiga koʻra sud qaroriga muvofiq ushbu” degan soʻzlar “Soliq kodeksiga asosan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yigirma toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“22” belgi — ilgari “21” belgi bilan soliq toʻlovchining banklardagi operatsiyalar toʻxtatilgan hisobvaraqlari qayta harakatga keltirilgan hollarda, asosiy depozit hisobvaraqqa xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan BDMAB orqali Davlat soliq qoʻmitasiga va barcha ikkilamchi hisobvaraq ochgan banklarga uzatiladi.”.
3. 8-ilovadagi “ikki kun muddatda” degan soʻzlar “uch bank ish kuni muddatida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 10/19/1863-7/3125-son)