Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 28.04.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan yetishtirilgan boshoqli don ekinlari hosildorligi va yalpi hosilini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 27-apreldagi 261-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2020-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 28-yanvardagi PQ-4575-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Boshoqli don ekinlaridan yuqori hosil yetishtirish boʻyicha fermer xoʻjaliklari masʼuliyatini yanada oshirish hamda ularni ragʻbatlantirish tizimini joriy qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan yetishtirilgan boshoqli don ekinlari hosildorligi va yalpi hosilini aniqlash tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi va boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.D. Vaxabov hamda Qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 26-aprel,
357-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-apreldagi 357-son qaroriga
ILOVA
Qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan yetishtirilgan boshoqli don ekinlari hosildorligi va yalpi hosilini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom davlat xaridi uchun qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan yetishtirilgan boshoqli don ekinlari hosildorligi va yalpi hosilini aniqlash tartibini belgilaydi.
2. Qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan sugʻoriladigan maydonlarda yetishtirilgan boshoqli don hosildorligiga qarab davlat xaridi uchun yetkazib berilgan don miqdoriga ushbu Nizom asosida ustama yoki chegirma qoʻllanadi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
qishloq xoʻjaligi korxonalari — “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi don korxonalari bilan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarga asosan davlat xaridi uchun boshoqli don yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari;
boshoqli don — qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan yetishtirilgan bugʻdoy va arpa doni;
hosildorlik — boshoqli don yetishtirilgan maydonlarning bir gektaridan olingan hosil miqdori;
yalpi hosil — qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan boshoqli don ekinlari maydonlarida yetishtirilgan umumiy hosil miqdori.
4. Oldindan bilish, oqilona choralar bilan oldini olish mumkin boʻlmagan favqulodda xususiyatga ega hodisalar (qurgʻoqchilik, tabiiy hodisalari va boshqa fors-major holatlari) oqibatida boshoqli don ekinlaridan kutilgan hosil olinmagan taqdirda hamda ushbu holatlar qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha hududiy komissiya tomonidan tasdiqlanganda qishloq xoʻjaligi korxonalariga yetishtirilgan boshoqli don hosildorligini hisobga olgan holda davlat xaridi uchun yetkazib berilgan don xarid narxiga chegirma qoʻllanilmaydi.
2-bob. Boshoqli don ekinlari hosildorligi va yalpi hosilni aniqlash
5. Qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan yetishtirilgan boshoqli don ekinlari hosildorligi va yalpi hosilini aniqlash mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
6. Qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan yetishtirilgan boshoqli don ekinlari hosildorligi va yalpi hosilini aniqlovchi tuman ishchi guruhi tarkibi (keyingi oʻrinlarda — ishchi guruh deb ataladi) mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq tarkibda tuziladi.
7. Gʻalla oʻrim-yigʻimini tizimli tashkil etish hamda qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan yetishtirilgan boshoqli don yalpi hosili va hosildorligini aniqlash maqsadida mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq oʻrim-yigʻim otryadlari tashkil etiladi va tuman hokimining qarori bilan tasdiqlanadi.
8. Tuman hokimi tomonidan tumandagi har bir hududda ekilgan boshoqli don ekinlari navlarining pishib yetilishi muddatlaridan kelib chiqib qishloq xoʻjaligi korxonalari va otryadlar kesimida oʻrim-yigʻim ishlarini tashkil etish grafigi tasdiqlanadi.
9. Gʻalla oʻrim yigʻim otryadiga biriktirilgan bir rusumdagi gʻalla oʻrish kombayni yordamida oʻrib olingan don (kombayn bunkeri toʻldirilgan holda) alohida don tashish texnikasiga toʻkib toʻldiriladi va don qabul qilish shaxobchasiga yuboriladi, topshirilgan don miqdori don tashish texnikasini toʻldirish uchun toʻkilgan bunker soniga boʻlinadi va oʻrtacha bir bunker don ogʻirligi aniqlanadi.
Oʻrtacha bir bunker don ogʻirligi har bir qishloq xoʻjaligi korxonasida alohida aniqlanadi.
Don ogʻirligini oʻlchash uskunasi bilan jihozlangan don oʻrish kombaynida oʻrilgan maydonlarda kombayn oʻlchash uskunasida koʻrsatilgan don miqdori asos qilib olinadi.
10. Qishloq xoʻjaligi korxonasi kontraktatsiya shartnoma majburiyatini bajargandan soʻng, oʻrtacha bunker ogʻirligi aniqlangan rusumdagi kombayn yordamida qishloq xoʻjaligi korxonasi ixtiyorida qolgan maydon oʻrib olinadi va oʻrib olingan don miqdori yuqorida aniqlangan bunker ogʻirligi boʻyicha yalpi hosil miqdori va oʻrtacha hosildorlik belgilanadi.
Don ogʻirligini oʻlchash uskunasi bilan jihozlangan don oʻrish kombaynida oʻrilgan maydonda yalpi hosil miqdori va oʻrtacha hosildorlik oʻlchov uskunasi koʻrsatkichi asosida aniqlanadi.
11. Yalpi hosil miqdori har bir qishloq xoʻjaligi korxonasi tomonidan gʻalla ekilgan maydon toʻliq oʻrib-yigʻib olingandan keyin aniqlanadi. Bunda, qishloq xoʻjaligi korxonasining davlatga gʻalla topshirish rejasi gʻalla ekilgan maydon toʻliq oʻrib olinmasdan oldin bajarilgan taqdirda, qishloq xoʻjaligi korxonasi boʻyicha yalpi hosildorlikni aniqlash maqsadida, qolgan maydon toʻliq oʻrib-yigʻib olinmaguncha oʻrim-yigʻim kombaynlarining fermer dalasidan chiqib ketishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
12. Gʻalla oʻrim-yigʻim otryadi tomonidan oʻrim-yigʻim yakunlangan qishloq xoʻjaligi korxonasi dalasida don yigʻib olingan maydon, yetishtirilgan yalpi hosil va oʻrtacha hosildorlik boʻyicha mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq dalolatnoma rasmiylashtiriladi va tuman ishchi guruhiga taqdim qilinadi.
Dalolatnoma 3 nusxada tuziladi, bir nusxasi tuman ishchi guruhiga taqdim etiladi, ikkinchi nusxasi oʻrim-yigʻim otryadi rahbarida va uchinchi nusxasi qishloq xoʻjaligi korxonasi rahbarida saqlanadi.
13. Qishloq xoʻjaligi korxonasiga biriktirilgan maydondan oʻrib-yigʻib olingan boshoqli don yalpi hosili va hosildorligi boʻyicha dalolatnomaning haqqoniyligiga oʻrim-yigʻim otryadi rahbari va aʼzolari javob beradi.
14. Tuman ishchi guruhi oʻrim-yigʻim yakunlangan har bir qishloq xoʻjaligi korxonasi boʻyicha gʻalla oʻrim-yigʻim otryadlari tomonidan taqdim etilgan dalolatnomalarning haqqoniyligini va toʻgʻri rasmiylashtirilganligini oʻrganib chiqadi.
15. Oʻrim-yigʻim yakunlangan qishloq xoʻjaligi korxonalari reyestri mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq yuritiladi.
Reyestr 4 nusxada tuziladi va tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimiga, don korxonasiga, tuman statistika boʻlimiga, tuman soliq inspeksiyasiga bir nusxadan taqdim etiladi.
16. Taqdim etilgan reyestr asosida hududiy don korxonalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-noyabrdagi 959-son qaroriga muvofiq har gektaridan 41 sentner va undan yuqori hosil yetishtirgan qishloq xoʻjaligi korxonalariga ustama qoʻllagan holda hamda 40 sentner va undan kam hosil yetishtirgan qishloq xoʻjaligi korxonalariga chegirma qoʻllagan holda yakuniy hisob-kitob qilish uchun zarur mablagʻlar ajratish toʻgʻrisida “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasiga talabnoma yuboradi.
17. “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi don korxonalari talabnomasi asosida qishloq xoʻjaligi korxonalari bilan yakuniy hisob-kitob qilish uchun zarur mablagʻlarni ajratish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma deb ataladi) buyurtma beradi.
3-bob. Boshoqli don uchun hisob-kitob qilish tartibi
18. Jamgʻarma “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan buyurtmalarni oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqadi va qishloq xoʻjaligi korxonalari bilan davlat xaridi uchun yetkazib berilgan boshoqli donga yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirish maqsadida “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasiga zarur mablagʻlarni ajratadi.
19. Qishloq xoʻjaligi korxonalarining boshoqli don ekin maydonlarida oʻrim-yigʻim ishlari maʼlum muddat davom etishini inobatga olib, davlat xaridi uchun topshirilgan boshoqli don uchun dastlabki bosqichda topshirilgan don qiymatining 85 foizi miqdorida hisob-kitob qilinadi;
tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimining tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va “Agrobank” ATB tuman boʻlimi bilan birgalikda oʻrim-yigʻim boshlanishidan oldin 41 sentner va undan yuqori hosil toʻplangan deb xulosa berilgan qishloq xoʻjaligi korxonalariga dastlabki bosqichda topshirilgan don qiymatining 100 foizi miqdorida hisob-kitob qilinadi;
keyingi bosqichda, oʻrim-yigʻim yakunlangandan keyin tuman ishchi guruhi tomonidan shakllantirilgan va tasdiqlangan oʻrim-yigʻim yakunlangan qishloq xoʻjaligi korxonalari reyestrga muvofiq, boshoqli don hosildorligi har gektaridan 41 sentner va undan yuqori boʻlganda ustama, 40 sentnerdan kam boʻlganda chegirma qoʻllagan holda qishloq xoʻjaligi korxonalari bilan yakuniy hisob-kitob qilinadi.
20. “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi hududiy don korxonalari orqali Jamgʻarmadan ajratilgan mablagʻlar hisobiga qishloq xoʻjaligi korxonalari bilan davlat xaridi uchun yetkazib berilgan boshoqli donga yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshiradi.
4-bob. Yakuniy qoidalar
21. Favqulodda holatlar oqibatida boshoqli don ekin maydoni zararlangan qishloq xoʻjaligi korxonasi tomonidan topshirilgan boshoqli donga belgilangan xarid narxlarida toʻlov amalga oshiriladi va bu qishloq xoʻjaligi korxonasiga nisbatan chegirmalar qoʻllanilmaydi.
22. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Davlat xaridi uchun qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan yetishtirilgan boshoqli don ekinlari hosildorligi va yalpi hosilini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan yetishtirilgan boshoqli don ekinlari hosildorligi va yalpi hosilini aniqlash
SXEMASI
Qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan yetishtirilgan boshoqli don ekinlari hosildorligi va yalpi hosilini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan yetishtirilgan boshoqli don ekinlari hosildorligi va yalpi hosilini aniqlovchi tuman ishchi guruhi
TARKIBI

t/r

F.I.Sh.

Ish joyi va lavozimi

1.

Lavozimi boʻyicha

Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, tuman ishchi guruhi rahbari

2.

Lavozimi boʻyicha

Tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi, tuman ishchi guruhi rahbarining oʻrinbosari

3.

Lavozimi boʻyicha

Tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi

4.

Lavozimi boʻyicha

Hududiy don korxonasi tuman don qabul qilish shaxobchasi mudiri

5.

Lavozimi boʻyicha

Tuman yer resurslari va davlat kadastr boʻlimi boshligʻi

6.

Lavozimi boʻyicha

Tuman davlat statistika boʻlimi boshligʻi

7.

Lavozimi boʻyicha

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tuman boʻlimi inspektori

Qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan yetishtirilgan boshoqli don ekinlari hosildorligi va yalpi hosilini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Gʻalla oʻrim-yigʻim otryadi namunaviy
TARKIBI*

t/r

F.I.Sh.

Ish joyi va lavozimi

1.

Lavozimi boʻyicha

Tuman ____________________ tashkiloti boshligʻi, gʻalla oʻrim-yigʻim otryadi rahbari

2.

Lavozimi boʻyicha

Tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi xodimi

3.

Lavozimi boʻyicha

Tuman dehqon, fermer xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi xodimi

4.

Lavozimi boʻyicha

tuman yer resurslari va davlat kadastr boʻlimi mutaxassisi

5.

Lavozimi boʻyicha

Tuman ichki ishlar boʻlimi xodimi

6.

Lavozimi boʻyicha

Tuman davlat statistika boʻlimi xodimi

* Tumanda mavjud gʻalla oʻrish kombaynlari sonidan kelib chiqib, bir-nechta oʻrim-yigʻim otryadi tashkil etiladi.
Qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan yetishtirilgan boshoqli don ekinlari hosildorligi va yalpi hosilini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

‎‎DALOLATNOMA

‎‎_____________ tumani

‎‎2019-yil “_____” _________

_____________‎‎

‎‎Bizlar quyida imzo chekuvchilar: _______ tumani _____-sonli gʻalla oʻrim-yigʻim otryadi boshligʻi _________________, tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi mutaxassisi _________________, tuman dehqon, fermer xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi xodimi __________________, “___________________” don korxonasi xodimi _________________, tuman yer resurslari va davlat kadastr mutaxassisi _________________, tuman ichki ishlar boʻlimi xodimi _________________________ “_________________” fermer xoʻjaligi boshligʻi _________________ shu haqdakim:
‎__________tumani _______ hududidagi “_________________________” fermer xoʻjaligi tomonidan 20__ yil hosili uchun gʻalla ekilgan jami ___ gektar maydondan ____tonna bugʻdoy (arpa) hosili oʻrib-yigʻib olindi va oʻrtacha hosildorlik har bir gektar maydonda ___ sentnerni tashkil etdi.
‎‎Davlat xaridi uchun ______ tonna bugʻdoy (arpa) don qabul qilish shahobchasiga topshirildi va fermer xoʻjaligi ixtiyorida _________tonna don qoldi.

‎‎Yuqoridagilarni toʻgʻriligi uchun imzo chekuvchilar:

1.‎

‎‎Gʻalla oʻrim-yigʻim otryadi rahbari

imzo

F.I.Sh.‎‎

2.‎

Tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi xodimi

imzo

F.I.Sh.‎‎

3.

‎‎‎‎Tuman dehqon, fermer xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi xodimi

imzo

F.I.Sh.‎

4.‎

‎‎‎‎Don korxonasi xodimi

imzo

F.I.Sh.‎‎‎

5.‎

‎‎‎‎Tuman yer resurslari va davlat kadastr boʻlimi mutaxassisi

imzo

F.I.Sh.‎‎

6.‎

‎‎‎‎Tuman ichki ishlar boʻlimi xodimi

imzo

F.I.Sh.‎‎

7.‎

‎‎Kombayn operatori

imzo ‎‎‎

F.I.Sh.‎‎‎

8.

Fermer xoʻjaligi rahbari

imzo

F.I.Sh.

9.

Tuman statistika boʻlimi xodimi‎‎

imzo ‎‎

F.I.Sh.‎‎‎

Qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan yetishtirilgan boshoqli don ekinlari hosildorligi va yalpi hosilini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
____________tumanida oʻrim-yigʻim yakunlangan qishloq xoʻjaligi korxonalari
REESTRI № ___

“___”__________20__y.

t/r

Fermer xoʻjaliklari nomi

Oʻrim-yigʻim yakunlangan

Shundan

Davlat xaridi uchun topshirilgan don miqdoriga qoʻllash tavsiya etiladigan

Gʻalla maydoni, ga

Olingan

Ustama

Chegirma

Hosil-dorlik, ts/ga

Yalpi hosil, tonna

Davlat xaridi uchun topshirilgan don, tonna

Qishloq xoʻjaligi korxonasi ixtiyorida qolga� don, tonna

%

summasi, ming.soʻm

%

summasi, ming.soʻm

1.

2.

...

Jami:

Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari

imzo F.I.Sh.

Tuman yer resurslari va davlat kadastr boʻlimi boshligʻi

imzo F.I.Sh.

Tuman davlat statistika boʻlimi boshligʻi

imzo F.I.Sh.

Tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi

imzo F.I.Sh.

Tuman don qabul qilish shaxobchasi mudiri

imzo F.I.Sh.

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tuman boʻlimi inspektori

imzo F.I.Sh.

Tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi

imzo F.I.Sh.

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2019-y., 09/19/357/3027-son)