Maktabgacha hamda umumta’lim tashkilotlari faoliyatini tekshirish ishlarini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 5-sentabrdagi PF-5538-son Farmoniga hamda “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tekshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Umumta’lim muassasalari faoliyatini tekshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Maktabgacha hamda umumta’lim muassasalari faoliyatini tekshirish vakolatiga ega bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlari ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov, maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin, xalq ta’limi vaziri Sh.X. Shermatov hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i U.N. Tashkenbayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 25-aprel,
352-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-apreldagi 352-son qaroriga 1-ILOVA
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tekshirish tartibi to‘g‘risida
(1-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
1. Ushbu Nizom davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda maktabgacha ta’lim tashkiloti deb ataladi) faoliyatini tekshirish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
2. Ushbu Nizom talablari:
a) quyidagi davlat organlari va tashkilotlari:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari va xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlari deputatlari;
Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari;
(2-band “a” kichik bandining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalari;
tizimida maktabgacha ta’lim tashkilotlari bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari (o‘z bo‘ysunuvidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tekshirishlar bo‘yicha) faoliyati doirasida;
(2-band “a” kichik bandining to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
b) “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni doirasida;
v) “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni doirasida;
g) tergovga qadar tekshiruvlar hamda qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari va ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlar doirasida;
d) maktabgacha ta’lim sohasida nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarning faoliyatini tekshirish doirasida o‘tkaziladigan tekshirishlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
tekshirishga vakolatli organlar — maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilishga qonunchilik hujjatlari bilan vakolat berilgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
tekshirish — maktabgacha ta’lim tashkilotlari tomonidan qonunlar hamda ular faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonunchilik hujjatlari qanday bajarilayotganligini tekshirishga vakolatli organlarning bir marta nazorat qilishi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
rejali tekshirish — tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralar yoki ularning tegishli hududiy bo‘linmalari bilan kelishgan holda tasdiqlangan tekshirishlar reja-jadvaliga asosan o‘tkaziladigan tekshirish;
rejadan tashqari tekshirish — tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralar yoki ularning tegishli hududiy bo‘linmalari bilan kelishgan holda tasdiqlangan tekshirishlar reja-jadvalida belgilanmagan holda o‘tkaziladigan tekshirish;
nazorat tartibida tekshirish — maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ilgarigi tekshirishda ko‘rsatilgan qonun buzilishlarini bartaraf etishi ustidan tekshirishga vakolatli organlar tomonidan amalga oshiradigan tekshirish.
(3-bandning ikkinchi — oltinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
2-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tekshirishning maqsad va vazifalari
(2-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
4. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tekshirishning maqsadi maktabgacha ta’lim bo‘yicha yagona davlat siyosatini amalga oshirishda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining roli va mas’uliyatini kuchaytirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq sifatli ta’lim-tarbiya berilishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish, maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ijro intizomini mustahkamlash, pedagoglar va boshqa xodimlarning kasbiy faoliyatiga asossiz ravishda aralashuvga chek qo‘yish, nazorat qiluvchi va boshqa davlat organlari tomonidan ta’lim-tarbiya sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash va bartaraf etishdan iborat.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
5. Quyidagilar maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tekshirishning vazifalari hisoblanadi:
maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim-tarbiya jarayonining sifatini, pedagoglarning bilim darajasini va pedagogik mahoratini oshirishga ko‘maklashish;
(5-bandning birinchi, ikkinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
qonunchilik hujjatlari buzilishi holatlarini chuqur tahlil qilish va ularni sodir etish shart-sharoitlarini bartaraf qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi o‘z vaqtida va sifatli ta’minlanishini tashkil etish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatida kam samarali taftishlarni qisqartirish bilan bir vaqtda to‘laqonli tekshirishlar samaradorligini oshirish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatidagi ochiqlik, shaffoflik va hisobdorlikni ta’minlash, ta’lim-tarbiya jarayoni ustidan samarali davlat nazoratini o‘rnatish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash;
davlat organlari va tashkilotlarining maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati bilan bog‘liq vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini aniq belgilash va tartibga solish.
(5-bandning beshinchi — sakkizinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
3-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tekshirishga vakolatli davlat organlari
(3-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
tarbiyalanuvchilarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash masalalari bo‘yicha tekshirish – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi maxsus bo‘linmalari tomonidan;
yong‘in xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga amal qilinishini o‘rganish, yong‘inlarning oldini olish hamda ularni o‘chirishga qaratilgan huquqiy, tashkiliy va ilmiy-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha tekshirish — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan;
aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga amal qilinishini o‘rganish, sanitariya-gigiyena tadbirlarini va epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirish, pedagog xodimlar va tarbiyalanuvchilarning sanitariya madaniyati darajasini oshirish, davlat sanitariya nazoratini amalga oshirish masalalari bo‘yicha tekshirish — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi hamda uning hududiy boshqarmalari va bo‘limlari tomonidan;
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishini o‘rganish, xodimning hayoti va sog‘lig‘i ustuvorligini ta’minlash, mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan nazorat va tekshiruvni amalga oshirish, xodimlarni ijtimoiy himoya qilish masalalari bo‘yicha tekshirish — O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda uning hududiy bandlikka ko‘maklashish va aholini ish bilan ta’minlash markazlari tomonidan;
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishini o‘rganish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish va zararini kamaytirish yuzasidan choralarni amalga oshirish, favqulodda vaziyatlar sharoitida harakat qilishga tayyor bo‘lishni tashkil etish, favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish masalalari bo‘yicha tekshirish — O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va uning tegishli hududiy bo‘linmalari tomonidan;
yer, yer osti boyliklari, suv, daraxtlar va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish, atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat ekologik nazoratini o‘rnatish, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ishlarini muvofiqlashtirish borasida yagona siyosatni amalga oshirish, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish, pedagoglar va tarbiyalanuvchilarning ekologik madaniyatini oshirish masalalari bo‘yicha tekshirish — O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning tegishli hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
4-bob. Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini tekshirish muddatlari va tekshirishni tayinlash mezonlari
(4-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
7. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyatini tekshirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
rejali tekshirish;
rejadan tashqari tekshirish;
nazorat tartibida tekshirish.
8. Maktabgacha ta’lim muassasalarida rejali tekshirishlarni o‘tkazish tekshirishga vakolatli organlar bilan tegishliligi bo‘yicha tizimida maktabgacha ta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan qo‘shma tasdiqlanadigan tekshirishlarning yillik reja-jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.
9. Tekshirishga vakolatli organlar yoki ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan tekshirish rejalashtirilayotgan yildan oldingi yilning 1-dekabrigacha bo‘lgan muddatda maktabgacha ta’lim tashkilotlarini yillik tekshirishlarning reja-jadvali loyihasi maktabgacha ta’lim tashkilotlari ro‘yxati, ularning manzili, to‘liq nomi, rejali tekshirish davriyligini aniq ko‘rsatgan holda tegishliligi bo‘yicha tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalariga ko‘rib chiqish va kelishish uchun taqdim etiladi.
Keyingi yil uchun tekshirishlarning yillik reja-jadvali tegishliligi bo‘yicha tekshirishga vakolatli organlarning markaziy apparati bilan tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralarning markaziy apparati hamda tekshirishga vakolatli organlarning hududiy bo‘linmalari bilan tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralarning hududiy bo‘linmalari tomonidan har yili 15-dekabrga qadar tasdiqlanadi. Tasdiqlangan yillik reja-jadvallarning nusxalari tegishliligi bo‘yicha maktabgacha ta’lim tashkilotlariga har yili 25-dekabrga qadar yetkazib beriladi.
Agar tekshirishlarning yillik reja-jadvali tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan belgilangan muddatlarda asossiz ravishda tasdiqlashdan bosh tortilsa, tekshirishga vakolatli organlar hamda ularning hududiy bo‘linmalari yillik tekshirishlarning reja-jadvali loyihasiga muvofiq tekshiruvni amalga oshirishga haqli.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
10. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tekshirish davriyligi uchun belgilangan muddatda bir martadan ortiq rejali tekshirish o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Yangi tashkil etilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida dastlabki ikki yil mobaynida rejali tekshirishlar o‘tkazilmaydi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
11. Tasdiqlangan tekshirishlar reja-jadvaliga tekshirishga vakolatli organlar bilan tegishliligi bo‘yicha tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan kelishilgan holda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralarga — tekshirishga vakolatli organlarning markaziy apparati tomonidan;
tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralarning hududiy bo‘linmalariga — tekshirishga vakolatli organlarning hududiy bo‘linmalari tomonidan taqdim etiladi.
Belgilangan muddatdan keyin taqdim etilgan takliflar tegishliligi bo‘yicha tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan ko‘rib chiqilmaydi.
(12-bandning ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
maktabgacha ta’lim tashkilotlarining reja-jadvalga kiritilishi qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lsa.
(13-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
14. Tasdiqlangan yillik tekshirishlar reja-jadvali tekshirishga vakolatli organlar, tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalarining Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
15. Rejadan tashqari tekshirishlar tekshirishga vakolatli organlar tomonidan:
tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari tizimidagi maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini tekshirishni so‘rab tekshirishga vakolatli organga murojaat etgan taqdirda;
maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining topshiriqlari hamda davlat dasturlarida belgilangan vazifalarning o‘z muddatida va sifatli ijro etilishini tezkor o‘rganish talab etilganda;
(15-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishining, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish, pedagog xodimlar va tarbiyalanuvchilar hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli omillarning paydo bo‘lishi, sanitariya-epidemiologik vaziyat murakkablashishi, shuningdek, boshqa mamlakatlardan yuqumli kasalliklar kirib kelishi va tarqalishi ehtimoli mavjud bo‘lganda;
bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligi va ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholi qatlamlari uchun maxsus ish o‘rinlari zaxira qilinganligi, majburiy mehnatning oldini olish, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi, shu jumladan, baxtsiz hodisalarni tekshirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari ijrosini o‘rganish maqsadida;
(15-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati samaradorligiga va ta’lim sifatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan kamchiliklar mavjudligi aniqlanganda yoki maktabgacha ta’lim tashkilotlarining erishgan yutuqlari oldin erishilgan yutuqlaridan past bo‘lgan taqdirda;
tekshirishga vakolatli organning mansabdor shaxsi ma’muriy vazifalarni amalga oshirayotganida maktabgacha ta’lim tashkiloti tomonidan qonunchilik hujjatlari talablari buzilganligi aniqlanganda;
(15-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
ommaviy axborot vositalari yoki Internet jahon axborot tarmog‘idagi manbalarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatiga doir qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar e’lon qilinganda;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tashkiliy-boshqaruv, o‘quv-metodik, ma’naviy va moliyaviy jihatdan jiddiy nuqsonlar mavjudligi to‘g‘risida ishonchli ma’lumot bo‘lganda amalga oshiriladi.
(15-bandning yettinchi — o‘ninchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
16. Tekshirishga vakolatli organlar tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini rejali va rejadan tashqari tekshirishlar muddati 10 kundan oshmasligi kerak.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
17. Nazorat tartibidagi tekshirishlarni o‘tkazish tekshirishga vakolatli organlar tomonidan faqat ularning o‘zlari ilgari o‘tkazgan tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomada (ma’lumotnomada) belgilangan holatlar bo‘yicha va muddatlarda yoki tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirlik va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari murojaatiga asosan undan oldinroq muddatlarda, tekshirishga vakolatli organning buyrug‘i asosida tegishliligi bo‘yicha tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalarini kamida 10 kalendar kun oldin yozma ravishda xabardor qilgan holda 5 kalendar kundan oshmagan muddatda amalga oshiriladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
18. Ilgari o‘tkazilgan tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomada (ma’lumotnomada) muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, nazorat tartibida o‘tkaziladigan tekshirishlar ilgari tekshirish o‘tkazilgan sanadan boshlab olti oydan oshib ketishi mumkin emas.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti tomonidan nazorat tartibida tekshirishlar o‘tkazishga to‘sqinlik qilinishi mumkin emas.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
5-bob. Tekshirishlarni o‘tkazish tartibi
19. Rejali tekshirishni o‘tkazish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
tekshirishlar reja-jadvalidan ko‘chirma;
tekshirishga vakolatli organning tekshirish o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i;
tekshirish dasturi yoki savolnomasidan nusxa.
20. Rejadan tashqari tekshirishni o‘tkazish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
tekshirishga vakolatli organning tekshirish o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i;
21. Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini rejali tekshirish tartibi ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
22. Tekshirishga vakolatli organlar tomonidan rejali tekshirish o‘tkazilishidan kamida 10 kun oldin tegishliligi bo‘yicha tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalariga tekshirish o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq, tekshirish dasturi yoki savolnomasi ilova qilingan rasmiy xat yuboriladi.
Tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan rejali tekshirish o‘tkazish haqidagi rasmiy xat olingan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay o‘z tizimidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yozma xat yoki ichki elektron hujjatlar aylanishi tizimi orqali xabar beriladi hamda tekshirish o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq, tekshirish dasturi yoki savolnoma yuboriladi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
23. Tekshirishga vakolatli organlar buyruq asosida tekshirishlarni amalga oshirishni o‘zlarining hududiy bo‘linmalariga topshirishga haqli. Tekshirishga ularning boshqa hududiy bo‘linmalari xodimlari, mutaxassislar, ekspertlar va auditorlik tashkilotlari ham jalb etilishi mumkin.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan filiallari faoliyatini tekshirishlar ular tarkibiga kiradigan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘tkaziladigan tekshirishlar doirasida amalga oshiriladi, rejadan tashqari tekshirishlar bundan mustasno.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
24. Tekshirishni amalga oshirishdan oldin tekshirishga vakolatli organ tomonidan tekshirish o‘tkazish to‘g‘risida buyruq qabul qilinadi.
Tekshirishga vakolatli organning tekshirish o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘ida tekshiriladigan maktabgacha ta’lim tashkiloti nomi, tekshirish maqsadi, tekshiruvchi mansabdor shaxslar tarkibi, tekshiriladigan davr, tekshirish o‘tkazish muddati va tekshirish o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjat nomi, raqami va sanasi ko‘rsatiladi hamda tekshirish dasturi yoki savolnomasi ilova qilinadi.
(24-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Tekshirish jarayonida tekshirishga vakolatli organning vakolatlari va tekshirish dasturi yoki savolnomasida belgilangan masalalar doirasidan chetga chiqilmaydi.
25. Tekshirishga vakolatli organning mas’ul xodimlari tekshirish boshlanishidan oldin maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorini (direktor bo‘lmagan taqdirda uning vazifasini bajaruvchi shaxsni) tekshirish maqsadi bilan tanishtiradi, unga o‘z xizmat guvohnomasi va tekshirishni o‘tkazishga asos bo‘ladigan hujjatlarning (tekshirishlar reja-jadvalidan ko‘chirma, tekshirishga vakolatli organning tekshirish o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i va tekshirish dasturi yoki savolnomasi) nusxalarini topshiradi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
26. Tekshirish o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjatlar nusxasi tekshirilayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotiga tilxat olingan holda topshirilgan payt tekshirish boshlangan payt hisoblanadi.
Tekshirilayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotining mazkur hujjatlarni olishdan bosh tortganligi tekshirishni bekor qilish uchun asos bo‘lmaydi.
Tekshirilayotgan maktabgacha ta’lim tashkiloti ushbu hujjatlarni olishdan bosh tortgan taqdirda, tekshirishga vakolatli organning mansabdor shaxsi tomonidan uning o‘zi va tekshirilayotgan maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori (direktor bo‘lmagan taqdirda uning vazifasini bajaruvchi shaxs) imzolaydigan dalolatnoma tuziladi. Ushbu dalolatnomani maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori (direktor bo‘lmagan taqdirda uning vazifasini bajaruvchi shaxs) imzolashdan bosh tortganda, dalolatnomaga tekshirishga vakolatli organning mas’ul xodimi tomonidan tegishli yozuv kiritiladi. Bu holda dalolatnoma imzolangan payt tekshirish boshlangan payt hisoblanadi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
27. Tekshirishga vakolatli organning mas’ul xodimlari maktabgacha ta’lim tashkiloti tomonidan taqdim etilgan ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi Tekshirishlarni ro‘yxatga olish daftarini to‘ldirishi shart.
(27-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Texnik imkoniyat mavjud bo‘lganda majburiy tartibda Tekshirishlarni ro‘yxatga olish daftarining elektron shakli to‘ldiriladi. Bunda daftarning qog‘oz shaklini to‘ldirish talab etilmaydi.
28. Tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaga (ma’lumotnomaga) Tekshirishlarni ro‘yxatga olish daftarining to‘ldirilgan shakli (qog‘oz shakli to‘ldirilganda — elektron shakli to‘ldirilmaganligi sababi) yoki daftar taqdim etilmaganda — uning taqdim etilmaganligi to‘g‘risida tekshirishga vakolatli organning mas’ul xodimi tomonidan tegishli yozuv kiritiladi.
29. Tekshirishga vakolatli organning mas’ul xodimlari Tekshirishlarni ro‘yxatga olish daftarini to‘ldirishdan bosh tortgan taqdirda, maktabgacha ta’lim tashkilotida tekshirish o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
30. Tekshirishga vakolatli organ tomonidan ilgari tekshirilgan masalalar bo‘yicha qayta tekshirish hamda bir yilda bir martadan ortiq nazorat tartibidagi tekshirishlar o‘tkazilmaydi.
31. Tekshirishni belgilangan muddatda o‘tkazish imkoni bo‘lmagan hollarda, jumladan, tekshirishda ishtirok etishi lozim bo‘lgan shaxs ishtirok eta olmagan, tekshirish o‘tkazish uchun talab qilingan hujjatlar maktabgacha ta’lim tashkiloti tomonidan taqdim etilmagan yoki zarur mutaxassislar mavjud bo‘lmagan taqdirda, tekshirishga vakolatli organning buyrug‘i asosida tekshirish to‘xtatilib, belgilangan tartibda boshqa vaqtga ko‘chirilishi mumkin.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
32. Muddati ko‘chirilgan tekshirishni o‘tkazish tekshirish to‘xtatilgan oydan keyingi oyning so‘nggi kunidan kechiktirmasdan ta’minlanishi lozim.
33. Tekshirishlar natijalari kamida ikki nusxada tuziladigan dalolatnoma (ma’lumotnoma) bilan rasmiylashtiriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnoma (ma’lumotnoma) tuman (shahar) yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar miqyosida umumlashtirilishi mumkin.
(33-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
34. Bir kun muddatda o‘tkaziladigan tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnoma (ma’lumotnoma) tekshirish o‘tkazilgan kunda, muddati bir kundan ortiq bo‘lgan tekshirish bo‘yicha esa tekshirish muddatining oxirgi kunidan kechiktirmasdan rasmiylashtirilishi shart.
35. Tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaning (ma’lumotnomaning) nusxalari tekshirishga vakolatli organning tekshirish o‘tkazayotgan mas’ul xodimlari va maktabgacha ta’lim tashkiloti direktoriga (direktor bo‘lmagan taqdirda uning vazifasini bajaruvchi shaxsga) yoki tegishliligi bo‘yicha tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari vakili tomonidan imzolanadi. Tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaning (ma’lumotnomaning) bir nusxasi maktabgacha ta’lim tashkiloti direktoriga (direktor bo‘lmagan taqdirda uning vazifasini bajaruvchi shaxsga) yoki tegishliligi bo‘yicha tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari vakiliga uni olgan sanani ko‘rsatgan holda imzo qo‘ydirib topshiriladi va shu paytdan e’tiboran tekshirish tugagan hisoblanadi.
Tekshirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘tkazilgan tekshirish natijasi bo‘yicha o‘z e’tirozlarini dalolatnomada (ma’lumotnomada) yozma ravishda aks ettirishi mumkin.
Tekshirilayotgan maktabgacha ta’lim tashkiloti vakili tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomani (ma’lumotnomani) olishdan va (yoki) uni imzolashdan bosh tortganda, tekshirishga vakolatli organning mas’ul xodimi bu haqda tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaga (ma’lumotnomaga) tegishli yozuv kiritadi va shu paytdan e’tiboran tekshirish tugagan hisoblanadi.
Bunday holatda tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaning (ma’lumotnomaning) nusxasi bir ish kuni davomida maktabgacha ta’lim tashkilotiga yoki tegishliligi bo‘yicha tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalariga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi.
(35-bandning birinchi — to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnoma (ma’lumotnoma) tekshirishga vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda ro‘yxatga olib boriladi.
36. Tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomada (ma’lumotnomada) quyidagilar o‘z aksini topadi:
tekshirish jarayonida aniqlangan kamchiliklar va umumiy xulosa;
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari va ularning muddati;
tekshirish jarayonida aniqlangan qonun va qoida buzilishi holatlariga nisbatan qonunchilikda belgilangan ta’sir choralari.
37. Tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnoma (ma’lumotnoma) nusxasi tekshirishga vakolatli organlar tomonidan tegishliligi bo‘yicha:
tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralar yoki ularning hududiy bo‘linmalariga;
(37-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
hududiy hokimliklarga yoki kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha tegishli sektorlarga kiritilishi mumkin.
Ular o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomada (ma’lumotnomada) ko‘rsatilgan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish choralarini ko‘rishlari lozim.
Tekshirish jarayonida huquqbuzarlik holatlari aniqlangan taqdirda, bu haqidagi ma’lumotlar tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaga (ma’lumotnomaga) kiritilib, uning bir nusxasi dalolatnoma (ma’lumotnoma) imzolangan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay tekshirishga vakolatli organlar tomonidan majburiy tartibda tegishliligi bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi.
38. Tekshirish o‘tkazish vaqtida maktabgacha ta’lim tashkilotlari advokat xizmatidan foydalanishi mumkin.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
39. Tekshirishga vakolatli organlar asosli sabablarga ko‘ra tekshirish o‘tkazish imkoni bo‘lmagan yoki zarurati qolmagan (tugatilganligi sababli moliya-xo‘jalik faoliyati yuzasidan yakuniy tekshirish o‘tkazilgan, jinoyat ishi yuzasidan tekshirilgan, boshqa muassasaga qo‘shilgan, faoliyat yuritmayotgan, tekshirish davrida tekshiriladigan obyekt mavjud bo‘lmagan va hokazo) maktabgacha ta’lim tashkilotilarini tekshirishlar reja-jadvalidan chiqarish to‘g‘risida tegishliligi bo‘yicha tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralar yoki ularning hududiy bo‘linmalariga taklif kiritib boradilar.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
40. O‘tkazilgan tekshirish natijalaridan norozi bo‘lgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari nizoli masalalarga aniqlik kiritish uchun tekshirishga vakolatli organlarning yuqori tashkilotlariga, sudga yoki prokuratura organlariga murojaat qilish huquqiga ega.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari nizoli masalalarga aniqlik kiritish uchun tekshirishga vakolatli organlarning yuqori tashkilotlariga murojaat etgan taqdirda, tekshirishga vakolatli organlar tegishliligi bo‘yicha tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari bilan qo‘shimcha ravishda kelishmasdan, faqat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining murojaatlarida ko‘rsatilgan nizoli masalalar yuzasidan aniqlik kiritadilar.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
6-bob. Tekshirish jarayoni ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari
41. Tekshirishga vakolatli organlar maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tekshirish jarayonida quyidagi huquqlarga ega:
maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan tekshirishni samarali o‘tkazish bilan bog‘liq zarur hujjatlar va boshqa axborotlarni talab qilish;
(41-bandning birinchi-ikkinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
tekshirish jarayoni bilan bog‘liq zarur hujjatlardan nusxa olish;
vakolatlari doirasida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;
tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralar yoki ularning tegishli hududiy bo‘linmalariga hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga tekshirish jarayonida aniqlangan huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi masalani kiritish;
(41-bandning to‘rtinchi-beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
tekshirish jarayoniga tegishli mutaxassislar, ekspertlar va auditorlik tashkilotlarini shartnoma asosida jalb etish;
ushbu Nizomning 31-bandda nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda, tekshirishlarning muddatini ko‘chirish to‘g‘risida taklif kiritish.
Tekshirishga vakolatli organlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(41-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
42. Tekshirishga vakolatli organlar maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tekshirish jarayonida quyidagilarga majbur:
maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tekshirish o‘tkazish huquqini beruvchi zarur hujjatlarni taqdim etish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim-tarbiya jarayonlariga xalaqit bermaslik;
(42-bandning birinchi — uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Tekshirishlarni ro‘yxatga olish daftarini belgilangan tartibda to‘ldirish;
tekshirishlar natijalari to‘g‘risida dalolatnoma (ma’lumotnoma) rasmiylashtirish, uning bir nusxasini tekshirish tugagan kuni maktabgacha ta’lim tashkilotida qoldirish;
(42-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
tekshirish jarayonida aniqlangan qoidabuzarlik holatlari haqida tegishliligi bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarga hamda yuqori turuvchi organlarga xabar berish.
Tekshirishga vakolatli organlarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.
(42-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
43. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tekshirish jarayonida quyidagi huquqlarga ega:
(43-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
faoliyati rejali tekshirilishi to‘g‘risidagi ma’lumotga ega bo‘lish;
tekshirishga vakolatli organlarning mas’ul shaxslaridan ularning xizmat guvohnomasi va tekshirishni o‘tkazishga asos bo‘ladigan hujjatlarni talab qilish;
tekshirishni o‘tkazishga asos bo‘ladigan hujjatlarga ega bo‘lmagan shaxslarning tekshirish o‘tkazishiga yo‘l qo‘ymaslik;
tekshirishga vakolatli organlar mas’ul shaxslarining vakolatiga kirmaydigan masalalarga oid talablarini bajarmaslik va tekshirish predmetiga taalluqli bo‘lmagan materiallarni taqdim etmaslik;
tekshirish tugagan kuni tekshirishga vakolatli organlarning mas’ul shaxslaridan tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaning (ma’lumotnomaning) nusxasini berishni talab qilish;
tekshirishga asos bo‘ladigan hujjatlarni taqdim etmaganlik, tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnoma (ma’lumotnoma) mazmuni va tekshiruvchilar tomonidan tekshirishga aloqador bo‘lmagan har qanday qo‘shimcha ko‘rsatmalar berish yuzasidan yuqori turuvchi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudga shikoyat qilish.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(43-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
44. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tekshirish jarayonida quyidagilarga majbur:
tekshirish o‘tkazish huquqini beruvchi zarur hujjatlarga ega bo‘lgan tekshirishga vakolatli organlarni maktabgacha ta’lim tashkiloti hududiga kiritish;
(44-bandning birinchi-ikkinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
tekshirishga vakolatli organlarning qonuniy talabiga binoan tekshirish o‘tkazish bilan bog‘liq zarur hujjatlar va boshqa axborotlarni o‘z vaqtida taqdim etish;
tekshirish jarayoniga xalaqit bermaslik, tekshirishga vakolatli organlar tomonidan tekshirishni samarali o‘tkazish uchun shart-sharoitlar yaratish;
tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomada (ma’lumotnomada) ko‘rsatilgan qoidabuzarlik holatlarini o‘z vaqtida bartaraf etish choralarini ko‘rish.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
(44-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
45. Tekshirishga vakolatli organlarning rahbarlari maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tekshirish o‘tkazishga asos bo‘ladigan hujjatlarning ishonchliligi hamda tekshirishga vakolatli organlar mas’ul shaxslarining o‘z vakolatlari doirasidan chiqmasligi uchun javobgar hisoblanadi.
(45-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
46. Tekshirishga vakolatli organlar tomonidan tekshirishlar ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘tkazilganligi tegishliligi bo‘yicha tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan doimiy ravishda monitoring olib boriladi.
(46-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Tekshirishlar bo‘yicha monitoring maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘tkazilgan rejali, rejadan tashqari va nazorat tartibida o‘tkazilgan tekshirishlarning alohida ravishda hisobini yuritish, tekshirishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni tahlil qilish va ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilash orqali amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida noqonuniy tekshirish o‘tkazgan yoki tekshirish jarayonida o‘z vakolati doirasidan chiqqan tekshirishga vakolatli organlarning xodimlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(46-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
47. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Umumta’lim muassasalari faoliyatini tekshirish tartibi to‘g‘risida nizomga 1-ILOVA
Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini rejali tekshirish tartibi
(1-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini yillik tekshirishlarning reja-jadvali loyihasi maktabgacha ta’lim tashkilotlari ro‘yxati, ularning manzili, to‘liq nomi, rejali tekshirish davriyligini aniq ko‘rsatgan holda elektron shaklda tegishliligi bo‘yicha tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirlik va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalariga ko‘rib chiqish va kelishish uchun taqdim etiladi
Tekshirish rejalashtirilayotgan yildan oldingi yilning 1-dekabrigacha bo‘lgan muddatda
2-bosqich
Tekshirishga vakolatli organlarning hududiy bo‘linmalari
Keyingi yil uchun tekshirishlarning yillik reja-jadvalini tasdiqlaydi
(Yillik reja-jadval tekshirishga vakolatli organlarning maktabgacha ta’lim tashkilotini tekshirishlari bir vaqtga to‘g‘ri kelib qolmasligi hisobga olingan holda tasdiqlanadi)
Har yili
15-dekabrga qadar
Tasdiqlangan yillik reja-jadvallarning nusxalarini tegishliligi bo‘yicha maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yetkazib beradi
Har yili 25-dekabrga qadar
3-bosqich
Tekshirishga vakolatli organlar
Tegishliligi bo‘yicha tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalariga tekshirish o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq, tekshiruv dasturi yoki savolnomasi ilova qilingan rasmiy xatni yuboradi
Tekshirish o‘tkazilishidan kamida 10 kun oldin
4-bosqich
Tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari
O‘z tizimidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yozma xat yoki ichki elektron hujjatlar aylanishi tizimi orqali xabar beradi hamda tekshirish o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq, tekshiruv dasturi yoki savolnomani yuboradi
Rasmiy xat olingan kundan boshlab 1 kun mobaynida
5-bosqich
Maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda tekshiruvchi organ vakillari
Tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomani (ma’lumotnomani) imzolaydi
Tekshirish yakunlangan kuni
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Umumta’lim muassasalari faoliyatini tekshirish tartibi to‘g‘risida nizomga 2-ILOVA
Tekshirishga vakolatli organning nomi yoki u tomonidan tekshirishga jalb etilgan auditorlik yoxud boshqa tashkilotning nomi
Tekshiruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi va guvohnoma raqami
Tizimida maktabgacha ta’lim tashkilotlari bo‘lgan vazirliklar va idoralar yoki ularning hududiy bo‘linmalarining tekshirishda qatnashgan xodimlari haqida ma’lumot
Tekshirish o‘tkazish uchun asos
Tekshirish turi va maqsadi
Tekshirish o‘tkazish uchun belgilangan muddatlar
Tekshirishni boshlash, tugatish sanasi va vaqti
Tekshirishning haqiqatda davom etgan vaqti
Tekshirish jarayonida ko‘rilgan choralar
Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorining fikri
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-apreldagi 352-son qaroriga 2-ILOVA
Umumta’lim muassasalari faoliyatini tekshirish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom davlat umumta’lim muassasalari (keyingi o‘rinlarda umumta’lim muassasasi deb ataladi) faoliyatini tekshirish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom talablari:
a) quyidagi davlat organlari va tashkilotlari:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari va xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlari deputatlari;
Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari;
(2-band “a” kichik bandining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalari;
tizimida umumta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari (o‘z bo‘ysunuvidagi umumta’lim muassasalarini tekshirishlar bo‘yicha) faoliyati doirasida;
b) “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni doirasida;
v) “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni doirasida;
g) tergovga qadar tekshiruvlar hamda qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari va ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlar doirasida;
d) umumiy o‘rta ta’lim sohasida nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarning faoliyatini tekshirish doirasida o‘tkaziladigan tekshirishlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
tekshirishga vakolatli organlar — umumta’lim muassasalari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilishga qonunchilik hujjatlari bilan vakolat berilgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
tekshirish — umumta’lim muassasalari tomonidan qonunlar hamda ular faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonunchilik hujjatlari qanday bajarilayotganligini tekshirishga vakolatli organlarning bir marta nazorat qilishi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
rejali tekshirish — tizimida umumta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralar yoki ularning tegishli hududiy bo‘linmalari bilan kelishgan holda tasdiqlangan tekshirishlar reja-jadvaliga asosan o‘tkaziladigan tekshirish;
rejadan tashqari tekshirish — tizimida umumta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralar yoki ularning tegishli hududiy bo‘linmalari bilan kelishgan holda tasdiqlangan tekshirishlar reja-jadvalida belgilanmagan holda o‘tkaziladigan tekshirish;
nazorat tartibida tekshirish — umumta’lim muassasalarining ilgarigi tekshirishda ko‘rsatilgan qonun buzilishlarini bartaraf etishi ustidan tekshirishga vakolatli organlar tomonidan amalga oshiradigan tekshirish.
2-bob. Umumta’lim muassasalari faoliyatini tekshirishning maqsad va vazifalari
4. Umumta’lim muassasalari faoliyatini tekshirishning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim bo‘yicha yagona davlat siyosatini amalga oshirishda umumta’lim muassasalarining roli va mas’uliyatini kuchaytirish, o‘quvchilarga davlat ta’lim standartlariga muvofiq sifatli ta’lim berilishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish, umumta’lim muassasalaridagi ijro intizomini mustahkamlash, pedagoglar va boshqa xodimlarning kasbiy faoliyatiga asossiz ravishda aralashuvga chek qo‘yish, nazorat qiluvchi va boshqa davlat organlari tomonidan ta’lim sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash va bartaraf etishdan iborat.
5. Quyidagilar umumta’lim muassasalari faoliyatini tekshirishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
umumta’lim muassasalaridagi o‘quv-tarbiya jarayonining sifatini, o‘qituvchilarning bilim darajasini va pedagogik mahoratini oshirishga ko‘maklashish;
qonunchilik hujjatlari buzilishi holatlarini chuqur tahlil qilish va ularni sodir etish shart-sharoitlarini bartaraf qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi o‘z vaqtida va sifatli ravishda ta’minlanishini tashkil etish;
umumta’lim muassasalari faoliyatida kam samarali tekshirishlarni qisqartirish bilan bir vaqtda to‘laqonli tekshirishlar samaradorligini oshirish;
umumta’lim muassasalari faoliyatidagi ochiqlik, shaffoflik va hisobdorlikni ta’minlash, o‘quv-tarbiya jarayoni ustidan samarali davlat va jamoatchilik nazoratini o‘rnatish;
umumta’lim muassasalari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash;
davlat organlari va tashkilotlarining umumta’lim muassasalari faoliyati bilan bog‘liq vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini aniq belgilash va tartibga solish.
3-bob. Umumta’lim muassasalari faoliyatini tekshirishga vakolatli davlat organlari
umumta’lim muassasasi o‘quvchilari o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga amal qilinishini o‘rganish, voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilish masalalari bo‘yicha tekshirish — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi maxsus bo‘linmalari tomonidan;
yong‘in xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga amal qilinishini o‘rganish, yong‘inlarning oldini olish hamda ularni o‘chirishga qaratilgan huquqiy, tashkiliy va ilmiy-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha tekshirish — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan;
aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga amal qilinishini o‘rganish, sanitariya-gigiyena tadbirlarini va epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirish, o‘quvchilarning sanitariya madaniyati darajasini oshirish, davlat sanitariya nazoratini amalga oshirish masalalari bo‘yicha tekshirish — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi hamda uning hududiy boshqarmalari va bo‘limlari tomonidan;
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishini o‘rganish, xodimning hayoti va sog‘lig‘i ustuvorligini ta’minlash, mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan nazorat va tekshiruvni amalga oshirish, xodimlarni ijtimoiy himoya qilish masalalari bo‘yicha tekshirish — O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda uning hududiy bandlikka ko‘maklashish va aholini ish bilan ta’minlash markazlari tomonidan;
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishini o‘rganish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish va zararini kamaytirish yuzasidan choralarni amalga oshirish, favqulodda vaziyatlar sharoitida harakat qilishga tayyor bo‘lishni tashkil etish, favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish masalalari bo‘yicha tekshirish — O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan;
yer, yer osti boyliklari, suv, daraxtlar va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish, atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat ekologik nazoratini o‘rnatish, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish ishlarini muvofiqlashtirish borasida yagona siyosatni amalga oshirish, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish, o‘quvchilarning ekologik madaniyatini oshirish masalalari bo‘yicha tekshirish — O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
4-bob. Umumta’lim muassasasi faoliyatini tekshirish muddatlari va uni tayinlash mezonlari
7. Umumta’lim muassasalarining faoliyatini tekshirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
rejali tekshirish;
rejadan tashqari tekshirish;
nazorat tartibida tekshirish.
8. Umumta’lim muassasalarida rejali tekshirishlarni o‘tkazish tekshirishga vakolatli organlar bilan tegishliligi bo‘yicha tizimida umumta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan qo‘shma tasdiqlanadigan tekshirishlarning yillik reja-jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.
9. Tekshirishga vakolatli organlar yoki ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan tekshirish rejalashtirilayotgan yildan oldingi yilning 1-dekabrigacha bo‘lgan muddatda umumta’lim muassasalarini yillik tekshirishlarning reja-jadvali loyihasi umumta’lim muassasalari ro‘yxati, ularning manzili, to‘liq nomi, rejali tekshirish davriyligini aniq ko‘rsatgan holda tegishliligi bo‘yicha tizimida umumta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalariga ko‘rib chiqish va kelishish uchun taqdim etiladi.
Keyingi yil uchun tekshirishlarning yillik reja-jadvali tegishliligi bo‘yicha tekshirishga vakolatli organlarning markaziy apparati bilan tizimida umumta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralarning markaziy apparati hamda tekshirishga vakolatli organlarning hududiy bo‘linmalari bilan tizimida umumta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralarning hududiy bo‘linmalari tomonidan har yili 15-dekabrga qadar tasdiqlanadi. Tasdiqlangan yillik reja-jadvallarning nusxalari tegishliligi bo‘yicha umumta’lim muassasalariga har yili 25-dekabrga qadar yetkazib beriladi.
Agar tekshirishlarning yillik reja-jadvali tizimida umumta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan belgilangan muddatlarda asossiz ravishda tasdiqlashdan bosh tortilsa, tekshirishga vakolatli organlar hamda ularning hududiy bo‘linmalari yillik tekshirishlarning reja-jadvali loyihasiga muvofiq tekshiruvni amalga oshirishga haqli.
10. Umumta’lim muassasalarining faoliyatini tekshirishlar davriyligi umumta’lim muassasalari faoliyati samaradorligi bo‘yicha tuman (shahar) miqyosida tuzilgan reytingda (keyingi o‘rinlarda reyting deb ataladi) egallab turgan o‘rniga mutanosib ravishda belgilanadi.
11. Umumta’lim muassasalari faoliyatini tekshirish davriyligi uchun belgilangan muddatda bir martadan ortiq rejali tekshirish o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Yangi tashkil etilgan umumta’lim muassasalarida dastlabki ikki yil mobaynida rejali tekshirishlar o‘tkazilmaydi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
12. Tasdiqlangan tekshirishlar reja-jadvaliga tekshirishga vakolatli organlar bilan tegishliligi bo‘yicha tizimida umumta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan kelishilgan holda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
13. Tekshirishlar reja-jadvali loyihasi:
tizimida umumta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralarga –tekshirishga vakolatli organlarning markaziy apparati tomonidan;
tizimida umumta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralarning hududiy bo‘linmalariga — tekshirishga vakolatli organlarning hududiy bo‘linmalari tomonidan taqdim etiladi.
Belgilangan muddatdan keyin taqdim etilgan takliflar tegishliligi bo‘yicha tizimida umumta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan ko‘rib chiqilmaydi.
14. Quyidagi hollarda umumta’lim muassasalari yillik tekshirishlar reja-jadvaliga kiritilmaydi:
umumta’lim muassasasi faoliyatini tekshirish uchun belgilangan muddatlar inobatga olinmagan bo‘lsa;
umumta’lim muassasasining reytingda egallab turgan o‘rni inobatga olinmagan bo‘lsa;
umumta’lim muassasalari tugatilgan yoki tugatish jarayonida bo‘lsa;
umumta’lim muassasalarining reja-jadvalga kiritilishi qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lsa.
(14-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
15. Tasdiqlangan yillik tekshirishlar reja-jadvali tekshirishga vakolatli organlar, tizimida umumta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ular hududiy bo‘linmalarining Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi.
16. Rejadan tashqari tekshirishlar tekshirishga vakolatli organlar tomonidan:
umumta’lim muassasasi tugatilayotganida;
tizimida umumta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari tizimidagi umumta’lim muassasasi faoliyatini tekshirishni so‘rab tekshirishga vakolatli organga murojaat etgan taqdirda;
umumta’lim muassasasi faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining topshiriqlari hamda davlat dasturlarida belgilangan vazifalarning o‘z muddatida va sifatli ijro etilishini tezkor o‘rganish talab etilganda;
(16-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishining, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish, pedagoglar va o‘quvchilar hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli omillarning paydo bo‘lishi, sanitariya-epidemiologiya vaziyati murakkablashishi, shuningdek, boshqa mamlakatlardan yuqumli kasalliklar kirib kelishi va tarqalishi ehtimoli mavjud bo‘lganda;
bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligi va ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholi qatlamlari uchun maxsus ish o‘rinlari zaxira qilinganligi, majburiy mehnatning oldini olish, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi, shu jumladan, baxtsiz hodisalarni tekshirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari ijrosini o‘rganish maqsadida;
(16-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
umumta’lim muassasalari faoliyati samaradorligiga va ta’lim sifatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan kamchiliklar mavjudligi aniqlanganda yoki umumta’lim muassasalari o‘quvchilarining erishgan yutuqlari oldin erishilgan yutuqlaridan yoki tuman (shahar) miqyosidagi reytingning o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan past bo‘lgan taqdirda;
tekshirishga vakolatli organning mansabdor shaxsi ma’muriy vazifalarni amalga oshirayotganida umumta’lim muassasasi tomonidan qonunchilik hujjatlari talablari buzilganligi aniqlanganda;
(16-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
ommaviy axborot vositalari yoki Internet jahon axborot tarmog‘idagi manbalarda umumta’lim muassasalari faoliyatiga doir qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar e’lon qilinganda;
umumta’lim muassasalarida tashkiliy-boshqaruv, o‘quv-metodik, ma’naviy va moliyaviy jihatdan jiddiy nuqsonlar mavjudligi to‘g‘risida ishonchli ma’lumot bo‘lganda amalga oshiriladi.
17. Tekshirishga vakolatli organlar tomonidan umumta’lim muassasalari faoliyatini rejali va rejadan tashqari tekshirishlar muddati 10 kundan oshmasligi kerak.
18. Nazorat tartibida tekshirishlarni o‘tkazish tekshirishga vakolatli organlar tomonidan faqat ularning o‘zlari ilgari o‘tkazgan tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomada (ma’lumotnomada) belgilangan holatlar bo‘yicha va muddatlarda yoki tizimida umumta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari murojaatiga asosan undan oldinroq muddatlarda, tekshirishga vakolatli organning buyrug‘i asosida tegishliligi bo‘yicha tizimida umumta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalarini kamida 5 kun oldin yozma ravishda xabardor qilgan holda 10 kundan oshmagan muddatda amalga oshiriladi.
19. Ilgari o‘tkazilgan tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomada (ma’lumotnomada) muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, nazorat tartibida o‘tkaziladigan tekshirishlar ilgari tekshirish o‘tkazilgan sanadan boshlab olti oydan oshib ketishi mumkin emas.
Umumta’lim muassasasi tomonidan nazorat tartibida tekshirishlar o‘tkazishga to‘sqinlik qilinishi mumkin emas.
5-bob. Tekshirishlarni o‘tkazish tartibi
20. Rejali tekshirishni o‘tkazish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
tekshirishlar reja-jadvalidan ko‘chirma;
tekshirishga vakolatli organning tekshirish o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i;
tekshirish dasturi yoki savolnomasidan nusxa.
Rejadan tashqari tekshirishni o‘tkazish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
tekshirishga vakolatli organning tekshirish o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i;
tekshirish dasturi yoki savolnomasidan nusxa.
21. Umumta’lim muassasasi faoliyatini rejali tekshirish tartibi ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
22. Tekshirishga vakolatli organlar tomonidan rejali tekshirish o‘tkazilishidan kamida 10 kun oldin tegishliligi bo‘yicha tizimida umumta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalariga tekshirish o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq, tekshirish dasturi yoki savolnomasi ilova qilingan rasmiy xat yuboriladi.
Tizimida umumta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan rejali tekshirish o‘tkazish haqidagi rasmiy xat olingan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay o‘z tizimidagi umumta’lim muassasalariga yozma xat yoki ichki elektron hujjatlar aylanishi tizimi orqali xabar beriladi hamda tekshirish o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq, tekshirish dasturi yoki savolnoma yuboriladi.
23. Tekshirishga vakolatli organlar tekshirishlarni amalga oshirishni o‘zlarining hududiy bo‘linmalariga topshirishga haqli. Tekshirishga ularning boshqa hududiy bo‘linmalari xodimlari, mutaxassislar, ekspertlar va auditorlik tashkilotlari ham jalb etilishi mumkin.
24. Umumta’lim muassasalarining yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan filiallari faoliyatini tekshirishlar ular tarkibiga kiradigan umumta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan tekshirishlar doirasida amalga oshiriladi, rejadan tashqari tekshirishlar bundan mustasno.
25. Tekshirishni amalga oshirishdan oldin tekshirishga vakolatli organ tomonidan tekshirish o‘tkazish to‘g‘risida buyruq qabul qilinadi.
Tekshirishga vakolatli organning tekshirish o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘ida tekshiriladigan umumta’lim muassasasi nomi, tekshirishning maqsadi, tekshiruvchi mansabdor shaxslar tarkibi, tekshiriladigan davr, tekshirish o‘tkazish muddati va tekshirish o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjatning nomi, raqami va sanasi ko‘rsatiladi hamda tekshirish dasturi yoki savolnomasi ilova qilinadi.
Tekshirish jarayonida tekshirishga vakolatli organning vakolatlari va tekshirish dasturi yoki savolnomasida belgilangan masalalar doirasidan chetga chiqilmaydi.
26. Tekshirishga vakolatli organning mas’ul xodimlari tekshirish boshlanishidan oldin umumta’lim muassasasi rahbarini (rahbar bo‘lmagan taqdirda uning vazifasini bajaruvchi shaxsni) tekshirish maqsadi bilan tanishtiradi, unga o‘z xizmat guvohnomasi va tekshirishni o‘tkazishga asos bo‘ladigan hujjatlarning (tekshirishlar reja-jadvalidan ko‘chirma, tekshirishga vakolatli organning tekshirish o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i va tekshirish dasturi yoki savolnomasi) nusxalarini topshiradi.
27. Tekshirish o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjatlar nusxasi tekshirilayotgan umumta’lim muassasasiga tilxat olingan holda topshirilgan payt tekshirishni o‘tkazish boshlangan payt hisoblanadi.
Tekshirilayotgan umumta’lim muassasasining ushbu hujjatlarni olishdan bosh tortganligi tekshirishni bekor qilish uchun asos bo‘lmaydi.
Tekshirilayotgan umumta’lim muassasasi ushbu hujjatlarni olishdan bosh tortgan taqdirda, tekshirishga vakolatli organning mansabdor shaxsi tomonidan uning o‘zi va tekshirilayotgan umumta’lim muassasasi rahbari (rahbar bo‘lmagan taqdirda uning vazifasini bajaruvchi shaxs) imzolaydigan tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnoma tuziladi. Ushbu dalolatnomani umumta’lim muassasasi rahbari (rahbar bo‘lmagan taqdirda uning vazifasini bajaruvchi shaxs) imzolashdan bosh tortganda, dalolatnomaga tekshirishga vakolatli organning mas’ul xodimi tomonidan tegishli yozuv kiritiladi. Bu holda dalolatnoma imzolangan payt tekshirishni o‘tkazish boshlangan payt hisoblanadi.
28. Tekshirishga vakolatli organning mas’ul xodimlari umumta’lim muassasasi tomonidan taqdim etilgan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi Tekshirishlarni ro‘yxatga olish daftarini to‘ldirishi shart.
Texnik imkoniyat mavjud bo‘lganda majburiy tartibda Tekshirishlarni ro‘yxatga olish daftarining elektron shakli to‘ldiriladi. Bunda daftarning qog‘oz shaklini to‘ldirish talab etilmaydi.
29. Tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaga (ma’lumotnomaga) Tekshirishlarni ro‘yxatga olish daftarining to‘ldirilgan shakli (qog‘oz shakli to‘ldirilganda — elektron shakli to‘ldirilmaganligi sababi) yoki daftar taqdim etilmaganda — uning taqdim etilmaganligi to‘g‘risida tekshirishga vakolatli organning mas’ul xodimi tomonidan tegishli yozuv kiritiladi.
30. Tekshirishga vakolatli organning mas’ul xodimlari Tekshirishlarni ro‘yxatga olish daftarini to‘ldirishdan bosh tortgan taqdirda, umumta’lim muassasasida tekshirish o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
31. Tekshirishga vakolatli organ tomonidan ilgari tekshirilgan masalalar bo‘yicha qayta tekshirish hamda bir yilda bir martadan ortiq nazorat tartibidagi tekshirishlar o‘tkazilmaydi.
32. Tekshirishni belgilangan muddatda o‘tkazish imkoni bo‘lmagan hollarda, jumladan, tekshirishda ishtirok etishi lozim bo‘lgan shaxs ishtirok eta olmagan, tekshirish o‘tkazish uchun talab qilingan hujjatlar umumta’lim muassasasi tomonidan taqdim etilmagan yoki zarur mutaxassislar mavjud bo‘lmagan taqdirda, tekshirishga vakolatli organning buyrug‘i asosida tekshirish to‘xtatilib, belgilangan tartibda boshqa vaqtga ko‘chirilishi mumkin.
33. Muddati ko‘chirilgan tekshirishni o‘tkazish tekshirish to‘xtatilgan oydan keyingi oyning so‘nggi kunidan kechiktirmasdan ta’minlanishi lozim.
34. Tekshirishlar natijalari kamida ikki nusxada tuziladigan dalolatnoma (ma’lumotnoma) bilan rasmiylashtiriladi.
Umumta’lim muassasalarini tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnoma (ma’lumotnoma) tuman (shahar) yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar miqyosida umumlashtirilishi mumkin.
35. Bir kun muddatda o‘tkaziladigan tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnoma (ma’lumotnoma) tekshirish o‘tkazilgan kunda, muddati bir kundan ortiq bo‘lgan tekshirish bo‘yicha esa tekshirish muddatining oxirgi kunidan kechiktirmasdan rasmiylashtirilishi shart.
36. Tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaning (ma’lumotnomaning) nusxalari tekshirishga vakolatli organning tekshirish o‘tkazayotgan mas’ul xodimlari va umumta’lim muassasasi rahbari (rahbar bo‘lmagan taqdirda uning vazifasini bajaruvchi shaxs) yoki tegishliligi bo‘yicha tizimida umumta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari vakili tomonidan imzolanadi. Tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaning (ma’lumotnomaning) bir nusxasi umumta’lim muassasasi rahbariga (rahbar bo‘lmagan taqdirda uning vazifasini bajaruvchi shaxsga) yoki tegishliligi bo‘yicha tizimida umumta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari vakiliga uni olgan sanani ko‘rsatgan holda imzo qo‘ydirib topshiriladi va shu paytdan e’tiboran tekshirish tugagan hisoblanadi.
Tekshirilgan umumta’lim muassasasi vakili o‘tkazilgan tekshirish natijasi bo‘yicha o‘z e’tirozlarini dalolatnomada (ma’lumotnomada) yozma ravishda aks ettirishi mumkin.
Tekshirilayotgan umumta’lim muassasasi vakili tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomani (ma’lumotnomani) olishdan va (yoki) uni imzolashdan bosh tortganda, tekshirishga vakolatli organning mas’ul xodimi bu haqda tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaga (ma’lumotnomaga) tegishli yozuvni kiritadi va shu paytdan e’tiboran tekshirish tugagan hisoblanadi.
Bunday holatda tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaning (ma’lumotnomaning) nusxasi bir ish kuni davomida umumta’lim muassasasiga yoki tegishliligi bo‘yicha tizimida umumta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalariga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi.
Tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnoma (ma’lumotnoma) tekshirishga vakolatli organning ichki idoraviy hujjati bilan belgilangan tartibda ro‘yxatga olinadi.
37. Tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomada (ma’lumotnomada) quyidagilar o‘z aksini topadi:
tekshirish jarayonida aniqlangan kamchiliklar va umumiy xulosa;
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari va ularning muddati;
tekshirish jarayonida aniqlangan qonun va qoida buzilishi holatlariga nisbatan qonunchilikda belgilangan ta’sir choralari.
38. Tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnoma (ma’lumotnoma) nusxasi tekshirishga vakolatli organlar tomonidan tegishliligi bo‘yicha:
tizimida umumta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralar yoki ularning tegishli hududiy bo‘linmalariga;
hududiy hokimliklarga yoki kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha tegishli sektorlarga kiritilishi mumkin.
Ular o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomada (ma’lumotnomada) ko‘rsatilgan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish choralarini ko‘rishlari lozim.
Tekshirish jarayonida huquqbuzarlik holatlari aniqlangan taqdirda, bu haqidagi ma’lumotlar tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaga (ma’lumotnomaga) kiritilib, uning bir nusxasi dalolatnoma (ma’lumotnoma) imzolangan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay tekshirishga vakolatli organlar tomonidan majburiy tartibda tegishliligi bo‘yicha hududiy huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi.
39. Tekshirish o‘tkazish vaqtida umumta’lim muassasalari advokat xizmatidan foydalanishi mumkin.
40. Tekshirishga vakolatli organlar asosli sabablarga ko‘ra tekshirish o‘tkazish imkoni bo‘lmagan yoki zarurati qolmagan (tugatilganligi sababli moliya-xo‘jalik faoliyati yuzasidan yakuniy tekshirish o‘tkazilgan, jinoyat ishi yuzasidan tekshirilgan, boshqa muassasaga qo‘shilgan, faoliyat yuritmayotgan, tekshirish davrida tekshiriladigan obyekt mavjud bo‘lmagan va hokazo) umumta’lim muassasalarini tekshirishlar reja-jadvalidan chiqarish to‘g‘risida tegishliligi bo‘yicha tizimida umumta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalariga taklif kiritadilar.
41. O‘tkazilgan tekshirish natijalaridan norozi bo‘lgan umumta’lim muassasalari nizoli masalalarga aniqlik kiritish uchun tekshirishga vakolatli organlarning yuqori turuvchi tashkilotiga, sudga yoki prokuratura organlariga murojaat qilish huquqiga ega.
Umumta’lim muassasalari nizoli masalalarga aniqlik kiritish uchun tekshirishga vakolatli organlarning yuqori turuvchi tashkilotlariga murojaat etgan taqdirda, tekshirishga vakolatli organlar tegishliligi bo‘yicha tizimida umumta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari bilan qo‘shimcha ravishda kelishmasdan, faqat umumta’lim muassasalarining murojaatlarida ko‘rsatilgan nizoli masalalar yuzasidan aniqlik kiritadilar.
6-bob. Tekshirish jarayoni ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari
42. Tekshirishga vakolatli organlar umumta’lim muassasalari faoliyatini tekshirish jarayonida quyidagi huquqlarga ega:
umumta’lim muassasalaridan tekshirishni samarali o‘tkazish bilan bog‘liq zarur hujjatlar va boshqa axborotlarni talab qilish;
tekshirish jarayoni bilan bog‘liq zarur hujjatlardan nusxa olish;
vakolatlari doirasida umumta’lim muassasalarida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;
tizimida umumta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralar yoki ularning tegishli hududiy bo‘linmalariga hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga tekshirish jarayonida aniqlangan huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi masalani kiritish;
tekshirish jarayoniga tegishli mutaxassislar, ekspertlar va auditorlik tashkilotlarini shartnoma asosida jalb etish;
ushbu Nizomning 32-bandida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda, tekshirishlarning muddatini ko‘chirish to‘g‘risida taklif kiritish.
Tekshirishga vakolatli organlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(42-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
43. Tekshirishga vakolatli organlar umumta’lim muassasalari faoliyatini tekshirish jarayonida quyidagilarga majbur:
umumta’lim muassasalariga tekshirish o‘tkazish huquqini beruvchi zarur hujjatlarni taqdim etish;
Tekshirishlarni ro‘yxatga olish daftarini belgilangan tartibda to‘ldirish;
tekshirishlar natijalari to‘g‘risida dalolatnoma (ma’lumotnoma) rasmiylashtirish, uning bir nusxasini tekshirish tugagan kuni umumta’lim muassasasida qoldirish;
tekshirish jarayonida aniqlangan huquqbuzarlik holatlari haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga hamda yuqori turuvchi organlarga xabar berish.
Tekshirishga vakolatli organlarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.
(43-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
44. Umumta’lim muassasalari tekshirish jarayonida quyidagi huquqlarga ega:
faoliyati rejali tekshirilishi to‘g‘risidagi ma’lumotga ega bo‘lish;
tekshirishga vakolatli organlarning mas’ul shaxslaridan ularning xizmat guvohnomasi va tekshirishni o‘tkazishga asos bo‘ladigan hujjatlarni talab qilish;
tekshirishni o‘tkazishga asos bo‘ladigan hujjatlarga ega bo‘lmagan shaxslarning tekshirish o‘tkazishiga yo‘l qo‘ymaslik;
tekshirishga vakolatli organlar mas’ul shaxslarining vakolatiga kirmaydigan masalalarga oid talablarini bajarmaslik va tekshirish predmetiga taalluqli bo‘lmagan materiallarni taqdim etmaslik;
tekshirish tugagan kuni tekshirishga vakolatli organlarning mas’ul shaxslaridan tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaning (ma’lumotnomaning) nusxasini berishni talab qilish;
tekshirishga asos bo‘ladigan hujjatlarni taqdim etmaganlik, tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnoma mazmuni va tekshiruvchilar tomonidan tekshirishga aloqador bo‘lmagan har qanday qo‘shimcha ko‘rsatmalar berish yuzasidan yuqori turuvchi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudga shikoyat qilish.
Umumta’lim muassasalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(44-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
45. Umumta’lim muassasalari tekshirish jarayonida quyidagilarga majbur:
tekshirish o‘tkazish huquqini beruvchi zarur hujjatlarga ega bo‘lgan tekshirishga vakolatli organlarni umumta’lim muassasasi hududiga kiritish;
tekshirishga vakolatli organlarning qonuniy talabiga binoan tekshirish o‘tkazish bilan bog‘liq zarur hujjatlar va boshqa axborotlarni o‘z vaqtida taqdim etish;
tekshirish jarayoniga xalaqit bermaslik, tekshirishga vakolatli organlar tomonidan tekshirishni samarali o‘tkazish uchun shart-sharoitlar yaratish;
tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomada (ma’lumotnomada) ko‘rsatilgan qoidabuzarlik holatlarini o‘z vaqtida bartaraf etish choralarini ko‘rish.
Umumta’lim muassasalariga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
(45-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
46. Tekshirishga vakolatli organlarning rahbarlari umumta’lim muassasalarida tekshirish o‘tkazishga asos bo‘ladigan hujjatlarning ishonchliligi hamda tekshirishga vakolatli organlar mas’ul shaxslarining o‘z vakolatlari doirasidan chiqmasligi uchun javob beradilar.
47. Tekshirishga vakolatli organlar tomonidan tekshirishlar ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘tkazilganligi tegishliligi bo‘yicha tizimida umumta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan doimiy ravishda monitoring olib boriladi.
(47-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Tekshirishlar bo‘yicha monitoring umumta’lim muassasalarida o‘tkazilgan rejali, rejadan tashqari va nazorat tartibida o‘tkazilgan tekshirishlarning alohida ravishda hisobini yuritish, tekshirishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni tahlil qilish va ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilash orqali amalga oshiriladi. b
Umumta’lim muassasalarida noqonuniy tekshirish o‘tkazgan yoki tekshirish jarayonida o‘z vakolati doirasidan chiqqan tekshirishga vakolatli organlarning xodimlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(47-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
48. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(48-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Umumta’lim muassasalari faoliyatini tekshirish tartibi to‘g‘risida nizomga 1-ILOVA
Umumta’lim muassasasi faoliyatini rejali tekshirish tartibi
SXEMASI
Bosqichlar
Subyekt
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Tekshirishga vakolatli organlar
Umumta’lim muassasalarini yillik tekshirishlarning reja-jadvali loyihasi umumta’lim muassasalari ro‘yxati, ularning manzili, to‘liq nomi, rejali tekshirish davriyligini aniq ko‘rsatgan holda elektron shaklda tegishliligi bo‘yicha tizimida umumta’lim muassasasi bo‘lgan vazirlik va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalariga ko‘rib chiqish va kelishish uchun taqdim etiladi
Tekshirish rejalashtirilayotgan yildan oldingi yilning 1-dekabrigacha bo‘lgan muddatda
2-bosqich
Tekshirishga vakolatli organlarning hududiy bo‘linmalari
Keyingi yil uchun tekshirishlarning yillik reja-jadvalini tasdiqlaydi
(Yillik reja-jadval tekshirishga vakolatli organlarning umumta’lim muassasasini tekshirishlari bir vaqtga to‘g‘ri kelib qolmasligi hisobga olingan holda tasdiqlanadi)
Har yili
15-dekabrga qadar
Tasdiqlangan yillik reja-jadvallarning nusxalarini tegishliligi bo‘yicha umumta’lim muassasalariga yetkazib beradi
Har yili 25-dekabrga qadar
3-bosqich
Tekshirishga vakolatli organlar
Tegishliligi bo‘yicha tizimida umumta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalariga tekshirish o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq, tekshiruv dasturi yoki savolnomasi ilova qilingan rasmiy xatni yuboradi
Tekshirish o‘tkazilishidan kamida 10 kun oldin
4-bosqich
Tizimida umumta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari
O‘z tizimidagi umumta’lim muassasalariga yozma xat yoki ichki elektron hujjatlar aylanishi tizimi orqali xabar beradi hamda tekshirish o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq, tekshiruv dasturi yoki savolnomani yuboradi
Rasmiy xat olingan kundan boshlab 1 kun mobaynida
5-bosqich
Umumta’lim muassasasi hamda tekshiruvchi organ vakillari
Tekshirish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomani (ma’lumotnomani) imzolaydi
Tekshirish yakunlangan kuni
Umumta’lim muassasalari faoliyatini tekshirish tartibi to‘g‘risida nizomga 2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi maxsus bo‘linmalari
Reja-jadval
asosida
2.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati va uning hududiy bo‘linmalari
3.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi hamda uning hududiy boshqarmalari va bo‘limlari
4.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda uning tegishli hududiy bo‘linmalari
5.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va uning tegishli hududiy bo‘linmalari
6.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning tegishli hududiy bo‘linmalari
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2019-y., 09/19/352/3017-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)