|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 21.07.2004
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
XUSUSIY TADBIRKORLIKDA TAShABBUS KOʻRSATISh VA UNI RAGʻBATLANTIRISh BOʻYIChA KEChIKTIRIB BOʻLMAYDIGAN ChORA-TADBIRLAR TOʻFRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-iyuldagi 346-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlikda tashabbus koʻrsatish va uni ragʻbatlantirish toʻgʻrisida” 1995-yil 5-yanvardagi PF-1030-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonining qoidalarini amalga oshirish boʻyicha tadbirlar rejasi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1-ilova berilmaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Respublikaning tijorat banklariga xususiy tadbirkorlik tuzilmalariga ularning arizalari va roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalari asosida uch kun muddatda hisob-kitob schyotlarini ochish tavsiya etilsin.
4. “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar va korporatsiyalar bilan birgalikda tovar ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarga ularning buyurtmanomalariga binoan respublika korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan xomashyo va materiallarni odatda doimiy faoliyat koʻrsatuvchi yarmarka, Respublika tovar-xomashyo birjasi hamda “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasining boshqa ulgurji-vositachilik tuzilmalari orqali shartnomaviy asosda sotilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 31-oktabrdagi 376-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishga koʻmaklashuvchi jamgʻarmaning hududiy boʻlimlarini shakllantirishda, ijaraga berish yoki sotish yoʻli bilan zarur xonalar ajratilishiga hamda ularning unumli ishlashi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratishda har tomonlama koʻmaklashsinlar.
7. Toshkent shahar hokimligi (Toʻlaganov) Respublika koʻchmas mulk va fond birjalarini joylashtirish uchun Pravda Vostoka koʻchasi, 10-uyda joylashgan sobiq Sverdlov nomidagi konsert zali binosini ajratsin.
Davlat mulki qoʻmitasi (Fofurov), “Oʻzsuvqurilish” davlat konserni (Rakitin) koʻrsatib oʻtilgan binoni rekonstruksiya qilishni nihoyasiga yetkazsinlar.
8. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 26-fevraldagi 85-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik toʻgʻrisidagi Nizom oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosarlariga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 14-fevral,
55-son
Oʻzbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik toʻgʻrisida
nizom
I. Umumiy qoidalar
1. Xususiy tadbirkorlik — bu fuqarolar (alohida fuqaro) tomonidan oʻzlarining tavakkalchiliklari va mulkiy javobgarliklari ostida, shaxsiy daromad (foyda) olish maqsadida amaldagi qonunchilik doirasida amalga oshiriladigan tashabbuskor xoʻjalik faoliyatidir.
Faoliyatni yollanma mehnatni jalb qilgan holda amalga oshirayotgan xususiy tadbirkor yuridik shaxs sifatida ish koʻradi va korxonani roʻyxatdan oʻtkazishga majburdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Yollanma mehnatdan foydalanmaydigan xususiy tadbirkor (yakka tadbirkorlik) oʻz faoliyatini yuridik shaxsni tashkil qilmay amalga oshirishga haqlidir.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 7-iyuldagi 334-sonli qarori tahririda)
2. Xususiy tadbirkorning mulki davlat, kooperativ yoki boshqa korxonaning barcha mulki yoki uning bir qismi fuqaro mulkiga oʻtishi yoki u tomonidan xarid qilinishi, ijaradagi mulk sotib olinishi yoki u qonunda nazarda tutilgan boshqacha usullarda qoʻlga kiritilishi asosida yuzaga keladi.
3. Tadbirkorning xususiy mulkiga asoslangan korxona Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga va mazkur Nizomga muvofiq faoliyat yurituvchi xususiy korxona hisoblanadi. Oʻzining tashkiliy-huquqiy shakliga koʻra xususiy korxona unitar korxona hisoblanadi.
(3-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 27-iyundagi 276-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 12-son, 83-modda)
Ushbu Nizom xorijiy fuqarolar ishtirokidagi xususiy korxonalarni tashkil qilish, ularning faoliyati hamda ularni tugatishning huquqiy va iqtisodiy asoslariga tatbiq etiladi.
Mazkur Nizomning amal qilishi dehqon xoʻjaliklarini tashkil etish, ularning faoliyat koʻrsatishi va ularni tugatishning huquqiy va iqtisodiy asoslariga tatbiq qilinmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasida xususiy korxonaning tashkil etilishi, faoliyat koʻrsatishi va tugatilishining xususiy, iqtisodiy hamda ijtimoiy asoslari, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 15-sentabrdagi 361-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
II. Xususiy korxonani tashkil etish va davlat roʻyxatidan oʻtkazish
(II-boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)
5. Xususiy korxonalar yuridik shaxs hisoblanadilar, mustaqil balansga, muhrga, hisob-kitob schyotiga ega boʻladilar.
6. Xususiy korxona oʻzi joylashgan joydagi tumanlar, shaharlar va shaharlardagi tumanlar xokimliklarida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab yuridik shaxs huquqini oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 15-sentabrdagi 361-sonli qaroriga muvofiq chiqarilgan)
7. Xususiy korxonalar oʻz filiallari, shuʼba korxonalari va vakolatxonalarini tashkil etishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Xususiy korxonani davlat roʻyxatidan oʻtkazish tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)
III. Xususiy korxonaning mulki va uning faoliyati
11. Xususiy korxona mulkini asosiy va aylanma mablagʻlar, shuningdek, qiymati korxonaning mustaqil balansida aks ettiriladigan boshqa boyliklar tashkil qiladi.
12. Xususiy korxona egasi oʻz mulkiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid boʻlmaydigan har qanday harakatni amalga oshirishga haqlidir.
13. Xususiy korxona majburiyatlar boʻyicha shaxsiy mulk huquqida korxona egasiga tegishli boʻlgan oʻz mulki bilan javob beradi.
14. Xususiy korxona egasi ishlab chiqarish, tijorat va yuridik mustaqillikka ega boʻladi. Korxona egasi xususiy korxonani boshqarishni tashkil etadi.
15. Xususiy korxona oʻz mahsuloti (ishlar, xizmatlar)ni, ishlab chiqarish chigitlarini mustaqil yoki shartnoma asosida belgilanadigan narxlar va tariflar boʻyicha sotadi.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining barcha ishlab chiqarish xarajatlari qoplangandan, soliqlar, yigʻmalar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlangandan, shuningdek, kreditorlar bilan hisob-kitob qilingandan soʻng qoladigan daromadi (foydasi) ularning xohishiga koʻra foydalaniladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 7-iyuldagi 334-sonli qarori tahririda)
17. Faoliyatni xususiy mulk asosida amalga oshirayotgan xususiy tadbirkorlarning daromadlariga mulk egasining shaxsiy daromadi sifatida qaraladi va amaldagi qonunchilikka muvofiq soliq solinadi.
18. Xususiy tadbirkor pul mablagʻlarini saqlash va barcha turdagi hisob-kitob, kredit hamda kassa operatsiyalarini amalga oshirish uchun istalgan bankda hisob-kitob va boshqa schyotlarni ochishga haqlidir.
19. Xususiy korxona tomonidan ishlab chiqariladigan buyumlar, ularda firma belgisi yoki ishlab chiqaruvchining familiyasi, buyumning nomi yoki ramzi, buyumni ifodalovchi boshqa maʼlumotlar koʻrsatilib, albatta markirovka qilinishi kerak.
20. Xususiy korxona belgilangan shakllar boʻyicha statistika va buxgalteriya hisobini yuritadi. Xususiy korxona egasi hisobot maʼlumotlarining toʻgʻriligi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradi,
21. Xususiy korxona faoliyatini tekshirish nazorat organlari tomonidan ularning belgilangan vakolatlari doirasida, shuningdek auditorlik tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
Xususiy korxonalar faoliyatini tekshirish jarayonida nazorat va huquqni muhofaza qilish organlarining mansabdor shaxslari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirishlarni roʻyxatga olish daftariga qayd yozuvini kiritadilar.
Xususiy korxonaning faoliyati tekshirilganda tekshiruvchi organlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq korxonaning tijorat sirini tashkil qiluvchi maʼlumotlarning saqlanishiga rioya etilishini va oshkor qilinmasligini taʼminlaydilar.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 27-iyundagi 276-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 12-son, 83-modda)
IV. Xususiy korxonada ishchi kuchini yollash va mehnatga haq toʻlash tartibi
22. Xususiy korxonalar xodimlarni tomonlarning huquq va majburiyatlari koʻrsatilib yozma shaklda tuzilgan mehnat shartnomasi (kontrakti) boʻyicha yollaydilar,
23. Mehnat shartnomasi (kontrakti) quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:
maʼlum ixtisoslik, malaka yoki lavozim boʻyicha ishni bajarish majburiyati;
kontrakt tuzilgan muddat;
mehnat sharoitlari va unga haq toʻlash, ijtimoiy va tibbiy sugʻurta hamda ijtimoiy taʼminot tartibi;
xodimning ijtimoiy himoyalanganligi;
mehnat shartnomasini buzganlik uchun javobgarlik;
tomonlarning kelishuviga koʻra boshqa maʼlumotlar.
24. Xususiy korxona Oʻzbekiston Respublikasining mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilishga, korxonadagi ichki mehnat tartibi qoidalarini belgilashga, mehnat xavfsizligi, sanitariya va gigiyenasi talablariga rioya qilinishini taʼminlashga majburdir.
25. Xususiy korxonada ishlayotgan xodimlarga belgilangan tartibda mehnat daftarchasi beriladi.
26. Yollanib ishlayotgan shaxslar mehnatiga shartnoma yoki kontraktda koʻrsatib oʻtilgan haq toʻlash davlat tomonidan belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kam boʻlishi mumkin emas.
27. Xususiy tadbirkor Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ijtimoiy va tibbiy sugʻurta hamda ijtimoiy taʼminot jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar ajratadi.
28. Xususiy korxonalarda mehnatga oid nizolar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq hal qilinadi.
V. Xususiy korxonani tugatish
Oldingi tahrirga qarang.
29. Xususiy korxona mol-mulk egasining qaroriga koʻra yoxud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda sudning (xoʻjalik sudining) qarori bilan tugatiladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-sentabrdagi 427-sonli qarori tahririda)
30. Shaxsiy korxona davlat roʻyxatiga olish reyestridan chiqarilgan paytdan boshlab tugatilgan hisoblanadi.
31. Mablagʻlarning budjet va tashkilotlar, tugatilgan shaxsiy korxona xodimlaridan qarzlar belgilangan tartibda toʻlangandan soʻng qolgan qismi korxona egasiga tegishli boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
VI. Yakka tartibdagi tadbirkorlarni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi
(VI boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 7-iyuldagi 334-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
32. Yakka tartibdagi tadbirkorlik xususiy tadbirkorlik shakllaridan biri hisoblanadi va jismoniy shaxs tomonidan yuridik shaxs boʻlmasdan amalga oshiriladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 7-iyuldagi 334-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
33. Yakka tartibdagi tadbirkorni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
34. Oʻzbekiston Respublikasida qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish istagini bildirgan jismoniy shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish mazkur shaxs doimiy istiqomat qiluvchi tuman, shahar, shahardagi tuman hokimligi tomonidan ariza hamda tegishli hujjatlar taqdim etilgan vaqtdan boshlab uch kun mobaynida amalga oshiriladi. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilgan hollarda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ uch kun ichida bu toʻgʻrida jismoniy shaxsga yozma ravishda xabar berishi shart. Agar belgilangan muddatda roʻyxatdan oʻtkazish amalga oshirilmagan yoki tadbirkor asossiz deb hisoblagan sabablarga koʻra rad etilgan boʻlsa, tadbirkor sudga murojaat qilishi mumkin. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning qarori, shuningdek uning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) noqonuniy deb topilgan hollarda ular tadbirkorga roʻyxatdan oʻtkazish rad etilganligi yoki roʻyxatdan oʻtkazish muddatlariga rioya etilmaganligi oqibatida yetkazilgan zarar va maʼnaviy ziyon oʻrnini qoplaydilar.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 27-iyundagi 276-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 12-son, 83-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
VII. Xususiy tadbirkorlikka beriladigan davlat kafolatlari
36. Davlat xususiy tadbirkorning huquqlariga va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishini kafolatlaydi, erkin halol raqobat uchun sharoit yaratadi, moddiy-ashyoviy, moliyaviy, mehnat, axborot va boshqa resurslarni olishda, bu resurslar bozorining monopoliya qilinishiga yoʻl qoʻymay, teng imkoniyatlarni taʼminlaydi.
37. Agar davlat yoki boshqa organ tomonidan uning vakolatiga yoki qonunchilik talablariga muvofiq kelmaydigan hujjat chiqarilishi natijasida xususiy tadbirkorning huquqi buzilsa, u bunday hujjatni qonuniy kuchga ega emas deb eʼtirof etish toʻgʻrisida ariza bilan sudga murojaat qilishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
39. Xususiy tadbirkorlik subyektiga yetkazilgan zarar, zararni yetkazgan shaxs tomonidan toʻliq miqdorda, boy berilgan foydani ham qoʻshib hisoblagan holda qoplanadi. Qonun zarar oʻrnini qoplash majburiyatini zararni yetkazuvchi hisoblanmaydigan shaxs zimmasiga yuklashi mumkin.
Xususiy tadbirkorlik subyektiga davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining noqonuniy qarorlari natijasida yetkazilgan zarar, sud qaroriga asosan, mazkur organlar mansabdor shaxslarining aybidan qatʼi nazar, qoplanadi.
Xususiy tadbirkorlik subyektiga davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) oqibatida yetkazilgan zarar sud qaroriga asosan qoplanadi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 27-iyundagi 276-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 12-son, 83-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)
((Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1995-y., 2-son, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 12-son, 83-modda; 15-16-son, 106-modda; 2004-y., 29-son, 335-modda)