O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
Qarori
“Rieltorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 2-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2257-3]
O‘zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi va “Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasining va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2011-yil 8-avgustdagi 01/19-18/04 va 27-son “Rieltorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2257, 2011-yil 24-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 34-35-son, 357-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori N. JO‘RAYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 14-mart,
01/10-10/53-son
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i D. RAXIMOV
Toshkent sh.,
2019-yil 14-mart,
12-son
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2019-yil 14-martdagi 01/10-10/53, 12-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Rieltorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Nomi va 1-banddagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan so‘zlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. Qoidalarda:
a) nomi va muqaddimadagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan so‘zlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
b) 1-bandda:
o‘ninchi xatboshidagi “va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish” degan so‘zlar “, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
o‘n birinchi xatboshidagi “va terrorizmni moliyalashtirish” degan so‘zlar “, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish — yadroviy, kimyoviy, biologik va boshqa turdagi ommaviy qirg‘in qurolini, bunday qurolni yaratishda foydalanilishi mumkinligi ayon bo‘lgan materiallarni hamda uskunalarni yaratish, ishlab chiqarish, olish, to‘plash, saqlash, o‘tkazish, foydalanish maqsadida har qanday mablag‘-vositalarni, resurslarni berish yoki yig‘ish, boshqa xizmatlar ko‘rsatish.”;
v) 2-bandda:
to‘rtinchi xatboshidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan so‘zlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan so‘zlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
g) 3-bandda:
yettinchi xatboshidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan so‘zlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
o‘n birinchi xatboshi “faoliyatini moliyalashtirish” degan so‘zlardan keyin “va (yoki) ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
d) 4-banddagi, 29-bandning birinchi xatboshisidagi, 31 va 32-bandlardagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan so‘zlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
e) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Rieltorlik tashkilotlari har yili yanvar oyining 10-sanasidan kechiktirmasdan tayinlangan mas’ul shaxs haqidagi ma’lumotni O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) taqdim etishlari shart.
Mas’ul shaxs o‘zgargan taqdirda, bu haqda rieltorlik tashkiloti besh ish kuni mobaynida Agentlikni xabardor qilishi lozim.”;
j) 7-banddagi “Davlat raqobat qo‘mitasi” degan so‘zlar “Agentlik” degan so‘z bilan almashtirilsin;
z) 8-bandda:
birinchi xatboshidagi “va terrorizmni moliyalashtirishga” degan so‘zlar “, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “Davlat raqobat qo‘mitasi” degan so‘zlar “Agentlik” degan so‘z bilan almashtirilsin;
i) 10-bandning o‘ninchi xatboshisidagi “va terrorizmni moliyalashtirish” degan so‘zlar “, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
k) 12 va 13-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Xodimlarning so‘nggi yangiliklarga, jumladan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishning, terrorizmni moliyalashtirishning va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishning zamonaviy usullari, uslublari va yo‘nalishlari haqidagi axborotga ega bo‘lishlarini ta’minlash hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi qonun hujjatlari va majburiyatlarning barcha jihatlarini aniq tushuntirib berish maqsadida rieltorlik tashkilotlari Agentlik bilan kelishilgan holda mas’ul xodimlarni doimiy ravishda qayta tayyorgarlikdan o‘tkazishlari shart.
13. Rieltorlik tashkilotlari har yili 1-fevralgacha jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga oid faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni Agentlikka taqdim etadilar.”;
l) 14-bandning beshinchi xatboshisidagi “va terrorizmni moliyalashtirish” degan so‘zlar “, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
m) 201-bandda:
birinchi xatboshidagi “yoki terrorizmni moliyalashtirish” degan so‘zlar “, terrorizmni moliyalashtirish yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Davlat raqobat qo‘mitasiga” degan so‘zlar “Agentlikka” degan so‘z bilan almashtirilsin;
n) 291 va 30-bandlardagi “Davlat raqobat qo‘mitasi” degan so‘zlar “Agentlik” degan so‘z bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/2257-3/2867-son)