Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.09.2020
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Tijorat banklari tomonidan norezidentlarning O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi hisobvaraqlarini yuritish tartibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 25-martda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 510-5]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 29-avgustdagi 18/5-sonli “O‘zbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3281, 31.08.2020-y.) asosan 2020-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 1998-yil 5-sentabrda 231-son bilan tasdiqlangan Tijorat banklari tomonidan norezidentlarning O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi hisobvaraqlarini yuritish tartibiga (ro‘yxat raqami 510, 1998-yil 22-oktabr) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 16-fevral,
3/7-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-fevraldagi 3/7-son qaroriga
ILOVA
Tijorat banklari tomonidan norezidentlarning O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi hisobvaraqlarini yuritish tartibiga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“uyushgan savdolarda jamiyat aksiyalarini sotib olishni (sotishni) amalga oshiruvchilarga;”;
to‘rtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin.
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“vakolatxona tashkil etgan norezident — yuridik shaxsning O‘zbekiston Respublikasidagi investitsion faoliyati natijasida olingan dividendlari va boshqa daromadlari;”;
oltinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin.
3. 2.4-banddan uchinchi jumla chiqarib tashlansin.
4. 5.2-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“doimiy muassasa tashkil etgan norezident — yuridik shaxsning O‘zbekiston Respublikasidagi investitsion faoliyati natijasida olingan dividendlari va boshqa daromadlari.”.
5. 6-bo‘limning nomi va 6.1-band “savdolarida qatnashuvchi” degan so‘zlardan keyin “va uyushgan savdolarda jamiyat aksiyalarini sotib olishni (sotishni) amalga oshiruvchi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“uyushgan savdolarda aksiyalarni sotib olishdan (sotishdan) tushgan mablag‘lar;”;
uchinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.03.2019-y., 10/19/510-5/2815-son)