OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ XOʻJALIGI VAZIRLIGINING
Qarori
Fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan tizimini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 18-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1781-4]
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi, “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2008-yil 21-yanvardagi 1 va 1/2-son qarori (roʻyxat raqami 1781, 2008-yil 26-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 12-13-son, 81-modda) bilan tasdiqlangan Fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan tizimini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 6-mart,
33-son
Qishloq xoʻjaligi vaziri J. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 6-mart,
58-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligining 2019-yil 6-martdagi 33, 58-son qaroriga
ILOVA
Fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan tizimini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 14-bandning ikkinchi xatboshisi va 15-banddan “va muhr bilan tasdiqlanadi (muhr mavjud boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. 25-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “lizing shartnomasi” degan soʻzlar “moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2019-y., 10/19/1781-4/2779-son)