Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 14.04.2023
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga moliyaviy hisobotlar va elektron ma’lumotlarni taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 11-martda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2994-1]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 6-dekabrdagi 28/3-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3411, 11.01.2023-y.) asosan 2023-yil 14-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida”gi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 17-martdagi 9/6-son qarori (ro‘yxat raqami 2994, 2018-yil 5-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2018-y., 14-son, 294-modda) bilan tasdiqlangan Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga moliyaviy hisobotlar va elektron ma’lumotlarni taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 23-fevral,
4/13-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 23-fevraldagi 4/13-son qaroriga
ILOVA
Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga moliyaviy hisobotlar va elektron ma’lumotlarni taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilyotgan o‘zgartirishlar
1. 6-banddan “tashkilotning muhri bilan tasdiqlanadi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
2. 2 — 5-ilovalardan “muhr” degan so‘z chiqarib tashlansin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 10/19/2994-1/2733-son)