O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish hamda uzumchilik va vinochilikni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida
Uzumchilik va vinochilikni yanada rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan alkogol va tamaki mahsulotlarini realizatsiya qilish tizimini takomillashtirish, ularning ishlab chiqarilishi va aylanmasini samarali monitoring qilish, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish va mamlakatning investitsion jozibadorligini oshirish, shuningdek 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-2-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 23-iyuldagi PF-6033-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6033/1094-son)
3. Shunday tartib belgilansinki, unga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-42-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son)
Oldingi tahrirga qarang.
iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi belgilangan tartibda beriladigan litsenziyalar asosida amalga oshiriladi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 23-iyuldagi PF-6033-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6033/1094-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 45-sonli “Iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish, idishlarga quyish, saqlash va ulgurji sotishni hisobga olish hamda nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar mahsulotni faqat ulgurji tashkilotlarga realizatsiya qiladi, pivo mahsulotlari, ko‘piklanadigan va tabiiy vinolar bundan mustasno;
barcha yuridik shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shug‘ullanishga haqli;
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 45-sonli “Iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish, idishlarga quyish, saqlash va ulgurji sotishni hisobga olish hamda nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
ko‘piklanadigan va tabiiy vinolarni realizatsiya qilish barcha savdo korxonalari, shuningdek mehmonxonalar xizmatlarini hamda alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqini beruvchi ruxsat etish guvohnomasi bo‘lmasdan turib umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin;
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-dekabrdagi PF-214-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 06/24/214/1018-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshidagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi huzuridagi etil spirti sifatini aniqlash bo‘yicha laboratoriyalar, ularning tegishli tarzda ishlashi uchun zarur texnik sharoitlarni ta’minlaydigan iste’mol etil spirtini ishlab chiqaruvchi korxonalarda joylashadi;
(3-bandning oltinchi xatboshisi Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 23-iyuldagi PF-6033-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6033/1094-son)
alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar oldindan to‘lovni amalga oshirmasdan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-avgustdagi PF-6280-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.08.2021-y., 06/21/6280/0811-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi PF-84-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son)
4. 2020-yil 1-yanvardan boshlab aroq va (yoki) likyor-aroq mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar uchun alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishga quyidagi qo‘shimcha litsenzion talablar joriy etilsin:
uch yil ichida o‘zining texnik uzum navlari plantatsiyalarini bir tekis yaratish va kelgusida vino materiallari va (yoki) vino ishlab chiqarishni tashkil qilish. Bunda texnik uzum navlari ekilganidan keyingi uch yildan so‘ng texnik uzum navlari plantatsiyalarining maydoni aroq va (yoki) likyor-aroq mahsulotlarini yillik ishlab chiqarish hajmining 75 foiziga mutanosib keladigan vino materiallari va (yoki) vino ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan hosilni yig‘ish imkonini berishi kerak;
aroq hamda iste’mol etil spirtidan aroq va likyor-aroq mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha mavjud yillik ishlab chiqarish quvvatlaridan o‘rnatilgan quvvatlarning 60 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda foydalanilishini ta’minlash. Bunda yillik ishlab chiqarish hajmi absolyut alkogolga qayta hisoblaganda kamida 100 ming dekalitrni tashkil qilishi lozim;
aroq ishlab chiqarmaydigan korxonalarda iste’mol etil spirtidan likyor-aroq mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha mavjud yillik ishlab chiqarish quvvatlaridan o‘rnatilgan quvvatlarning 50 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda foydalanilishini ta’minlash.
Bunda uzum, mevalar va rezavordan tayyorlangan alkogol mahsulotlariga minimal ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha litsenzion talab o‘rnatilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Etil spirti, alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi tomonidan alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirishga ilgari berilgan litsenziyalar, amal qilish muddatidan qat’i nazar, 2020-yil 1-yanvargacha haqiqiy hisoblanadi va yangi litsenziya talablarini hisobga olgan holda qayta rasmiylashtirilishi shart.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-iyuldagi PF-5771-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2019-y., 06/19/5771/3474-son — 2019-yil 15-avgustdan kuchga kiradi)
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi:
Toshkent shahri, Abay ko‘chasi, 6-uy manzili bo‘yicha joylashgan tugatilayotgan “O‘zsharobsanoat” AJning bino va inshootlarini jihozlari va tashkiliy texnikasi bilan birga Agentlik va Inspeksiyaning operativ boshqaruviga berish, shuningdek tugatish jarayoni yakunlanganidan keyin jamiyatning qolgan pul mablag‘lari va asosiy vositalarini Agentlik va Inspeksiyaga teng ulushlarda taqsimlash;
bir oy muddatda “O‘zstandart” agentligi balansidagi etil spirtning sifatini aniqlash bo‘yicha laboratoriyalar mulkini Inspeksiyaning operativ boshqaruviga berish;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-iyuldagi PQ-4381-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2019-y., 07/19/4381/3375-son)
2019-yilning oxirigacha “O‘zsharobsanoat” AJning mazkur Farmonga 1-ilovada ko‘zda tutilgan agrofirmalar, ulgurji bazalar va boshqa tashkilotlar ustav jamg‘armalaridagi davlat ulushlarini belgilangan tartibda savdoga qo‘yishni ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi salohiyatli, jumladan xorijiy investorlarni mazkur Farmonga muvofiq realizatsiya qilinadigan obyektlar haqida keng xabardor qilish va ularni xarid qilishga jalb etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni qabul qilsin.
7. Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda, texnologik va iqtisodiy maqsadga muvofiqligini inobatga olgan holda, iste’mol etil spirtini ishlab chiqaruvchilar tomonidan o‘z bug‘doyzorlarini tashkil qilish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ikki oy muddatda mazkur Farmon talablarini inobatga olgan holda, jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
alkogol mahsulotlari aylanmasini hisobga olish axborot tizimiga ulanishni asosiy litsenziya talabi sifatida belgilagan holda alkogol mahsulotining ulgurji savdosini amalga oshirish bo‘yicha litsenziya faoliyatining yangi turini joriy etish;
alkogol va tamaki mahsulotlarining ta’lim, sport va diniy muassasalardan to‘g‘ri chiziq bo‘yicha ikki yuz metrdan ortiq radiusda joylashgan savdo obyektlarida, shuningdek umumiy savdo maydoni ming kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan savdo majmualari (bozorlar) va yarmarka pavilyonlarida realizatsiya qilish;
respublika hududiga alkogol mahsulotlarini polietilen, polistirol va boshqa polimer materiallardan tayyorlangan polimer iste’mol idishlarida olib kirishga taqiq va javobgarlikni o‘rnatish, pivo va vino mahsulotlari bundan mustasno.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritilsin.
11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 5-fevral,
PF-5656-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PF-5656-son Farmoniga
1-ILOVA
“O‘zsharobsanoat” AJning O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga beriladigan tashkilotlar ustav kapitallaridagi ulushlari
ro‘yxati
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Tashkilot nomi

Hudud

“O‘zsharobsanoat” AJ ulushi

(foizlarda)

Etil spirti ishlab chiqaruvchi korxonalar

1.

“Andijon biokimyo zavodi” AJ

Andijon viloyati

51,02

2.

“Biokimyo” AJ

Toshkent viloyati

51,0

3.

“Bektemir-spirt eksperimental zavodi” AJ

Toshkent sh.

51,0

Alkogol, likyor-aroq va vinochilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar

1.

No‘kis vino zavodi” AJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

51,0

2.

“Shohrud” AJ

Buxoro viloyati

51,0

3.

“Shahrisabz vino-aroq” AJ

Qashqadaryo viloyati

51,01

4.

“Namanganvino” AJ

Namangan viloyati

57,24

5.

“Xovrenko nomidagi Samarqand vino kombinati” AJ

Samarqand viloyati

51,0

6.

“Denov vino-aroq” AJ

Surxondaryo viloyati

51,0

7.

“Sirdaryovino” AJ

Sirdaryo viloyati

51,0

8.

“Konvin”AJ

Toshkent viloyati

51,0

9.

“Mastona” AJ

Farg‘ona viloyati

51,0

10.

“Urganchsharob” AJ

Xorazm viloyati

53,94

11.

“O‘zbekiston shampani” AJ

Toshkent sh.

51,0

12.

“Toshkentvino kombinati” AJ

Toshkent sh.

51,79

“Sharobsavdo” ulgurji bazalari

1.

“Qoraqalpoqsharobsavdo” MCHJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

100,0

2.

“To‘rtko‘lsharobsavdo” MCHJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

100,0

3.

“Ellikqal’asharobsavdo” MCHJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

100,0

4.

“Taxiatosh shahar sharobsavdo” MCHJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

100,0

5.

“Beruniysharobsavdo” MCHJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

100,0

6.

“Qo‘ng‘irotsharobsavdo” MCHJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

100,0

7.

“Andijonsharobsavdo” MCHJ

Andijon viloyati

100,0

8.

“Qo‘rg‘ontepasharobsavdo” MCHJ

Andijon viloyati

100,0

9.

“Shahrixonsharobsavdo” MCHJ

Andijon viloyati

100,0

10.

“Qoradaryosharobsavdo” MCHJ

Andijon viloyati

100,0

11.

“Baliqchi tuman sharobsavdo” MCHJ

Andijon viloyati

100,0

12.

“Xo‘jaobodsharobsavdo” MCHJ

Andijon viloyati

100,0

13.

“G‘ijduvonsharobsavdo” MCHJ

Buxoro viloyati

100,0

14.

“Olot tuman sharobsavdo” MCHJ

Buxoro viloyati

100,0

15.

“Buxoro shahar sharobsavdo” MCHJ

Buxoro viloyati

100,0

16.

“Tozasharob” MCHJ

Buxoro viloyati

100,0

17.

“Jondorsharobsavdo” MCHJ

Buxoro viloyati

100,0

18.

“Peshku tuman sharobsavdo” MCHJ

Buxoro viloyati

100,0

19.

“Do‘stliksharobsavdo” MCHJ

Jizzax viloyati

100,0

20.

“Dashtobodsharobsavdo” MCHJ

Jizzax viloyati

100,0

21.

“Marjonbuloqsharobsavdo” MCHJ

Jizzax viloyati

100,0

22.

“Bahmalsharobsavdo” MCHJ

Jizzax viloyati

100,0

23.

“G‘allaorol tuman sharobsavdo” MCHJ

Jizzax viloyati

100,0

24.

“Zominsharobsavdo” MCHJ

Jizzax viloyati

100,0

25.

“Kitobsharobsavdo” MCHJ

Qashqadaryo viloyati

100,0

26.

“Nishon tuman sharobsavdo” MCHJ

Qashqadaryo viloyati

100,0

27.

“Yakkabog‘sharobsavdo” MCHJ

Qashqadaryo viloyati

100,0

28.

“Qarshisharobsavdo” MCHJ

Qashqadaryo viloyati

100,0

29.

“Qiziltepasharobsavdo” MCHJ

Navoiy viloyati

100,0

30.

“Navoiy viloyat sharobsavdo” MCHJ

Navoiy viloyati

100,0

31.

“Xatirchisharobsavdo” MCHJ

Navoiy viloyati

100,0

32.

“Zarafshonsharobsavdo” MCHJ

Navoiy viloyati

100,0

33.

“Chortoq tuman sharobsavdo” MCHJ

Namangan viloyati

100,0

34.

“Qorako‘lsharobsavdo” MCHJ

Namangan viloyati

100,0

35.

“Yangiqo‘rg‘onsharobsavdo” MCHJ

Namangan viloyati

100,0

36.

“Samarqand shahar sharobsavdo” MCHJ

Samarqand viloyati

100,0

37.

“Samarqand tuman sharobsavdo” MCHJ

Samarqand viloyati

100,0

38.

“Oqariqsharobsavdo” MCHJ

Samarqand viloyati

100,0

39.

“Kattaqo‘rg‘on shahar sharobsavdo” MCHJ

Samarqand viloyati

100,0

40.

“Siyosharobsavdo” MCHJ

Samarqand viloyati

100,0

41.

“Ishtixonsharobsavdo” MCHJ

Samarqand viloyati

100,0

42.

“Sifatsharobsavdo” MCHJ

Samarqand viloyati

100,0

43.

“Denovsharobsavdo” MCHJ

Surxondaryo viloyati

100,0

44.

“Qumqo‘rg‘onsharobsavdo” MCHJ

Surxondaryo viloyati

100,0

45.

“Jarqo‘rg‘onsharobsavdo” MCHJ

Surxondaryo viloyati

100,0

46.

“Oltinsoy tuman sharobsavdo” MCHJ

Surxondaryo viloyati

100,0

47.

“Maliksharobsavdo” MCHJ

Sirdaryo viloyati

100,0

48.

“Mirzaobodsharobsavdo” MCHJ

Sirdaryo viloyati

100,0

49.

“Guliston shahar sharobsavdo” MCHJ

Sirdaryo viloyati

100,0

50.

“Toshkentsharobsavdo” MCHJ

Toshkent viloyati

100,0

51.

“Qibraysharobsavdo” MCHJ

Toshkent viloyati

100,0

52.

“Kelessharobsavdo” MCHJ

Toshkent viloyati

100,0

53.

“Damachisharobsavdo” MCHJ

Toshkent viloyati

100,0

54.

“O‘zgarishsharobsavdo” MCHJ

Toshkent viloyati

100,0

55.

“Olmaliqsharobsavdo” MCHJ

Toshkent viloyati

100,0

56.

“Yangiyo‘lsharobsavdo” MCHJ

Toshkent viloyati

100,0

57.

“Chirchiqsharobsavdo” MCHJ

Toshkent viloyati

100,0

58.

“Quyichirchiqsharobsavdo” MCHJ

Toshkent viloyati

100,0

59.

“O‘rtaovulsharobsavdo” MCHJ

Toshkent viloyati

100,0

60.

“Ohangaron shahar sharobsavdo” MCHJ

Toshkent viloyati

100,0

61.

“Chinozsharobsavdo” MCHJ

Toshkent viloyati

100,0

62.

“Bekobodsharobsavdo” MCHJ

Toshkent viloyati

100,0

63.

“G‘azalkentsharobsavdo” MCHJ

Toshkent viloyati

100,0

64.

“Bo‘stonliq tuman sharobsavdo” MCHJ

Toshkent viloyati

100,0

65.

“Osiyosharobsavdo” MCHJ

Farg‘ona viloyati

100,0

66.

“Qo‘qon shahar sharobsavdo” MCHJ

Farg‘ona viloyati

100,0

67.

“Vodilsharobsavdo” MCHJ

Farg‘ona viloyati

100,0

68.

“Xorazmsharobsavdo” MCHJ

Xorazm viloyati

100,0

69.

“Xonkasharobsavdo” MCHJ

Xorazm viloyati

100,0

70.

“Xivasharobsavdo” MCHJ

Xorazm viloyati

100,0

71.

“Yangibozorsharobsavdo” MCHJ

Xorazm viloyati

100,0

72.

“Qo‘shko‘pirsharobsavdo” MCHJ

Xorazm viloyati

100,0

73.

“Markazsharobsavdo” MCHJ

Toshkent sh.

100,0

74.

“Oynursharobsavdo” MCHJ

Toshkent sh.

100,0

75.

“Faizsharobsavdo” MCHJ

Toshkent sh.

100,0

76.

“Chilonzor tuman sharobsavdo” MCHJ

Toshkent sh.

100,0

77.

“Mirzo Ulug‘bek tuman hududiy ixtisoslashgan sharob-savdo bazasi” MCHJ

Toshkent sh.

100,0

78.

“Yantarsharobsavdo” MCHJ

Toshkent sh.

100,0

79.

“Yunusobod tuman sharobsavdo” MCHJ

Toshkent sh.

100,0

80.

“Uchtepasharobsavdo” MCHJ

Toshkent sh.

100,0

81.

“Shayhontoxursharobsavdo” MCHJ

Toshkent sh.

100,0

82.

“Sharqsharobsavdo” MCHJ

Toshkent sh.

100,0

Agrofirmalar

1.

“Agroexport RK-group” MCHJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

3,35

2.

“Vodiy mirishkori agrofirmasi” MCHJ

Andijon viloyati

10,0

3.

“Oltin shingil agrofirmasi” MCHJ

Andijon viloyati

2,38

4.

“Uzumsharobeksport” MCHJ

Andijon viloyati

10,0

5.

“Buxaraagrofrukt” MCHJ

Buxoro viloyati

1,9

6.

“Shofirkon uzum” MCHJ

Buxoro viloyati

5,86

7.

“Buxaraagromirimpeks” MCHJ

Buxoro viloyati

14,2

8.

“Baxmalagrosilver” MCHJ

Jizzax viloyati

5,92

9.

“G‘allaorol agrotex gold” MCHJ

Jizzax viloyati

14,66

10.

“Yangioboduzumservis” MCHJ **

Jizzax viloyati

93,5

11.

“Shahrisabz noz-nematlari” MCHJ

Qashqadaryo viloyati

5,57

12.

“Kitobuzumservis” MCHJ

Qashqadaryo viloyati

74,95

13.

“Tupchoq uzumzorlari” MCHJ

Qashqadaryo viloyati

8,44

14.

“Yakkaboguzumservis” MCHJ

Qashqadaryo viloyati

9,0

15.

“Jannatmakon saxovati agrofirmasi” MCHJ

Navoiy viloyati

9,1

16.

“Xatirchi uzumzori” MCHJ

Navoiy viloyati

17,92

17.

“Quyoshli yurt uzumi” MCHJ

Namangan viloyati

11,2

18.

“Kapitalagroimpeks” MCHJ

Namangan viloyati

2,3

19.

“Urgut zamin sohibkori” MCHJ

Samarqand viloyati

5,93

20.

“Sirdaryo mo‘minobod toklari” MCHJ

Samarqand viloyati

10,0

21.

“Bulung‘urmevaeksport” MCHJ

Samarqand viloyati

5,2

22.

“Charosagrouzumlari” MCHJ

Samarqand viloyati

8,06

23.

“Agromevauzum” MCHJ

Samarqand viloyati

10,0

24.

“Maroqand oxalik uzumlari” MCHJ

Samarqand viloyati

10,0

25.

“Kattaqo‘rg‘on maska uzum bog‘lari” MCHJ

Samarqand viloyati

10,0

26.

“Ishtixonmevaeksport” MCHJ

Samarqand viloyati

10,0

27.

“Dilkisho-sifat” MCHJ

Samarqand viloyati

9,99

28.

“Shashmohkashob” MCHJ

Surxondaryo viloyati

0,99

29.

“Qumqo‘rg‘on agrofirmasi” MCHJ

Surxondaryo viloyati

10,0

30.

“Oltinsoy kamalagi” MCHJ

Surxondaryo viloyati

10,0

31.

“Qorasuvmevasabzavod” MCHJ

Surxondaryo viloyati

4,72

32.

“Mirzaobodanorzoruzumzorlari” MCHJ

Sirdaryo viloyati

74,7

33.

“Agrobiznesparkent” MCHJ

Toshkent viloyati

5,91

34.

“Parkentkonsaltingtexnikservis” MCHJ

Toshkent viloyati

73,8

35.

“Bo‘stonliquzumservis” MCHJ

Toshkent viloyati

2,97

36.

“Yangiyo‘ldavragro” MCHJ

Toshkent viloyati

5,87

37.

“Fayzmegamax” MCHJ

Toshkent viloyati

9,38

38.

“Ohangaronuzumagro” MCHJ

Toshkent viloyati

10,0

39.

“Zangiotauzummahsulotsavdo” MCHJ

Toshkent viloyati

10,0

40.

“Mastona Osiyo Namkor” MCHJ

Farg‘ona viloyati

1,31

41.

“Quvasoyuzumzori” MCHJ

Farg‘ona viloyati

10,0

42.

“Xorazmuzumitayyorlovsavdo” MCHJ

Xorazm viloyati

1,71

Boshqa tashkilotlar

1.

“Yangiobod uzumchilik o‘quv markazi” MCHJ

Jizzax viloyati

1,25

2.

“Uzagroelectron” MCHJ

Qashqadaryo viloyati

100

3.

“Yakkabog‘sharobkonserva” MCHJ

Qashqadaryo viloyati

98,53

4.

“Chorraxamuzmeva” MCHJ

Qashqadaryo viloyati

42,8

5.

“Original gold garden” MCHJ

Qashqadaryo viloyati

32,2

6.

“Davr sharob” MCHJ

Qashqadaryo viloyati

24,3

7.

“Subtropik ekinlari” MCHJ

Surxondaryo viloyati

100

8.

“Xo‘jaipok sanatoriyasi sog‘lomlashtirish majmuasi” MCHJ

Surxondaryo viloyati

42,9

9.

“Chotqol” MCHJ

Toshkent viloyati

12,5

10.

“Vinagroimpeks” MCHJ

Toshkent sh.

52,51

11.

“Mark and Control Sys.” MCHJ

Toshkent sh.

30,0

12.

“Vinolar markazi” MCHJ

Toshkent sh.

12,0

13.

“Qishloq hayoti” gazetasi tahririyati” MCHJ

Toshkent sh.

12,0

14.

“BLKTB-Mevasabzavot” MCHJ

Toshkent sh.

11,35

15.

“Sharobsoz” MCHJ

Toshkent sh.

4,34

16.

“Qishloq qurilish invest” MCHJ

Toshkent sh.

2,75

17.

“Qishloq qurilish bank” ATB

Toshkent sh.

1,20

18.

“Savdogar” ATB

Toshkent sh.

0,02

19.

“O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” AJ

Toshkent sh.

0,0003

** “Yangioboduzumservis” MCHJga nisbatan mulkiy huquq va majburiyatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tadi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PF-5656-son Farmoniga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan
o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilovaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-sonli Farmoniga asosan 3-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi PF-5527-son “Idoralararo kollegial organlarni tubdan qisqartirish va yanada optimallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni 1-ilovasining rus tilidagi matni 65-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

65.

Komissiya Kabineta Ministrov po litsenzirovaniyu deyatelnosti po proizvodstvu etilovogo spirta, alkogolnoy produksii i proizvodstvu tabachnix izdeliy

Postanovleniye Kabineta Ministrov Respubliki Uzbekistan ot 7-aprelya 2017 goda № 192 “Ob utverjdenii obnovlennogo sostava Komissii Kabineta Ministrov po litsenzirovaniyu deyatelnosti po proizvodstvu etilovogo spirta, alkogolnoy produksii i proizvodstvu tabachnix izdeliy”

Inspeksiya po regulirovaniyu alkogolnogo i tabachnogo rinka pri Ministerstve finansov Respubliki Uzbekistan

.

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 7-noyabrdagi PQ-505-son “Alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida:
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-avgustdagi PF-6280-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.08.2021-y., 06/21/6280/0811-son)
b) 2-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;
v) 4-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-fevraldagi PQ-3573-son “Vinochilik sohasini va alkogolli mahsulotlarni realizatsiya qilishni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori 2-bandining beshinchi xatboshi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Bunda ushbu faoliyatga mazkur bandning to‘rtinchi xatboshi talablari tatbiq etilmaydi”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.02.2019-y., 06/19/5656/2586-son, 04.07.2019-y., 07/19/4381/3375-son, 24.07.2019-y., 06/19/5771/3474-son; 24.07.2020-y., 06/20/6033/1094-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son, 23.08.2021-y., 06/21/6280/0811-son, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son; 05.06.2024-y., 06/24/84/0400-son; 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son; 11.12.2024-y., 06/24/214/1018-son; 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)