|
Hujjat 24.01.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish |
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining
Qarori
“Korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli monitoringi va tahlilini oʻtkazish mezonlarini aniqlash tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga qoʻshimcha va oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 23-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1469-5]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabrdagi 1013-son “Davlat ishtirokidagi korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari N. ShARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 11-yanvar,
02/16-10/40-son
Kelishilgan:
Moliya vaziri D. KUChKAROV
2019-yil 11-yanvar
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2019-yil 11-yanvardagi 02/16-10/40-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasining 2005-yil 16-martdagi GS-05/0271/1-son “Korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli monitoringi va tahlilini oʻtkazish mezonlarini aniqlash tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1469, 2005-yil 14-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 15-16-son, 119-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2011-yil 28-dekabrdagi 13-son “Korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli monitoringi va tahlilini oʻtkazish mezonlarini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1469-1, 2012-yil 23-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 3-4-son, 34-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2013-yil 5-iyuldagi 01/22-26/04-son “Korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli monitoringi va tahlilini oʻtkazish mezonlarini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1469-2, 2013-yil 17-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 29-son, 378-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2013-yil 19-noyabrdagi 01/22-26/24-son “Korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli monitoringi va tahlilini oʻtkazish mezonlarini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1469-3, 2013-yil 26-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 48-son, 627-modda).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2017-yil 27-iyundagi 01/16-1-10/10-son “Korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli monitoringi va tahlilini oʻtkazish mezonlarini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1469-4, 2017-yil 3-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 27-son, 627-modda).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2019-y., 10/19/1469-5/2530-son)