|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 15.08.2022
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi loyiha boshqaruvi milliy agentligining
buyrugʻi
Kripto-birjalar faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 22-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3127]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2022-yil 14-iyuldagi 32-sonli “Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3380, 15.08.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-iyuldagi PQ-3832-son “Oʻzbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2018-yil 2-sentabrdagi PQ-3926-son “Oʻzbekiston Respublikasida kripto-birjalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Kripto-birjalar faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor D. LI
Toshkent sh.,
2019-yil 21-yanvar,
16-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2019-yil 21-yanvardagi 16-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Kripto-birjalar faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-iyuldagi PQ-3832-son “Oʻzbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2018-yil 2-sentabrdagi PQ-3926-son “Oʻzbekiston Respublikasida kripto-birjalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq kripto-birjalar faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
blokcheyn — barcha maʼlumotlar ketma-ket qayd qilinadigan va bloklar boʻyicha joylashtiriladigan taqsimlangan maʼlumotlar reyestri, bunda har bir yangi blok oldingi blokka kriptografik imzo orqali bogʻlanadi;
kripto-aktiv — qiymatga ega va egasi boʻlgan blokcheyndagi qaydlar majmuasi;
kripto-birja — kripto-aktivlarni ayirboshlash, sotib olish va sotish uchun elektron maydoncha taqdim etadigan tashkilot.
2. Kripto-birjalar faoliyatini litsenziyalash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (bundan buyon matnda litsenziyalovchi organ deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Kripto-birjalar faoliyatini litsenziyalash mazkur Nizomning 1-ilovasida berilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
3. Kripto-birja faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi) faqat chet el yuridik shaxslariga ular tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida shuʼba yoki boshqa korxonalarni ochish orqali beriladi.
Chet el yuridik shaxsning shuʼba yoki boshqa korxonasi oʻz faoliyatini chet el yuridik shaxs nomiga berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Chet el yuridik shaxslarining kripto-birjalar faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan shuʼba yoki boshqa korxonalarining ustav kapitallarida (fondlarida) yuridik shaxslarni — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlarini ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
4. Kripto-birja faoliyatini amalga oshirish uchun namunaviy litsenziya beriladi.
5. Litsenziya nomuayyan muddatga beriladi.
6. Yuridik shaxsda kripto-birja faoliyatini amalga oshirish huquqi litsenziya berilgan vaqtdan boshlab vujudga keladi.
7. Litsenziyani boshqa yuridik shaxsga berish taqiqlanadi.
71. Oʻzbekiston Respublikasi hududida kripto-birja savdolarni amalga oshirish tartibi mazkur Nizomning 1a-ilovasiga muvofiq Kripto-birja savdolarini amalga oshirish qoidalariga asosan belgilanadi.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining 2019-yil 6-dekabrdagi 172-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3127-3, 20.12.2019-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 10/19/3127-3/4185-son)
2-bob. Litsenziya talablari va shartlari
8. Quyidagilar kripto-birja faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
a) ariza berilgan sanada pul mablagʻi shaklida bazaviy hisoblash miqdorining kamida oʻttiz ming baravari miqdorida shakllantirilgan ustav jamgʻarmasi mavjudligi, shundan yigirma ming baravari Oʻzbekiston Respublikasining tijorat bankida alohida hisobvaraqda zaxiraga qoʻyiladi;
(8-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2019-yil 19-iyundagi 111-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3127-2, 08.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2019-y., 10/19/3127-2/3389-son — 2019-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
b) Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan serverlarga joylashtirilgan hamda mazkur Nizomda nazarda tutilgan talablarga javob beradigan ishlab turgan elektron kripto-birja savdo tizimi mavjudligi;
v) kripto-birja savdo qoidalarining mavjudligi, ularda quyidagilar koʻzda tutilishi shart:
ishtirokchilarga kripto-birja savdolarida ishtirok etishga ruxsat berish tartibi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarini bajarilishini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar;
(8-band “v” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
kripto-aktivlarni muomalaga qoʻyish va muomaladan chiqarishga ruxsat berish tartib-taomillari;
kripto-aktivlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish va ularni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi;
bitimlar tuzishda kripto-birja savdolari ishtirokchilari oʻrtasida oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi;
kripto-birja xizmatidan foydalanganlik uchun toʻlov miqdori va uni belgilash tartibi;
kripto-birjalarda narxlar manipulatsiyasi va maxfiy axborotdan noqonuniy foydalanishning oldini olish choralari;
kripto-aktivlardan gʻayriqonuniy maqsadlarda foydalanishni taqiqlash;
g) kripto-aktivlarni ularga boʻlgan talab va taklif asosida kotirovkalash;
d) mijozlarning kripto-aktivlar bilan operatsiyalari toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek, ularning identifikatsiya maʼlumotlarini va mijozlar bilan oʻzaro munosabatlar boʻyicha materiallarni, jumladan ish yozishmalarini besh yil davomida saqlash;
e) kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga amal qilish;
(8-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
j) kripto-birja faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq axborotlarni litsenziyalovchi organ talabi bilan taqdim etish.
9. Kripto-birja ustav fondi faqat uning taʼsischilari pul mablagʻlaridan shakllantiriladi.
Kreditga va garovga olingan mablagʻlardan hamda boshqa jalb etilgan mablagʻlardan kripto-birja ustav fondini shakllantirish uchun foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
3-bob. Litsenziya olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
10. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori litsenziyalovchi organga yozma shaklda, shu jumladan pochta orqali yoki elektron hujjat tarzida quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza, unda yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan eri (pochta manzili), elektron pochta manzili, bank muassasasining nomi va bank muassasasida talab qilib olinguncha depozit hisob raqami koʻrsatiladi;
b) litsenziya talabgori davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
v) mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda kripto-birjaning apparat-dasturiy realizatsiyasi tavsifi;
g) kripto-birja savdosining tasdiqlangan qoidalari namunasi;
d) ustav fondining zaxiralangan summasining mavjudligi toʻgʻrisida tijorat bankdan maʼlumotnoma.
Barcha hujjatlar rahbar tomonidan imzolanishi, hujjatlar elektron hujjat tarzida taqdim etilganda esa elektron raqamli imzo orqali tasdiqlanishi kerak.
(10-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2019-yil 18-fevraldagi 41-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3127-1, 22.02.2019-y.) tahrirda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2019-y., 10/19/3127-1/2657-son)
Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
11. Litsenziya talabgori tomonidan litseziyalovchi organga taqdim etilgan arizalar quyidagicha qabul qilinadi:
shaxsan kelib — ariza egasining ariza nusxasida qabul qilib olingan sanasi belgisi qoʻyilgan tartibda;
pochta aloqasi orqali — qabul qilinganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xati orqali:
elektron aloqa orqali — ariza qabul qilinganligi toʻgʻrisida elektron javob yuborish orqali.
Qabul qilingan arizalar toʻgʻrisidagi maʼlumot litsenziyalovchi organning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
Hujjatlar zarur tarzda rasmiylashtirmasdan yoki toʻliq boʻlmagan hujjatlar toʻplami taqdim etilgan taqdirda ular uch kun muddat ichida sabablari koʻrsatilgan holda litsenziyalovchi organ tomonidan talabgorga qaytariladi.
4-bob. Arizani koʻrib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
12. Litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish uchun yigʻim undirilmaydi.
13. Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan boshlab oʻttiz kundan oshmaydigan muddatda qabul qilinadi.
14. Litsenziyalovchi organ yigirma kundan oshmaydigan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va ular asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida xulosa tayyorlaydi.
15. Litsenziyalovchi organ, tarkibi litsenziyalovchi organ rahbarining oʻrinbosari tomonidan tasdiqlangan ekspert komissiyasi xulosasi asosida yetti kunlik muddat ichida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
16. Litsenziyalovchi organ tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun muddatda litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Litsenziya berishga qaror qabul qilinganligi haqidagi xabarnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari va davlat boji toʻlash muddati koʻrsatilgan holda, yozma shaklda, shu jumladan pochta orqali yoki axborot tizimi orqali elektron hujjat tarzida yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingani haqidagi xabarnoma bilan bir vaqtda litsenziya talabgoriga imzolash uchun litsenziya bitimi yuboriladi.
17. Litsenziyalovchi organ va litsenziatning oʻzaro huquq va majburiyatlarni belgilovchi litsenziya bitimi litsenziyalovchi organ va litsenziat oʻrtasida tuziladi va quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
bitimni imzolagan mansabdor shaxslar familiyasi, ismi va otasining ismi;
tomonlarning rekvizitlari;
amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan faoliyat turining nomi;
litsenziatga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari;
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi;
ushbu Nizomga koʻra boshqa maʼlumotlar.
Litsenziya bitimi ikki nusxada tuziladi, ulardan biri litsenziyalovchi organda qoladi, ikkinchisi esa, litsenziatga yuboriladi yoki beriladi.
18. Litsenziyalar elektron hujjat tarzida rasmiylashtiriladi, litsenziyalovchi organ rahbarining, u boʻlmagan taqdirda uning oʻrinbosarining raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi, litsenziyalovchi organning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi va litsenziat soʻroviga koʻra qogʻoz shaklda beriladi.
19. Qogʻoz shaklda litsenziya berilgan taqdirda, ular belgilangan shakldagi maxsus blankalarda rasmiylashtiriladi. Litsenziya blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi. Litsenziya blankalari namunalari litsenziyalovchi organ tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi hamda litsenziyalovchi organ buyurtmasi boʻyicha “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi.
Litsenziyalovchi organ rahbari litsenziyalar blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun shaxsan javob beradi.
20. Litsenziyalar litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berilishi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan hamda litsenziya bitimi imzolangan kundan boshlab uch kunlik muddat ichida rasmiylashtiriladi.
Litsenziya qogʻoz shaklida berilgan taqdirda, litsenziya litsenziyalovchi organ rahbari tomonidan, u boʻlmagan taqdirda uning oʻrinbosari tomonidan imzolanadi.
21. Agar litsenziat litsenziya berilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqida xabarnoma olgan paytdan boshlab uch oy ichida litsenziyalovchi organga litsenziya berilishi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etmasa yoki litsenziya bitimini imzolamasa, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish haqida qaror qabul qilishga haqlidir.
22. Litsenziya berishni rad etishga quyidagilar asos boʻladi:
litsenziya talabgorining hujjatlarni lozim tarzda rasmiylashtirmay taqdim etishi;
litsenziya talabgori taqdim etgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi;
litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga nomuvofiqligi.
Boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan litsenziya berish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Litsenziya talabgori litsenziyalovchi organning litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.
(22-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
23. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish haqidagi xabarnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda, shuningdek, elektron hujjat tarzida axborot tizimi orqali yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.
24. Litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar litsenziya talabgori tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni litsenziyalovchi organ tomonidan takroran koʻrib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab yetti kundan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Litsenziyalovchi organ uch kunlik muddat ichida ekspert komissiyasi xulosasi asosida litsenziya berish yoki berishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
25. Litsenziya talabgorining arizasini qayta koʻrib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Litsenziya berish rad etilganligi haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
5-bob. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish va litsenziya dublikatini berish
26. Litsenziat qayta tashkil etilganda, uning nomi yoki joylashgan eri (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtganidan keyin besh ish kuni ichida litsenziyalovchi organga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining 2021-yil 10-dekabrdagi 37-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3127-7, 24.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2021-y., 10/21/3127-7/1197-son)
27. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilguniga qadar, litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizasi asosida unda koʻrsatilgan faoliyatni amalga oshiradi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining 2021-yil 10-dekabrdagi 37-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3127-7, 24.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2021-y., 10/21/3127-7/1197-son)
28. Litsenziyalovchi organ litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Litsenziyalovchi organ tegishli hujjatlar ilova qilingan litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida litsenziyani qayta rasmiylashtiradi.
29. Yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya oʻrniga litsenziatning arizasiga koʻra ariza olingan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida litsenziyalovchi organ tomonidan dublikat beriladi.
Litsenziya dublikatini berishda yigʻim undirilmaydi.
6-bob. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
30. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat litsenziyalovchi organ tomonidan, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
31. Litsenziyalovchi organ litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilishda oʻz vakolatlari doirasida quyidagilarga haqli:
kripto-birjalardan kripto-aktivlar aylanmasi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini talab qilish;
(31-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish;
(31-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida paydo boʻladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni soʻrash va olish;
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish;
litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish yoki litsenziyani bekor qilish masalasi boʻyicha qaror chiqarish va (yoki) sudga murojaat qilish;
(31-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
litsenziyasiz kripto-birjalar faoliyati amalga oshirilayotganligi toʻgʻrisida aniqlangan faktlar haqidagi maʼlumotlarni belgilangan tartibda tegishli organlarga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan choralar koʻrilishi uchun yuborish.
(31-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
32. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda litsenziyalovchi organ xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi litsenziyalovchi organda qoladi.
7-bob. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va litsenziyani bekor qilish
33. Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda toʻxtatib turilishi mumkin:
litsenziat litsenziya bitimida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlarini buzganligi aniqlanganda;
litsenziyalovchi organning aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini litsenziat zimmasiga yuklovchi qarori litsenziat tomonidan bajarilmaganda.
34. Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:
litsenziat litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilganda;
yuridik shaxs tugatilganda — tugatilgan paytdan eʼtiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda — qayta tashkil etilgan paytdan eʼtiboran, bundan uning oʻzgartirilishi, shuningdek yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslarda faoliyatning ayni bir litsenziyalanadigan turini amalga oshirish uchun litsenziya mavjud boʻlgan taqdirda qoʻshib yuborilishi mustasno;
litsenziat litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan litsenziya talablarini va shartlarini muntazam ravishda yoki bir marotaba qoʻpol ravishda buzganda;
litsenziat litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishiga olib kelgan holatlarni belgilagan muddatda bartaraf etmaganda.
35. Litsenziya quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan holda;
litsenziat litsenziyaning amal qilishini bekor qilish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilganda;
litsenziya soxta hujjatlardan yoki ishonchsiz maʼlumotlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda.
36. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Litsenziyaning amal qilishi tugatilganda va litsenziya bekor qilinganda toʻlangan davlat boji qaytarilmaydi.
8-bob. Litsenziyalar reyestri
37. Litsenziyalovchi organ litsenziyalar elektron reyestrini yuritadi. Litsenziyalar reyestrida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi lozim:
yuridik shaxs — litsenziat nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan eri (pochta manzili), elektron pochta manzili, telefon;
taʼsischilarning ustav kapitali (fondi)dagi ulushlari haqida maʼlumot;
litsenziyaning berilgan sanasi va tartib raqami;
litsenziya blanki seriyasi va raqami;
litsenziyani qayta rasmiylashtirish, amal qilishini toʻxtatib turish va qayta tiklash asoslari va sanasi;
litsenziyaning amal qilishini tugatish asoslari va sanasi;
litsenziyaning amal qilishini bekor qilish asoslari va sanasi;
dublikat berish asoslari va sanasi.
38. Litsenziyalar reyestrida mavjud boʻlgan maʼlumotlar litsenziyalovchi organning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq boʻladi.
9-bob. Litsenziya berganlik uchun davlat boji
39. Litsenziya berganlik uchun davlat boji undiriladi. Davlat boji miqdori litsenziyalovchi organ tomonidan belgilanadi.
40. Davlat boji litsenziyalovchi organning bank valyuta hisob raqamiga chet el yuridik shaxs tomonidan oʻtkaziladi.
10-bob. Yakuniy qoida
41. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilikka koʻra javobgardirlar.
Kripto-birjalar faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Kripto-birja faoliyatini litsenziyalash
SXEMASI
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining 2019-yil 6-dekabrdagi 172-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3127-3, 20.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 10/19/3127-3/4185-son)
Kripto-birjalar faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1a-ILOVA
1a-ILOVA
Kripto-birja savdolarini amalga oshirish
QOIDALARI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Vakolatli organdan kripto-birja faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olgan yuridik shaxs mazkur faoliyatni ushbu Qoidalar hamda maxsus normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshirish majburiyatini oʻziga oladi.
2. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
blokcheyn — barcha maʼlumotlar ketma-ket qayd qilinadigan va bloklar boʻyicha joylashtiriladigan taqsimlangan maʼlumotlar reyestri, bunda har bir yangi blok oldingi blokka kriptografik imzo orqali bogʻlanadi;
mijozlar — kripto-birja bilan bitim (operatsiya)larni tuzadigan uning kontragentlari, jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan chet el shaxslari;
kliring — kripto-birja mijozlarining oʻzaro majburiyatlarini belgilash, aniqlashtirish va hisobga olishga doir operatsiyalar majmuasi, shuningdek ular oʻrtasida amalga oshiriladigan oʻzaro hisob-kitoblar;
kotirovkalash varagʻi — kripto-birja tomonidan belgilangan mezonlarga mos keladigan hamda savdo tizimida kripto-aktiv va tokenlar savdolariga ruxsat etilgan kripto-aktiv va tokenlar roʻyxati;
kripto-aktiv — qiymatga ega va egasi boʻlgan blokcheyndagi qaydlar majmuasi;
kripto-birja — kripto-aktiv va tokenlarni ayirboshlash, sotib olish va sotish uchun elektron maydoncha taqdim etadigan tashkilot;
hisob-kitob-kliring palatasi (bundan buyon matnda HKKPdeb yuritiladi) — kliring elektron tizimi orqali kripto-birja bitimlari boʻyicha kliring, hisob-kitob va oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirishni taʼminlovchi kripto-birjaning tarkibiy boʻlinmasi;
HKKP ikkilamchi hisobvaragʻi — kripto-birjaga xizmat koʻrsatuvchi bankda xaridorlar va sotuvchilarning mablagʻlarini saqlash hamda bitimlar boʻyicha hisob-kitoblar oʻtkazish uchun ochilgan kripto-birjaning talab qilib olinguncha ikkilamchi depozit hisobvaraqlari;
foydalanuvchining individual raqami (bundan buyon matnda FIR deb yuritiladi) — kliring ishtirokchisiga beriladigan maxsus xos raqam;
virtual hisobvaraq — kripto-birja HKKPda kliring boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish uchun ochilgan maxsus hisobvaragʻ;
token — maʼlum bir aktivga boʻlgan majburiyatni yoki mulk huquqini tasdiqlash uchun moʻljallangan, taqsimlangan maʼlumotlar reyestridagi hisob birligi. Token faoliyatga moliyaviy mablagʻlar va investitsiyalarni jalb qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtgan yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan chiqariladi;
(2-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2021-yil 11-noyabrdagi 34-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3127-6, 22.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2021-y., 10/21/3127-6/1081-son)
tokenni chiqarish — tokenning fuqarolik huquqlarining obyekti sifatida paydo boʻlishiga qaratilgan tashkiliy-texnik tadbirlar;
tokenni joylashtirish — tokenning kripto-birjalarda u bilan kripto-birja savdolarini amalga oshirish maqsadida joylashtirish;
tokenni chiqarishni roʻyxatdan oʻtkazish — chiqarilgan tokenlarni kripto-birjalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalaga chiqarish maqsadida roʻyxatdan oʻtkazish;
tokenni muomalaga kiritish — tokenlarni sotib olish, sotish hamda boshqa kripto-aktivlarga almashtirishga qaratilgan operatsiyalarni amalga oshirish;
taʼminlanmagan token — biror-bir moddiy va (yoki) boshqa mulk bilan taʼminlanmagan token;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2021-yil 11-noyabrdagi 34-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3127-6, 22.11.2021-y.) asosan oʻn uchinchi — oʻn yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2021-y., 10/21/3127-6/1081-son)
steyblkoin — qiymati yuridik shaxs aktiviga bogʻlangan kripto-aktiv;
kripto-hamyon — kripto-aktiv va tokenlarni saqlashga hamda egasiga ular bilan operatsiyalarni amalga oshirish imkonini beruvchi dasturiy yoki dasturiy-texnik vositasi;
kliring ishtirokchisi — aksept yoʻllagan va mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda HKKPda roʻyxatdan oʻtgan kripto-birja mijozi;
savdolar ishtiroklari — kripto-birja tomonidan kripto-aktiv va tokenlar savdolarida qatnashishga ruxsat etilgan mijozlar;
kripto-aktiv va tokenlar savdolari — kripto-birja elektron maydonchasida kripto-aktiv va tokenlarni milliy va (yoki) xorijiy valyutaga oldi-sotdi yoki bir turdagi kripto-aktiv va tokenlarni boshqa turdagi kripto-aktiv va tokenlarga almashtirish bitimlarni tuzish jarayoni;
(2-bandning yigirma ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2021-yil 11-noyabrdagi 34-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3127-6, 22.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2021-y., 10/21/3127-6/1081-son)
kripto-birja elektron maydonchasi — quyidagilar amalga oshiriladigan axborot tizimi:
kripto-aktiv va tokenlar savdolarida qatnashish uchun talabnomalarni qabul qilish, nazorat qilish va roʻyxatdan oʻtkazish;
kripto-aktiv va tokenlarni sotish, sotib olish va (yoki) almashtirish uchun talabnomalarni qabul qilish, nazorat qilish va roʻyxatdan oʻtkazish;
tokenlarni chiqarish, chiqarishni roʻyxatdan oʻtkazish, joylashtirish va muomalaga kiritish;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2021-yil 11-noyabrdagi 34-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3127-6, 22.11.2021-y.) asosan yigirma oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2021-y., 10/21/3127-6/1081-son)
kripto-aktiv va tokenlarni sotish, sotib olish va (yoki) almashtirish haqidagi bitimlarni tuzish;
kripto-aktiv va tokenlarga narxlarni belgilash;
kripto-aktiv va tokenlar bilan bitimlar tuzilishi natijasida tomonlarning majburiyat va talablarini belgilash, shuningdek ushbu bitimlarning ijrosini taʼminlash;
kripto-aktiv va tokenlar bilan bitimlar tuzilishi natijasi boʻyicha hisobot hujjatlarini tayyorlash va shakllantirish;
kripto-aktiv va tokenlar bilan bitimlarni tuzish va ijrosi uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni saqlash, qayta ishlash va oshkor qilish;
savdolar ishtirokchilari uchun zarur boʻlgan boshqa vazifalar;
kripto-aktiv va tokenlar haqida insayder axborot — kripto-aktiv va tokenlar, ularni yaratgan va joylashtirgan shaxslar, kripto-aktiv va tokenlar bilan tuzilgan bitimlar haqidagi ommaviy boʻlmagan hamda unga ega boʻlgan shaxslarni boshqa mijozlarga nisbatan afzal holatga qoʻyadigan axborot;
kripto-aktiv va tokenlar narxlari bilan hiyla-nayrang ishlatish — kripto-aktiv va tokenlarning narxlarini amaldagi bozor sharoitlariga nisbatan sunʼiy ravishda koʻtarish yoki pasaytirish maqsadida kripto-aktiv va tokenlarga talab va (yoki) taklif, kripto-aktiv va tokenlarning bozor narxlari yoki savdo hajmlariga jiddiy taʼsir koʻrsatadigan haraqatlarning amalga oshirilishi;
kripto-birja benefitsiar mulkdori — kripto-birjaning egasi boʻlgan yoki ushbu kripto-birjaga bevosita yoxud bilvosita (uchinchi shaxslar orqali) majburiy boʻlgan koʻrsatmalarni berishga haqli yoki imkoniyati mavjud boʻlgan, kripto-birja tomonidan qaror qilinishiga taʼsir qilish yoki boshqa yoʻl bilan uning harakatlarini nazorat qiluvchi jismoniy shaxs;
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi.
3. Kripto-birja:
kripto-birjaning hamda mijozlarning kripto-birjadagi pul mablagʻlari, kripto-aktiv va tokenlarining alohida hisobi yuritilishi va saqlanishini taʼminlashga majbur. Ikki va undan ortiq mijozlarning pul mablagʻlari, kripto-aktiv va tokenlarining qoʻshma hisobi yuritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
har kun yakuni boʻyicha mijozlar tomonidan amalga oshirilgan bitimlar (operatsiyalar) haqida barcha maʼlumotlarning zaxira uchun nusxasini qilishga;
mazkur Qoidalar talablariga muvofiq mijozlarning kripto-aktiv va tokenlar savdolariga buyurtmalarini ularni bajarish imkoni mavjud boʻlganda, shu jumladan kripto-birja elektron maydonchasida qarshi buyurtmalar mavjud boʻlganda ijrosini taʼminlashga;
kripto-birja ishchilari va ular tomonidan fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida bevosita kripto-birja faoliyatini amalga oshirish uchun jalb qilingan shaxslar tomonidan kripto-birja faoliyatini tartibga soluvchi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari va kripto-birja tomonidan tasdiqlanadigan kripto-birja savdosining qoidalarini (bundan buyon matnda lokal hujjat deb yuritiladi) bilish darajasi oshirilishini doimiy taʼminlashga;
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
kripto-birjaga mijozlar tomonidan kripto-birjadagi pul mablagʻlari, kripto-aktiv va tokenlarni qaytarish (oʻtkazish) haqidagi beriladigan koʻrsatmalarni, shuningdek zarur boʻlganda mijozlarning boshqa koʻrsatma va harakatlari tasdiqlanishini amalga oshirilishini taʼminlashga;
oʻzlarining elektron savdo maydonchalari orqali operatsiyalarni amalga oshirishda savdolar ishtirokchilariga ularni majburiy identifikatsiyadan oʻtkazish mexanizmini joriy etgandan keyin ruxsat berishga;
kripto-birjada tokenlarni chiqarish va joylashtirishga qaratilgan faoliyatni amalga oshiradigan yuridik shaxslarning rahbarlari, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda ularning vakillarini ushbu Qoidalarning 11-bandida nazarda tutilgan shaxslar toifasiga kirish yoki kirmasligini aniqlashga;
tokenlarni taʼminlash uchun kiritilgan moddiy va (yoki) boshqa mulkning haqiqatda mavjudligini tekshiruvdan oʻtkazilishini taʼminlashga;
quyidagilarni inobatga olgan holda tokenlarni chiqarish, chiqarishni roʻyxatdan oʻtkazish, joylashtirish va muomalaga kiritish tartibini tasdiqlashga:
tokenlarni joylashtirish uchun jalb etilishi rejalashtirilgan mablagʻlarning kamida 10 foiz miqdorini milliy va (yoki) chet el valyutasida kripto-birjaning HKKPdagi alohida virtual hisob-raqamiga qoʻyish;
tokenlarni kripto-birjaga joylashtirgan shaxsning HKKPdagi alohida virtual hisob-raqamidagi mablagʻlar hisobidan shartnoma majburiyatlarida nazarda tutilgan hollarda va miqdorda uning tokenlarini sotib olinishini taʼminlash;
chiqarilgan tokenlarning nomlanishi yoki ramzlarida “davlat”, “davlat tomonidan taʼminlangan”, “davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlangan”, “Oʻzbekiston”, “oʻzbek”, “milliy”, “soʻm (UZS)” hamda Oʻzbekiston Respublikasi shaharlarining nomlarini toʻliq yoki qisqartirilgan shaklda, shuningdek ularning birliklaridan foydalangan holda, istalgan tilda va har qanday shaklda ishlatishni taqiqlash;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2021-yil 11-noyabrdagi 34-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3127-6, 22.11.2021-y.) asosan sakkizinchi — oʻn uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2021-y., 10/21/3127-6/1081-son)
qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa talablarni bajarishga majbur.
(3-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2021-yil 11-noyabrdagi 34-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3127-6, 22.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2021-y., 10/21/3127-6/1081-son)
4. Kripto-birja qonunchilik hujjatlari va mazkur Qoidalarning buzilganligini aniqlash maqsadida kripto-aktiv va tokenlar bilan bitimlar ustidan nazorat qilishga majbur. Kripto-birja tomonidan shunday buzilishlar aniqlanganda ularni toʻxtatish hamda kelgusida qaytarilmasligi boʻyicha choralar koʻrilishi lozim.
Kripto-birja tomonidan aniqlangan qonunchilik hujjatlari va mazkur Qoidalar buzilishining har bir fakti haqidagi axborot ushbu fakt aniqlangan sanadan boshlab kamida besh yil davomida saqlanishi lozim. Vakolatli organning soʻrovnomalari boʻyicha kripto-birja soʻrovnomani olgan kundan besh ish kunidan kechiktirmasdan vakolatli organga qonunchilik hujjatlarining buzilish fakti haqidagi axborotni taqdim etishi lozim.
Jinoyat alomatlari aniqlangan taqdirda, kripto-birja darhol vakolatli organ va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq yozma ravishda xabar berishga majbur.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari kripto-birjalarda:
kripto-aktivlar va tokenlar bilan kripto-birja savdolarining barcha turlarini milliy valyutada;
Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari bilan faqatgina kripto-aktivlar va tokenlarni sotishga doir operatsiyalarni xorijiy valyutada amalga oshirish huquqiga ega.
Sotib olish obyekti sifatida kripto-aktivlarni tanlash va bu tanlovning tegishli oqibatlari sotib oluvchining oʻz tavakkalchiligidir.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2021-yil 11-noyabrdagi 34-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3127-6, 22.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2021-y., 10/21/3127-6/1081-son)
6. Amalga oshirilayotgan bitim (operatsiya)larni anonim xususiyatga ega boʻlgan kripto-aktivlar va tokenlar bilan kripto-birjada amalga oshirish taqiqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida kripto-birjalar tomonidan taʼminlanmagan tokenlarni chiqarish, chiqarishni roʻyxatdan oʻtkazish va joylashtirish taqiqlanadi.
Kripto-birja taʼminlanmagan tokenlarni chiqarganligi, chiqarishni roʻyxatdan oʻtkazganligi, joylashtirganligi va muomalaga kiritganligi uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining 2021-yil 11-noyabrdagi 34-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3127-6, 22.11.2021-y.) asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2021-y., 10/21/3127-6/1081-son)
7. Kripto-aktivlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida toʻlov yoki toʻlovni qabul qilish vositasi sifatida qoʻllanilishi mumkin emas.
8. Kripto-birja bitimlari boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblarni oʻtkazishga kripto-birja elektron maydonchasida amalga oshirilgan kripto-aktiv va tokenlar savdolari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asos boʻladi.
2-bob. Mijozlar bilan munosabatlarni oʻrnatish tartibi
9. Kripto-birja mijozlar bilan munosabatlarni shartnoma asosida oʻrnatadi.
Shartnomada qoʻyidagilar nazarda tutilishi lozim:
mazkur Qoidalarning 4-bandiga muvofiq maʼlumotlarni vakolatli organga yuborilishi;
mijozlar bilan muzokaralarning audio- yoki videoyozuvi ularning roziligi bilan olib borilishi, shu jumladan yozishmalarning yozib borilishi hamda ushbu maʼlumotlarning kamida besh yil davomida saqlanishi;
mazkur Qoidalarning 5-bandida nazarda tutilgan talab;
mazkur Qoidalar va qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan boshqa talablar.
(9-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
10. Mijoz bilan munosabatlarni oʻrnatish uchun kripto-birja qoʻyidagi maʼlumotlarni soʻrab oladi:
jismoniy shaxsdan — shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi va jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining 2021-yil 29-iyuldagi 24-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3127-5, 05.08.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2021-y., 10/21/3127-5/0757-son)
yakka tartibdagi tadbirkordan — shaxsini tasdiqlovchi va davlat roʻyxatidan oʻtganligi haqidagi hujjatlar nusxasi;
(10-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining 2021-yil 30-apreldagi 12-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3127-4, 17.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2021-y., 10/21/3127-4/0464-son)
yuridik shaxsdan — davlat roʻyxatidan oʻtganligi haqidagi hujjat nusxasi, joylashgan joyi, rahbariyati hamda taʼsis hujjatlaridagi maʼlumotlar;
mijoz bilan aloqa oʻrnatish uchun kontakt maʼlumotlar (elektron pochta manzili va kerak boʻlganda boshqa kontakt maʼlumotlar);
qonunchilik hujjatlari, shu jumladan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa maʼlumotlar.
(10-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
11. Qoʻyidagilar bilan kripto-birja munosabat oʻrnatishga haqli emas:
18 yoshga toʻlmagan jismoniy shaxslar;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga asosan terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarning roʻyxatiga kiritilgan shaxslar.
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
12. Kripto-birja va uning mijozi orasida munosabat oʻrnatilganda mijozga kripto-birja elektron maydonchasida mijoz, uning kripto-birjada saqlanayotgan pul mablagʻlari hamda kripto-aktivlari va tokenlari xaqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladigan hisobga olish yozuvi (akkaunt) yaratiladi.
Bir mijozga ikki va undan ortiq hisobga olish yozuv (akkaunt)larni ochishga ruxsat berilmaydi.
13. Qonunchilik hujjatlari yoki mazkur Qoidalarga zid boʻlmaganda, kripto-birja oʻz nomi va hisobidan kripto-aktiv va tokenlar savdolarni amalga oshirish uchun har qanday mizojga kripto-aktiv va tokenlar savdosi ishtirokchisi maqomini taqdim etishga (kripto-aktiv va tokenlar savdosiga ruxsat etish) haqli.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
3-bob. Mijozlarni xabardor qilish va reklama talablari
14. Kripto-birja kripto-aktiv, tokenlar hamda oʻz faoliyatini reklama qilishida qonunchilik hujjatlari va mazkur Qoidalardagi talablarga rioya etishi va ularni amalga oshirishi shart.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
15. Oʻzbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida (shu jumladan uchinchi shaxslarni jalb qilgan holda) joylashtirilayotgan (tarqatilayotgan) kripto-aktiv, tokenlar hamda kripto-birja faoliyati haqidagi reklama qoʻyidagi talablarga mos kelishi shart:
kripto-aktiv va tokenlar toʻlov va toʻlovni qabul qilish vositasi emasligi, davlat tomonidan taʼminlanmaganligi hamda kripto-aktiv va tokenlarning sotib olinishi pul mablagʻlari, ularning evaziga almashtirilgan boshqa fuqarolik huquqi obyektlari butunlay yuqotilishi mumkinligi, shu jumladan kripto-aktiv va tokenlarning narxlari oʻzgaruvchanligi natijasida, texnik nosozlik (xato)lar, qonunga xilof harakatlar, shu jumladan talon-torojliklar sodir etilishi haqidagi tavakkalchiliklarga kripto-aktiv va tokenlar savdolarida ishtirok etganda uchrash mumkinligi toʻgʻrisidagi ogohlantiruv reklamada joylashtirilishi shart;
oʻz ichida oferta mavjud boʻlgan reklamada shartnoma tuzishga oid barcha talablar hamda mazkur ofertani aksept qilishga qaratilgan barcha harakatlar yoritilishi shart;
reklama haqidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilgan holda agarda reklamada boʻlib oʻtgan, modellashtirilgan va kelajakda boʻlishi mumkin boʻlgan koʻrsatkichlar yoritilsa, ushbu reklama isteʼmolchilarga mazkur koʻrsatkichlarning aniq manosi tushuntirilishi hamda ular asosida qilingan xulosa ehtimolli ekanligi toʻgʻrisida tushuntirishi shart.
(15-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
16. Qoʻyidagilar kripto-aktiv va tokenlar reklamasida tarkib topmagan boʻlishi shart:
kripto-aktiv va tokenlardan foydalanilishi bilan bogʻliq faoliyatning samaradorligi (daromadi) haqida vaʼdasi yoki kafolati, bundan auditorlik tashkilotining ushbu faoliyatning samaradorligini (daromadi) oʻtgan davr uchun tasdiqlovchi maʼlumotlarini reklamada yoritilishi bundan mustasno;
serhasham, bonus va chegirma haqidagi maʼlumotlar;
kripto-aktiv va tokenlar bilan bitimlarni tuzish boyishning yengil usuli ekanligi haqidagi maʼlumotlar;
kripto-aktiv va tokenlarni ishlatish bilan bogʻliq faoliyatning oʻrni professional yoki shaxsiy yutuqlarga erishishda muhimligi haqidagi maʼlumotlar;
voyaga yetmagan shaxslarning obrazlari;
kripto-aktiv va tokenlardan foydalanish bilan bogʻliq faoliyatda qatnashmaslikni qoralovchi bildirishlar.
17. Kripto-birja jismoniy va yuridik shaxslarga, shu jumladan mijozlarga qoʻyidagi maʼlumotlarni yetkazishga majbur:
mijoz bilan munosabat oʻrnatish shartlari, shu jumladan tegishli shartnoma matni (bunda kripto-birja mijozga kripto-birjaga toʻlanayotgan mukofotning undirish shakli, miqdori va tartibini tushuntirishi lozim);
mazkur Qoidalarning 15-bandi ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan tavakkalchiliklar;
“White paper” deklaratsiyasining mazmuni — kripto-birja tomonidan kripto-aktiv va tokenlarni joylashtirishga yoʻnaltirilgan bitimlar tuzilganda (tashkil qilganda).
18. Mazkur Qoidalarning 17-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlar jismoniy va yuridik shaxslarga ular bilan munosabatlar oʻrnatish jarayonida yoki undan oldin ogʻzaki yoki yozma shaklda yetkazilishi kerak.
Kripto-birja veb-saytining bosh sahifasida mazkur Qoidalarning ilovasida koʻrsatilgan maʼlumotlar joylashtirilishi lozim.
4-bob. Kripto-birjalar tomonidan kripto-birja savdolarini tashkil etish
19. Kripto-birja tomonidan mijozlarga oʻzining elektron maydonchasiga kripto-aktiv va tokenlarni sotish, sotib olish va (yoki) almashtirishga qaratilgan harakatlarni amalga oshirish uchun kirishga ruxsat berish orqali kripto-aktiv va tokenlar savdosini tashkillashtiradi.
Kripto-birjaning elektron maydonchasiga kirishga ruxsat faqatgina shartnoma asosida taqdim etiladi.
Mazkur Qoidalar va lokal hujjatlarga muvofiq kripto-aktiv va tokenlar savdolari qoidalarini boʻzganligi uchun savdolar ishtirokchisi safidan chiqarilgan mijoz uch oy davomida savdolar ishtirokchisi boʻla olmaydi.
Mijozlarning kripto-aktiv va tokenlar savdolariga kirishiga ruxsat berish, shuningdek kripto-aktiv va tokenlar savdolari ishtirokchilari safidan chiqarish lokal hujjatlar bilan belgilanadi.
20. Kripto-birja kripto-aktivlar va tokenlar savdolarining oʻtish jarayoni shaffofligini, shuningdek ularning natijasida yuazaga keladigan majburiyatlar ijrosini taʼminlashi shart.
21. Kripto-birja mazkur Qoidalar va lokal hujjatlarga muvofiq kripto-aktiv va tokenlar haqida insayder axborotlarni ishlatish, ularning narxlari bilan hiyla-nayrang qilinishini aniqlash, oldini olish, toʻxtatishga, shuningdek ularning oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan choralarni koʻrishi shart.
Kripto-birja kripto-aktiv va tokenlar haqidagi insayder axborotdan foydalanishda mazkur axborotni shaxsiy maqsadlarda, shu jumladan oʻz nomi va hisobidan kripto-aktiv va tokenlar savdolarida ishtirok etish maqsadida, shuningdek uchinchi shaxslarga taqdim etishikiradi, bundan qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
(21-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Kripto-aktiv va tokenlar haqidagi insayder axborotga ega boʻlgan shaxslarga koʻyidagilar kiradi:
kripto-aktiv va tokenlarni yaratgan va joylashtirgan tashkilotning boshqaruv organlari aʼzolari va boshqa ishchilari;
kripto-aktiv va tokenlarni yaratgan va joylashtirgan shaxs;
kripto-aktiv va tokenlarni yaratgan va joylashtirgan shaxsga yoki savdo ishtirokchisiga auditorlik xizmatini koʻrsatadigan auditorlik tashkilotning xodimlari;
oʻzining xizmat mavqeyi, mehnat majburiyatlari yoki kripto-aktiv va tokenlarni yaratgan va joylashtirgan shaxslar bilan tuzilgan fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida mazkur maʼlumotga ega boʻlgan boshqa shaxslar.
22. Kripto-birja lokal hujjatlariga muvofiq faqatgina oʻzining kripto-aktiv va tokenlar savdolarida ishtirok etishi toʻgʻrisidagi maʼlumotni oshkor qilganidan, uning ishtiroki tufayli kelib chiqishi mumkin boʻlgan manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish boʻyicha choralar koʻrilganidan va oshkor qilinganidan soʻng kripto-aktiv va tokenlar savdolarida ishtirok etishhuquqiga ega.
23. Bitimlarni tuzish uchun savdo ishtirokchisi yoki kripto-birja kripto-birjaning elektron maydonchasida kripto-aktiv va tokenlarni sotish, sotib olish va (yoki) almashtirish haqida talabnomani joylashtiradi.
Kripto-aktiv va tokenlarni sotish, sotib olish va (yoki) almashtirish haqidagi arizani berish tartibi lokal hujjatlar bilan belgilanadi.
Mijozlarning kripto-aktiv va tokenlarni sotish, sotib olish va (yoki) almashtirish haqidagi talabnomasi kripto-birja tomonidan ularning talablariga javob beradigan qarshi talabnoma mavjud boʻlganida ijro etilishi shart. Talabnomalarning bajarilishini qarshi talabnoma mavjud boʻlganidan keyin kechiktirish, ularning shartlarini oʻzgartirish yoki bekor qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
24. Kripto-aktiv va tokenlar bilan savdoni (hisob-kitoblarni) amalga oshirish uchun savdo ishtirokchisi HKKP ikkilamchi hisobvaragʻiga tegishlicha pul mablagʻlari, kripto-aktiv va (yoki) tokenlarni oʻtkazadi.
Savdo ishtirokchisining pul mablagʻlari, kripto-aktiv va tokenlar, kripto-birjaning va boshqa savdo ishtirokchilarining pul mablagʻlari kripto-aktiv va tokenlardan alohida hisobga olinishi kerak.
25. Kripto-birja kripto-aktiv va tokenlar savdolarida qatnashgan har bir mijoz boʻyicha, ushbu mijoz tomonidan kripto-aktiv va tokenlarni sotish, sotib olish va (yoki) almashtirish boʻyicha tuzilgan bitimlar va ularning summasi haqida hisobot ushbu bitimlar tuzilgan kunda, shuningdek har kuni ijro etilgan va ijro etilmagan kripto-aktiv va tokenlarni sotish, sotib olish va (yoki) almashtirish boʻyicha talabnomalari haqida hisobot tuzishi lozim.
Hisobot tuzilganidan keyin har bir mijozga uni qayd qilish uchun noyob kod beriladi.
Hisobot ushbu hisobot tayyorlangan kundan keyingi kun davomida saqlash uchun yuboriladi. Hisobotlarni saqlash tartibi lokal hujjatlar bilan belgilanadi, bunda ularni saqlash muddati besh yildan kam boʻmasligi kerak. Hisobotlarga tuzatish va oʻzgartirishlar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Kripto-birja hisobotni quyidagilarga begʻaraz shartlar asosida taqdim etish imkoniyatini taʼminlashi shart:
mijozlarga — tegishli soʻrovni olgan sanadan oʻn besh kundan kechikmagan holda, ularga tegishli miqdorda;
vakolatli organga — uning soʻrovi asosida, ushbu soʻrovda koʻrsatilgan miqdorda va vaqt davomida.
26. Kripto-birja kripto-aktiv va tokenlarni sotish, sotib olish va (yoki) almashtirish boʻyicha tuzilgan bitimlarning bajarilishini taʼminlaydi.
Savdo ishtirokchisi tomonidan kripto-aktiv va tokenlar savdolarida kripto-aktiv va tokenlarni sotish, sotib olish va (yoki) almashtirish boʻyicha bitim tuzilganda, kripto-birja ushbu bitimning ijro summasini (soni) ushbu savdo ishtirokchisining HKKP ikkilamchi hisobvaragʻida yoki kripto-hamyoni manzilida (identifikatorida) saqlanayotgan pul mablagʻlari, kripto-aktiv va tokenlaridan ayirib tashlashi hamda savdo ishtirokchisining kontragentiga biriktirishi lozim.
Kripto-birja mijozdan olinadigan mukofotni undirishni kripto-aktiv va tokenlar savdolarida qatnanish shartnomasida nazarda tutilgan tartibda va shartlar asosida amalga oshiradi.
27. Kripto-birja mijozning roziligi asosida, quyidagi shartlarni bajargan holda uning pul mablagʻlari, kripto-aktiv va tokenlari bilan oʻz nomi, manfaati va savdo ishtirokchilarining topshiriqlari (koʻrsatmalari) mavjud boʻlmaganda bitimlar tuzishga haqli:
mazkur bitimlar kripto-birja tomonidan likvidlilikka ega boʻlishi uchun, yaʼni kripto-birja mijozlarning oldidagi qabul qilingan (yoki qabul qilinishi rejalashtirilgan) majburiyatlarini bajarish maqsadida, uning mijozi boʻlmagan kontragentlaridan pul mablagʻlarini, kripto-aktiv va tokenlarini olish uchun qaratilgan;
kripto-birja mazkur bitimlarning tuzilishi savdo ishtirokchilarining pul mablagʻlari, kripto-aktiv va tokenlari bilan bitimlar tuzilayotgan savdo ishtirokchilari oldidagi majburiyatlarining bajarilmasligiga (lozim darajada bajarilmasligiga) olib kelmasligi haqida yetarli ishonch hosil qilganida.
Tomonlar kelishgan muddatda pul mablagʻlari, kripto-aktiv va tokenlar kripto-birja tomonidan qaytarilishi majbur. Mijozning mablagʻlarini ishlatganlik uchun shartnomada foiz undirish nazarda tutilishi mumkin.
28. Kripto-birja oʻzining elektron maydonchasida tegishli miqdordagi kripto-aktiv va tokenlarni (yoki shunga teng miqdordagi boshqa kripto-aktiv va tokenlarni) tomonlar kelishgan muddatda qaytarib berish sharti bilan uning kripto-aktiv va tokenlari bilan savdo ishtirokchilariga bitimlarni tuzish va majburiyatlarini bajarish uchun ishlatishga ruhsat berish huquqiga ega. Kripto-birja oʻzining kripto-aktiv va tokenlaridan mijozlar tomonidan foydalanganlik davri uchun foiz undirishga haqli.
5-bob. Kripto-birja tomonidan mijozlar bilan vositachilik munosabatlari asosida bitimlarning tuzilishi
29. Kripto-birja quyidagi tartibda mijozlarning manfaatlarini koʻzlab, birja bitimlari orqali vositachilik munosabatlarini oʻrnatib, kripto-aktiv va tokenlarni sotish, sotib olish va (yoki) almashtirish boʻyicha bitimlarni tuzish huquqiga ega:
topshiriq shartnomasi asosida mijozlarning nomi va hisobidan;
komissiya shartnomasi asosida oʻzining nomidan va mijozlarning hisobidan;
qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa usulda.
(29-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
30. Kripto-birja mazkur Qoidalarning 29-bandida nazarda tutilgan bitimlarni:
oʻzining elektron maydonchasida;
boshqa chet el kripto-birjalarining elektron maydonchalarida va savdo tizimlarida tuzishga haqli.
Kripto-birja mazkur bitimlarni tuzishda:
mijozlarning manfaatlarini koʻzlab, qonunchilik hujjatlariga va mijozlar bilan tuzilgan shartnoma shartlariga rioya qilgan holda vijdonan, oqilona va malakali tarzda harakat qilishi;
(30-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
mijozlarni, ularning manfaatlarini koʻzlab tuzilayotgan bitimlar bilan bogʻliq tavakkalchiliklar, ularning har birining mohiyati va darajasi toʻgʻrisida xabardor qilish;
mijozlarning manfaatlarini koʻzlab, mijozlar uchun eng maqbul shartlar asosida, shu jumladan iloji boricha eng yaxshi narxda bitimlar tuzish;
mijozlar maanfaatlarini koʻzlab, tegishli kripto-aktiv va tokenlar uchun narxlar bozor narxidan sezilarli darajada farq qilgan (10 foizdan ortiq) taqdirda bitimlar tuzmasligi, agar har bir alohida holat boʻyicha mijoz bilan kelishilgan boʻlmasa.
Bunda kripto-birja kripto-aktiv va tokenlar uchun bozor narxini aniqlash tartibini mijoz bilan tuzilgan shartnomada koʻrsatib oʻtishi shart.
6-bob. Kripto-birjada hisob-kitob-kliringoperatsiyalarini oʻtkazish tartibi
1-§. HKKPning maqomi, funksiyalari, huquq va majburiyatlari
31. HKKP kripto-birjaning tarkibiy boʻlinmasi boʻlib, yuridik shaxs maqomiga ega emas hamda kripto-birja nomidan ushbu Qoidalarda nazarda tutilmagan har qanday mustaqil operatsiya va harakatlarni sodir etish huquqisiz ish olib boradi.
32. HKKP quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi:
kliring ishtirokchilarini roʻyxatga oladi;
kliring ishtirokchilariga hisobvaraqlarning ochilishi va yuritilishini taʼminlaydi;
bitimlar boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblarning oʻz vaqtida va toʻliq hajmda amalga oshirilishini taʼminlaydi;
oʻzaro majburiyatlarni belgilaydi, aniqlashtiradi va hisobga oladi, shuningdek kliring ishtirokchilarining tuzilgan bitimlar boʻyicha majburiyatlari hisobini alohida-alohida yuritadi;
kliring yakunlariga koʻra, zarur axborotni shakllantiradi va kliring ishtirokchilariga taqdim etadi;
kliring amalga oshirilayotgan bitimlar, kliring natijalari toʻgʻrisidagi axborotning qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq saqlanishini taʼminlaydi;
(32-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
tuzilgan bitimlar boʻyicha majburiyatlarning bajarilishini nazorat qiladi;
kripto-birja hisob raqamiga pul tushumlari kirimini taʼminlaydi.
33. HKKP quyidagi huquqlarga ega:
kliring oʻtkazish usulini mustaqil tanlash;
kliring ishtirokchisi bitim boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda, shuningdek kripto-birjaning arbitraj va/yoki intizom komissiyalarining kliring ishtirokchisiga, belgilangan kripto-birja savdosi qoidalari yoki shartnomaviy majburiyatlarni buzganlik uchun jarima qoʻllash toʻgʻrisidagi qarori mavjud boʻlganda aybdor kliring ishtirokchisining virtual hisobvaragʻidan jarima summasini akseptsiz tartibda hisobdan chiqarish;
bitimlar qayd etilishi bilan kripto-birja vositachilik yigʻimlarini hisobdan chiqarish;
kliring ishtirokchilaridan hisob-kitob-kliring operatsiyalari uchun zarur axborot olish.
34. HKKP quyidagilarga majbur:
faqat kripto-birjada roʻyxatga olingan bitimlar va ular bilan bogʻliq operatsiyalar (vositachilik yigʻimlari va qonunchilikka muvofiq boshqa xarajatlar) boʻyicha hisob-kitob va oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish;
har bir kliring ishtirokchisi majburiyatlarining hisobi alohida-alohida yuritilishini taʼminlash;
bitim mazmuni toʻgʻrisidagi axborotning maxfiyligini taʼminlash va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan holatlardan tashqari, ushbu axborotni kliring ishtirokchilarining roziligisiz uchinchi shaxslarga taqdim etmaslik.
(34-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
35. HKKP tomonidan kripto-birja elektron maydonchasida amalga oshirilayotgan operatsiyalar boʻyicha barcha harakatlar, shu jumladan kripto-birja elektron maydonchasi ishtirokchilarning virtual hisobvaragʻidagi mablagʻlar hisobi boʻyicha vazifalar olib borilishi lozim.
36. Kliring va HKKP ishtirokchilariga HKKP hisobvaraqlaridagi mablagʻlardan foydalangan holda, pulli talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish boʻyicha operatsiyalarni oʻtkazish taqiqlanadi.
2-§. Kliring ishtirokchilarini roʻyxatga olish
37. HKKP kripto-birja savdolari qoidalarida koʻrsatilgan barcha zarur hujjatlarni olganidan keyin bir ish kuni davomida kripto-birja mijoziga FShR beradi hamda amalga oshiriladigan bitimlar boʻyicha majburiyatlarni va talab huquqini hisobga olish uchun zarur boʻlgan tegishli virtual hisobvaraqni ochadi.
38. HKKP ushbu Qoidalarning 62-bandida nazarda tutilgan holatlarda kliring ishtirokchisiga xizmat koʻrsatishni toʻxtatadi.
3-§. HKKPda hisobvaraqlarni yuritish tartibi
39. Kripto-birja xizmat koʻrsatuvchi bankda kliring ishtirokchilarining pul mablagʻlari hisobi uchun moʻljallangan HKKP ikkilamchi hisobvaragʻini ochadi, ularning hisobi HKKPda alohida virtual hisobvaraqlarda yuritiladi.
40. HKKP kliring ishtirokchilarining virtual hisobvaraqlari hisobini yuritadi.
41. Agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, kliring ishtirokchisining virtual hisobvaragʻini yopish HKKP tomonidan hisobvaraq egasi (yoki uning huquqiy vorisi) topshirigʻi boʻyicha amalga oshiriladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
42. Virtual hisobvaraqni yopishdan oldin undagi qoldiq pul mablagʻlari bankdagi hisobvaraq egasining hisob raqamlariga uning topshirigʻiga koʻra qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻtkaziladi.
(42-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Virtual hisobvaraqni yopish faqat hisobvaraqda qoldiq pul mablagʻlari boʻlmaganda amalga oshiriladi.
43. Virtual hisobvaraq rekvizitlarini oʻzgartirish kliring ishtirokchisining nomi yoki boshqa rekvizitlarioʻzgarganda amalga oshiriladi.
44. Virtual hisobvaraq egasi HKKPda quyidagilar boʻyicha koʻrsatmalar berishga haqli:
pul mablagʻlarini (pul mablagʻlarining bir qismini) virtual hisobvaraqdan xizmat koʻrsatuvchi bankdagi oʻzining hisobvaragʻiga qaytarish;
agar bitim kripto-birja lokal hujjatlari va qonunchilik hujjatlariga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlsa bitim boʻyicha kliring oʻtkazish.
(44-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
45. HKKP tuzilgan bitimlar boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish yoʻli bilan kliring ishtirokchilarining virtual hisobvaraqlari bilan operatsiyalarni olib boradi.
46. HKKP faqat bitimlar tuzilishi va bajarilishi bilan bogʻliq operatsiyalar boʻyicha virtual hisobvaraqlar orqali pul mablagʻlari oʻtkazmalarini amalga oshirishi mumkin.
4-§. Kliring ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari
47. Kliring ishtirokchisi quyidagi huquqlarga ega:
kripto-birja tomonidan roʻyxatga olingan bitimlar boʻyicha kliringda ishtirok etish;
virtual hisobvaraqning holati, majburiyatlarning bajarilishi toʻgʻrisida zarur axborotni olish;
kripto-birja va kontragentlar oldidagi pul majburiyatlarini muddatidan oldin bajarish;
oʻz virtual hisobvaragʻidagi boʻsh pul mablagʻlarini oʻzining xizmat koʻrsatuvchi bankdagi hisobraqamiga chiqarish.
48. Kliring ishtirokchisining majburiyatlari:
HKKPga ushbu Qoidalarga muvofiq ishonchli axborot berish;
shartnoma bekor qilingan taqdirda, shartnoma bekor boʻlgunga qadar yuzaga kelgan majburiyatlarni bajarish;
axborot maxfiyligi tartibiga rioya qilish;
mazkur Qoidalarda belgilangan talablarga rioya qilish.
49. HKKPning kliring ishtirokchilari bilan oʻzaro hamkorligi kliring xizmati koʻrsatish shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
50. Kripto-birja va kliring ishtirokchilari oʻrtasidagi, kliring va hisob-kitob boʻyicha, shuningdek kliring ishtirokchilarining shartnomaviy majburiyatlari bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar almashinuvi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.
5-§. Kliringni oʻtkazish tartibi
51. Kliring ishtirokchilari roʻyxatdan oʻtganlaridan keyin HKKPning kripto-birjaga xizmat koʻrsatuvchi bankda ochilgan ikkilamchi hisobraqamiga kripto-birja savdolarida ishtirok etish hamda oʻz majburiyatlarini bajarish uchun pul mablagʻlarini oʻtkazadilar.
52. Kliring ishtirokchisi zakalat sifatida va/yoki bitimlar boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarish uchun pul mablagʻlarini kripto-birjaga xizmat koʻrsatuvchi bankdagi HKKPning ikkilamchi hisobraqamiga ularni ishtirokchining virtual hisobvaragʻiga kirim qilish uchun oʻtkazadilar. Zakalat miqdori lokal hujjatlar bilan belgilanadi.
53. HKKP har bir kliring ishtirokchisining pul mablagʻlari va majburiyatlarini ularning virtual hisobvaraqlarida alohida hisobga oladi.
54. Kliring ishtirokchilarining HKKPdagi virtual hisobvaraqlaridagi mablagʻlari quyidagi maqsadlarda ishlatiladi:
bitimlar boʻyicha majburiyatlarni bajarish bilan bogʻliq ular oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitob uchun;
savdo sessiyalarida ishtirok etish uchun zakalat sifatida;
mijozning topshirigʻiga koʻra — kliring ishtirokchisining mablagʻlarini unga xizmat koʻrsatuvchi bankdagi hisobraqamiga qaytarish uchun;
birja xizmatlariga haq toʻlash boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun;
bitimlarning tuzilishi va bajarilishi bilan bogʻliq boshqa holatlarda.
Bitimlar boʻyicha hisob-kitoblar faqat kliring elektron tizimi orqali amalga oshiriladi.
55. Elektron kliring tizimi har bir savdo sessiyasidan oldin buyurtmalarning taʼminlanganligi boʻyicha nazoratni amalga oshiradi. Buyurtmalarning taʼminlanganligini nazorat qilish savdo sessiyalari doirasida tuziladigan bitimlarga buyurtmalar boʻyicha amalga oshiriladi.
56. Kliring elektron tizimi tuzilgan bitimlar reyestriga asosan kliring ishtirokchilarining majburiyatlarini belgilaydi va zakalatlarga taqiq qoʻyadi. Kripto-birjaning vositachilik yigʻimlari kripto-birja tomonidan belgilangan tariflarga asosan ushlab qolinadi.
57. Bitim roʻyxatga olingandan soʻng xaridor shartnomada belgilangan muddatlarda bitim boʻyicha majburiyatlarni toʻliq qoplash uchun HKKP ning ikkilamchi hisobraqamiga qoʻshimcha mablagʻlar oʻtkazishi shart. Ushbu summaga HKKP tomonidan majburiyatlarning sotuvchi tomonidan toʻliq bajarilishigacha taqiq qoʻyiladi.
58. Toʻlovlar amalga oshirilgan bitimlar roʻyxati sotuvchiga kripto-aktiv va tokenlarni oʻtkazib berishi uchun asos boʻladi.
59. Kripto-aktiv va tokenlar oʻtkazib berish natijalariga koʻra kliring ishtirokchisi — sotuvchi tomonidan HKKPga ularni oʻtkazib berilganida darhol axborot beriladi. Ushbu bitim boʻyicha sotuvchi va xaridorlarning pul mablagʻlari kliring ishtirokchisi — xaridorning kripto-hamyon manzili (identifikatori)ga kripto-aktiv va tokenlar oʻtkazib berilganligini tasdiqlanmagunga qadar taqiqda qoladi.
6-§. Tuzilgan kripto-birja bitimlarining bajarilishini taʼminlash tartibi
60. Tuzilgan bitimlarni yopish quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
kliring ishtirokchilari — sotuvchi va xaridor tomonidan bitim boʻyicha majburiyatlar lozim darajada bajarilganda;
kliring ishtirokchisi — sotuvchi va xaridor tomonidan bitim boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganda va ular tomonidan jarima toʻlangandan soʻng;
kliring ishtirokchilari — sotuvchi va xaridor jarima toʻlab yoki toʻlamasdan bitimni yopishga oʻzaro rozi boʻlganda;
arbitraj komissiyasining qaroriga koʻra;
kliring ishtirokchilari — sotuvchi va xaridorning shartnomada koʻrsatilgan muddat davomida eʼtirozlari boʻlmaganda, jarimalarsiz.
61. Agar shartnoma shartlarida koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin kliring ishtirokchisi bitim boʻyicha majburiyatlarini bajarmasa, HKKP:
shartnomani xaridor tomonidan toʻlanmaganligi uchun bekor qiladi;
shartnomani arbitraj komissiyasining qaroriga koʻra kripto-aktiv va tokenlarning oʻtkazib berilmaganligi uchun bekor qiladi;
kliring ishtirokchisi — sotuvchi yoki xaridorning hisobraqamiga, shartnomaviy majburiyatlar bajarilmaganligi uchun zakalat miqdoridagi jarimani oʻtkazadi.
7-§. Kliring xizmati koʻrsatishni toʻxtatish
62. Quyidagi holatlarda HKKP kliring ishtirokchisiga kliring xizmati koʻrsatishni toʻxtatadi va uning virtual hisobvaragʻini yopadi:
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma bekor qilinganda;
(62-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
kliring ishtirokchisi tugatilganda;
sud va boshqa vakolatli organlarning qaroriga koʻra;
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa holatlarda.
(62-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
63. Kripto-birja oʻzi tomonidan pul mablagʻlarni HKKP orqali oʻtkazish, savdolar ishtirokchisi nomiga hisoblanadigan kripto-aktiv va tokenlarni uning bank xisob raqamiga yoki kripto-hamyon manzili (identifikator)ga ushbu ishtirokchi talabiga binoan kripto-aktiv va tokenlar savodisida ishtirok etish toʻgʻrisidagi shartnomasida belgilangan tartib va muddatga muvofiq berilishini taʼminlaydi.
Kerakli boʻlgan holatlarda pul oʻtkazmalar hamda kripto-aktiv va tokenlarni oʻtkazib berish kripto-birja tomonidan faqat jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishning oldini olish choralari koʻrilganidan keyin amalga oshiriladi.
7-bob. Yakunlovchi qoida
64. Mazkur Qoidalar talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(64-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Kripto-birja savdolarini amalga oshirish qoidalariga
ILOVA
ILOVA
Kripto-birja veb-saytiga joylashtiriladigan
AXBOROT
1. Vakolatli organ tomonidan belgilangan talablarga javob beradigan kripto-aktiv va tokenlarni sotishning umumiy shartlari.
2. Kripto-birja faoliyatida vujudga keladigan manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish tartibi haqidagi lokal hujjat.
3. Kripto-birja harakati (harakatsizligi)dan norozi boʻlganda mijoz qaysi harakatlarni amalga oshirishga haqli ekanligi toʻgʻrisida maʼlumot (shu jumladan, mijozning sudga murojaat qilish va mediatsiya orqali nizoni hal qilish imkoniyati haqidagi huquqi koʻrsatilishi lozim).
4. Kripto-birja savdolarini amalga oshirish qoidalarida nazarda tutilgan xolat va hajmda kripto-birja faoliyatining reklamasida koʻrsatilishi talab qilinadigan maʼlumot.
5. Kripto-aktiv va tokenlar savdolari boʻyicha quyidagi maʼlumotlar:
a) kripto-aktiv va tokenlarni sotish vaqti, kotirovkalash varagʻi;
b) kripto-aktiv va tokenlar bilan kripto-birja elektron maydonchasida ilgari amalga oshirilgan bitimlardagi narxlar haqida (tarixiy kotirovkalar). Ushbu narxlar joylashtirish (oshkor qilish) sanasidan oldingi uch yildan kam boʻlmagan davr boʻyicha, agar kripto birja faoliyatini boshlaganiga uch yildan koʻp oʻtmagan boʻlsa — uning butun faoliyat davri boʻyicha koʻrsatiladi;
v) kripto-birjaning kripto-aktivlar va tokenlar savdolarida ishtirok etganligi haqida va kripto-birja tomonidan qabul qilingan ushbu ishtirok natijasida kelib chiqadigan manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish boʻyicha kripto-birjaning choralari;
g) kripto-birja savdolarini amalga oshirish qoidalarida koʻrsatilgan shartnomlar asosida kripto-birja, uning hodimlari, mulk egasi, taʼsischi (ishtirokchi) yoki benefetsiar mulkdorining egaligida boʻlgan kripto-aktiv va tokenlar savdolariga kirishga ruxsat etilgan kripto-aktiv va tokenlar toʻgʻrisidagi maʼlumot quyidagi xolatlarda:
agar kripto-birja, uning hodimi, mulk egasi, taʼsischisi (ishtirokchisi) yoki benefetsiar mulkdorining egaligidagi kripto-aktiv va tokenlarning soni birgalikda kripto-aktiv va tokenlarning umumiy sonidan besh va undan koʻp foizini tashkil qilsa;
kripto-birja, uning hodimi, mulk egasi, taʼsischisi (ishtirokchisi) yoki benefetsiar mulkdori ushbu kripto-aktiv va tokenlarni yaratish boʻyicha buyurtmachisi yoki oʻz manfaatiga koʻra ushbu kripto-aktiv va tokenlarni yaratgan boʻlsa.
6. Kripto-birja savdolarini amalga oshirish qoidalariga muvofiq hisobotlarni saqlash (deponentlash) boʻyicha xizmat koʻrsatadigan tashkilotning nomi, joylashgan joyi, elektron pochta manzili va telefon raqami haqidagi maʼlumot.
(1a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining 2019-yil 6-dekabrdagi 172-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3127-3, 20.12.2019-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 10/19/3127-3/4185-son)
Kripto-birjalar faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Kripto-birjalarni apparat-dasturiy realizatsiyasi
TAVSIFI
1. Kompaniya hamda uning faoliyati va rahbariyati haqida maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan maʼlumotnoma.
2. Dasturiy kompleks tavsifi, shuningdek, uning ishlab chiquvchilari haqida qisqa maʼlumot.
3. Dasturiy kompleksdan boshqa davlatlarda foydalanilganligi tarixi.
4. Axborot xavfsizligi insidentlari haqida maʼlumot, koʻlami va oqibatlaridan qatʼiy nazar (jumladan, buzib kirish, xakkerlik hujumlari va boshqa ruxsat berilmagan kirish faktlari).
5. Dasturiy kompleksning oxirgi 6 oy davomida oʻtkazilgan test natijalari (jumladan, “Pentest”ni kirishiga qarshi testlar va boshqa test turlari).
6. Axborot xavfsizligini taʼminlash kompleksining umumiy tavsifi, jumladan:
foydalanuvchilarni avtorizatsiya qilish va ruxsat berilmagan kirish holatlaridan himoya qilish tizimi tavsifi;
uzluksiz testdan oʻtkazish, kod sifatini nazorat qilish, kod yangilanganda xavfsizlikni taʼminlash tizimi tavsifi;
fishing hujumlaridan himoya tizimi tavsifi;
zaxira nusxa koʻchirish tizimi tavsifi.
7. Maʼlumotlar bazalari serverlari tavsifi.
8. Ilovalar serverlari tavsifi.
9. Interfeys foydalanuvchilari va uni amalga oshirish tavsifi.
10. Tashqi dasturiy komplekslar (blokcheynlar bilan) bilan kripto-aktivlarni kiritish-chiqarish uchun integratsiya qilish tizimi tavsifi.
11. Elektron toʻlov tizimlari bilan integratsiya qilish tizimi tavsifi.
12. Marja savdolari uchun imkoniyatlari tavsifi.
13. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirish boʻyicha ichki nazorat qoidalari va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish xalqaro standartlariga muvofiqlikni taʼminlash boʻyicha boshqa chora-tadbirlar (FATF tavsiyalari).
14. Yangi kripto-aktivlarni qoʻshishni texnik amalga oshirish taʼrifi.
15. Yuk hajmini oshirishda masshtablash tizimi tavsifi.
16. Kripto-tokenlarda foydalanuvchi depozitlarini saqlash tizimi tavsifi.
17. Bank depozitlarini saqlash, boshqarish tavsifi va bank dasturiy taʼminoti bilan aloqasi.
18. Bozorni manipulatsiya qilishni oldini olish uchun savdolarni tahlil va monitoring qilish tizimi tavsifi.
19. Savdo botlari va tashqi ilovalar uchun API kirish imkoniyati tavsifi.
20. Market-meykerlar uchun ishlash shartlari va taklif etilayotgan birjada likvidlikni taʼminlash boʻyicha market-meykerlar bilan kelishuvlar mavjudligi tavsifi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2019-y., 10/19/3127/2525-son; 22.02.2019-y., 10/19/3127-1/2657-son, 08.07.2019-y., 10/19/3127-2/3389-son; 20.12.2019-y., 10/19/3127-3/4185-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi,17.05.2021-y., 10/21/3127-4/0464-son, 05.08.2021-y., 10/21/3127-5/0757-son, 22.11.2021-y., 10/21/3127-6/1081-son, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son, 24.12.2021-y., 10/21/3127-7/1197-son)