O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2018-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-503-son O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Vazirlik va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi direktori O.X. Narzullayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 15-yanvar,
34-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 34-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ekspertlik faoliyatida foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 26-iyundagi 288-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-yil, 6-son, 49-modda):
a) nomi va 1-banddagi “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar” so‘zlari “Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va ularning turlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
nomidagi “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar” so‘zlari “Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va ularning turlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
1 — 3, 5 — 21-bandlardagi “giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar” so‘zlari tegishli kelishikdagi “giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va ularning turlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
II — IV boblar nomidagi “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar” so‘zlari “Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va ularning turlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-maydagi 132-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-yil, 5-son, 36-modda) bilan tasdiqlangan Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etishda xatlangan va olib qo‘yilgan mol-mulkni saqlash tartibi hamda shartlari to‘g‘risidagi nizomning 18-bandidagi “narkotik vositalar” so‘zlaridan keyin “ularning analoglari” so‘zlari qo‘shilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-fevraldagi 73-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2023-y., 09/23/73/0098-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-apreldagi 180-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.04.2022-y., 09/22/180/0307-son)
5. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-martdagi 89-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-yil, 3-son, 21-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlari to‘g‘risidagi nizomning 3-bandi to‘rtinchi xatboshisidagi “giyohvand moddalar” so‘zlaridan keyin “ularning analoglari” so‘zlari qo‘shilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyuldagi 555-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2019-y., 09/19/555/3374-son)
7. Vazirlar Mahkamasining “Butunjahon Internet tarmog‘ida axborot xavfsizligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-sentabrdagi 707-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-yil, 9-son, 223-modda) 1-bandi oltinchi xatboshisidagi “giyohvandlik vositalari” so‘zlaridan keyin “ularning analoglari” so‘zlari qo‘shilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 848-son qarori bilan tasdiqlangan Axborot mahsulotining yoshga oid tasniflarini aniqlash mezonlari hamda uni ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 37-bandi oltinchi xatboshisidagi “giyohvandlik vositalari” so‘zlaridan keyin “ularning analoglari” so‘zlari qo‘shilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/34/2486-son, 04.07.2019-y., 09/19/555/3374-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.04.2022-y., 09/22/180/0307-son; 22.02.2023-y., 09/23/73/0098-son)