Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy rivojlanish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 10-yanvardagi PF-5621-son va “Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 10-yanvardagi PF-5623-son Farmonlarining ijrosini taʼminlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 07/20/4653/0376-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziriga:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 07/20/4653/0376-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi markaziy apparati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish, viloyatlar iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmalari, shuningdek idoraviy boʻysunuvidagi tashkilotlar tuzilmasiga belgilangan shtatlar soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 07/20/4653/0376-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi markaziy apparati departamentlari tuzilmasida 4 ta va undan ortiq shtat birligidan iborat boshqarma (shu jumladan, yigʻma) tashkil etish;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 07/20/4653/0376-son)
davlat organlari va boshqa tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy va taʼlim muassasalari, xalqaro tashkilotlar va xorijiy kompaniyalarning yuqori malakali mutaxassislarini, shuningdek ekspertlarni konsultant sifatida jalb qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
malakali xorijiy mutaxassislarni ishga qabul qilish va ularga ish haqini milliy valyutada yoki xorijdagi hisobvaraqlariga oʻtkazgan holda chet el valyutasida toʻlash huquqi berilsin.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyuldagi PF-6021-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son — 2020-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek ustav fondining (kapitalining) 50 foizi va undan ortigʻi 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli boʻlgan yuridik shaxslar har yili 1-dekabrga qadar kelgusi yilda joriy xoʻjalik faoliyatini taʼminlash uchun moddiy-texnik resurslar roʻyxatini (keyingi oʻrinlarda — Roʻyxat) shakllantiradi va ularni kuzatuv kengashlari roziligi bilan davlat xaridlari saytida majburiy tartibda eʼlon qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
2020-yil 1-yanvardan boshlab davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilish va tegishli tovarlarning narxlari muvofiqligi uchun javobgarlikni boshqaruv organlariga yuklagan holda Roʻyxat boʻyicha (kapital qoʻyilmalar bundan mustasno) tovarlar (ishlar, xizmatlar) davlat xaridlari boʻyicha texnik topshiriqlar, kontraktlar va import kontraktlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda (keyingi oʻrinlarda — Markaz) ekspertizadan oʻtkazilmaydi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 07/20/4653/0376-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
2019-yil 1-fevraldan boshlab tovarlar (ishlar, xizmatlar) davlat xaridlari boʻyicha texnik topshiriqlar narx koʻrsatkichlarining oʻrtacha bozor darajasini oʻrganish natijalari boʻyicha dastlabki hisob-kitoblar asosida shakllantiriladigan ularning cheklangan qiymatini belgilagan holda ekspertizadan oʻtkazish uchun Markazga taqdim etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-apreldagi PQ-4678-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2020-y., 07/20/4678/0440-son)
tuzilgan kontraktlar va import kontraktlarining texnik topshiriqlarga muvofiqligi, shuningdek ularning bajarilishi uchun davlat buyurtmachisi javobgar boʻladi;
davlat buyurtmachisi kontraktlarni, import kontraktlarini ixtiyoriy ravishda shartnoma asosida ekspertizadan oʻtkazish uchun Markazga taqdim etishi mumkin;
Oldingi tahrirga qarang.
tovarlar (ish va xizmatlar) davlat xaridiga texnik topshiriqlarni kompleks ekspertizadan oʻtkazganlik uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi hisobga olinmagan holda davlat buyurtmachisi tomonidan belgilangan cheklangan qiymatning 0,1 foizi, lekin bazaviy hisoblash miqdorining 100 barobaridan ortiq boʻlmagan miqdorda toʻlov undiriladi.
(4-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi 2019-yil 1-martga qadar:
Markaz tomonidan loyiha oldi, loyiha, tender hujjatlari va kontraktlarni ekspertizadan oʻtkazishning yangilangan tartibini;
“Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunga, shu jumladan Roʻyxatning davlat xaridlari ixtisoslashtirilgan saytlarida eʼlon qilinishi boʻyicha majburiy talablar va belgilangan talablarga rioya qilinishini nazorat qilishni nazarda tutadigan oʻzgartirishlar toʻgʻrisidagi takliflarni;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga “Elektron hukumat” tizimiga taqdim etilishi va kiritilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar tarkibi boʻyicha takliflarni kiritsin hamda Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimining belgilangan protokol boʻyicha platforma formatida majburiy qoʻllanilishini taʼminlasin.
6. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Urbanizatsiya agentligi direktorining oʻrinbosarlari, shu jumladan birinchi oʻrinbosari hamda Markaz direktori va direktor oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri tomonidan;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri, uning oʻrinbosari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri bilan kelishilgan holda;
viloyatlar iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmalari boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari — viloyatlar hokimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri bilan kelishilgan holda;
tumanlar va shaharlar iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimlari boshliqlari — tegishli tumanlar (shaharlar) hokimlari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri, viloyatlar iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmalari boshliqlari taqdimnomasiga koʻra hamda Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
(6-bandning ikkinchi — beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 07/20/4653/0376-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti va Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi xodimlariga Vazirlik markaziy apparati xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish, ijtimoiy himoya, transport va tibbiy xizmat shartlari tatbiq etilsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) bir oy muddatda belgilangan tartibda Vazirlik markaziy apparati xodimlari va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarining shtat jadvalini tasdiqlasin.
9. Vazirlik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda kichik sanoat zonalarining faoliyatini quyidagilarni hisobga olgan holda taʼminlasin:
tabiiy va iqtisodiy resurslardan samarali foydalangan holda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari;
ichki isteʼmol bozorini yuqori sifatli va xaridorgir mahalliy ishlab chiqarish tovarlari bilan toʻldirish, boʻsh turgan obyektlarni va mavjud mahalliy mehnat resurslarini, ayniqsa yoshlarning mehnat kuchidan samarali foydalanish maqsadida loyihalarni maqbul joylashtirish;
yirik va kichik korxonalar oʻrtasida kooperatsiya aloqalarini mustahkamlash, shu jumladan mahalliylashtirish va import oʻrnini bosish boʻyicha loyihalarni tashkil etish orqali mintaqalarning sanoat salohiyatini oshirish va kichik sanoat zonalarida ishlab chiqariladigan mahsulotlar bozorini kengaytirish;
kichik sanoat zonalarida loyihalarni amalga oshirish va sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishning avtomatlashtirilgan monitoringi natijalari.
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bir oy muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining hududiy boʻlinmalari bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, viloyatlar iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmalari xodimlarining shtatlar jadvalini va koʻp yillik xizmatlari uchun toʻlovlar miqdorini tasdiqlasinlar;
Vazirlikning hududiy boʻlinmalari zimmasiga yuklangan vazifalarni yuqori kasbiy darajada amalga oshirishga qodir, zarur bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan malakali mutaxassislar bilan toʻldirilishini taʼminlasinlar;
Vazirlik bilan kelishgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni, viloyatlar iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmalari, shuningdek tumanlar (shaharlar) iqtisodiyot va sanoat boʻlimlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
11. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, viloyatlar iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimlarining joriy taʼminoti va ular faoliyatini, shuningdek xodimlariga koʻp yillik xizmatlari uchun toʻlovlarni moliyalashtirish Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti va viloyatlarning viloyat budjetlari hisobidan amalga oshiriladi;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 07/20/4653/0376-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PQ-147-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 07/25/147/0367-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) direktori maqomi va mehnatga haq toʻlash shartlari, tibbiy va transport taʼminoti sharoitlari boʻyicha vazirning oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
(11-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 07/20/4653/0376-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Institut tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy sohada tadqiqotlarni amalga oshirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy davlat moliya tashkilotlarining grantlari har yili jalb etilishini taʼminlasin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
13. Institut:
qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar majburiy tarqatiladigan tashkilotlar roʻyxatiga;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi, Soliq qoʻmitasi, Bojxona qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentiligi, boshqa vazirlik va idoralar statistik axborot byulletenlarini majburiy tarqatish roʻyxatiga kiritilsin.
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Vazirlik, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yilgi Investitsiya dasturi doirasida markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar hisobidan, buyurtmachi etib “Toshkentqurilishinvest” injiniring kompaniyasini va bosh loyihachi etib “Toshgiproshahar” AJni belgilagan holda institutning muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini modernizatsiyalashni va institut binosining texnik inshootlarini qayta taʼmirlashni amalga oshirilishini taʼminlasin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
15. Vazirlik va uning huzuridagi Urbanizatsiya agentligi Toshkent shahri, Islom Karimov koʻchasi, 45a-uy manzilida joylashtirilsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Toshkent shahar hokimi apparati bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Markazni joylashtirish uchun bino ajratish boʻyicha taklif kiritsin hamda yangi joy aniqlanguniga qadar u egallab turgan Toshkent shahri, Islom Karimov koʻchasi, 1-uy manzilidagi joy oʻzida qoldirilsin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 28-apreldagi PQ-2934-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
18. Vazirlik boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Vazirlikning yangi tashkil etilgan boʻlinmalarini zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega malakali mutaxassislar bilan toʻldirilishini taʼminlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Urbanizatsiya agentligi toʻgʻrisidagi nizomni Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin;
qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
19. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 10-yanvar,
PQ-4105-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 07/20/4653/0376-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 07/20/4653/0376-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 07/20/4653/0376-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 07/20/4653/0376-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 07/20/4653/0376-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 07/20/4653/0376-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 07/20/4653/0376-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 07/20/4653/0376-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 07/20/4653/0376-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 07/20/4653/0376-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8b-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PQ-4653-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2020-y., 07/20/4653/0376-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 07/19/4105/2464-son, 15.05.2019-y., 06/19/5717/3132-son, 14.08.2019-y., 07/19/4417/3560-son, 06.09.2019-y., 06/19/5811/3691-son, 20.09.2019-y., 07/19/4461/3772-son, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; 27.03.2020-y., 07/20/4653/0376-son; 16.04.2020-y., 07/20/4678/0440-son; 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son; 22.04.2025-y., 07/25/147/0367-son)