Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.03.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida xalq tabobati sohasini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-oktabrdagi PQ-3968-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-iyundagi 405-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 111-modda) bilan tasdiqlangan Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 10-yanvar,
15-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-yanvardagi 15-son qaroriga
ILOVA
Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Tibbiy faoliyatni litsenziyalash Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi (keyingi oʻrinlarda litsenziyalovchi organ deb ataladi) tomonidan, xalq tabobati usullarini qoʻllagan holda tibbiy faoliyatni litsenziyalash litsenziyalovchi organ huzurida tashkil etilgan xalq tabobati usullaridan foydalangan holda Tibbiy xizmat koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash maxsus komissiyasi tomonidan Davlat xizmatlari markazlari (keyingi oʻrinlarda markazlar deb ataladi) yoki Oʻzbekiston Respublikasining Yagona interfaol davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda Yagona portal deb ataladi) orqali amalga oshiriladi.
Xalq tabobati usulida xizmat koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash tibbiy faoliyatni litsenziyalash uchun belgilangan tartibda (tibbiy taʼlim maʼlumoti mavjudligi talabi bundan mustasno) amalga oshiriladi”.
2. 10-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshidagi “vrach-mutaxassislarda” soʻzlari “vrach-mutaxassislarda (oliy tibbiy taʼlim maʼlumotiga ega boʻlmagan, xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi shaxslardan tashqari)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2019-y., 09/19/15/2454-son)