|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.09.2024
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va “Elektron parlament” tizimini yanada rivojlantirish doirasida norma ijodkorligi jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Moliya vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish uchun kompyuter texnikasi, server va kommunikatsiya uskunalari, shuningdek, dasturiy ta’minlash ro‘yxati ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi bilan kelishgan holda, zarurat bo‘lganda, ushbu qaror bilan tasdiqlangan ro‘yxatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi berilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi bilan kelishgan holda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish uchun eng yaxshi takliflarini tanlash asosida ushbu qarorga ilovada ko‘rsatilgan kompyuter texnikasi, server va kommunikatsiya uskunalarini, dasturiy ta’minlashni yetkazib berishga yetkazib beruvchilar va pudrat tashkilotlarini aniqlasin;
ushbu qaror bilan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq 2018-yil 25-dekabrgacha — kompyuter texnikasi, 2019-yil 1-fevralgacha — server va kommunikatsiya uskunalari, shuningdek, dasturiy ta’minlash —keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi apparatiga bepul berilgan holda belgilangan tartibda yetkazib berilishi va o‘rnatilishini tashkil etsin.
4. Quyidagilar:
kompyuter texnikasini xarid qilish va o‘rnatishga — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari;
Oldingi tahrirga qarang.
server va kommunikatsiya uskunalarini, dasturiy ta’minlashni xarid qilish va o‘rnatishga — O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish uchun ushbu qarorga ilovada ko‘rsatilgan kompyuter texnikasi, server va kommunikatsiya uskunalari, dasturiy ta’minlash, shuningdek, unga O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan va yetkazib beruvchilar va/yoki pudratchilar tomonidan olib kiriladigan ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar 2019-yil 1-avgustgacha bo‘lgan muddatda bojxona to‘lovlaridan ozod qilinsin (bojxona yig‘imlari bundan mustasno).
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri D.A. Kuchkarov va O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sodiqov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 19-dekabr,
1035-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2018-y., 09/18/1035/2352-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)