Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 04.04.2024
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 249-son qarori bilan tasdiqlangan Narxlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli tovarlar (xizmatlar) va ularning strategik turlari ro‘yxatiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 722-sonli “Narxlari davlat tomonidan tartibga solinishi lozim bo‘lgan tovarlar narxlarining (tariflarining) shakllanishi hamda qo‘llanilishini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2024-yil 4-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida darslik va o‘quv-metodik majmualarni nashr etish hamda ularni umumta’lim maktablarigacha yetkazib berishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 249-son qarori bilan tasdiqlangan Narxlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli tovarlar (xizmatlar) va ularning strategik turlari ro‘yxatiga ilovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmuradov va O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari N.Sh. Sharipov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 8-dekabr,
996-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi 996-son qaroriga
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 249-son qarori bilan tasdiqlangan Narxlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli tovarlar (xizmatlar) va ularning strategik turlari ro‘yxatiga kiritilayotgan qo‘shimchalar
Quyidagi mazmundagi 22 va 23-bandlar qo‘shilsin:
“22. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga tegishli umumta’lim fanlari bo‘yicha darslik va o‘quv-metodik majmualarni nashr etish xizmatlari (Xalq ta’limi vazirligining maxsus tasdiqlanadigan ro‘yxati bo‘yicha).
23. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining “O‘quv ta’lim-ta’minot” davlat unitar korxonasi tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar.”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/996/2288-son)