Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Avtomobil yoʻllarini qurish va ulardan foydalanish sohasida ishlarni tashkil etishning ilgʻor xorijiy uslublarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mamlakatning yoʻl-transport infratuzilmasini jadal rivojlantirish, ilgʻor texnologiyalar va eng yaxshi xorijiy tajribalarni joriy etish asosida loyiha va yoʻl qurish ishlari sifatini yanada oshirish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi bilan uzviy bogʻliqlikda yoʻl qurish sohasida davlat boshqaruvi tizimini kompleks takomillashtirish maqsadida:
1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil yoʻllarini qurish va ulardan foydalanish sohasidagi ustuvor vazifalar etib belgilansin:
birinchi — avtomobil yoʻllarini loyihalash va qurish sohasida umumeʼtirof etilgan xalqaro standartlar va eng yaxshi tajribalarni, avtomobil yoʻllarining sifatini va xizmat koʻrsatish muddatlarini oshirishni taʼminlaydigan yoʻl qurilishida qoʻllaniladigan zamonaviy innovatsion texnologiyalar va materiallarni joriy etish;
ikkinchi — yoʻl qurilishida moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish, xalqaro va davlat ahamiyatiga ega boʻlgan avtomobil yoʻllarini qurish va qayta qurish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishda xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy bank institutlarining imtiyozli kredit liniyalarini jalb etish hajmlarini kengaytirish, shuningdek, umumiy foydalanishdagi yoʻllarni qurishda xususiy investitsiyalarni keng ragʻbatlantirish;
uchinchi — birinchi navbatda, mamlakatning hududlariga yetakchi xorijiy kompaniyalar va yuqori malakali mutaxassislar ishtirokida yirik pudrat tashkilotlarini jalb etish hisobiga, yoʻl xoʻjaligi sohasidagi ilgʻor xorijiy tajriba va amaliyotni faol oʻzlashtirish va samarali qoʻllash;
toʻrtinchi — yoʻllardan foydalanish korxonalarini zamonaviy yoʻl qurish texnikalari va taʼmirlash uskunalari bilan, jumladan lizing asosida faol jihozlash va ular ishini tashkil etishning samarali texnologiyalarini joriy etish hisobiga avtomobil yoʻllaridan foydalanish ishlari sifatini oshirish;
beshinchi — mamlakat hududlarida yetakchi xorijiy kompaniyalar ishtirokida yoʻl qurilishi uchun zamonaviy qurilish materiallarini va maxsus yoʻl-qurilish texnikalarini, kelgusida ularga xizmat koʻrsatuvchi servis markazlarini ochgan holda, ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshma korxonalarni tashkil etish;
oltinchi — yoʻl qurilishi uchun kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini, jumladan sohaga oid xorijiy oʻquv muassasalari va markazlari bilan hamkorlikda tubdan takomillashtirish, shuningdek, yetakchi xorijiy yoʻl-qurilish kompaniyalarida mahalliy mutaxassislar uchun amaliyot oʻtash dasturlarini tashkil etish.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligining quyidagilarga yoʻnaltirilgan Oʻzbekiston Respublikasida uzoq muddatli istiqbolda yoʻl qurilishini rivojlantirish Strategiyasini (keyingi oʻrinlarda — Rivojlantirish strategiyasi) ishlab chiqishda ishtirok etish uchun yetakchi xorijiy konsalting kompaniyalarini jalb etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
avtomobil yoʻllari toifalariga koʻra ularni loyihalash, qurish va qayta qurish, shuningdek, taʼmirlashda avtomobil yoʻllari sifatini va xizmat koʻrsatish muddatlarini oshirishni taʼminlaydigan zamonaviy standartlar va texnologiyalarni joriy etish;
respublika va hududlarning istiqbolli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlarini, shuningdek, mamlakatning tranzit salohiyatidan imkon qadar samarali foydalanishni hisobga olgan holda 2020 — 2040-yillarda umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilish dasturini ishlab chiqish;
avtomobil yoʻllarini, jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlarini, moliyalashtirish sohasidagi siyosatni tubdan takomillashtirish;
avtomobil yoʻllarini qurish va ulardan foydalanishga xususiy sektor resurslarini jalb etishni ragʻbatlantirish va yoʻl qurilishi sohasida davlat boshqaruvi mexanizmlarini kompleks takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda 2018-yilning 30-dekabrigacha boʻlgan muddatda yetakchi xorijiy konsalting kompaniyalar va agentliklar, eng avvalo, Germaniyaning mos yoʻnalishdagi kompaniyalari amaliy tajribalarini oʻrganish asosida, moliyalashtirish manbalarini aniqlagan holda, Rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish uchun xorijiy konsultantni jalb etsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda uch kun muddatda quyidagilar bilan bogʻliq tashkiliy-amaliy masalalarni xorijiy hamkorlar bilan ishlab chiqish uchun vakolatli vazirliklar va idoralarning malakali mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tashkil etsin:
respublika hududida avtomobil yoʻllarini qurish va ulardan foydalanishda qoʻllaniladigan zamonaviy qurilish materiallarini ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshma korxonalarni tashkil etish;
avtomobil yoʻllari va sunʼiy inshootlarni loyihalash sohasida yetakchi xorijiy injiniring kompaniyalar (jumladan, professional biznes doiralarida xalqaro darajada obroʻga ega nemis kompaniyalari — “OBERMEYER Planen+Beraten GmbN”, “Lahmeyer International GmbN”, “Lomb Ingenieurgesellschaft mbN”, “INROS LACKNER SE” va boshqalar) bilan hamkorlik oʻrnatish;
respublika hududlarida zamonaviy qurilish texnikalari va taʼmirlash uskunalari bilan jihozlangan yoʻl qurish tashkilotlarini tashkil etish (Yevropaning eng yirik kompaniyalaridan biri boʻlgan va yoʻl xoʻjaligi sohasiga ixtisoslashgan “GP Günter Papenburg AG” kompaniyasini hamkorlikka jalb etish imkoniyatini koʻzda tutgan holda);
respublikada avtomobil yoʻllari boʻylarini koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish, zamonaviy landshaft dizayni elementlarini oʻzlashtirish, yoʻlboʻyi infratuzilma obyektlarini rivojlantirish sohasidagi ilgʻor xorijiy tajribani joriy etish;
avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilish, shuningdek, yoʻllardan foydalanish korxonalarini zamonaviy texnikalar bilan taʼminlash boʻyicha loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy kredit tashkilotlarining moliyaviy resurslarini jalb etish;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Qurilish vazirligi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi bilan birgalikda 2019-yilda Germaniya Federativ Respublikasida yoʻl qurilishi boʻyicha oʻtkaziladigan xalqaro koʻrgazmalar, yarmarkalar, konferensiyalar va simpoziumlarda vakolatli vazirliklar va idoralar vakillarining ishtirok etishi boʻyicha takliflarni bir oy muddatda kiritsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Qurilish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda 2019-yilning 10-fevraligacha boʻlgan muddatda quyidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti huzurida ixtisoslashgan xorijiy oʻquv muassasalari va kompaniyalarning hamkor sifatidagi ishtirokida Avtomobil yoʻllarini qurish va taʼmirlash sohasi mutaxassislarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazini tashkil etish;
yoʻl xoʻjaligidagi mahalliy mutaxassislarning xorijiy oʻquv muassasalarida malaka oshirish va tayyorlov oʻquv kurslarini, shuningdek, Germaniya Federativ Respublikasining yetakchi yoʻl-qurilish kompaniyalarida amaliyot oʻtashlarida koʻmaklashish;
avtomobil yoʻllarini qurish va foydalanishda ilgʻor uslub va texnologiyalarni jalb etishga koʻmaklashish va tajriba almashish sohasida Germaniyaning transport va infrastruktura federal vazirligi bilan hamkorlikni oʻrnatish.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi bilan birgalikda uch oy muddatda umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini va hududiy avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash sohasida davlat-xususiy sheriklik tamoyillarini joriy etish boʻyicha takliflar kiritsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi va Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasining pudrat ishlarini hajm koʻrsatkichlariga oʻtkazish yoʻli orqali yoʻl xoʻjaligida loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish, shuningdek, ularni qabul qilib olishda hajm va sifat koʻrsatkichlarini hisobga olishni (“hajm uslubi”) koʻzda tutadigan tartibni 2019-yildan boshlab bosqichma-bosqich joriy etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda quyidagilarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, yoʻl xoʻjaligi sohasida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish, shuningdek, ularni qabul qilib olishda hajm va sifat koʻrsatkichlarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisida nizom;
avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash hamda yoʻl xoʻjaligida qurilish materiallari ishlatilishining milliy meʼyorlari va standartlarini xalqaro standartlar talablariga moslashtirish boʻyicha takliflar.
9. Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi “Oʻzstandart” agentligi, Avtomobil yoʻllari ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti bilan birgalikda uch oy muddatda yoʻl xoʻjaligida kelgusida ishlab chiqarish va qoʻllash uchun zamonaviy qurilish materiallari va qoʻshimchalar (polimer-chaqiqtosh-mastikli asfaltbeton, sintetik tolalar aralashmasi, mikrosyurfeysing, boshqa modifikatsiyalangan materiallar) qoʻllagan holda asfaltbeton qoplamalarining yuqori texnologiyali turlarini joriy etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqsin.
10. 2018-2019-yillarda yoʻl qurilishi sohasiga ilgʻor xorijiy uslublarni joriy etish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda — Yoʻl xaritasi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yoʻl xaritasida koʻzda tutilgan chora-tadbirlarning masʼul vazirliklar va idoralar tomonidan oʻz vaqtida bajarilishi boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirishni taʼminlasin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 27-noyabr,
PQ-4035-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-noyabrdagi PQ-4035-son qaroriga
ILOVA
2018-2019-yillarda yoʻl qurilishi sohasiga ilgʻor xorijiy uslublarni joriy etish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddatlari

Masʼul
ijrochilar

I. Avtomobil yoʻllarini loyihalash va qurish sohasida umumeʼtirof etilgan xalqaro standartlarni hamda yoʻl qurilishida qoʻllaniladigan zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etish

1.

Quyidagilarni tashkil etish:

potensial hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida chet elning eng yaxshi konsalting kompaniyalari xususan, oʻz yoʻllarining sifati va yoʻl infrastrukturasini saqlash texnologiyalari samaradorligi boʻyicha butun dunyoga mashhur davlat — Germaniyaning ixtisoslashgan ilgʻor kompaniyalari reytingini oʻrganish;

chet elning ilgʻor konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasining uzoq muddatga moʻljallangan istiqbolli yoʻl qurilishini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish.

Yoʻl qurilishi sohasida ish tajribasiga ega boʻlgan yetakchi chet el konsalting kompaniyalari bilan muzokaralar oʻtkazish.

Rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish boʻyicha moliyalashtirish manbalarini aniqlash.

Ishlarni yakunlashning aniq muddatlari va ishlab chiqiladigan hujjatlar roʻyxatini koʻrsatgan holda konsalting xizmatlarini koʻrsatishga shartnomalar tuzish.

Rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish boʻyicha konsalting kompaniyalar ishlarini tashkil etish (bosqichlarini, muddatlarini, asosiy yoʻnalishlarni aniqlash).

2018-yil dekabr


2018-yil

30-dekabr

2019-yil yanvar




Tasdiqlangan muddatlarga muvofiq

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, “Investitsiyalar ekspert markazi” UK, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Moliya vazirligi

2.

Avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va saqlash sohasida xalqaro standartlarni va eng yaxshi amaliyotlarni qoʻllash.

Samarasiz va eskirgan mexanizmlar va meʼyorlarni bekor qilishni koʻzda tutgan holda avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va saqlash boʻyicha meʼyoriy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish.

Avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va saqlash sohasidagi meʼyoriy va texnik hujjatlarni tasdiqlash boʻyicha Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2018-yil dekabr




2019-yil fevral

Qurilish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, “Oʻzstandart” agentligi

3.

Oʻzbekiston Respublikasida yoʻl qurilishi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish.

Yoʻl qurilishi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish boʻyicha rejalar dasturini ishlab chiqish.

2019-yil

I yarim yillik

Vazirlar Mahkamasi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi,

Adliya vazirligi

4.

Oʻzbekiston Respublikasining Xalqaro muhandislar-konsultantlar federatsiyasiga (FIDIC) kirishi boʻyicha taklif kiritish.

Oʻzbekiston Respublikasining FIDICga kirishi taklifi yuzasidan yozma axborotnoma kiritish.

Muzokaralar oʻtkazish va Oʻzbekiston Respublikasining FIDICga kirishi shartlarini kelishish.

2019-yil

I chorak

2019-yil davomida

Qurilish vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

5.

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining pudrat tashkilotlari bazasida Germaniyalik chet el hamkorlar bilan birgalikda avtomobil yoʻllari va sunʼiy inshootlarni qurish va taʼmirlash boʻyicha hududiy filiallariga ega korxona tuzish.

Avtomobil yoʻllari va sunʼiy inshootlarni qurish va taʼmirlash boʻyicha hududiy filiallariga ega korxona tuzish yuzasidan chet el kompaniyalari bilan bitim tuzish.

2019-2020-yillar

Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,
Tashqi ishlar vazirligi

6.

Avtomobil yoʻllari va sunʼiy inshootlarni qurish va taʼmirlashga ixtisoslashgan ilgʻor chet el kompaniyalariga Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi pudrat tashkilotlaridagi davlat (xoʻjalik) ulushini qisman yoki toʻliq sotish boʻyicha taklif kiritish.

Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi pudrat tashkilotlaridagi davlat (xoʻjalik) ulushini qisman yoki toʻliq sotish boʻyicha taklif tayyorlash.

2018-yil

dekabr

Vazirlar Mahkamasi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi,

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi,

Davlat raqobat qoʻmitasi

7.

Avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashda ishtirok etish uchun koʻproq Germaniyadan yetakchi pudrat tashkilotlarini jalb etish.

Avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashda yetakchi hamkorlik tashkilotlarida ishtirok etish.

doimiy

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,
Qurilish vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi

II. Yoʻl qurilishini moliyalashtirish samaradorligini oshirish, xalqaro moliya tashkilotlari va chet el bank muassasalarining imtiyozli kredit mablagʻlarini jalb etish hajmini oshirish, avtomobil yoʻllarini qurish va ulardan foydalanishda xususiy sektor ishtirokini ragʻbatlantirish

8.

Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, yoʻl xoʻjaligi sohasida qurilish-montaj ishlarini bajarish hamda ularni ish hajmi va sifatiga muvofiq (“hajm metodi”) qabul qilish tartibini joriy qilish.

Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, yoʻl xoʻjaligi sohasida qurilish-montaj ishlarini bajarish hamda ularni ish hajmi va sifatiga muvofiq (“hajm metodi”) qabul qilish tartibi boʻyicha Nizomni tasdiqlash yuzasidan Hukumat qarori loyihasi.

Shaharsozlik qurilish meʼyorlari va qoidalarini qurilish-montaj ishlarining hajmi va sifati asosida bajarish va qabul qilish metodini yoʻl xoʻjaligi sohasiga joriy etishni hisobga olgan holda qayta koʻrib chiqish va tasdiqlash.

2019-yil yanvar





2019-yil fevral

Qurilish vazirligi,

Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, vazirlik va idoralar

Qurilish vazirligi,

Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, vazirlik va idoralar

9.

Quyidagilarni jalb qilish boʻyicha masalalarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Germaniya Federativ Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida imzolash uchun tayyorlash:

nemis moliya tashkilotlari va banklari, shuningdek, xalqaro moliya tashkilotlari kredit resurslarini imtiyozli shartlarda;

avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va saqlash, zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etish sohasida texnik yordam va konsultativ xizmatlar koʻrsatish uchun Germaniyaning yetakchi kompaniyalarini;

yoʻl xoʻjaligi uchun zamonaviy qurilish materiallari va maxsus yoʻl-qurilish texnikasini ishlab chiquvchi qoʻshma korxona tashkil etish uchun yetakchi ishlab chiquvchilarni;

yoʻl xoʻjaligi tarmogʻi uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida keng miqyosda hamkorlikni yoʻlga qoʻyish uchun Germaniyaning taʼlim muassasalarini, shu bilan birga yetakchi kompaniya — hamkorlar bazasida stajirovka programmalarini.

Hamkorlik dasturlari, memorandumlar, shartnomalar, kredit bitimlari loyihalari.

Jadvalga muvofiq

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi,

Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi,

Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi

10.

Rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish doirasida avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya va taʼmirlash loyihalarini amalga oshirish, yoʻllardan foydalanish korxonalarini zamonaviy texnikalar bilan taʼminlash, yoʻl qurilishi sohasida nemis kompaniyalari bilan qoʻshma korxonalar tuzish uchun nemis banklarining kredit resurslarini imtiyozli shartlarda jalb qilish.

Kredit bitimlarini tuzish.

2019-yil yanvar-fevral

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi,

Moliya vazirligi,

Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi,

Tashqi ishlar vazirligi, tijorat banklari

11.

Umumiy foydalaniladigan va hududiy avtomobil yoʻllarni ustuvor ravishda nemis sheriklari bilan loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklik prinsiplarini joriy qilish.

Avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va saqlash sohasiga davlat-xususiy sheriklik prinsiplarini joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

2019-yil fevral-mart

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi,

Davlat raqobat qoʻmitasi

III. Avtomobil yoʻllaridan foydalanish boʻyicha ishlar sifatini oshirish

12.

Yoʻllardan foydalanish tashkilotlarini zamonaviy yoʻl-qurilish texnikalari va taʼmirlash uskunalari bilan taʼminlash.

Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasining tashkilotlari va hududiy obodonlashtirish boshqarmalarining yoʻl-qurilish texnikalari va taʼmirlash uskunalariga ehtiyojini aniqlash.

Yoʻl-qurilish texnikalari va taʼmirlash uskunalarining yetakchi ishlab chiqaruvchilari bilan muzokaralar olib borish, shuningdek, nemis moliya tashkilotlari va banklarining uzoq muddatli imtiyozli maqsadli mablagʻlarini jalb qilish hamda servis markazlarini tashkil etish.

Shartnomalar tuzish va zamonaviy yoʻl-qurilish texnikalari va uskunalarini yetkazish.

2018-yil

dekabr



2019-yil

yanvar-fevral





2019-2020-yillar

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi,
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

13.

Xarid qilinayotgan zamonaviy yoʻl-qurilish texnikalariga va taʼmirlash uskunalariga texnik xizmat koʻrsatish uchun servis markazlarini tashkil etish.

Yoʻl-qurilish texnikalari va taʼmirlash uskunalarini ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan servis markazlarini tashkil etish boʻyicha Bitimlar tuzish.

2019-yil mobaynida

Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi

14.

Avtomobil yoʻllaridan foydalanish muddatlarini uzaytirish uchun avtomobil yoʻllarini saqlash va ulardan foydalanish sohasiga innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish.

Zamonaviy innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish.

2019-yil mobaynida

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Qurilish vazirligi,

Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi

15.

Avtomobil yoʻli oʻqining maydonlarida vazn oʻlchovchi statsionar nazorat postlarini joylashtirish, ularni avtotransport vositalarining gabarit parametrlari va ogʻirliklarini oʻlchash uchun uskunalar bilan taʼminlash hamda maxsus avtomobillarda koʻchma vazn oʻlchov nazorat postini tashkil etish.

Respublika ichida katta gabaritli moslama punktlarining va joylari dislokatsiyasini aniqlash boʻyicha ishchi guruhni tashkil etish.

Joyiga chiqqan holda avtomobil yoʻllari va vazn statsionar oʻlchov nazorat postlarini joylashtirishni aniqlash.

Vazn oʻlchov statsionar postlarining dislokatsiya joylarini aniqlagan holda, maxsus avtomobillarda koʻchma vazn oʻlchov nazorat postini hisobga olib, moliyalashtirish manbalarini aniqlash.

Mobil va statsionar vazn oʻlchov postlarini moslamalar bilan jihozlash uchun yetkazib beruvchilarni aniqlash.

Vazn oʻlchovchi statsionar nazorat postlarini transport vositalarining gabarit parametrlari va ogʻirliklarini oʻlchashi uchun uskunalar bilan taʼminlash hamda maxsus avtomobillarda koʻchma vazn oʻlchov nazorat postini tashkil etish.

2018-yil

dekabr



2019-yil

yanvar — mart






2019-yil
aprel





2019-yil
may






2019-2020-yillar

Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi,

IIV, Davlat bojxona qoʻmitasi,

Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi,

Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi,


Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, IIV, Davlat bojxona qoʻmitasi






Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, IIV, Davlat bojxona qoʻmitasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

16.

Respublikada yoʻl-transport infratuzilmasining maqsadli parametrlarini aniqlashda logistika samaradorligi indeksi metodologiyasiga muvofiq (Logistic performance Index) respublikaning transport logistika kompleksi holatini baholash tizimini tatbiq etish.

Logistika samaradorligining indeks metodologiyasiga muvofiq respublikaning transport logistika kompleksi holatini baholash tizimini joriy etish boʻyicha chora- tadbirlar rejasi.

2019-yil

I chorak

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi,

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi,

Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi

IV. Yoʻl xoʻjaligi uchun zamonaviy qurilish materiallarini va maxsus yoʻl qurilishi texnikalarini ishlab chiqarishni tashkil etish

17.

Yoʻl xoʻjaligi uchun zamonaviy qurilish materiallari va maxsus yoʻl-qurilish texnikalarini ishlab chiqarish, ushbu texnikalarning servis markazlarini mamlakatimiz hududlarida ochish boʻyicha yetakchi chet el kompaniyalari ishtirokida qoʻshma korxonalar tashkil etish.

Yoʻl xoʻjaligi uchun zamonaviy qurilish materiallari va maxsus yoʻl-qurilish texnikalarini ishlab chiqaruvchi ilgʻor chet el ishlab chiqaruvchilarini asosan Germaniyadan dastlabki tanlab olishni amalga oshirish.

Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish boʻyicha Oʻzbekistonda qoʻshma korxonalar tashkil etish yuzasidan muzokaralar olib borish.

2019-yil

mart




2019-yil mobaynida

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi,

Tashqi savdo vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi,

Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi,

“Oʻzqurilishmateriallari” AJ

18.

Avtomobil yoʻllarini va sunʼiy inshootlarni loyihalash sohasida yetakchi nemis kompaniyalari orasidan xorijiy injiniring kompaniyalar (“OBERMEYER Planen+Beraten GmbN”, “Lahmeyer International GmbN”, “Lomb Ingenieurgesellschaft mbN, “INROS LACKNER SE” va boshqalar) bilan hamkorlikni yoʻlga quyish.

Avtomobil yoʻllarini va sunʼiy inshootlarni loyihalash sohasida hamkorlik.

2019-yil

I chorak

Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi,

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi

19.

Asfaltbeton qorishmalarini ishlab chiqarish boʻyicha GP Günter Papenburg AG Germaniya kompaniyasi bilan qoʻshma korxona tashkil etish.

Asfaltbeton qorishmalarini ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish va qurilishni amalga oshirish.

2019-yil

avgust

Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi,

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi

20.

Germaniyaning ilgʻor kompaniyalari bilan qoʻshma korxonalar tashkil etish:

“Oʻzyoʻlloyiha” DUK korxonasi bazasida avtomobil yoʻllarini va sunʼiy inshootlarni loyihalash boʻyicha;

mustaqil yoʻl-tajriba laboratoriyalari va ishlab chiqarish poligonlari.

Zamonaviy nemis texnologiyalari boʻyicha avtomobil yoʻllarini va sunʼiy inshootlarni loyihalash sohasida yoʻl-tajriba laboratoriyalari va poligonlarini tashkil etish boʻyicha chet el kompaniyalari bilan qoʻshma korxonalarni tashkil etish yuzasidan bitimlar imzolash.

2019-yil mobaynida

Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi,

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi

V. Yoʻl xoʻjaligi sohasida malakali kadrlarni tayyorlash

21.

Yoʻl xoʻjaligi sohasi uchun kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini, shu jumladan chet el ixtisoslashgan taʼlim muassasalari va markazlari bilan hamkorlikda tubdan takomillashtirish.

Yoʻl xoʻjaligi sohasi uchun kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

2019-yil

I yarim yillik

Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

22.

Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi i�stituti qoshida Avtomobil yoʻllarini qurish va taʼmirlash sohasidagi mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazini tashkil qilgan holda yetakchi xorijiy taʼlim muassasalari va kompaniyalari — hamkorlar bilan birgalikda oʻqituvchilar, talabalar va mutaxassislar bilan almashish va stajirovkadan oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish.

Avtomobil yoʻllarini qurish
va taʼmirlash sohasidagi mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha Markaz tashkil etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi.

2019-yil

I yarim yillik

Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

23.

Manfaatdor vazirlik va idoralarning vakolatli vakillarini yoʻl qurilishi boʻyicha Germaniyada oʻtkaziladigan xalqaro koʻrgazmalar, yarmarkalar, konferensiyalar va simpoziumlarda ishtirok etish.

Yoʻl qurilishi boʻyicha oʻtkaziladigan xalqaro koʻrgazmalar, yarmarkalar, konferensiyalar va simpoziumlarda manfaatdor vazirlik va idoralar vakillarining ishtirok etishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2019-yil yanvar

Tashqi ishlar vazirligi,
Qurilish vazirligi,

Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi

24.

Chet el oʻquv muassasalarida yoʻl sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish.

Kompleks chora-tadbirlar va oʻquv kurslarini oʻtkazish grafiklari.

doimiy

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi,

Savdo-sanoat palatasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

25.

Yoʻl sohasidagi mutaxassislarning Germaniya Federativ Respublikasi yetakchi yoʻl-qurilish kompaniyalarida stajirovkadan oʻtishini tashkil qilish.

Kompleks chora-tadbirlar va stajirovkadan oʻtish grafiklari.

doimiy

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi,

Savdo-sanoat palatasi,

Tashqi ishlar vazirligi

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2018-y., 07/18/4035/2238-son; 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)