Chora-tadbir nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Muddat | Mas’ul ijrochilar | |
I. Huquqiy-normativ bazani shakllantirish va takomillashtirish | ||||
1. | Chet elda istiqomat qiluvchi vatandoshlar (keyingi o‘rinlarda — vatandoshlar) va ularning oila a’zolari uchun kirish vizalarini, shu jumladan, ko‘p marotabali va uzoq muddatli, vaqtinchalik yashash hamda ishlash uchun ruxsatnomalarni rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish. | 1. Tegishli huquqiy-normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish. 2. Belgilangan tartibda huquqiy-normativ hujjatlarning loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish. | 2018-yil 30-dekabrgacha | IIV (D. Nazarmuxamedov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Adliya vazirligi (N. Jo‘rayev), |
2. | “Vatandosh pasporti”ni tatbiq qilish bo‘yicha chet el tajribasini hamda uni O‘zbekiston Respublikasida joriy qilishning maqsadga muvofiqligini o‘rganish. | Aniq taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish yuzasidan chet el tajribasini o‘rganish va tahlil qilish. | 2019-yil 1-martgacha | IIV (D. Nazarmuxamedov), Adliya vazirligi (N. Jo‘rayev), DXX (A. Usmanov), vazirlik va idoralar |
3. | “O‘zbekiston Respublikasining fuqar�ligi to‘g‘risida”gi Qonunga vatandoshlarga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini berishning soddalashtirilgan tartibini joriy qilishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish. | 1. Qonun loyihasini ishlab chiqish va kelishish. 2. Qonun loyihasini belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish. | 2019-yil 1-iyungacha | IIV (D. Nazarmuxamedov), |
4. | Vatandoshlarning madaniy, ma’rifiy, axborot, lingvistik ehtiyojlarini ta’minlash maqsadida hamkorlik qilish shuningdek, shu sohada hamkorlik dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha xalqaro shartnomalar va boshqa hujjatlarni tuzish. | 1. Xorijiy mamlakatlarning ixtisoslashtirilgan tashkilotlarini aniqlash. 2. Xalqaro shartnomalar va boshqa hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va idoralararo kelishish. 3. Hujjatlar loyihalarini xorijiy tomon bilan kelishish. 4. Shartnomalar tuzish. | 2019-yil 1-iyulgacha | Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi (K. Ishanxodjayev), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (O. Abduraxmanov), TIV (D. Axatov) |
II. Chet elda istiqomat qiluvchi vatandoshlar bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yaratish va ular bilan ish olib borishdagi istiqbolli yo‘nalishlarni tahlil qilish | ||||
5. | Quyidagilarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bazasini yaratish: bebaho ilmiy-amaliy tajribaga ega, olim, ekspert, tadbirkor, yuqori malakali mutaxassis, madaniyat, san’at, sport va boshqa soha xodimi bo‘lgan vatandoshlar (chet davlatlar va mutaxassisliklari bo‘yicha kataloglashtirish hamda davlat idoralarining kadrlar xizmati uchun onlayn qidiruv va foydalanish imkonini yaratish), ular bilan manzilli ishlarni olib borish, shuningdek, ularning salohiyatini O‘zbekistonning rivojlanishiga jalb etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; chet eldagi vatandoshlar tashkilotlari, shu jumladan, xorijdagi biznes-assotsiatsiyalar, milliy va madaniy markazlar, fondlar, maktab, kafedra va universitetlar, shuningdek, vatandoshlarning ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, xususiy tele va radio kompaniyalar, bosma va elektron nashriyotlar. | 1. Idoralararo ishchi guruh tashkil etish. 2. Ma’lumotla� bazasini yaratish. 3. Vatandoshlar va ularga tegishli tashkilotlar bilan manzilli ish olib borish, ularning salohiyatini O‘zbekiston Respublikasini ivojlantirishga jalb etish bo‘yi?a chora-tadbirlar va takliflarni ishlab chiqish. | 2019-yil 1-maygacha | “El-yurt umidi” jamg‘armasi, TIV (D. Axatov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi DXX (A. Usmanov), Iqtisodiyot vazirligi (M. Mirzayev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Yusupaliyev), Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi (S. Saifnazarov), (O. Abduraxmanov), |
6. | Chet elda ta’lim olayotgan O‘zbekiston yoshlarini kelgusida o‘qishni tamomlaganidan keyin O‘zbekiston Respublikasida ish bilan ta’minlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish maqsadida ular bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yaratish. | 1. Ma’lumotlar bazasini yaratish. 2. Yoshlarning ishga joylashishga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash va ular bilan manzilli ish olib borish. 3. O‘qishni tamomlagan iqtidorli yoshlarni O‘zbekistonda ish bilan ta’minlash bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqish. | 2018-yil 1-dekabrgacha | O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (O. Tadjiyev), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (O. Abduraxmanov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov), TIV (D. Axatov) |
7. | O‘zbekiston Respublikasining vatandoshlar bilan hamkorligini, ularning tashkilotlari faoliyatini, ular bilan doimiy muloqot olib borilishini, ilm-fan, texnologiyalar, sog‘liqni saqlash, menejment va boshqa sohalarda fikr, tajriba va bilimlar almashinuvini yoritish maqsadida “UzBridge” axborot-tahliliy elektron jurnalini yaratish. | 1. Elektron jurnalning konsepsiyasi va mundarijasi (kontent) ishlab chiqish. 2. Tahrir kengashni, birlamchi mualliflik guruhini tashkil etish. 3. Jurnalning birlamchi talqinini yaratish va sinovdan o‘tkazish, saytni ishga tushirish. 4. Saytni muntazam ravishda yangilab turish. 5. Elektron jurnal bazasida vatandoshlarni birlashtiruvchi ijtimoiy tarmoq platformasini yaratish. | 2019-yil 1-aprelgacha | TIV (D. Axatov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O. Umarov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (D. Saidjonov), Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi (K. Ishanxodjayev) |
III. Iqtisodiy sohada hamkorlikni rivojlantirish | ||||
8. | O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga sarmoya kiritish, venchur fondlarni, qo‘shma korxonalarni yaratish va boshqalar bo‘yicha vatandoshlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash. | 1. O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishga hissa qo‘shishga qodir va tayyor bo‘lgan vatandoshlarni aniqlash. 2. Muzokaralar olib borish. 3. O‘zbekistonda tegishli loyihalarni amalga oshirish borasida huquqiy, axborot va tashkiliy-amaliy yordam ko‘rsatish. | 2019-yil 1-martgacha | TIV (D. Axatov), Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (L. Kudratov), Tashqi savdo vazirligi (S. Saifnazarov), Iqtisodiyot vazirligi (M. Mirzayev), vazirlik va idoralar |
9. | Vatandoshlarning O‘zbekiston Respublikasida eksportga yo‘naltirilgan mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga hamda xorijiy bozorlarga o‘zbek mahsulotlarini yetkazib berishni ko‘paytirish bo‘yicha faoliyatini qo‘llab-quvvatlash. | 1. O‘zbekiston mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarishda ishtirok etishni istagan vatandoshlarni aniqlash. 2. Muzokaralar olib borish. 3. Eksport shartnomalarini tuzishda huquqiy, axborot va tashkiliy-amaliy yordam ko‘rsatish. | Muntazam ravishda | Tashqi savdo vazirligi (S. Saifnazarov), (A. Ikramov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (A. Nazarov), Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (L. Kudratov), Iqtisodiyot vazirligi (M. Mirzayev), TIV (D. Axatov), vazirlik va idoralar |
10. | O‘zbekistonning turistik mahsulotini ilgari surishdan, mamlak�timizda turistik infratuzilma, turizmning yangi turlarini rivojlantirishda ishtirok etishdan manfaatdor vatandoshlar bilan hamkorlikni rivojlantirish. | 1. Manfaatdor vatandoshlar bilan aloqalar o‘rnatish, muzokaralar olib borish va sayyohlik loyihalarini ishlab chiqish. 2. Vatandoshlarga tegishli loyihalar va dasturlarni amalga oshirishda huquqiy, axborot hamda tashkiliy-amaliy yordam ko‘rsatish. | Muntazam ravishda | Davlat turizmni rivojlantirish qo‘mitasi (U. Kasimxodjayev), Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (L. Kudratov), |
11. | Vatandoshlar safidan yuqori malakali mutaxassislarni O‘zbekiston Respublikasining davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda joylardagi ijro hokimiyati va boshqa davlat tashkilotlarining rahbar hamda mas’ul lavozimlariga, shuningdek rahbarlarning konsultantlari (maslahatchilar) sifatida jalb qilish. | 1. Vatandoshlar safidan yuqori malakali mutaxassislarni tegishli lavozimlarga nomzodligi bo‘yicha takliflar tayyorlash. 2. Muzokaralar olib borish, O‘zbekiston Respublikasiga tanishuv tashriflarini o‘tkazish. 3. Rahbar va mas’ul lavozimlarga jalb qilinayotgan vatandoshlarga huquqiy va axborot ko‘magini berish, shuningdek, O‘zbekistonga ko‘chib kelishi bilan bog‘liq masalalarni hal etishda amaliy yordam ko‘rsatish. | Muntazam ravishda | “El-yurt umidi” jamg‘armasi, TIV (D. Axatov), (L. Kudratov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (A. Nazarov), Iqtisodiyot vazirligi (M. Mirzayev), Tashqi savdo vazirligi (S. Saifnazarov),vazirlik va idoralar |
12. | Vatandoshlarga tadbirkorlik, ilmiy-tadqiqot, ta’lim, innovatsion va boshqa loyihalari hamda dasturlarini amalga oshirish uchun davlat tasarrufida bo‘lgan bo‘sh obyektlarni taqdim etish. | 1. Vatandoshlarga tegishli talabnomaga asosan davlat tasarrufida bo‘lgan bo‘sh obyektlarni berish. 2. Huquqiy va tashkiliy-texnik masalalarni hal qilishda har tomonlama yordam ko‘rsatish. | Muntazam ravishda | “El-yurt umidi” jamg‘armasi, Raqobat qo‘mitasi (N. Sharipov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar |
IV. Madaniy-gumanitar, ilmiy, ta’lim va axborot sohalarida hamkorlikni rivojlantirish | ||||
13. | O‘zbek tili, madaniyati va an’analarini, xususan, o‘zbek tili va adabiyoti kurslarini tashkil etish, seminarlar, madaniy kechalar, konferensiyalar, festivallar va boshqa madaniy tadbirlarni o‘tkazish yo‘li bilan dunyoga targ‘ib etish va ommalashtirish uchun Alisher Navoiy nomidagi Madaniyat markazini tashkil etish masalasini o‘rganib chiqish. | 1. (Konfutsiy instituti/XXR, Gyote instituti/GFR, Servantes instituti/Ispaniya, Yunus Emre instituti/Turkiya va boshqalar) singari shunga o‘xshash institutlar tashkil etish va faoliyatini yuritish orqali xorijiy tajribani o‘rganish. 2. Alisher Navoiy nomidagi Madaniyat markazi va uning filiallarini chet elda ta’sis etish bo‘yicha takliflarni tayyorlash. 3. Normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini va konsepsiyasini ishlab chiqish va ularni belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi uchun kiritish. | 2019-yil 1-maygacha | Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), (A. Xaydarov), (K. Ishanxodjayev), vazirlik va idoralar |
14. | 2019-yil Samarqand shahrida Vatandoshlar xalqaro forumini tashkil etish va o‘tkazish. | 1. Forum konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish. 2. Forum qatnashchilari ro‘yxatini tuzish. 3. Tegishli farmoyish qabul qilinishi uchun hujjatlar to‘plamini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 4. Forumni o‘tkazish. | 2019-yil 1-fevralgacha | “El-yurt umidi” jamg‘armasi, “Buyuk kelajak” XNNT (B. Ismailov), Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari Qo‘mitasi (K. Ishanxodjayev), TIV (D. Axatov) |
15. | Xorijda O‘zbekistonning xalqaro imidjini ilgari surish va mamlakatimiz hayotining barcha jabhalarida olib borilayotgan tub o‘zgarishlarni namoyon qilish maqsadida vatandoshlar bilan muntazam ravishda uchrashuvlar, taqdimotlar, “davra suhbatlari” va boshqa tadbirlarni o‘tkazishni tashkillashtirish. | 1. Tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Tadbirlarni o‘tkazish. | 2019-yil 1-martgacha | TIV (D. Axatov), “El-yurt umidi” jamg‘armasi, Millatlararo munosabatlar ?a xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari Qo‘mitasi (K. Ishanxodjayev), manfaatdor vazirlik va idoralar |
16. | O‘zbekiston Oliy o‘quv yurtlarida o‘zbek tili va adabiyoti, tarix, kino, madaniyat, teatr san’ati, televideniye va radio yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olish uchun xorijiy fuqarolar safidan yosh vatandoshlarga grantlar taqdim etish. | 1. Vatandoshlarga ta’lim grantlarini taqdim etish mexanizmlarini ishlab chiqish. 2. Mexanizmning ijro etilishini ta’mirlash. | 2019-yil 1-maygacha | Oliy va o‘rta maxsus (O. Abduraxmanov), oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirlik va idoralar |
17. | Vatandoshlarning ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni rivojlantirish, ularning vakillari O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tkazilishining soddalashtirilgan tartibini joriy etish. | 1. Vatandoshlarning ommaviy axborot vositalari va xorijiy ommaviy axborot vositalarining ma’lumotlar bazasini shakllantirish. 2. Akkreditatsiyadan o‘tkazishni yengillashtirish maqsadida ularning faoliyatini o‘rganib chiqish. 3. Akkreditatsiyadan o‘tkazish. | 2019-yil 1-martgacha Muntazam ravishda | TIV (D. Axatov), |
1. | A.A. Abduhakimov | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Komissiya raisi |
2. | A.A. Kurmanov | — | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mitasi raisi (kelishuvga asosan) |
3. | A.X. Komilov | — | O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri |
4. | P.R. Bobojonov | — | O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri |
5. | R.K. Davletov | — | O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri |
6. | Sh.D. Qudbiyev | — | O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri |
7. | I.U. Madjidov | — | O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri |
8. | J.A. Xodjayev | — | O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri |
9. | B.S. Sayfullayev | — | O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri |
10. | A.Y. Xaydarov | — | O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi o‘rinbosari |
11. | Lavozimiga ko‘ra | — | O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi |
12. | R.D. Qurbonov | — | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi |
13. | Lavozimiga ko‘ra | — | Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori o‘rinbosari |
14. | Lavozimiga ko‘ra | — | O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari |