

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                            <div class="act_warning">
                                Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 18.04.2020
                            </div>
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-400604" id="onLBC-400604">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC9328"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.09 Avtomototransport vositalarining oldi-sotdisi;</span></div><div id="LBC6897"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.17.00 Aviatsiya va avtomobil sanoati;</span></div><div id="LBC7018"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.10.00 Alohida turdagi mahsulotlar boʻyicha savdo;</span></div><div id="LBC7036"><span class="iorRN">4.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.19.00.00 Aholiga maishiy xizmat koʻrsatish / 09.19.03.00 Aholiga maishiy xizmat koʻrsatish. Maishiy xizmatlar]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-400604" id="onLS-400604">[<b>TSZ:</b><div id="LS3739"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Iqtisodiyot / Sanoat;</span></div><div id="LS3742"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">Iqtisodiyot / Savdo va xizmatlar koʻrsatish;</span></div><div id="LS3750"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-400617" id="-400617">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-400619" id="-400619">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-400621" id="-400621">“OʻZDEUAVTO” QOʻShMA KORXONASINING SAMARALI FAOLIYATINI TAʼMINLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA</div></div><div class="EXTRACT"><div name="-400638" id="-400638">[Koʻchirma]</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-400623" id="-400623"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-4721958" id="-4721958">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-yanvardagi 30-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini taʼminlash, faoliyati samaradorligini oshirish va kredit siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 21-dekabrdagi PQ-4071-son qarori)”gi <a href="/acts/-4701605?ONDATE=18.04.2020 00#-4704050">qaroriga </a>asosan 2020-yil 18-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400626" id="-400626">“OʻzDEUAVTO” qoʻshma korxonasi yengil avtomobillarini ishlab chiqarishga, sotishga va ularga servis xizmati koʻrsatishni tashkil etishga kompleks yondashishni taʼminlash, fuqarolarning ularni sotib olishlari uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400630" id="-400630">1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400633" id="-400633">“OʻzDEUAVTO” qoʻshma korxonasi boshqaruvi tomonidan 1996-yil uchun ishlab chiqarishning biznes-rejasi va jadvali tasdiqlangan, zavodning birinchi navbatini 1996-yil 25-martda, ikkinchi navbatini 1996-yil iyulda ishga tushirish belgilangan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400634" id="-400634">Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan “Asaka” banki ustav fondining toʻlovi sifatida zarur mablagʻlar oʻtkazilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400636" id="-400636">2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi toʻlov muddati uzaytirilgan bazis kontrakt boʻyicha “OʻzDEUAVTO” qoʻshma korxonasi tomonidan sotib olinadigan materiallar va butlovchi detallar uchun toʻlov yuzasidan 1996-yil 27-martgacha “DEU” korporatsiyasiga kafolat bersin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400640" id="-400640">4. “Oʻzavtosanoat” uyushmasining “OʻzDEUAVTO” qoʻshma korxonasi bilan birgalikda Asaka zavodida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillarga:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400643" id="-400643">respublika hududida — “Oʻzavtotexxizmat” aksionerlik birlashmasi korxonalarining mintaqaviy shoxobchalari orqali;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400645" id="-400645">eksport uchun — “OʻzDEUAVTO” qoʻshma korxonasi tomonidan servis xizmati koʻrsatish va ularni sotish shoxobchalarini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400647" id="-400647">Avtomobillarni eksportga sotish strategiyasini belgilash va prognozini ishlab chiqish boʻyicha masʼuliyat Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga yuklansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400649" id="-400649">5. “Oʻzavtosanoat” uyushmasi va “Oʻzavtotexxizmat” aksionerlik birlashmasi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400651" id="-400651">“DEU” korporatsiyasi bilan kelishilgan jadvalga binoan 140 kishini marketing va avtomobillarga sotuvdan keyingi xizmat koʻrsatish boʻyicha mutaxassislar tayyorlash uchun Koreya Respublikasiga yuborsinlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400652" id="-400652">1996-yil 1-iyulgacha Toshkent, Andijon, Buxoro, Qarshi, Urganch va Samarqand shaharlarida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400654" id="-400654">1996-yil 25-dekabrgacha Nukus shahrida va respublikaning qolgan viloyatlari markazlarida texnik xizmat koʻrsatish stansiyalarini rekonstruksiya qilishni tugallasinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400655" id="-400655">“Asaka” banki “DEU” korporatsiyasi tomonidan taklif etilgan servis xizmati koʻrsatish stansiyalarini texnika bilan qayta jihozlash Dasturini bir oy muddatda koʻrib chiqsin va 1996-yilda uni amalga oshirish uchun kredit resurslari ajratsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400658" id="-400658">6. Bozor ehtiyojlariga muvofiq avtomobillarni ishlab chiqarish, sotish va ularga servis xizmati koʻrsatishning yanada mustahkam oʻzaro bogʻliqlikda boʻlishini taʼminlash maqsadida “OʻzDEUAVTO” qoʻshma korxonasining “Oʻzavtotexxizmat” aksionerlik birlashmasi aksionerlik sarmoyasida ishtirok etishi maqsadga muvofiq deb hisoblansin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-749025" id="edi-749025"><a href="/acts/-400604?ONDATE=26.03.1996 00#-400660">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-749025" id="-749025">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi davlatga tegishli boʻlgan erkin sotishga moʻljallangan ulushni qayta taqsimlash hisobiga “Oʻzavtotexxizmat” aksionerlik birlashmasi korxonalari aksiyalari umumiy paketining 51 foizini “OʻzDEUAVTO” qoʻshma korxonasiga sotishni nazarda tutsin. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-749026" id="-749026">(6-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 7-maydagi 174-son <a href="/acts/-410181?ONDATE=07.05.1996 00#-410281">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400661" id="-400661">7. “Oʻzavtotexxizmat” aksionerlik birlashmasiga avtomobillarni birinchi navbatda 100 foizli toʻlovni bir yoʻla toʻlash shartlari boʻyicha sotish tavsiya etilsin.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-400663" id="onLBC-400663">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6681"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.04 Isteʼmol krediti]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400663" id="-400663">“OʻzDEUAVTO” qoʻshma korxonasi ishlab chiqarayotgan avtomobillarni sotib olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga kreditlar berish <a href="/acts/-400604#-400689">tartibi </a>ilovaga muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-400666" id="onLBC-400666">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC9392"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.16.07.00 (Кучини йукотган) Majburiy toʻlovlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar / 07.92.00.00 (Кучини йукотган) Majburiy toʻlovlar, ajratmalar va yigʻimlar]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400666" id="-400666">“OʻzDEUAVTO” qoʻshma korxonasi ishlab chiqargan avtomobillarni sotib olayotgan fuqarolar sotib olish chogʻida Respublika yoʻl jamgʻarmasiga bir yoʻla toʻlovdan ozod qilinsinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400668" id="-400668">8. “Asaka” banki bir oy muddatda Nukus shahrida va respublikaning barcha viloyatlari markazlarida filiallar ochsin hamda ularning faoliyat koʻrsata boshlashini taʼminlasin, ularni “Oʻzavtotexxizmat” aksionerlik birlashmasining texnika xizmati koʻrsatish stansiyalari bazasida joylashtirsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400670" id="-400670">“Oʻzavtotexxizmat” aksionerlik birlashmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda “Asaka” banki filiallarini joylashtirish uchun bir hafta muddatda joy ajratsinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400671" id="-400671">9. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga “Asaka” bankining ochilayotgan filiallarini texnika va asbob-uskunalar bilan jihozlashda, chet el banklari bilan korrespondentlik aloqalari oʻrnatishda, uning markaziy apparatini va filiallarini malakali kadrlar bilan taʼminlashda amaliy yordam koʻrsatish tavsiya etilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400672" id="-400672">“Asaka” banki taʼsischilari “Asaka” banki ustav fondini shakllantirishni bir oy muddatda tugallasinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400673" id="-400673">10. “Oʻzavtosanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Andijon viloyati hokimligi bilan birgalikda “OʻzDEUAVTO” qoʻshma korxonasining rasmiy xalqaro prezentatsiyasi dasturini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400676" id="-400676">11. “Oʻzavtosanoat” uyushmasi, “Oʻzavtotexxizmat” aksionerlik birlashmasi, “OʻzDEUAVTO” qoʻshma korxonasi bilan birgalikda “OʻzDEUAVTO” qoʻshma korxonasining ishlab chiqarish dasturi uchun buyurtmachilar portfelini oʻz vaqtida shakllantirishni taʼminlaydigan fyuchers kontraktlari asosida avtomobillar sotish mexanizmini ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar va joriy etsinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400677" id="-400677">12. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda amaldagi normativ hujjatlarga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar yuzasidan takliflar kiritsin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400678" id="-400678">13. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 7-noyabrdagi 424-son qarori 8-bandining <a href="/acts/-536101?ONDATE=07.11.1995 00#-536128">ikkinchi xatboshi </a>oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400679" id="-400679">14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-400680" id="-400680">Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-400681" id="-400681">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-400682" id="-400682">1996-yil 26-mart,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-400685" id="-400685">118-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-400689" id="-400689"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-400697" id="-400697">Vazirlar Mahkamasining 1996-yil <br />26-martdagi 118-son <a href="/acts/-400604#-400617">qaroriga </a><br />ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-400698" id="-400698">“OʻzDEUAVTO” qoʻshma korxonasi ishlab chiqarayotgan avtomobillarni sotib olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga kredit berish</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-400702" id="-400702">TARTIBI</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-400706" id="-400706"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-400709" id="-400709">UMUMIY QOIDALAR</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400712" id="-400712">1. Mazkur Tartib Vazirlar Mahkamasining “Ixtisoslashtirilgan “Asaka” davlat-aksionerlik tijorat bankini tashkil etish toʻgʻrisida” 1995-yil 7-noyabrdagi 424-son <a href="/acts/-536101">qaroriga </a>muvofiq ishlab chiqilgan hamda “Asaka” banki muassasalari tomonidan “OʻzDEUAVTO” qoʻshma korxonasi ishlab chiqarayotgan avtomobillarni sotib olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga imtiyozli kreditlar berish asoslarini belgilab beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400716" id="-400716">2. Avtomobillar sotib olish uchun kreditlar “Asaka” banki muassasalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining doimiy ish joyiga yoki boshqa kafolatli daromad manbalariga ega boʻlgan hamda toʻliq mehnatga qobiliyatli boʻlgan fuqarolariga yashash joylari boʻyicha kredit shartnomasi asosida yetti yildan ortiq boʻlmagan muddatga kreditni qaytarish muddatiga bogʻliq ravishda kredit boʻyicha foiz stavkasi bilan beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400721" id="-400721">Kredit uch yilgacha muddatda qaytarilgan taqdirda foiz stavkasi 4 foiz yillik foyda miqdorida, uch yildan besh yilgacha muddatda qaytarilganda — 5 foiz yillik foyda, besh yildan yetti yilgacha muddatda qaytarilganda — 7 foiz yillik foyda miqdorida belgilanadi. Kredit summasi qarz oluvchi tomonidan sotib olinadigan avtomobil narxining 65 foizidan oshmasligi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400724" id="-400724">3. Mulkni garovga qoʻyish, sugʻurta polislarini rasmiylashtirish, sotib olinayotgan avtomobilning DAN organlari tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilishi tegishli muassasalar xodimlari tomonidan bevosita “Asaka” banki filiallarida amalga oshiriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-400731" id="-400731">“ASAKA” BANKI MUASSASALARIDA “AVTOOMONAT” SChYOTINI YuRITISh VA KREDIT BERISh</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400734" id="-400734">4. Qarz oluvchi kredit olinishidan oldingi davrda doimiy yashash joyi boʻyicha “Asaka” bankining hududiy muassasasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400736" id="-400736">olinadigan daromad va ushlab qolishlar miqdori koʻrsatilgan holda doimiy ishlash joyidan maʼlumotnoma, shuningdek qarz oluvchining badallari har oyda “Asaka” bankiga oʻtkazilishi haqida kafolatli majburiyat;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400739" id="-400739">qarz oluvchi toʻlovga qodir boʻlmay qolgan taqdirda uning qarzlarini “Asaka” bankiga toʻlash toʻgʻrisida topshiriq beruvchiga xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan tasdiqlangan yuridik shaxsning topshirigʻi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400742" id="-400742">garovga qoʻyilgan mulkning polis sugʻurtasi bilan birgalikda notarial idorada tasdiqlangan mol-mulkni garovga qoʻyish shartnomasi (bunda garovga qoʻyilgan mulkning miqdori olinadigan kredit summasining kamida 125 foizini tashkil etishi kerak);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400744" id="-400744">qarz oluvchi kredit boʻyicha qarzini toʻlashgacha vafot etishi ehtimoliga uning sugʻurta polisi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400745" id="-400745">Koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda va propiska toʻgʻrisidagi belgi qoʻyilgan pasport (harbiy xizmatchining harbiy bileti yoki guvohnomasi) taqdim etilgandan keyin “Asaka” banki muassasasi tomonidan qarz oluvchiga “Avtoomonat” schyoti ochiladi, unga avtomobil narxining kamida 35 foizi qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400747" id="-400747">5. “Avtoomonat” schyotlari boʻyicha yoʻqlab olinadigan omonatlar boʻyicha belgilangan stavkaga koʻra foizlar hisoblanadi. Kredit olingunga qadar “Avtoomonat” schyotiga oʻtkazilgan foizlar jamgʻarish summasiga qoʻshiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400749" id="-400749">6. Omonatchi hisoblangan foizlarni olgach “Avtoomonat” schyotini yopishga haqli boʻladi. Schyotdan mablagʻlarni qisman berishga yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400752" id="-400752">7. Omonatchi vafot etgan taqdirda “Avtoomonat” schyoti boʻyicha huquq Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblangan merosxoʻrga qayta rasmiylashtirilishi yoki omonat summasi merosxoʻrlarga toʻlanishi mumkin. Bunda omonatning merosxoʻri propiska qilingan pasportni (harbiy bilet yoki harbiy xizmatchi guvohnomasini) hamda belgilangan shakldagi meros huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomani taqdim etishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400755" id="-400755">8. “Avtoomonat” schyotida avtomobil qiymatining kamida 35 foizi mavjud boʻlgan taqdirda “Asaka” banki muassasasi xaridorga (qarz oluvchiga) avtomobil narxi bilan “Avtoomonat” schyotiga qoʻyilgan omonat miqdori oʻrtasidagi farq summasiga teng kredit beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400758" id="-400758">9. Kredit shartnomasi quyidagi shartlar majburiy tartibda koʻrsatilgan holda ikki nusxada tuziladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400760" id="-400760">kredit summasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400763" id="-400763">kredit beriladigan muddat;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400764" id="-400764">kredit uchun foiz stavkasi, foizlarni hisoblash tartibi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400766" id="-400766">asosiy qarzni va u boʻyicha foizlarni uzish hisobiga toʻlovlar jadvali;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400768" id="-400768">tomonlar shartnoma shartlarini bajarmaganliklari uchun jarima sanksiyalari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400771" id="-400771">muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlarni hisoblab chiqish va undirish tartibi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400774" id="-400774">10. Kredit shartnomasi tuzilgandan keyin operatsiyalar oʻtkaziladigan ikki kun ichida avtomobil narxi miqdoridagi mablagʻ “Asaka” banki tomonidan Sotuvchi — “Oʻzavtotexxizmat” aksionerlik birlashmasi schyotiga oʻtkaziladi, “Avtoomonat” schyoti yopiladi. Kredit berish boʻyicha operatsiyalar alohida ssuda schyotidan kredit summasiga oʻtkaziladi, keyinchalik unga qarz oluvchining kreditni toʻlashga yoʻnaltiriladigan mablagʻlari oʻtkaziladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-400776" id="-400776">AVTOMOBIL XARID QILISh YuZASIDAN ShARTNOMA TUZISh</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400778" id="-400778">11. Xaridor “Avtoomonat” schyotida avtomobil narxining kamida 35 foizi miqdorida mablagʻ mavjudligi toʻgʻrisida “Asaka” banki muassasasining maʼlumotnomasini va kredit shartnomasi nusxasini taqdim etib, Sotuvchi — “Oʻzavtotexxizmat” aksionerlik birlashmasi bilan shartnoma (keyingi oʻrinlarda “Oldi-sotdi shartnomasi” deb ataladi) tuzadi. Shartnoma Xaridorga shartnoma tuzilgan paytdan boshlab muayyan muddatda, bu muddat bir oydan oshmasligi kerak, avtomobilni belgilangan narx boʻyicha sotib olish huquqini beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400780" id="-400780">Basharti Oldi-sotdi shartnomasi tuzilgunga qadar avtomobilning narxi “Avtoomonat” schyotida mablagʻ mavjudligi toʻgʻrisida “Asaka” bankining maʼlumotnomasi olingan paytdagidan yuqori boʻlsa, avtomobil yangi narxining 35 foiziga yetmayotgan tegishli summa Xaridor tomonidan uning “Asaka” banki muassasasidagi “Avtoomonat” schyotiga oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400782" id="-400782">12. “Avtoomonat” schyoti egasi (Xaridor) bilan Sotuvchi oʻrtasida tuziladigan Oldi-sotdi shartnomasida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400783" id="-400783">Sotuvchining muayyan markadagi avtomobilni muayyan muddat ichida yetkazib berish toʻgʻrisidagi majburiyati;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400785" id="-400785">tomonlarning Shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganligi uchun javobgarligi belgilanishi kerak.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-400787" id="-400787">AVTOMOBILNI YETKAZIB BERISh VA KREDIT BOʻYIChA QARZNI TOʻLASh</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400789" id="-400789">13. Oldi-sotdi shartnomasida belgilangan muddat tamom boʻlgandan keyin Sotuvchi qarz oluvchiga avtomobilni yetkazib bermagan taqdirda, Xaridor Oldi-sotdi shartnomasi qoidalariga muvofiq Sotuvchidan avtomobil yetkazib berilmaganligi tufayli unga yetkazilgan zarar undirilishini talab qilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400791" id="-400791">“Asaka” banki Sotuvchi tomonidan “OʻzDEUAVTO” qoʻshma korxonasi ishlab chiqargan avtomobillarning Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga kredit hisobiga oʻz vaqtida sotilishini nazorat qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400793" id="-400793">Sotuvchi Oldi-sotdi shartnomasida belgilangan muddatda Xaridorga avtomobilni yetkazib bermagan taqdirda, bank jazo sanksiyasini qoʻllashga — kechiktirilgan har bir kun uchun avtomobil narxining 0,04 foizi miqdorida penya undirishga haqlidir. Oʻtkazilgan penya summasi Xaridorning qarz majburiyatini toʻlashga yoʻnaltiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400796" id="-400796">14. Qarz oluvchi tomonidan kredit shartnomasi boʻyicha majburiyat toʻliq toʻlangunga qadar “Asaka” banki muassasasi krediti hisobiga sotib olingan avtomobilni sotish yoki boshqacha tarzda birovga berish taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400798" id="-400798">15. Qarz oluvchi avtomobilni sotib olganidan keyin 5 kun muddat ichida avtomobilni DAN organlaridan roʻyxatdan oʻtkazishga, ayni vaqtda transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligi sugʻurta polisini toʻlashga va olishga majburdir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400799" id="-400799">Kredit hisobiga sotib olingan avtomobil texnik pasportda uning kredit hisobiga sotib olinganligi toʻgʻrisida albatta belgi qoʻyilgan holda DAN organlarida roʻyxatdan oʻtkaziladi. Belgi avtodoʻkonning maʼlumotnomasi hisobiga kreditga sotib olinganligi haqidagi belgi asosida qoʻyiladi va avtomobil egasi tomonidan “Asaka” banki muassasasi bergan kredit boʻyicha qarzlar toʻlanganligi haqidagi maʼlumotnoma taqdim etilgandan keyin bekor qilinadi. Qarz oluvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududi doirasida yashash joyini oʻzgartirgan taqdirda DAN organlari tomonidan avtomashinani hisobdan chiqarish kredit bergan “Asaka” banki muassasasining ruxsati bilan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400802" id="-400802">16. Asosiy qarz va foiz toʻlovlarini toʻlash qarz oluvchi tomonidan har oyda amalga oshiriladi. Qarz oluvchi asosiy qarzni uzish hisobiga muddatidan ilgari toʻlovlar toʻlashga haqlidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400803" id="-400803">17. Qarz oluvchi asosiy qarzni va u boʻyicha foizlarni oʻz vaqtida toʻlamagan taqdirda muddati oʻtkazib yuborilgan qarzga kredit shartnomasiga muvofiq penya hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400805" id="-400805">18. Kredit boʻyicha qarzlarni uzish qarz oluvchi tomonidan bank muassasalari orqali naqd pul bilan, “Asaka” banki muassasasi va aloqa korxonasi orqali pul oʻtkazish yoʻli bilan, yoxud schyotlardan pul oʻtkazish orqali, shuningdek ish joyi boʻyicha buxgalteriyaga yoki pensiya tayinlagan organga uning topshirigʻi asosida ish haqidan, pensiyalardan ushlab qolish yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400807" id="-400807">Qarz oluvchi kredit shartnomasi boʻyicha oʻz majburiyatlarini uzgunga qadar doimiy yashash uchun Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga joʻnab ketgan taqdirda asosiy qarz va muddati oʻtkazib yuborilgan qarz hisoblangan foizlar toʻlangan holda muddatidan ilgari toʻlanishi kerak. Bunda asosiy qarz va uning boʻyicha foizlar toʻlangunga qadar avtomobilni chetga olib chiqib ketish yoki boshqa shaxslarning undan ishonchnomaga koʻra foydalanishlari taqiqlanadi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-400809" id="-400809"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-400813" id="-400813">“OʻzDEUAVTO” qoʻshma korxonasi ishlab<br /> chiqarayotgan avtomobillarni sotib olish <br />uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga<br /> kredit berish <a href="/acts/-400604#-400689">tartibiga </a><br />ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-400815" id="-400815">“OʻzDEUAVTO” qoʻshma korxonasi ishlab chiqargan avtomobillarni ichki bozorda sotish</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-400816" id="-400816">SXEMASI</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-400817" id="-400817"></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-400837" id="-400837"><img src="/files/400835" /></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400838" id="-400838">1. Sotuvchi — “Oʻzavtotexxizmat” va “Asaka” banki oʻrtasida kredit shartnomasi tuzish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400840" id="-400840">2. “Asaka” bankining “OʻzDEUAVTO” qoʻshma korxonasi foydasiga avtomobilning zavod narxining 100 foizi miqdorida akkreditiv ochishi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400843" id="-400843">3. “OʻzDEUAVTO” qoʻshma korxonasining avtomobillarni sotuvchiga — “Oʻzavtotexxizmat”ga joʻnatishi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400845" id="-400845">4. Xaridorning avtomobil chakana narxi qiymatining kamida 35 foizini “Asaka” bankining mintaqa boʻlinmasidagi “Avtoomonat” schyotiga qoʻyishi, shuningdek “Asaka” banki mintaqa boʻlinmasi bilan xaridor oʻrtasida belgilangan tartibda chakana narx boʻyicha avtomobil narxining 65 foizidan koʻp boʻlmagan summaga kredit shartnomasi rasmiylashtirilishi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400847" id="-400847">5. Sotuvchi (“Oʻzavtotexxizmat”) bilan xaridor oʻrtasida avtomobilning oldi-sotdi shartnomasi tuzilishi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400848" id="-400848">6. Sotuvchining avtomobilni xaridorga berishi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-400850" id="-400850">7. Xaridorning kreditni “Asaka” banki mintaqa boʻlinmasiga toʻlashi.</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
