Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.03.2022
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 14-noyabrdagi 510-son qaroriga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son Farmoni)
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 14-noyabrdagi 510-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 119-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Respublika komissiyalari va kengashlari tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida” 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qaroriga 8-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 24-sentabr,
756-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 756-son qaroriga
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 14-noyabrdagi 510-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar
1. Qarorning muqaddimasiga “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida“gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga” so‘zlaridan keyin “shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son Farmoniga” so‘zlari qo‘shilsin.
2. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin”.
a) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Litsenziyalarni berish, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish, shuningdek uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi qarorlarni O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi deb ataladi) Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) qabul qiladi, komissiya tarkibi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Komissiya faoliyati Komissiya tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq tashkil etiladi”;
b) 6-banddagi “5 yil muddatga” so‘zlari “muddatsiz” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 10-banddagi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tomonidan belgilanadi va Komissiya tomonidan tasdiqlanadi” so‘zlari “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi va sakkizinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi — yettinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
d) 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasiga bevosita yoxud ularning olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan birga pochta aloqasi vositasi orqali yoki elektron shaklda taqdim etiladi”;
e) 18-bandning ikkinchi xatboshidagi “o‘ttiz” so‘zi “yigirma” so‘zi bilan almashtirilsin;
j) 19-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19. “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi ushbu Nizomning 11-bandida ko‘rsatilgan barcha kerakli hujjatlar bilan birga arizani olgan kundan boshlab yigirma kundan ortiq bo‘lmagan muddatda hujjatlarni ko‘rib chiqadi, ular bo‘yicha ekspert xulosasi tayyorlaydi va qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi protokolni tasdiqlaydi. Qabul qilingan qaror protokolini Komissiya raisi (uning o‘rinbosari) imzolaydi.
Zarur hollarda, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi joylarga borib, litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlarini bajarish imkoniyatini o‘rganish huquqiga egadir.
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi litsenziya talabgorining arizasi olingandan keyin yigirma kun muddatda litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilmagan hollarda, belgilangan muddat tugagandan so‘ng litsenziya talabgori “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasini yozma ravishda xabardor qilgan holda geodeziya (kartografiya) faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega. Bunday holatlarda “Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasi litsenziya talabgorining yozma bildirishnomasini olgandan so‘ng besh ish kunida litsenziya berishga majbur”;
oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
yettinchi — o‘ninchi xatboshilar tegishli ravishda oltinchi — to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
i) 22-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“22. Litsenziya blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi, hisobga olish seriyasi, tartib raqami va himoyalanish darajasiga ega bo‘ladi. Litsenziyalar blankalari namunalari “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqiladi hamda uning buyurtmanomasiga ko‘ra “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan bosmaxona usulida tayyorlanadi. “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi rahbari litsenziya blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va maqsadli foydalanilishi uchun belgilangan tartibda javob beradi.
Litsenziyalar belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi va Komissiya raisi (uning o‘rinbosari) tomonidan imzolanadi”;
birinchi va ikkinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berish rad etilishi uchun asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlar qayta ko‘rib chiqiladi.
Bunda “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi litsenziya talabgorining qayta taqdim etilgan barcha hujjatlar bilan birga arizasi qabul qilingan kundan boshlab o‘n ish kunidan oshmagan muddatda ekspert xulosasini tayyorlaydi va uning asosida Komissiya qarorining tegishli protokoli bilan litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi”;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi — oltinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
l) 28-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Yangi tashkil etilgan yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanada litsenziyalanadigan bir xil faoliyatni amalga oshirish litsenziyasiga ega bo‘lgan litsenziatlar — yuridik shaxslar qo‘shilgan taqdirda, litsenziyani ushbu bandning birinchi xatboshida belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yiladi”;
m) 31-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
n) 32-bandining birinchi xatboshidagi “amal qilish muddati o‘tmagan” so‘zlari chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi— yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
p) 42-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
r) Nizomga 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash
SXEMASI
”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/756/2025-son)