Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
“Riga Nordic University”ning Fargʻona shahridagi filialini tashkil etish toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Respublika turizm tarmogʻi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashni yanada rivojlantirish va takomillashtirish, oliy taʼlim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Fargʻona viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Riga Nordic University”ning Fargʻona shahrida “Riga Nordic University”ning filialini (keyingi oʻrinlarda — Filial deb yuritiladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
2. Quyidagilar Filial faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
respublikaning turizm tarmogʻini rivojlantirish boʻyicha muhim vazifalarni hal etishga qodir boʻlgan yuqori malakali kadrlarni xalqaro taʼlim standartlari darajasida tayyorlash;
turizm va mehmonxona xoʻjaligi sohalarida amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borish;
mutaxassislar hamda ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini taʼlim va ilm-fanning uzviyligi hamda uzluksizligi, shuningdek, jahon taʼlim va ilm hamjamiyatiga majburiy integratsiya hisobiga rivojlantirish;
kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va modernizatsiya qilishga yoʻnaltirilgan yangi taʼlim dasturlari hamda oʻqitish shakllarini ishlab chiqish va joriy etish;
pedagogik salohiyatni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash, pedagogik texnologiyalarni va oʻqitish uslublarini faol takomillashtirish;
taʼlim va ilm-fan sohalarida xorijiy mamlakatlarning yetakchi taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari hamda biznes-hamjamiyatlari bilan uzoq muddatli aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash.
3. Belgilansinki:
Filial alohida mulk va mustaqil balansiga ega boʻlgan yuridik shaxs maqomidagi notijorat tashkilot shaklida tashkil etilib, tasarrufidagi pul mablagʻlari va mulklari boʻyicha oʻzining majburiyatlari yuzasidan javobgar hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Filial “Riga Nordic University”ning (keyingi oʻrinlarda — Universitet) alohida tarkibiy boʻlinmasi hamda kadrlarga boʻlgan ehtiyojni inobatga olgan holda, taʼlimning kelishilgan asosiy yoʻnalish (mutaxassislik)lari boʻyicha barcha darajadagi mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni, jumladan ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni amalga oshiradigan oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Filialda oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida Oʻzbekiston Respublikasi davlat taʼlim standartlari talablarini eʼtiborga olgan holda Universitet tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejalar va dasturlar boʻyicha koʻproq ingliz tilida kunduzgi shaklda amalga oshiriladi;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
abituriyentlarni qabul qilish va Filial bitiruvchilarining attestatsiyasi Universitet tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadigan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi;
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Filial bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasida oliy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan Universitetning belgilangan namunadagi diplomi beriladi;
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Filial faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi va Latviya Respublikasining qonunchiligi asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. “Riga Nordic University”ning Fargʻona shahridagi filialida mutaxassislarni oʻqitish va tayyorlashning asosiy yoʻnalish (mutaxassislik)lari 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Universitet:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
oʻquv jarayoniga ilgʻor pedagogik hamda axborot texnologiyalarini, fan va texnikaning eng yangi yutuqlarini joriy etishga;
mutaxassislarning malakasini oshirishga va Filialning professor-oʻqituvchilari tarkibini qayta tayyorlashga;
Filialning kutubxona fondini zamonaviy oʻquv, oʻquv-metodik hamda ilmiy-texnik adabiyotlar bilan shakllantirish va toʻldirishga koʻmaklashishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
6. 2018/2020 oʻquv yilida Filialni Fargʻona davlat universiteti binosiga vaqtincha joylashtirish belgilansin.
Fargʻona viloyat hokimligi ikki hafta muddatda Filialga taʼlim jarayonini tashkil etish standartlari va normalariga javob beradigan bino, shuningdek, Filial talabalari va oʻqituvchilari yashashi uchun yotoqxonani begʻaraz foydalanish huquqi bilan ajratsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Fargʻona viloyati hokimligi:
Filial taʼsis hujjatlarining ishlab chiqilishi hamda oʻrnatilgan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishida yordam koʻrsatsin;
Oʻzbekiston oliy taʼlim va ilmiy muassasalarining yuqori malakali oʻqituvchilari va mutaxassislarini keyinchalik Filialga ishga jalb qilish uchun saralash tanlovidan oʻtkazsin hamda stajirovkasini tashkil etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
8. “Riga Nordic University”ning Fargʻona shahridagi filiali Vasiylik kengashining (keyingi oʻrinlarda — Vasiylik kengashi) shaxsiy tarkibi 2-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
9. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
a) Filialning qabul parametrlari Universitet, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda Filial Vasiylik kengashi qarori bilan tasdiqlanadi;
(9-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
b) Filialning faoliyatini moliyalashtirish:
Oldingi tahrirga qarang.
Universitetning oʻz mablagʻlari;
(9-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hamda maqsadli badallaridan Vasiylik kengashi qarorlari asosida shakllantiriladigan pul mablagʻlari;
xalqaro moliya institutlari grantlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
v) Filialni tashkil qilish, uning moddiy-texnik va oʻquv bazasini shakllantirish boʻyicha tashkiliy tadbirlarni, shu jumladan taʼmirlash-tiklash ishlarini olib borish, bino va inshootlarni zarur mebel, anjomlar, zamonaviy oʻquv hamda laboratoriya uskunalari bilan jihozlash, kompyuter va boshqa orgtexnika, kutubxona fondi bilan taʼminlash, shuningdek, Filialdagi mahalliy pedagog kadrlarning stajirovkasi va malakasini oshirish xarajatlarini moliyalashtirish Universitet mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
(9-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
g) Universitetdan Filialga jalb qilinadigan professor-oʻqituvchilarning xizmat safari xarajatlarini toʻlash:
(9-band “v” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
7 kungacha boʻlgan qisqa muddatli xizmat safarlari boʻyicha — Latviyaning qonun hujjatlari bilan oliy taʼlim muassasalari xodimlari uchun belgilangan normalarga muvofiq;
uzoq muddatli xizmat safarlari boʻyicha — oʻquv jarayoni ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, tuzilgan shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
10. Filialga oʻqituvchilik va ilmiy ishlar uchun taklif qilinadigan xorijiy pedagog kadrlarning yashash hamda transport xarajatlarini tuziladigan shartnomalar asosida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan tariflar boʻyicha toʻlashga ruxsat etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Universitetga Filialning bino va inshootlarini taʼmirlash va rekonstruksiya qilinishini, shuningdek, Filial talabalari va oʻqituvchilari yashashi uchun yotoqxona tayyorlanishini 2020/2021 oʻquv yili boshlanishiga qadar taʼminlash tavsiya etilsin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Filial buyurtmanomalariga binoan mazkur qarorni amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy pedagog kadrlar, shuningdek, ularning oila aʼzolari uchun kirish vizalari konsullik hamda boshqa yigʻimlar undirilmasdan, belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Filial buyurtmanomalariga binoan jalb qilinadigan xorijiy professor-oʻqituvchilar va maʼmuriy xodimlarga hamda ularning oila aʼzolariga davlat boji undirilmasdan, koʻp martalik vizalar berilishi va uzaytirilishini, shuningdek, ularning yashash joyida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishi hamda vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Filial buyurtmanomalariga binoan Filialni tashkil qilishda va uning faoliyatida ishtirok etadigan malakali xorijiy pedagogik kadrlarni respublikaga jalb etish uchun belgilangan tartibda ruxsatnomalar berilishi (muddati uzaytirilishi), shuningdek, xorijiy fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) taʼminlasin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
15. Filialni jihozlash va uning faoliyatini taʼminlash uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxat boʻyicha olib kiriladigan Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan zamonaviy oʻquv jihozlari, kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, oʻquv va ilmiy-uslubiy adabiyot, anjomlar va moddiy-texnika resurslari, shuningdek, avtotransport vositalari 2019-yil 1-iyunga qadar muddatda bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
16. Taʼlim sifatini nazorat qilish boʻyicha davlat inspeksiyasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 26-sentabr,
PQ-3952-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-sentabrdagi PQ-3952-sonli qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
“Riga Nordic University”ning Fargʻona shahridagi filialida kadrlar tayyorlashning asosiy yoʻnalishlari (mutaxassisliklari)
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Bakalavriat yoʻnalishlari:
1. Turizm (faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha).
2. Mehmonxona xoʻjaligini tashkil etish va boshqarish.
3. Madaniyat va sanʼat muassasalarini tashkil etish va boshqarish.
4. Xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yoʻnalishlari boʻyicha).
5. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil etish (tarmoqlar boʻyicha).
6. Informatika va axborot texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar boʻyicha).
Magistratura mutaxassisliklari:
1. Tadbirkorlik faoliyatini boshqarish.
2. Axborot tizimlari.
Izoh. Kadrlar tayyorlash yoʻnalishlari (mutaxassisliklari) roʻyxati tashkilotlarning mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojini hisobga olgan holda filial Vasiylik kengashining qarori bilan toʻldirilishi yoki oʻzgartirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-sentabrdagi PQ-3952-sonli qaroriga
2-ILOVA
“Riga Nordic University” Fargʻona shahridagi filialining vasiylik kengashi
TARKIBI

1.

X.X. Bozarov

Fargʻona viloyati hokimi, Vasiylik kengashi raisi

2.

A.Oʻ. Aqqulov

Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi raisi, Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari

3.

U.R. Salomov

oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari

4.

B.J. Aʼloyev

tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

5.

X.R. Axmedov

Fargʻona viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari

6.

R. Dyakon

“Riga Nordic University” prezidenti

7.

H.T. Abduraxmonov

“Riga Nordic University”ning Fargʻona shahridagi filiali rektori

8.

Lavozimi boʻyicha

“Riga Nordic University” professori (kelishuv asosida)

9.

Lavozimi boʻyicha

“Riga Nordic University” professori (kelishuv asosida)

Izoh. Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga, ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.09.2018-y., 09/18/3952/1969-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 07/22/279/0530-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)