|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 10.10.2025
|
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrug‘i
O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 25-sentabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1921-2]
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 3-iyuldagi 15-mh-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3637, 07.07.2025-y.) asosan 2025-yil 10-oktabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-maydagi PF-5441-son “Advokatura instituti samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning mustaqilligini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2009-yil 14-martdagi 69-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1921, 2009-yil 14-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 12-son, 134-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat tomonidan tartibga solish boshqarmasi hamda Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari A. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2018-yil 25-sentabr,
466-mh-son
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 25-sentabrdagi 466-mh-son buyrug‘iga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 18-bandning to‘qqizinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
2. Quyidagi mazmundagi 181-band bilan to‘ldirilsin:
“181. Malaka imtihonini topshirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar talabgor tomonidan hududiy boshqarmaga bevosita, pochta aloqa vositasi orqali yoki ularning olingani to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan elektron shaklda taqdim etiladi.”.
3. 19-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19. Talabgor tomonidan malaka imtihonini topshirish uchun taqdim etilayotgan hujjatlar ro‘yxat bo‘yicha bevosita, pochta aloqasi vositasi orqali yoki elektron shaklda mas’ul kotib tomonidan qabul qilinadi, ro‘yxat nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda talabgorga yuboriladi (topshiriladi).”.
4. 26-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Malaka imtihoni jarayoni Internet tarmog‘ida real vaqt rejimida videotranslyatsiya qilinadi.”.
5. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan kelishilgan.
Advokatlar palatasi raisi v.b. Sh. SADIKOV
2018-yil 24-sentabr
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 10/18/1921-2/1956-son)