1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.02 Paxtachilik]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xo‘jaligi]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
2018-yil hosili paxta xomashyosini yig‘ib-terib olish ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtirishni moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 28-fevraldagi PQ-3574-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, yetishtirilgan paxta xomashyosini yig‘ib-terib olishni uyushqoqlik bilan tashkil etish, paxta yig‘im-terimida ishtirok etadigan terimchilarning moddiy manfaatdorligini ta’minlash hamda paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklarning moliyaviy holatini yanada mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati, “O‘zagroservis” aksiyadorlik jamiyati, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining 2018-yil hosili uchun yetishtirilgan paxta xomashyosini terib olishda:
paxta xomashyosining mashinada terilgan 1 tonnasi uchun 400 000 so‘m xizmat haqi to‘lash;
paxta xomashyosining qo‘lda terilgan bir kilogrammi uchun birinchi bosqichda kontraktatsiya shartnomasi majburiyati 60 foizgacha bajarilgunga qadar 650 so‘m, ikkinchi bosqichda — 60 foizdan 80 foizgacha — 850 so‘m, uchinchi bosqichda — 80 foizdan ortganda — 1000 so‘m mehnat haqi to‘lash;
Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlarida, Qashqadaryo viloyatining Koson, Muborak, Nishon, Kasbi tumanlarida, Surxondaryo viloyatining Qiziriq va Muzrabot tumanlarida (paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarish tashkilotlari faoliyat yuritayotgan hududlardan tashqari) terimchilarni paxta yig‘im-terimiga qo‘shimcha ravishda jalb etish maqsadida qo‘lda terilgan bir kilogramm paxta xomashyosi uchun terimchiga qo‘shimcha 150 so‘m ustama hamda oziq-ovqat mahsulotlari uchun 150 so‘m, jami 300 so‘m miqdorida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand va Xorazm viloyatlarida (mazkur qaror ilovasida nazarda tutilgan tumanlardan tashqari) qo‘lda terilgan bir kilogramm paxta xomashyosi uchun terimchiga qo‘shimcha 100 so‘m naqd pulda kunlik ustama to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) hisobidan amalga oshirilishi, shuningdek, qo‘shimcha to‘langan to‘lovlar qishloq xo‘jaligi korxonalari bilan yakuniy hisob-kitoblarda hisobga olinmasligi;
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-oktabrdagi 798-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2018-y., 09/18/798/2001-son)
paxta yig‘im-terimi mavsumida terim otryadi rahbarlariga istisno tariqasida fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mehnat haqi to‘lash to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
2. Belgilansinki:
otryad rahbarlari terilgan paxta xomashyosi miqdoridan kelib chiqqan holda mehnat haqini oshirib borish asosida rag‘batlantiriladi;
paxta yig‘im-terimida ish kuchi yetishmovchiligi mavjud bo‘lganda, tumanlar hokimliklari hamda tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlarining buyurtmalariga asosan tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan qo‘shimcha terimchilar ixtiyoriy ravishda jalb etiladi.
3. Mazkur qarorga ilovada nazarda tutilgan tumanlarda yetishtirilgan paxta xomashyosi fermer xo‘jaliklarining o‘z imkoniyatlari bilan (hasharchilarsiz) terib olinishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Belgilansinki, mazkur qarorga ilovada nazarda tutilgan tumanlarda:
tumanlar hokimlari paxta xomashyosining pishib yetilishidan kelib chiqib, fermer xo‘jaliklari hamda tumanlar fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan kelishgan holda qo‘lda terilgan paxta xomashyosi uchun mehnat haqi miqdorini, shu jumladan tabaqalashtirilishini mustaqil belgilaydi;
terimchilarni qo‘shimcha rag‘batlantirish maqsadida Jamg‘arma hisobidan (paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarish tashkilotlari faoliyat yuritayotgan hududlardan tashqari) ko‘lda terilgan har bir kilogramm paxta xomashyosi uchun qo‘shimcha 100 so‘m ustama sifatida to‘lanadi;
mahalliy budjetlar zaxira jamg‘armalari terilgan paxta xomashyosining har tonnasiga 10 000 so‘mdan respublika budjetidan ko‘paytirib beriladi va ushbu mablag‘lar tuman hokimi tomonidan terimni yuqori saviyada tashkil etishga sarflanadi. Bunda, ushbu mablag‘larning sarflanishiga istisno tariqasida davlat xaridlari tartiblari tatbiq etilmaydi.
4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:
davlat ehtiyojlari uchun kontraktatsiya shartnomalarida belgilangan miqdordan ortiqcha topshirilgan paxta xomashyosi xarid narxlariga 15 foiz miqdorida ustama to‘lanadi;
2018-yil hosilidan boshlab paxta yig‘im-terimi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilingan jismoniy shaxslar tomonidan ushbu ishlarni bajarganlik uchun olinadigan daromadlariga fuqarolarning budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari hisoblanmaydi.
5. Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarish tashkilotlariga paxta xomashyosi yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarining moddiy manfaatdorligini oshirish, yetishtirilgan paxta xomashyosini o‘z vaqtida terib olishni ta’minlash maqsadida paxta tolasining jahon bozoridagi konyunkturasidan kelib chiqib, o‘zlariga biriktirilgan hududda paxta xomashyosini qo‘lda terib olish uchun mehnat haqini mazkur qarorda belgilangan narxlardan kam bo‘lmagan holda erkin belgilash va kafolatlangan xarid narxlariga ustama to‘lash tavsiya etilsin.
6. “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarish tashkilotlari:
paxta yig‘im-terimini mexanizatsiyalash darajasini oshirish, paxta terish mashinalaridan keng ko‘lamda foydalanishni rag‘batlantirish, paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklarning manfaatdorligini oshirish uchun qo‘lda va mashinada terilgan paxta xomashyosining navlari va sinflari bo‘yicha davlat tomonidan kafolatlangan narxlarda xarid qilinishini;
mahsulot yetishtiruvchilar tomonidan topshirilgan paxta xomashyosini qabul qilib olishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan va elektron tarozilardan foydalangan holda paxta qabul qilish jarayonining shaffofligini ta’minlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasiga O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi paxta tozalash tashkilotlari hamda paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarish tashkilotlari tomonidan paxta xomashyosini qabul qilish maskanlaridagi laboratoriyalarda paxta xomashyosini qabul qilishda sof (fizik) vazn bilan konditsion vazn o‘rtasidagi farqlarning haqqoniyligi va chegirmalarning adolatli qo‘llanilishi yuzasidan tizimli nazorat o‘rnatish tavsiya qilinsin.
8. Jamg‘arma, “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarish tashkilotlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari paxta xomashyosi uchun terimchilarga mehnat haqini ushbu qarorda belgilangan tarif stavkalaridan kelib chiqqan holda har besh kunda, zarurat bo‘lganda har kuni to‘lashni tashkil etsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtirishni moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 28-fevraldagi PQ-3574-son qarori talablaridan kelib chiqib, 2018-yil paxta hosilini qisqa muddatda yig‘ib-terib olishni, terimchilar bilan hisob-kitoblarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga 2019-yilda qaytarish sharti bilan foizsiz ssuda ajratsin.
10. Jamg‘arma, “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati, paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarish tashkilotlari yetkazib berilgan paxta xomashyosi uchun fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari bilan joriy yilning 31-dekabriga qadar to‘liq hisob-kitob qilinishini ta’minlasin.
11. Paxta yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari bilan hisob-kitoblarning to‘g‘ri va o‘z vaqtida amalga oshirilishiga hamda ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishiga “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va “Agrobank” ATB rahbarlari shaxsan mas’ul ekanliklari belgilab qo‘yilsin.
12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari uch kun muddatda 2018-yil paxta hosilini nes-nobud qilmasdan uyushqoqlik bilan yig‘ib-terib olishni tashkil etish, mavsumda qatnashayotgan terimchilarga mehnat haqi to‘lash hamda ish kuchi yetishmovchiligi mavjud tumanlarga qo‘shimcha terimchilarni jalb qilish va ularga kafolatlangan haq to‘lash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni tasdiqlasin.
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari J.A. Qo‘chqorov, Z.T. Mirzayev, A.A. Abduhakimov, N.S. Otajonov, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi vazifasini bajaruvchi A.A. Xaitov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 30-avgust,
703-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-avgustdagi 703-son qaroriga ILOVA
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2018-yil paxta hosilini yordamchi kuchlarisiz (hasharchilarsiz) terib oladigan tumanlar
ro‘yxati
T/r
Hududlar nomi
Tumanlar
nomi
Paxta maydoni, gektar
Yalpi hosil, tonna
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Amudaryo
15550
32524
1.
Beruniy
10575
23165
Qo‘ng‘irot
3487
7009
Buloqboshi
3049
9225
Paxtaobod
6591
19333
Oltinko‘l
5435
17939
2.
Andijon
Shahrixon
7342
23260
Xo‘jaobod
2003
5508
Marhamat
5092
15581
Izboskan
7988
25804
Olot
8075
24633
Qorako‘l
9235
27928
3.
Buxoro
Shofirkon
9275
29778
G‘ijduvon
10370
34700
Vobkent
10075
33958
Qamashi
8500
16000
4.
Qashqadaryo
Shahrisabz
5200
14550
Chiroqchi
8600
23000
Yakkabog‘
7200
19800
Kosonsoy
3955
10237
To‘raqo‘rg‘on
4869
16120
Chust
4004
10253
5.
Namangan
Namangan
6050
19838
Chortoq
1067
3413
Uychi
6269
20862
Norin
6338
21182
6.
Samarqand
Ishtixon
8595
23943
Paxtachi
8320
23923
Denov
10538
35200
7.
Surxondaryo
Qumqo‘rg‘on
8742
25890
Sariosiyo
2650
8850
8.
Farg‘ona
Buvayda
5280
15320
9.
Xorazm
Xiva
5968
17340
Yangiariq
5058
14570
Jami
34
231345
670636
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2018-y., 09/18/703/1827-son, 05.10.2018-y., 09/18/798/2001-son)