Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.03.2022
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 9-apreldagi 278-son qaroriga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 9-apreldagi 278-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2018-y., 15-son, 311-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov hamda O‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i D.B. Axmedov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 10-sentabr,
716-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-sentabrdagi 716-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 9-apreldagi 278-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha
a) 6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6. Litsenziya amal qilish muddati cheklanmasdan beriladi”;
b) 9-bandning ikkinchi xatboshidagi “va faoliyatning mazkur turi amalga oshiriladigan muddat” so‘zlari chiqarib tashlansin;
v) 15-banddagi “o‘ttiz” so‘zi “yigirma” so‘zi bilan almashtirilsin;
birinchi va ikkinchi xatboshilardagi “yigirma” va “o‘n” so‘zlari tegishli ravishda “o‘n” va “besh” so‘zlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi qo‘shilsin:
“O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish muddati mobaynida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilmagan taqdirda ko‘rsatib o‘tilgan ushbu muddat tamom bo‘lgandan keyin litsenziya talabgori, bu haqda “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasini xabardor qilgan holda, arizada ko‘rsatilgan faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi. Bunda “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasi litsenziya talabgorining yozma bildirishnomasini olgandan keyin besh ish kuni mobaynida litsenziya talabgoriga litsenziya berishga majbur”;
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi — to‘qqizinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
e) 5-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5-bob. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish va dublikat berish”;
yo) 27-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
j) 28-bandning birinchi xatboshidagi “va amal qilish muddati tugamagan” so‘zlari chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi — o‘ninchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi — to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oltinchi xatboshidagi “amal qilish muddatini uzaytirish” so‘zlari chiqarib tashlansin;
i) 38-bandning birinchi xatboshidagi “va ularning amal qilish muddati uzaytirilgani” so‘zlari chiqarib tashlansin;
y) Mahalliy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash sxemasining (Nizomga 1-ilova) “Bajarish muddatlari” ustunida:
2-bosqichdagi “20” raqami “10” raqami bilan almashtirilsin;
3-bosqichdagi “10” va “5” raqamlari tegishli ravishda “5” va “3” raqamlari bilan almashtirilsin;
k) 2-ilovaning to‘rtinchi bandidagi “va ko‘rsatilgan faoliyat turini amalga oshirish muddati” so‘zlari chiqarib tashlansin.
2. Qarorga 2-ilovadagi izohlar chiqarib tashlansin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.09.2018-y., 09/18/716/1868-son)