Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasida shaxmatni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Yuqori malakali murabbiy kadrlarni jalb qilgan holda iqtidorli yosh shaxmatchilarni tayyorlash, shaxmat boʻyicha milliy terma jamoaning amaldagi aʼzolari bilan doimiy aloqani taʼminlash, shuningdek, shaxmatni insonning aql va tafakkur jarayonini rivojlantiruvchi sport turi sifatida yanada ommalashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasining:
majburiy maktab dasturlari doirasida ilovaga muvofiq 150 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablarining oʻquvchilarini tajriba tariqasida shaxmatga oʻqitishni tashkil qilish;
Shaxmat boʻyicha Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabini Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi tasarrufiga berish;
2018-yil 1-sentabrdan boshlab mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha shaxmat klublari hamda shaxmatga oʻqitish va shaxmatchilar tayyorlashni amalga oshiruvchi boshqa sport muassasalari (keyingi oʻrinlarda shaxmat klublari deb yuritiladi) Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan kelishilgan holda majburiy akkreditatsiyadan oʻtkazilishi tartibini belgilash;
shaxmat klublari tomonidan oʻzlarining faoliyatlari haqida har chorakda Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasiga hisobotlar taqdim qilish mexanizmini joriy etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasiga Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan kelishilgan holda bir oy muddatda:
shaxmat klublarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni;
respublikadagi barcha umumiy oʻrta taʼlim maktablarida shaxmatga oʻqitishni bosqichma-bosqich qamrab olish, yuqori malakali murabbiy kadrlarni tayyorlash, shaxmat klublari va umumiy oʻrta taʼlim maktablari shaxmat sinflarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini;
shaxmat klublari faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlar shaklini tasdiqlash tavsiya etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi PQ-4954-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2021-y., 07/21/4954/0036-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi bilan birgalikda 2018-yil 20-avgustga qadar umumiy oʻrta taʼlim maktablarida shaxmatga oʻqitish boʻyicha taʼlim dasturlarini tasdiqlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
barcha shaxmat klublarining pasportlashtirishdan oʻtkazilishini taʼminlasin;
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 9-avgust,
PQ-3906-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-avgustdagi PQ-3906-sonli qaroriga
ILOVA
Tajriba tariqasida shaxmatga oʻqitish tashkil etilayotgan umumiy oʻrta taʼlim maktablari
ROʻYXATI

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1.

Kegeyli tumani, 25-umumtaʼlim maktabi

2.

Qoʻngʻirot tumani, 36-umumtaʼlim maktabi

3.

Taxiatosh tumani, 3-umumtaʼlim maktabi

4.

Trtkl tumani, 5-umumtaʼlim maktabi

5.

Xoʻjayli tumani, 71-umumtaʼlim maktabi

6.

Shumanay tumani, 7-umumtaʼlim maktabi

7.

Ellikqalʼa tumani, 61-umumtaʼlim maktabi

Andijon viloyati

8.

Andijon shahar, 23-umumtaʼlim maktabi

9.

Xonobod shahar, 2-umumtaʼlim maktabi

10.

Oltinkl tumani, 5-umumtaʼlim maktabi

11.

Baliqchi tumani, 36-umumtaʼlim maktabi

12.

Buloqboshi tumani, 9-umumtaʼlim maktabi

13.

Bz tumani, 8-umumtaʼlim maktabi

14.

Jalaquduq tumani, 19-umumtaʼlim maktabi

15.

Izboskan tumani, 14-umumtaʼlim maktabi

16.

Shahrixon tumani, 26-umumtaʼlim maktabi

Buxoro viloyati

17.

Buxoro shahar, 35-umumtaʼlim maktabi

18.

Kogon shahar, 4-umumtaʼlim maktabi

19.

Olot tumani, 28-umumtaʼlim maktabi

20.

Buxoro tumani, 51-umumtaʼlim maktabi

21.

Vobkent tumani, 17-umumtaʼlim maktabi

22.

ijduvon tumani, 8-umumtaʼlim maktabi

23.

Jondor tumani, 18-umumtaʼlim maktabi

24.

Kogon tumani, 2-umumtaʼlim maktabi

25.

Qorakl tumani, 9-umumtaʼlim maktabi

26.

Peshku tumani, 1-umumtaʼlim maktabi

27.

Shofirkon tumani, 10-umumtaʼlim maktabi

Jizzax viloyati

28.

Jizzax shahar, 1-umumtaʼlim maktabi

29.

Baxmal tumani, 22-umumtaʼlim maktabi

30.

Gʻallaorol tumani, 78-umumtaʼlim maktabi

31.

Doʻstlik tumani, 11-umumtaʼlim maktabi

32.

Zarbdor tumani, 4-umumtaʼlim maktabi

33.

Zafarobod tumani, 10-umumtaʼlim maktabi

34.

Paxtakor tumani, 4-umumtaʼlim maktabi

35.

Sh. Rashidov tumani, 3-umumtaʼlim maktabi

Qashqadaryo viloyati

36.

Qarshi shahar, 9-umumtaʼlim maktabi

37.

Shahrisabz shahar, 5-umumtaʼlim maktabi

38.

uzor tumani,5-umumtaʼlim maktabi

39.

Qamashi tumani, 36-umumtaʼlim maktabi

40.

Qarshi tumani, 52-umumtaʼlim maktabi

41.

Kitob tumani,39-umumtaʼlim maktabi

42.

Nishon tumani, 3-umumtaʼlim maktabi

43.

Chiroqchi tumani, 27-umumtaʼlim maktabi

44.

Shahrisabz tumani, 19-umumtaʼlim maktabi

Navoiy viloyati

45.

Navoiy shahar, 8-umumtaʼlim maktabi

46.

Zarafshon shahar, 3-umumtaʼlim maktabi

47.

Konimex tumani, 2-umumtaʼlim maktabi

48.

Karmana tumani, 3-umumtaʼlim maktabi

49.

Qiziltepa tumani, 7-umumtaʼlim maktabi

50.

Navbahor tumani, 27-umumtaʼlim maktabi

51.

Nurota tumani, 44-umumtaʼlim maktabi

52.

Tomdi tumani, 21-umumtaʼlim maktabi

53.

Uchquduq tumani, 3-umumtaʼlim maktabi

54.

Xatirchi tumani, 44-umumtaʼlim maktabi

Namangan viloyati

55.

Namangan shahar, 48-umumtaʼlim maktabi

56.

Namangan tumani, 19-umumtaʼlim maktabi

57.

Pop tumani, 32-umumtaʼlim maktabi

58.

Traqoʻrgʻon tumani, 39-umumtaʼlim maktabi

59.

Uychi tumani, 6-umumtaʼlim maktabi

60.

Uchqoʻrgʻon tumani, 12-umumtaʼlim maktabi

61.

Chortoq tumani, 40-umumtaʼlim maktabi

62.

Chust tumani, 49-umumtaʼlim maktabi

63.

Yangiqoʻrgʻon tumani, 57-umumtaʼlim maktabi

Samarqand viloyati

64.

Samarqand shahar, 59-umumtaʼlim maktabi

65.

Bulunur tumani, 40-umumtaʼlim maktabi

66.

Ishtixontumani, 66-umumtaʼlim maktabi

67.

Kattaqoʻrgʻon tumani, 6-umumtaʼlim maktabi

68.

Kattaqoʻrgʻon tumani, 18-umumtaʼlim maktabi

69.

Qoʻshrabot tumani, 35-umumtaʼlim maktabi

70.

Nurobod tumani, 4-umumtaʼlim maktabi

71.

Samarqand tumani, 22-umumtaʼlim maktabi

72.

Toyloq tumani, 41-umumtaʼlim maktabi

73.

Urgut tumani, 34-umumtaʼlim maktabi

Surxondaryo viloyati

74.

Termiz shahar, 14-umumtaʼlim maktabi

75.

Boysun tumani, 3-umumtaʼlim maktabi

76.

Denov tumani, 45-umumtaʼlim maktabi

77.

Qumqoʻrgʻon tumani, 14-umumtaʼlim maktabi

78.

Qiziriq tumani, 3-umumtaʼlim maktabi

79.

Sariosiyo tumani, 24-umumtaʼlim maktabi

80.

Termiz tumani, 3-umumtaʼlim maktabi

81.

Sherobod tumani, 19-umumtaʼlim maktabi

Sirdaryo viloyati

82.

Guliston shahar, 5-umumtaʼlim maktabi

83.

Shirin shahar, 3-umumtaʼlim maktabi

84.

Yangiyer shahar, 3-umumtaʼlim maktabi

85.

Oqoltin tumani, 1-umumtaʼlim maktabi

86.

Boyovut tumani, 9-umumtaʼlim maktabi

87.

Guliston tumani, 6-umumtaʼlim maktabi

88.

Mirzaobod tumani, 11-umumtaʼlim maktabi

89.

Sayhunobod tumani, 2-umumtaʼlim maktabi

90.

Sardoba tumani, 1-umumtaʼlim maktabi

91.

Sirdaryo tumani, 41-umumtaʼlim maktabi

Toshkent viloyati

92.

Oxangaron shahar, 7-umumtaʼlim maktabi

93.

Bekobod shahar, 11-umumtaʼlim maktabi

94.

Chirchiq shahar, 13-umumtaʼlim maktabi

95.

Yangiyoʻl shahar, 2-umumtaʼlim maktabi

96.

Oqqoʻrgʻon tumani, 12-umumtaʼlim maktabi

97.

Oxangaron tumani, 42-umumtaʼlim maktabi

98.

Bekobod tumani, 47-umumtaʼlim maktabi

99.

Bka tumani, 32-umumtaʼlim maktabi

100.

Zangiota tumani, 14-umumtaʼlim maktabi

101.

Qibray tumani, 24-umumtaʼlim maktabi

102.

Parkent tumani, 3-umumtaʼlim maktabi

103.

Pskent tumani, 1-umumtaʼlim maktabi

104.

Toshkent tumani, 4-umumtaʼlim maktabi

105.

rtachirchiq tumani, 54-umumtaʼlim maktab

106.

Chinoz tumani, 28-umumtaʼlim maktabi

107.

Yukorichirchiq tumani, 25-umumtaʼlim maktabi

108.

Yangiyoʻl tumani, 21-umumtaʼlim maktabi

Fargʻona viloyati

109.

Fargʻona shahar, 9-umumtaʼlim maktabi

110.

Marilon shahar, 11-umumtaʼlim maktabi

111.

Oltiariq tumani, 3-umumtaʼlim maktabi

112.

Bogʻdod tumani, 45-umumtaʼlim maktabi

113.

Qoʻqon tumani, 1-umumtaʼlim maktabi

114.

Quvasoy tumani, 1-umumtaʼlim maktabi

115.

Rishton tumani, 30-umumtaʼlim maktabi

116.

Soʻx tumani, 1-umumtaʼlim maktabi

117.

Toshloq tumani, 43-umumtaʼlim maktabi

118.

zbekiston tumani, 65-umumtaʼlim maktabi

119.

Uchkprik tumani, 28-umumtaʼlim maktab

120.

Fargʻona tumani, 1-umumtaʼlim maktabi

121.

Yozyovon tumani, 5-umumtaʼlim maktabi

Xorazm viloyati

122.

Urgench shahar, 11-umumtaʼlim maktabi

123.

Xiva shahar, 9-umumtaʼlim maktabi

124.

Urgench tumani, 6-umumtaʼlim maktabi

125.

Xazorasp tumani, 5-umumtaʼlim maktabi

126.

Xiva tumani, 37-umumtaʼlim maktab

127.

Shovot tumani, 37-umumtaʼlim maktabi

128.

Yangiariq tumani, 25-umumtaʼlim maktab

129.

Yangibozor tumani, 2-umumtaʼlim maktabi

Toshkent shahri

130.

Olmazor tumani, 1-umumtaʼlim maktabi

131.

Olmazor tumani, 159-umumtaʼlim maktabi

132.

Bektemir tumani, 289-umumtaʼlim maktabi

133.

Mirobod tumani, 125-umumtaʼlim maktabi

134.

Mirobod tumani, 328-umumtaʼlim maktabi

135.

Mirzo Ulubek tumani, 209-umumtaʼlim maktabi

136.

Mirzo Ulubek tumani, 27-umumtaʼlim maktabi

137.

Sirgʻali tumani, 266-umumtaʼlim maktabi

138.

Sirgʻali tumani, 2-umumtaʼlim maktabi

139.

Uchtepa tumani, 81-umumtaʼlim maktabi

140.

Chilonzor tumani, 178-umumtaʼlim maktabi

141.

Chilonzor tumani, 195-umumtaʼlim maktabi

142.

Shayhontohur tumani, 157-umumtaʼlim maktabi

143.

Yunusobod tumani, 17-umumtaʼlim maktabi

144.

Yunusobod tumani, 63-umumtaʼlim maktabi

145.

Yunusobod tumani, 257-umumtaʼlim maktabi

146.

Yakkasaroytumani, 73-umumtaʼlim maktabi

147.

Yakkasaroy tumani, 91-umumtaʼlim maktabi

148.

Yakkasaroy tumani, 48-umumtaʼlim maktabi

149.

Yashnobod tumani, 152-umumtaʼlim maktabi

150.

Yashnobod tumani, 307-umumtaʼlim maktabi

 LexUZ sharhi
Ilova norasmiy tarjima.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2018-y., 07/18/3906/1689-son; 15.01.2021-y., 07/21/4954/0036-son)