Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy kinokompaniyalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida badiiy filmlarni kino va videotasvirga olish tartibi toʻgʻrisida” 2012-yil 12-iyundagi 169-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
1. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy kinokompaniyalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida badiiy filmlarni kino- va videotasvirga olish tartibi toʻgʻrisida” 2012-yil 12-iyundagi 169-son qarorigailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. “Oʻzbekkino” Milliy agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi xorijiy kinokompaniyalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida badiiy filmlarni kino- va videotasvirga olish uchun zarur boʻladigan kino tasvirga olish uskunalari, rekvizitlar va boshqa materiallar va jihozlar ijara toʻlovlarining maqbul qatʼiy stavkalarini belgilasin va ular rasmiy saytlarda eʼlon qilinishini taʼminlasin.
3. “Oʻzbekkino” Milliy agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. “Oʻzbekkino” Milliy agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish “Oʻzbekkino” Milliy agentligi bosh direktori F.Sh. Zokirov zimmasiga va Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 2-avgust,
614-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-avgustdagi 614-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy kinokompaniyalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida badiiy filmlarni kino- va video tasvirga olish tartibi toʻgʻrisida” 2012-yil 12-iyundagi 169-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
ikkinchi xatboshiga “Filmni ishlab chiqarish” soʻzlaridan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va “Oʻzbekkino” Milliy agentligi huzuridagi Milliy kinematografiyani rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari qoʻshilsin;
“film — original ssenariy yoki adabiy asarni ekranlashtirish asosida tasvirga olinadigan audiovizual asar (badiiy toʻliq metrajli, badiiy qisqa metrajli, hujjatli-xronikal, ilmiy-ommabop filmlar va ijtimoiy videoroliklar)”;
“film ssenariysi — film epizodlaridagi koʻrish va ovozli tasvirlar matnda ifoda etiladigan, film ishlab chiqarish talablariga muvofiq boʻlgan filmni tasvirga olishning ijodiy va ishlab chiqarish-texnik loyihasi;
filmni tasvirga olish kalendar-postanovka rejasi — filmni tasvirga olish jarayonida ishlarning barcha turlari bajarilishi muddatlarini aks ettiruvchi tasvirga olish guruhining ishlab chiqarish rejasi”;
sakkizinchi xatboshidagi “manfaatdor vazirliklar va tashkilotlar vakillaridan, shuningdek jalb etilgan kinoshunoslar, kino tanqidchilari, sanʼatshunoslardan tashkil etilgan komissiya” soʻzlari “Oʻzbekkino” Milliy agentligining xorijiy kinokompaniyalar murojaatlarini koʻrib chiquvchi ishchi komissiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“kinematografiya tashkilotlari — asosiy faoliyat turi filmlarni ishlab chiqarish, prokat qilish va xorijiy kinokompaniyalar yoxud boshqa tashkilotlarga filmlarni kino va videotasvirga olish ishlarida tashkiliy, ishlab chiqarish, texnik va texnologik xizmatlar koʻrsatishdan iborat boʻlgan Agentlik tizimidagi va kinematografiya yoʻnalishidagi boshqa yuridik shaxslar (keyingi oʻrinlarda ariza beruvchining vakili deb ataladi).
Kinematografiya tashkilotlari tomonidan xorijiy kinokompaniyalar yoxud boshqa tashkilotlarga koʻrsatiladigan xizmatlar shartnoma asosida amalga oshiriladi”;
“Oʻzbekiston Respublikasi hududida tasvirga olish rejalashtirilayotgan film ssenariysining davlat tilidagi yoki rus tilidagi bosma (yoki elektron) varianti”;
toʻrtinchi xatboshidagi “ishlarni tashkil etishning film olish taqvim” soʻzlari “filmni tasvirga olish kalendar-postanovka” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “mahalliy tashkilot” soʻzlari “kinematografiya tashkiloti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshidagi “tomonidan Agentlikka bevosita yoxud olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali” soʻzlari “yoxud ariza beruvchining vakili tomonidan Agentlikka bevosita, pochta xizmati vositasida yoxud Internet jahon axborot tarmogʻi orqali elektron shaklda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 6 va 7-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6. Agentlik taqdim etilgan hujjatlarni ariza qabul qilingan kundan boshlab oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror toʻgʻrisida ariza beruvchini ikki kundan kechiktirmasdan xabardor qiladi.
7. Agentlik ariza beruvchi yoki ariza beruvchining vakili tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni Agentlik huzuridagi ekspert kengashning tegishli xulosasi asosida koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ruxsatnoma berish yoxud ruxsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi”;
“13. Ruxsatnoma filmni tasvirga olish kalendar-postanovka rejasida koʻrsatilgan muddatga beriladi. Agentlik bilan kelishilgan filmni tasvirga olish kalendar-postanovka rejasi ruxsatnomaning ajralmas qismi hisoblanadi.
14. Agar tasvirga olish jarayoni davomida ariza beruvchida filmni tasvirga olish kalendar-postanovka rejasiga yoki kino va videotasvirga olish joylariga oʻzgartirishlar kiritish zaruriyati yuzaga kelsa (kelishilgan film ssenariysi mazmuniga oʻzgartirish kiritmasdan), u holda xorijiy kinokompaniya yoki u vakil qilgan kinematografiya tashkilotining arizasi boʻyicha Agentlik bir haftadan ortiq boʻlmagan muddatda arizani koʻrib chiqadi va moʻljallanayotgan oʻzgartirishlar boʻyicha qaror chiqaradi. Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda kiritilgan oʻzgartirishlar koʻrsatilgan holda qoʻshimcha ruxsatnoma beriladi”;
“xorijiy kinokompaniya tashkiliy, ishlab chiqarish, texnik va texnologik xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish faoliyati bilan shugʻullanuvchi kinematografiya tashkilotiga aloqasi boʻlmagan yuridik shaxslar xizmatlaridan foydalangan”;
beshinchi xatboshidagi “Agentlikning ariza beruvchiga” soʻzlaridan keyin “yoki ariza beruvchining vakiliga” soʻzlari qoʻshilsin;
“Xorijiy kinokompaniya yoki uning vakili tomonidan ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan holatlar bartaraf etilgan taqdirda, Agentlik koʻrsatib oʻtilgan holatlar bartaraf etilganligi toʻgʻrisida tasdiqnoma olingan kunning oʻzida ruxsatnomaning amal qilishini tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qilishga majburdir”;
m) 16-bandning yettinchi xatboshidagi “uch kundan kechikmay yozma shaklda yetkaziladi” soʻzlari “bir sutka mobaynida yuboriladi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
n) 17-bandning uchinchi xatboshidagi “ariza beruvchi” soʻzlaridan keyin “yoki ariza beruvchining vakili” soʻzlari qoʻshilsin;
“20. Ruxsatnoma berilganligi uchun ariza beruvchidan Agentlik hisob raqamiga Agentlik bilan kelishilgan filmni tasvirga olish kalendar-postanovka rejasining tasvirga olish kunlari sonidan kelib chiqib har bir tasvirga olish kuni uchun qonun hujjatlarida toʻlov kunida belgilangan eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdoriga teng summada milliy valyutada toʻlov undiriladi”;
“21. Filmni tasvirga olish kalendar-potanovka rejasiga oʻzgartirishlar kiritilishi munosabati bilan Agentlik tomonidan qoʻshimcha ruxsatnoma berilgan taqdirda, kiritilgan oʻzgartirishlar hisobga olingan holda qoʻshilgan tasvirga olish kunlaridan kelib chiqib qoʻshimcha toʻlov undiriladi.
Bunda, filmni tasvirga olish kalendar-postanovka rejasiga davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda ariza beruvchiga tasvirga olish uchun sharoit yaratib beruvchi boshqa mahalliy tashkilotlar tomonidan harakat yoki harakatsizlik natijasida kiritilgan oʻzgartirishlar hisobga olingan holda qoʻshilgan tasvir kunlari bundan mustasno.
Agentlik tomonidan ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatish yoki uni bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda toʻlangan toʻlov summasi qaytarilmaydi”;
s) 23-bandning ikkinchi xatboshidagi “Rejissyor” soʻzi “Film” soʻzi bilan almashtirilsin;
Tasvirga olish rejalashtirilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi viloyatlari (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) va tumanlari (shaharlari) ________________________________________________________________________________________________ __________________________________________________________________________________________________________
Filmni tasvirga olish kalendar-postanovka rejasiga muvofiq:
filmni tasvirga olishni tashkil etish boʻyicha ishlarning boshlanishi
20___y. “___”________________
filmni tasvirga olishni tashkil etish boʻyicha ishlarning tamom boʻlishi
20___y. “___”________________
Tasvirga olish kunlari soni ______________________________ (yozuv bilan)
Oʻzbekistonda tasvirga olishni tashkil etish boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi kinematografiya tashkiloti:_______________________
(nomi va pochta manzili)
Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar:
1. Filmni tasvirga olish kalendar-postanovka rejasi.
2. Film ssenariysi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy kompaniya tomonidan filmlarni kino va videotasvirga olishga ruxsatnoma olish shartlari bilan tanishdik.
Kompaniya rahbari ___________________________________________________________________________________________
5. Tasvirga olish rejalashtirilayotgan Oʻzbekiston mintaqalari ____________
6. Oʻzbekistonda ishlarni bajarish muddatlari 20__yil “ ___” __________dan
20__ yil “ ___” __________gacha
7. Tasvirga olish kunlari soni ______________________________________
8. Oʻzbekiston Respublikasi hududida tashkiliy, ishlab chiqarish, texnik va texnologik xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish uchun masʼul boʻlgan kinematografiya tashkilotining nomi, pochta manzili: