Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.10.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Banklarni roʻyxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 31-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2014-13]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-maydagi 12/5-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3253, 30.06.2020-y.) asosan 2020-yil 1-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-son “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 15-avgustdagi 23/3-son qarori (roʻyxat raqami 2014, 2009-yil 8-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 41-son, 447-modda) bilan tasdiqlangan Banklarni roʻyxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 30-iyun,
22/5-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 30-iyundagi 22/5-son qaroriga
ILOVA
Banklarni roʻyxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
raqamli bank — innovatsion bank texnologiyalaridan foydalangan holda (kassa xizmatini koʻrsatmasdan) bank xizmatlarini masofaviy koʻrsatuvchi bank yoki uning tarkibiy boʻlinmasi. Raqamli banklar tomonidan bank xizmatlarini masofaviy koʻrsatish bankning ichki tartib qoidalariga asosan qonun hujjatlari talablarini inobatga olgan holda amalga oshiriladi;”;
uchinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishlicha toʻrtinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
yettinchi xatboshining uchinchi jumlasi chiqarib tashlansin.
2. 19-bandning yettinchi xatboshisidagi “sof foyda va dividendlarni” degan soʻzlar “sof foydani” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3. 28-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“28. Bankning rahbar xodimlariga quyidagilar kiradi:
bank kengashining raisi va aʼzolari;
boshqaruv raisi va uning oʻrinbosarlari;
boshqaruv aʼzolari,
bosh bankning bosh buxgalteri;
bank filiallarining rahbarlari hamda ularning bosh buxgalterlari.
Ushbu bandda keltirilgan shaxslarga nisbatan (bank kengashi raisi va aʼzolaridan tashqari) Tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgalterlari, boshqaruv aʼzolari, mikrokredit tashkilotlari hamda kredit byurolarining ijro organlari rahbarlariga nisbatan malaka talablariga (roʻyxat raqami 2989, 2018-yil 30-mart) muvofiq malaka talablari belgilanadi.”.
4. 29-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
5. 40-banddagi “va bankning” degan soʻzlar “, bank va raqamli banklarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 66 va 75-bandlardagi “Litsenziyalash departamenti” degan soʻzlar “Markaziy bank” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 67-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“67. Taqdim etilgan hujjatlar toʻplami toʻliq jamlansa va mazkur Nizom talablariga muvofiq kelsa, Bank nazorati qoʻmitasiga bankni ochish uchun dastlabki ruxsatni berish toʻgʻrisidagi masala kiritiladi, aks holda hujjatlar toʻplami qaytarish sababi va qancha muddat ichida hujjatlarni takroran taqdim etish mumkinligi koʻrsatilgan dastlabki ruxsatni berishni rad etish haqidagi xabarnoma yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda qaytariladi.”.
8. 74-bandning “d” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
9. 771-bandning ikkinchi xatboshidagi “oʻn besh” degan soʻzlar “oʻn” degan soʻz bilan almashtirilsin.
10. 107-banddan oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 10/18/2014-13/1606-son)