|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 18.09.2021
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tibbiy-ijtimoiy muassasalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2011-yil 23-avgustdagi 240-son qaroriga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 575-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining tibbiy-ijtimoiy muassasalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlarida saqlanayotgan, tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan shaxslarni sog‘liqni saqlash organlari tizimidagi davolash-profilaktika muassasalariga belgilangan tartibda joylashtirish hamda ularning sog‘lig‘ini tiklash chora-tadbirlarini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlarida saqlanayotgan muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarga biometrik pasport rasmiylashtirib berish hamda shaxsi va yashash joyi aniqlangan shaxslarni doimiy yashash joylariga jo‘natish tartibini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritsin.
3. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduhakimov hamda ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 30-iyul,
597-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-iyuldagi 597-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tibbiy-ijtimoiy muassasalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2011-yil 23-avgustdagi 240-son qaroriga kiritilayotgan qo‘shimchalar
1. 1-ilova quyidagi mazmundagi III1-bob bilan to‘ldirilsin:
“III1. Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlarida saqlanayotganlarni “Saxovat” internat uylariga joylashtirish
171. Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlarida (keyingi o‘rinlarda reabilitatsiya markazlari deb ataladi) saqlanayotgan mazkur Nizomning 11-bandida ko‘rsatilgan shaxslar “Saxovat” internat uylariga joylashtiriladi.
“Saxovat” internat uylariga joylashtirish uchun yuborish belgilangan tartibda reabilitatsiya markazi boshlig‘ining buyrug‘i asosida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
172. Reabilitatsiya markazlaridan “Saxovat” internat uylariga yuborilayotganlar mazkur Nizomning 11 va 12-bandlarida ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Tibbiy ko‘rik reabilitatsiya markazlari tibbiyot xodimlari va tegishli mutaxassis shifokorlar tomonidan amalga oshiriladi. Tibbiy ko‘rik natijalari bo‘yicha yozma xulosa rasmiylashtiriladi.
173. Reabilitatsiya markazlarida saqlanayotgan shaxslarni “Saxovat” internat uylariga joylashtirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
“Saxovat” internat uylariga joylashtirish to‘g‘risida reabilitatsiya markazida saqlanayotgan mazkur Nizomning 11-bandida ko‘rsatilgan shaxslarning reabilitatsiya markazi boshlig‘i nomiga berilgan arizasi;
“Saxovat” internat uyiga rasmiylashtirilayotganning shaxsi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
“Saxovat” internat uylariga joylashtirilayotganning sog‘lig‘i holati bo‘yicha tibbiy xulosa;
hududiy tibbiyot boshqarmasidan olingan ruhiy-asab kasalliklari, silga qarshi kurashish, onkologik hamda teri-tanosil kasalliklari dispansyerlarining xulosalari;
“Saxovat” internat uyiga joylashtirilayotganning 2 ta (6 sm x 4 sm hajmli) fotosurati;
“Saxovat” internat uyiga rasmiylashtirilayotganning nogironligi aniqlangan taqdirda belgilangan tartibda tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi tomonidan berilgan nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomaning nusxasi ham taqdim etiladi.
Mazkur bandda ko‘rsatilgan barcha hujjatlar reabilitatsiya markazlari tomonidan to‘planadi.
174. Reabilitatsiya markazlarida “Saxovat” internat uylariga joylashtirilayotgan har bir shaxs uchun ikki nusxada shaxsiy yig‘majild yuritiladi, unga ushbu Nizomning 173-bandida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar tikib qo‘yiladi.
“Saxovat” internat uylariga joylashtirilayotganlarning shaxsiy yig‘majildlari bir nusxasi saqlash uchun “Saxovat” internat uyi direktoriga belgilangan tartibda taqdim etiladi”.
2. 2-ilova quyidagi mazmundagi III1-bob bilan to‘ldirilsin:
“III1. Reabilitatsiya markazlarida saqlanayotganlarni “Muruvvat” internat uylariga joylashtirish
191. Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlarida (keyingi o‘rinlarda reabilitatsiya markazlari deb ataladi) saqlanayotgan mazkur Nizomning 13-bandida ko‘rsatilgan shaxslar “Muruvvat” internat uylariga joylashiriladi.
“Muruvvat” internat uylariga joylashtirish uchun yuborish belgilangan tartibda reabilitatsiya markazi boshlig‘ining buyrug‘i asosida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
192. Reabilitatsiya markazlaridan “Muruvvat” internat uylariga yuborilayotganlar mazkur Nizomning 13 va 14-bandlarida belgilangan ko‘rsatkichlar bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Tibbiy ko‘rik reabilitatsiya markazlari tibbiyot xodimlari va tegishli mutaxassis shifokorlar tomonidan amalga oshiriladi. Tibbiy ko‘rik natijalari bo‘yicha yozma xulosa rasmiylashtiriladi.
193. Reabilitatsiya markazlarida saqlanayotganlarni “Muruvvat” internat uylariga joylashtirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
“Muruvvat” internat uyiga rasmiylashtirilayotgan shaxsning shaxsi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
“Muruvvat” internat uylariga joylashtirilayotgan shaxsning sog‘lig‘i holati bo‘yicha tibbiy xulosa;
hududiy tibbiyot boshqarmasidan olingan ruhiy-asab kasalliklari, silga qarshi kurashish, onkologik hamda teri-tanosil kasalliklari dispansyerlarining xulosalari;
“Muruvvat” internat uyiga joylashtirilayotganning 2 ta (6 sm x 4 sm hajmli) fotosurati;
belgilangan tartibda tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi tomonidan berilgan nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomaning nusxasi.
Mazkur bandda ko‘rsatilgan barcha hujjatlar reabilitatsiya markazlari tomonidan to‘planadi.
194. Reabilitatsiya markazlarida “Muruvvat” internat uylariga joylashtirilayotgan har bir shaxs uchun ikki nusxada shaxsiy yig‘majild yuritiladi, unga ushbu Nizomning 193-bandida sanab o‘tilgan hujjatlar tikib qo‘yiladi.
“Muruvvat” internat uylariga joylashtirilayotganlarning shaxsiy yig‘majildlari bir nusxasi saqlash uchun “Muruvvat” internat uyi direktoriga belgilangan tartibda taqdim etiladi”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 09/18/597/1600-son)