1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.72.00 (Кучини йукотган) Oliy taʼlim (bakalavriat va magistratura)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Toshkent shahrida Puchon universitetini tashkil etish toʻgʻrisida
Umumeʼtirof etilgan xalqaro talablar va standartlarga muvofiq oliy maʼlumotli yuqori malakali kadrlarni tayyorlashni tashkil etish, mamlakatning maktabgacha taʼlim muassasalarida koʻp yillar davomida yetishmay kelayotgan pedagog va tarbiyachilar oʻrnini toʻldirish, innovatsion muhitni shakllantirish, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan uzoq muddatli munosabatlarni yanada rivojlantirish maqsadida:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha taʼlim va tarbiya;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Puchon universitetining (Koreya Respublikasi) Toshkent shahrida Puchon universitetini (keyingi oʻrinlarda Universitet deb yuritiladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.07.00 Xorijiy mamlakatlarning taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Puchon universiteti (Koreya Respublikasi):
oʻquv binolari, oʻquv-laboratoriya bazasi, talabalar turar joylari va Universitetning boshqa inshootlarini mebel, inventar, oʻquv va ilmiy jihozlar, tashkiliy texnika va kompyuterlar bilan jihozlashni oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiradi, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan taʼminlaydi;
Universitetning kutubxona fondini shakllantirishga va uni zamonaviy oʻquv, oʻquv-metodik hamda ilmiy-texnik adabiyotlar bilan toʻldirishga (shu jumladan, Puchon universitetining (Koreya Respublikasi) resurslar bazasidan foydalanish imkoniyatini yaratgan holda), zamonaviy axborot-resurs markazi tashkil etilishiga koʻmaklashadi;
yosh istiqbolli mahalliy ilmiy-pedagog kadrlarning, shu jumladan chet elda malaka oshirishiga koʻmaklashadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.07.00 Xorijiy mamlakatlarning taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
3. Quyidagilar Universitetning asosiy vazifalari etib belgilansin:
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq maktabgacha taʼlim, arxitektura va dizayn sohasida, shuningdek, talab yuqori boʻlgan taʼlimning boshqa yoʻnalishlarida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;
maktabgacha taʼlim, arxitektura va dizayn tizimiga, shuningdek, talab yuqori boʻlgan taʼlimning boshqa yoʻnalishlariga zamonaviy taʼlim texnologiyalari asosida oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani joriy etish, ochiq axborot-taʼlim muhitini rivojlantirishga koʻmaklashish;
mavjud muammolar va mehnat bozorining ehtiyojlarini inobatga olgan holda maktabgacha taʼlim, arxitektura va dizayn sohasida, shuningdek, talab yuqori boʻlgan taʼlimning boshqa yoʻnalishlarida ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish;
respublikada maktabgacha taʼlim, arxitektura va dizayn tizimini, shuningdek, talab yuqori boʻlgan taʼlimning boshqa yoʻnalishlarini rivojlantirishga, ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari, boshqa korxonalar va tashkilotlar oʻrtasida mustahkam oʻzaro hamkorlikni oʻrnatishga koʻmaklashish.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
4. Belgilansinki:
Universitet oliy taʼlim muassasasi — yuridik shaxs shaklidagi Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti hisoblanadi, alohida mol-mulkka, mustaqil balansga ega, oʻz majburiyatlari boʻyicha tasarrufidagi pul mablagʻlari va mol-mulk bilan javob beradi;
Universitet taʼlim faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim sohasidagi qonun hujjatlari talablarini hisobga olgan holda Puchon universitetining (Koreya Respublikasi) oʻquv rejalari va dasturlari asosida amalga oshiradi;
Universitetda kadrlar, birinchi navbatda, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog kadrlarga, shuningdek, arxitektura va dizayn sohasida hamda talab yuqori boʻlgan taʼlimning boshqa yoʻnalishlarida malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojlarni hisobga olgan holda tayyorlanadi;
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Universitetda taʼlim olish oʻzbek, rus va ingliz tillarida, kunduzgi, sirtqi va kechki shakllarda, toʻlov-kontrakt asosida, shu jumladan, potensial ish beruvchilar — yuridik shaxslar tomonidan taqdim etiladigan taʼlim grantlari boʻyicha, shuningdek, asosan mamlakat mintaqalari yoshlarining taʼlim olishi uchun ajratiladigan homiylik xayriyalari hisobiga amalga oshiriladi;
Universitetga qabul 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab maktabgacha taʼlim, koreys tili, shuningdek, arxitektura va dizayn yoʻnalishlari boʻyicha umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotga ega shaxslar oʻrtasida kirish imtihonlari oʻtkazish orqali amalga oshiriladi. Kirish imtihonlarini oʻtkazish shakli, tartibi va muddati Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda Puchon universiteti (Koreya Respublikasi) tomonidan belgilanadi;
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Universitet bitiruvchilariga qoʻshimcha yuridik tartib-taomillarsiz Oʻzbekiston Respublikasida oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida eʼtirof etiladigan Puchon universitetining (Koreya Respublikasi) belgilangan namunadagi diplomi beriladi;
Puchon universiteti (Koreya Respublikasi) bilan kelishilgan holda Universitet tomonidan ishlab chiqilgan taʼlim dasturlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilarga Oʻzbekiston Respublikasida oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan belgilangan namunadagi diplom beriladi;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-apreldagi PF-73-sonli Farmoniga asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2025-y., 06/25/73/0389-son)
Universitetni moliyalashtirish talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar, xoʻjalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan olinadigan daromadlar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari, tegishli shartnomalar asosida manfaatdor tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan grantlar, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
5. Toshkent shahrida Puchon universitetini tashkil etish boʻyicha Tashkiliy komissiya 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Quyidagilar Tashkiliy komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Universitetni tashkil etish boʻyicha faoliyatni operativ boshqarish, uning toʻlaqonli faoliyatini yoʻlga qoʻyish bilan bogʻliq tashkiliy, moliyaviy, yuridik, iqtisodiy, oʻquv-metodik, moddiy-texnik va boshqa masalalarni hal etish;
Universitetni tashkil etish masalalari boʻyicha Puchon universiteti (Koreya Respublikasi) rahbariyati bilan muzokaralar olib borish va oʻzaro hamkorlik qilish;
zarur loyiha, qurilish-montaj va taʼmirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish, Universitetni jihozlash, infratuzilmasini yaratish, moddiy-texnik taʼminlash jadvallarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Universitetni tashkil etish boʻyicha tasdiqlangan jadvallarda belgilangan vazifalarning bajarilishi yuzasidan muntazam nazorat va monitoring olib borish.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
6. Belgilansinki, Universitet faoliyatining jamoatchilik boshqaruvi oliy organi boʻlib tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Puchon universiteti (Koreya Respublikasi) bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan Universitetning Kuzatuv kengashi hisoblanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-apreldagi PF-73-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2025-y., 06/25/73/0389-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
7. Universitetning Vasiylik kengashi Puchon universiteti (Koreya Respublikasi) bilan kelishgan holda:
a) bir oy muddatda:
Universitet Ustavini tasdiqlasin, shuningdek, uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Universitetning tuzilmasi va shtat jadvalini tasdiqlasin;
b) 2018/2019 oʻquv yili boshlanguniga qadar Universitetni Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatuvchi oliy taʼlim muassasalarida foydalaniladigan zarur oʻquv-metodik komplekslar bilan taʼminlasin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash]
2019/2020 oʻquv yilidan boshlab kadrlarga boʻlgan ehtiyoj va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish surʼatlaridan kelib chiqib, Puchon universiteti (Koreya Respublikasi), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda oʻqishning yangi istiqbolli yoʻnalishlari va mutaxassisliklarini ochishga;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Universitetga oʻqituvchilik qilish va ilmiy ish olib borish uchun taklif etiladigan xorijlik professorlar va oʻqituvchilarning yashashi hamda transport xarajatlariga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan tariflar boʻyicha, tuziladigan shartnomalar asosida haq toʻlashga ruxsat berilsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash]
9. Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Qatortol koʻchasi, 2-berk koʻcha, 38a-uy manzilida joylashgan Chilonzor pedagogika kollejining bino va inshootlari operativ boshqarish huquqi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga berilsin, keyinchalik bepul foydalanish uchun Universitetga oʻtkazilsin.
Chilonzor pedagogika kollejining oʻquvchilari oʻqishni tamomlagunlariga qadar Universitetga berilgan binolarda oʻqishni davom ettirishlari belgilab qoʻyilsin.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar]
10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi belgilangan tartibda:
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida 2018-yil uchun nazarda tutilgan kapital qoʻyilmalarning tejalgan yoki oʻzlashtirilmagan limitlarini ushbu qarorning 9-bandida koʻrsatilgan binolar va inshootlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishga hamda ularni rekonstruksiya qilishga yoʻnaltirish orqali qayta taqsimlanishini;
ushbu qarorning 9-bandida koʻrsatilgan binolar va inshootlarni 2019-yil va undan keyingi yillar uchun moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturining qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash obyektlariga kiritilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.06.00 Vaqtinchalik soliq imtiyozlari]
11. 2021-yilning 1-iyuligacha:
Universitet — barcha turdagi soliqlarni toʻlashdan va maqsadli davlat jamgʻarmalariga majburiy ajratmalardan;
Universitetning jalb etiladigan xorijlik xodimlari — yagona ijtimoiy toʻlovni va jismoniy shaxslarning daromadlariga solinadigan soliqni toʻlashdan;
Puchon universiteti (Koreya Respublikasi) Oʻzbekiston Respublikasidagi faoliyatidan ham doimiy muassasa orqali, ham toʻlov manbaidan olingan daromadlar boʻyicha foyda soligʻini toʻlashdan;
Universitetni jihozlash va faoliyatini taʼminlash maqsadida oʻrnatilgan tartibda shakllantiriladigan roʻyxat boʻyicha olib kelinadigan uskunalar, kompyuter texnikasi va tashkiliy texnikalar, oʻqitishning texnik vositalari, adabiyot, multimedia mahsuloti, inventar va boshqa moddiy-texnika resurslari bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Universitet buyurtmalariga binoan mazkur qarorni amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy professor-oʻqituvchilar va maʼmuriy xodimlar, shuningdek, ularning oila aʼzolari uchun kirish vizalari konsullik hamda boshqa yigʻimlar undirilmasdan, belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Universitet buyurtmalariga binoan Universitet xorijiy professor-oʻqituvchilari va maʼmuriy xodimlariga hamda ularning oila aʼzolariga davlat bojlari toʻlashdan ozod etgan holda koʻp martalik vizalar berilishi va uzaytirilishini, shuningdek, ularning yashash joyida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishi hamda vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
14. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Universitet buyurtmalariga binoan malakali xorijiy (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan) mutaxassislarni respublikaga jalb etish uchun belgilangan tartibda ruxsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek, koʻrsatib oʻtilgan fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) taʼminlasin.
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov, Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri A.V. Shin hamda Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Majidov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 2-iyul,
PQ-3821-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-iyuldagi PQ-3821-son qaroriga 1-ILOVA
Toshkent shahrida Puchon universitetini tashkil etish boʻyicha Tashkiliy komissiya
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Tashkiliy komissiya raisi
A.V. Shin
—
Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri, Tashkiliy komissiya raisi oʻrinbosari
I.U. Majidov
—
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri
B.A. Xodjayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri
A.I. Axmedxodjayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri
A.X. Toʻxtayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vaziri
M.B. Azimov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi
J.A. Artikxodjayev
—
Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi
A.A. Abduvaxitov
—
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari
A.J. Xadjayev
—
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi vazifasini bajaruvchi
Li Son Yong
—
Puchon universiteti (Koreya Respublikasi) vakili (kelishuv boʻyicha)
K.S. Rizayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri, komissiya kotibi
Izoh:
Tashkiliy komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-apreldagi PF-73-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2025-y., 06/25/73/0389-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 07/18/3821/1435-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son; 29.04.2025-y., 06/25/73/0389-son)