Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 18.04.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Suv taʼminoti va suv chiqarish xizmati koʻrsatish sohasida toʻlov intizomini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 16-noyabrdagi PF-5241-son Farmoni)
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 17 apreldagi 214-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Suv taʼminoti va suv chiqarish xizmati koʻrsatish sohasida toʻlov intizomini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 16-noyabrdagi PF-5241-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 340-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 6-son, 87-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri M.X. Soliyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 2-iyul,
496-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-iyuldagi 496-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 10-bandning “v” kichik bandiga quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:
“suv-kanalizatsiya xoʻjaligi tashkilotlarining tuzilgan shartnomalarga muvofiq suv taʼminoti va suv chiqarish, isteʼmolchilarni ichimlik suv bilan uzluksiz taʼminlash xizmatlari koʻrsatishini taʼminlaydi;
suv-kanalizatsiya xoʻjaligi tashkilotlarining suv taʼminoti va suv chiqarish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar hajmlari toʻgʻrisidagi hisobotlar hamda axborotning, debitorlik va kreditorlik qarzlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning ishonchliligini taʼminlaydi;
suv taʼminoti, suv quvurlari va kanalizatsiya tarmoqlari obyektlarining holatini, ulardan foydalanish va ushbu obyektlarga suv-kanalizatsiya xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan taʼmirlash xizmatlari koʻrsatilishini nazorat qiladi;
isteʼmolchilarga oʻrnatilgan ichimlik suv taʼminoti isteʼmolini hisobga olish priborlarini almashtirish, oʻrnatish va ularga ekspluatatsiya xizmatlari koʻrsatilishini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi oʻrinlarda Byuro deb ataladi) bilan birgalikda ularni plombalashni taʼminlaydi;
texnik shartlar berilishini, isteʼmolchilarning suv taʼminoti va suv chiqarish tizimiga ulanishini tashkil qiladi;
ayrim isteʼmolchilarni Byuroning majburiy koʻrsatmasiga binoan magistral suv quvurlaridan belgilangan tartibda uzishni taʼminlaydi”;
a) quyidagi mazmundagi yettinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar qoʻshilsin:
“suv-kanalizatsiya xoʻjaligi tashkilotlarining tuzilgan shartnomalarga muvofiq suv taʼminoti va suv chiqarish, isteʼmolchilarni ichimlik suv bilan uzluksiz taʼminlash xizmatlari koʻrsatishini taʼminlash;
suv-kanalizatsiya xoʻjaligi tashkilotlarining suv taʼminoti va suv chiqarish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar hajmlari toʻgʻrisidagi hisobotlar hamda axborotning, debitorlik va kreditorlik qarzlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning ishonchliligini taʼminlash;
suv taʼminoti, suv quvurlari va kanalizatsiya tarmoqlari obyektlarining holatini, ulardan foydalanish va ushbu obyektlarga suv-kanalizatsiya xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan taʼmirlash xizmatlari koʻrsatilishini nazorat qilish;
isteʼmolchilarga oʻrnatilgan ichimlik suv taʼminoti isteʼmolini hisobga olish priborlarini almashtirish, oʻrnatish va ularga ekspluatatsiya xizmatlari koʻrsatilishini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi oʻrinlarda Byuro deb ataladi) bilan birgalikda ularni plombalashni taʼminlash;
texnik shartlar berilishini, isteʼmolchilarning suv taʼminoti va suv chiqarish tizimiga ulanishini tashkil qilish;
ayrim isteʼmolchilarni Byuroning majburiy koʻrsatmasiga binoan magistral suv quvurlaridan belgilangan tartibda uzishni taʼminlash”;
b) yettinchi xatboshi oʻn uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/496/1429-son)